Pedagogik qobiliyatning ahamiyati
4000 so'm

Slayd 1
O‘qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik qobiliyatning ahamiyati.
Slayd 2
«Jamoada 40 ta qobiliyatsiz o’qituvchi o’rniga 4 ta qobiliyatli tarbiyachi-o’qituvchi bo’lgani ma’qul».
A. S. Makarenko.
Slayd 3
Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ish uddalay olishidagi sub’yektiv shart-sharoitlarni ifodalovchi individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari.
O’zbek tilining izohli lug’ati.
Slayd 4
Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo’lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig’indisiga aytiladi, zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo’lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlari, ya’ni aql sifatlari, xotira va xarakter xususiyatlari, his-tuyg’ulari bilan bir qatorga qo’yiladi.
Slayd 5
Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati.
Voqealarni oldindan ko’ra olish qobiliyati.
Eshitish va his qilish qobiliyati.
Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat.
Mantiqiy qobiliyat.
Shaxsning ichki qobiliyati.
Slayd 6
Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko’nikma va malakalardir.
Ko’nikma – o’qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malaka – o’qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig’indisi.
Slayd 7
Pedagogikada o’qituvchi qobiliyati – bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o’qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va yutuqlarga erishishida zamin yaratadi. Tug’ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste’dod, daholik – insonning ijodiy faoliyati jarayonida erishiladigan qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari hisoblanadi. Qobiliyatlar xarakter kabi, shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo’lgan sifatlaridir.
Psixologiyada qobiliyat – insonning kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishiga aytiladi. U o’qituvchining kasbiy faoliyatida ham yorqin namoyon bo’ladi.
Slayd 8
Ijodkorlik – bu sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi faoliyatdir.
Mahsuldor ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi.
Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro‘y berayotgan kasbiy faoliyatga oid yangiliklarni dadil o‘zlashtirish va targ‘ib qilishni anglatadi.
Kreativ ijodkorlikda o‘qituvchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi nazariyalarni yaratadi, o‘z fikrlari va takliflari bilan chiqadi, mohir va tajribali, layoqatli o‘qituvchilargina bunga erishishi mumkin.
Slayd 9
Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari
O’z kasbiga muhabbat, o’quvchilarni seva olishi.
Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
Pedagogik taktga (odob va go’zallikka) ega bo’lish.
Bolalar jamoasiga singib keta olish.
O’z mehnatiga ijodiy yondashish.
Javobgarlikni his etish.
Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
Slayd 10
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
Asosiy xususiyatlar;
Tayanch xususiyatlar;
Yetakchi xususiyatlar;
Yordamchi xususiyatlar
Slayd 11
Kommunikativ qobiliyat.
Perseptiv qobiliyat.
Empatik qobiliyat.
Ta’lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati.
Didaktik qobiliyat.
Tashkilotchilik qobiliyati.
Konstruktiv qobiliyat.
Bilish qobiliyati.
Anglash (tushunish) qobiliyati.
Pedagogik qobiliyatning asosiy xususiyatlari:
Slayd 12
Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‘ra bilish ko‘nikmasidir. Bu – individual narsaning o‘ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‘z-o‘zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‘nalishda bo‘lganligi sababli, har biri o‘z tafakkuri va dunyoqarashiga ega.
Slayd 13
Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‘qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o‘qituvchilariga ham tegishli.
Har qanday kasb sirlarini mukammal egallash uchun qobiliyat kerak. Pedagogik qobiliyat sog‘lom o‘qituvchidagina shakllanadi. Biroq u yuqori, o‘rtacha va past darajada bo‘lishi mumkin. Ushbu turli darajadagi qobiliyatlarda mujassamlashgan hislatlar va xususiyatlar orasida ba’zilari yordamchi rol o‘ynaydi.
Slayd 14
Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:
Aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik, kamchiliklarga tanqidiy e’tibor, sobitqadamlik;
O‘qituvchining nutqi: notiqlik san’ati, so‘z boyligining teranligi;
Aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish
Pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‘lish
Slayd 15
Bilish (akademik) qobiliyati
Tushuntira olish (didaktik) qobiliyati
Kuzatuvchilik (perseptiv) qobiliyati
Nutq qobiliyati
Tashkilotchilik qobiliyati
Obro’ orttira olish qobiliyati
To’g’ri muomala qila olish (kommunikativ) qobiliyati
Kelajakni ko’ra bilish (prognozlash) qobiliyati
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
Slayd 16
Akademik qobiliyat yoki bilish qobiliyati. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqur biladi, o’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga qiziqadi, oddiy tadqiqotlar olib boradi.
Slayd 17
Didaktik (tushuntira olish) qobiliyati –o’quv materialni o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyatidir.
Slayd 18
Perseptiv (kuzatuvchanlik) qobiliyati – o’quvchi, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini va uning ruhiy holatlarini yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq psixologik kuzatuvchanlikdir.
Slayd 19
Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O’qituvchining bayoni o’quvchilar fikri va diqqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi
Slayd 20
Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi.
Slayd 21
Obro’ orttira olish qobiliyati – o’quvchilarga bevosita emotsional–irodaviy ta’sir ko’rsatish va shu asosda obro’ qozona olishdir. O’qituvchining bilimi, tadbirkorligi, xushyorligi, nutqi va imo–ishora va xokazolarni o’z o’rnida foydalana olishi.
Slayd 22
Kommunikativ yoki to’g’ri muomala qila olish qobiliyati – bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Slayd 23
Prognozlash yoki kelajakni ko’ra bilish qobiliyati – o’z harakatlarini va o’quvchi harakatining oqibatini ko’ra bilish, o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga bog’liq.
Slayd 24
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari – hajmi, kuchi, ko’chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Bir vaqtning o’zida dars mazmuniga, uni qanday tushuntirishga, qaysi usul va vositalarni qo’llashga, o’quvchilarning o’zlarini qanday tutayotganliklariga, qanday o’zlashtirib borayotganliklariga e’tibor berib borish ko’pincha yosh va tajribasiz o’qituvchining qo’lidan kelmaydi.
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.