Pedagogika fani predmeti va tadqiqot metodlari
4000 so'm

Slayd 1
Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan. Pedagogikaning ilmiy –tadqiqot metodlari.
Slayd 2
Reja:
Pedagogika fani, uning predmeti va vazifalari.
Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
Pedagogik fanlar tizimi.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish
Slayd 3
Tayanch so’zlar:
Pedagogika, shaxs, tarbiya, didaktika, mohiyat, ta’lim jarayoni, tizim.
Slayd 4
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan
Pedagogika (yunoncha, paida- «bola» va gogike- «yetaklayman»)
Pedagogika- ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan
Pedagogika fanining predmeti-ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl va metod, vositalari
Pedagogika fanining obyekti- yaxlit pedagogik jarayon
Pedagogika fani, uning predmeti va vazifalari.
Slayd 5
O’qitish
Didaktika (ta’lim nazariyasi)yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi». Didasko «o’rganuvchi») o’qituvchi va o’quvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasivahokazolarni tadqiq etadi.
Shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati
Tarbiya nazariyasi-tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.
Tarbiyalash
Slayd 6
Pedagogikaning bahsi
Pedagogika tarbiyaning mohiyatini, uning qonuniyatlarini ochib beradi.
Pedagogika nima? U nima bilan shug’ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi? Masalan, pedagogika — tarbiya haqidagi fan; pedagogika — o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika — umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.
Pedagogikaning bahsi- Tarbiyaviy faoliyat
Katta avlod vakillari tomonidan orttirgan tajribalar keyingi avlodga o’rgatib borilgan. Kichik avlod esa katta avloddan meros bo’lib qolgan bilim va ko’nikmalarni, qadriyatlarni egallab, yanada boyitib, o’zidan keyingi avlodga qoldiradi. Bu taraqqiyot qonini bo’lib..
Slayd 7
Pedagogika fanining vazifalari.
Ma’naviy, axloqiy talablarga javob beruvchi pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.
Shaxsni har tomonlama kamol to’tirish qonuniyatlarini aniqlash.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
Ta’lim muassasalaridagi pedagoglar faoliyatining mazmunini asoslash.
Ilg’or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar bilan qurollantirish.
Ta’lim-tarbiya va ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta’minlash.
O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Slayd 8
Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o’tdi.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlar guruh-guruh bo’lib hayot kechirishgan. Bolalar o’simlik mevalari, ildizlarini terishgan va asta-sekin hayvonlarni ovlash tajribalari o’rganishgan. Bilimlar mehnat va o’yin jarayonlarida o’zlashtirilgan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo’lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o’zgarishlarni sodir qildi.
Quldorlik tuzumida qullarning haq- huquqlari cheklangan. Shu bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan. Qullarning bolalari og’ir ishlarni bajarishga o’rgatilgan. Quldorlarning bolalari esa qullar ustidan hukmronlik qilishga tayyorlangan.
Feodal tuzumda pedagogik g’oyalar feodal manfaatini ifoda etgan. Mazkur davrda diniy g’oyalar yetakchi o’rin egallagan. Bolalarni diniy marosimlarni ado etishga o’rgatish zaruriyati tug’ilgan.
G’arbda cherkov,
Sharqda esa masjidlarning roli osha brogan. Bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etilgan. Dunyoviy g’oyalar, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ’ib etish din peshvolari tomonidan qoralangan.
Formatsiyalarning o’zgarishi natijasida tarbiya jarayonining takomillashib borgan.
Pedagogikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Slayd 9
Pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo’ldi. Erkin fuqarolarni tarbiyalash borasidagi fikrlar dastlab Demokrit, Platon va Aristotelning asarlarida berilgan. Ushbu fikrlar pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar tarzida bayon etilgan.
Sharqda buyuk allomalar — Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg’oniy tomonidan sog’lom, ilmiy bilimlarni o’zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi.
Pedagogika fani rivojiga o’zining munosib hissasini qo’shgan mutafakkirlar: G’arbda — Ya. A. Komenskiy («Buyuk didaktika» asari pedagogika sohasidagi birinchi ilmiy asar hisoblanadi), J. J. Russo, F. Gerbart, K. D. Ushinskiy, A. S. Makarenko, V. A. Suxomlinskiy,
Sharqda S. Ayniy, A. Avloniy, A. Fitrat, H. H. Niyoziy, M. Behbudiylar. Ular shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanada boyitganlar hamda o’qitishni uzluksiz tashkil etish kabi g’oyalarni ilgari surdilar. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o’rtasida ma’rifatni targ’ib etishda jonkuyarlik qildilar.
Sobiq Sho’ro davrida pedagogika fani ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, har tomonlama (gormonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tatbiq etishning mexanizmi yaratilmadi.
Slayd 10
Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o’z ifodasini topgan. Bular pedagogika fanining mazmunini boyitadi.
Ta’lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o’zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo’shganlar. «Alpomish», «To’maris» kabi dostonlarda ham vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg’ulari ulug’lanadi.
Mashhur hind masali «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilik», Mahmud Qoshg’ariyning «Devon-u lug’atit turk», Kaykovusning «Qobusnoma» asarlar odob- axloqqa bevosita daxldordir.
Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarlarda rostgo’ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom, insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan.
Slayd 11
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach «Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan sarqitlardan to’la xalos etish» davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Slayd 12
Bizga ma’lumki, har bir fan o’zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalariga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishga qaratilgan.
Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlanish.
Pedagogika fanining asosiy tushunchalari (kategoriyalari)
Slayd 13
Shaxs – shaxsiy xususiyatlari va xatti – harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq- atvori va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya —aniq maqsad asosida yosh avlodni har tomonlama tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim—o’quvchilarni (Bkm) nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, bilish qobiliyatini o’stirish, dunyoqarashini shakllantirish
Bilim—borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar
Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati
Malaka – muayyan faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Kompetentsiya- egallangan (Bkm) bilim, ko’nikma va malakalarni kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.
Ma’lumot— ta’lim – tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalalar majmui.
Shakllantirish- shaxsda barqaror sifatlarni belgilangan me’yorlar asosida tarkib toptirish.
Rivojlanish— shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar.
Slayd 14
Pedagogik fanlar tizimi
Umumiypedagogika— maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi — maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi— boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Korreksion (maxsus) pedagogika— rivojlanishida psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. Surdopredagogika, Oligofrenopedagogika, Tiflopedagogika, Logopediya
Metodika— xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.
Pedagogika tarixi— ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.
Pedagogik texnologiya— ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
Pedagogik mahorat— bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
Ta’lim menejmenti— ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.
Ijtimoiy pedagogika— ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
Oila pedagogikasi- oilada bolalarni tarbiyalash, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish;
Xalq pedagogikasi- xalq og’zaki ijodi, urf-odat –marosimlar, milliy tarbiyaga oid tajribalar;
Neyropedagogika- bosh miya faoliyatidagi tafovutlar to’g’risidagi bilimlar;
Slayd 15
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Falsafa— shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan pedagogik g’oya, qarash hamda ta’limotlarning falsafiy jihatlari kabi masalalarni hal etishga imkon beradi.
Iqtisod— ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, o’quv binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash kabi masalalarning iqtisodiy jihatlarini anglashga xizmat qiladi.
Sotsiologiya— ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari xususida ma’lumotlarga ega bo’lish asosida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat yaratadi.
4. Etika – shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar, axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muhim o’rin tutuvchi nazariy g’oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda alohida o’rin tutadi.
Estetika— shaxs tomonidan go’zallikning his etilishi, unga intilishi, shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muhim yo’nalishlarni aniqlashga xizmat qiladi.
Fiziologiya— o’quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarining inobatga olinishi uchun boshlang’ich asoslarni beradi.
7. Gigiyena— o’quvchilarning salomatligini muhofazalash, ularni jinsiy jihatdan to’g’ri shakllantirishda nazariy va amaliy g’oyalari bilan yordam beradi.
Psixologiya— shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy- irodaviy sifatlarni tarkib to’tirish uchun zamin yaratadi.
Tarix— pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik, dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g’oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo’naltiriladi.
Madaniyatshunoslik— o’quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib to’tirish uchun xizmat qiladi.
Tibbiy fanlar— shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo’layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o’qitish hamda tarbiyalash muammolarini o’rganishda ko’maklashadi.
Slayd 16
Pedagogika fani rivoji pedagogik muammolarni tadqiq etish hisobiga ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi shaxs ma’naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlami keltirib chiqaradi.
Bu borada zarur chora-tadbirlami belgilash ilmiy izlanishlami zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlaming samarali kechishi uchun metodlami tanlay olish muhimdir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlami amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, uning samarali bo’lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur.
Ular quyidagilardir:
Muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;
Ilmiy farazlaming to‘g‘ri shakllantirilganligi;
Vazifalaming tadqiqot maqsadi asosida to‘g‘ri belgilanganligi;
Tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;
Tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlaming yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari,
Shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to‘g‘ri hisobga olinganligi;
Tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini bashorat qilish;
Tadqiqot natijalarming kafolatlanganligi.
Slayd 17
Pedagogika fani metodologiyasi – pedagogik muhitni haqqoniy aks ettiruvchi, nazariya va amaliyot, ta’limga yondashuv mezonlari haqidagi bilimlar tizimi.
Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalaniladi:
Pedagogik kuzatish metodi. (Aniq maqsad asosida,uzluksiz, izchil, tizimli)
Suhbat metodi. (Samimiy, erkin, qisqa va ravshan, mazmunli)
Anketa metodi. (Ochiq, yopiq)
Intervyu metodi. (Turkum savollar havola etiladi)
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi. (Mashg’ulotlar jadvali, sinf jurnallari, Pedkengash qarorlari, hisobotlar…. )
Testmetodi. (Ochiq, yopiq, to’g’ri javob variant qayd etilgan)
Pedagogik tahlil metodi. (Ilgari surilgan g’oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini isbotlash)
Bolalar ijodini o‘rganish metodi. (Bilimlar bellashuvi, fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar)
Pedagogik tajriba metodi. (Eksperiment, lotincha –sinab ko’rish. Muayyan muammo yechimini topishga yo’naltirilgan tajriba)
Matematik-statistik metod.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.