Pedagogik jarayonda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot

4000 so'm


Pedagogik jarayonda o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot

 

 

Slayd 1

Pedagogik jarayonda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot

Slayd 2

Muloqot –ta’lim oluvchi psixologik va ijtimoiy rivojining muhim omillaridan biri bo’lib, birgalikdagi faoliyatda umumiy natijalarga erishish, shaxslararo munosabatlarni yo’lga qo’yish va qo’llab-quvvatlash maqsadida ikki yoki undan ortiq kishilarning o’zaro harakati.

Slayd 3

Psixologiyada muloqotni tahlil qilishda uning turli jihatlariga e’tibor qaratiladi: «kommunikatsiya» (axborot almashuv), «ijtimoiy pertseptsiya» (insonni insonni idrok etishi va tushunishi), «interaktsiya» (birgalikdagi harakat). Amaliy muloqot mazkur tarkibiy qismlarning yig’indisi sifatida yuzaga chiqadi.

Slayd 4

Pedagogik jarayonda muloqot faqat bir funktsiya – axborot berish bilan chegaralanadi.
Biroq muloqotning barcha tarkibiy qismlari –
Axborot almashuv va vazifalarni amalga oshirish;
O’zaro munosabatlarni tashkil etish;
Bola shaxsini bilish va unga ta’sir ko’rsatishdan foydalanish zarur.

Slayd 5

Pedagogik muloqot deganda pedagog va o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘quv-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari tushuniladi. Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi.

Slayd 6

Birinchidan, xususan o‘quv vazifalarini hal etish vositasi sifatida;
Ikkinchidan, tarbiyaviy jarayonni ijtimoiy-psixologik jihatdan ta’minlovchi tizim sifatida;
Uchinchidan, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatli olib borilishiga imkon beradigan o‘zaro munosabatlarning muayyan tizimini tashkil etish usuli sifatida;
To‘rtinchidan, busiz o‘quvchining individga xos xususiyatlarini tarbiyalab bo‘lmaydigan jarayon sifatida maydonga chiqadi
Pedagog faoliyatida muloqot:

Slayd 7

Modellashtirish;
Kommunikativ hujum;
Muloqotni boshqarish;
Yakuniy bosqich

Slayd 8

Pedagogik muloqotda uchraydigan kamchiliklar quyidagilarni kiritish mumkin:
Ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshni ortiqcha majburlash;
Passivlik, o‘zini yuqori qo‘yish;
Haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish

Slayd 9

Pedagogik muloqot turlari:
Avtoritar
Demokratik
Liberal

Slayd 10

Avtoritar uslub. Ta’lim oluvchilar faoliyatiga tegishli barcha masalalarni, hattoki kim qayerda o’tirishigacha o’qituvchi yakka o’zi hal qiladi, ta’lim oluvchilar tomonidan ko’rsatiladigan barcha tashabbusni taqiqlaydi. Bu uslubni qo’llovchi o’qituvchining muloqot metodlari sifatida buyruq, ko’rsatma berish va tanbeh xizmat qiladi.

Slayd 11

Demokratik uslub. Bunda o’qituvchi jamoa fikriga tayangan holda ish tutadi, faoliyat maqsadini barcha ta’lim oluvchiga yetkazishga harakat qiladi, faoliyatning kechishini muhokama qilishga barchani jalb etadi; o’z vazifasini faqat nazorat va munofiqlashtirish deb bilmay, tarbiya bilan ham shug’ullanadi; barcha ta’lim oluvchilarni rag’batlantiradi va ularda o’z-o’ziga ishonchni shakllantiradi; jamoada o’z-o’zini boshqarish rivojlanadi.
Bu uslubni qo’llovchi o’qituvchi barcha jamoa a’zolarining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ular o’rtasida vazifalarni teng bo’lishga harakat qiladi; tashabbus va faollikni rag’batlantiradi. Bunday o’qituvchining muloqotda qo’llaydigan metodlari – iltimos, maslahat, axborot berishdir.

Slayd 12

Liberal uslub – boshqacha qilib aytganda, anarxik. O’qituvchi jamoa hayotiga umuman aralashmaslikka harakat qiladi, faolligi sust, muammolarni yuzaki ko’rib chiqadi, boshqalarning ta’siriga oson tushib qoladi. Ma’suliyatdan o’zini olib qochadi va o’z avtoritetini yo’qotadi.

Slayd 13

Slayd 14

Sharq mutafakkirlarining merosida ta’lim-tarbiya masalasi

Slayd 15

Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan.

Slayd 16

Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo’jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan.

Slayd 17

Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:
Birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;
Ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;
Uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
To‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;
Beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va kechirimli bo‘lish;
Oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
Ettinchisi: doimo el g‘amini eyish;
Sakkizinchisi: aybini tan olish;
To‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;
O‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish

Slayd 18

«Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin so‘z sof ko‘ngillar uchun asal kabi totlidir».
Alisher Navoiy
O‘qituvchi so‘z aytishdan avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni o‘ylashi kerak.
I. P. Pavlov

Slayd 19

«Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi».
Rolf Emerson

Slayd 20

«Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘lishini, uning nasihatidan chiqmaslikni».
Alisher Navoiy

Slayd 21

O‘qituvchining «til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan».
A. P. Chexov.
O‘qituvchi «tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita» ekanligini unutmasligi kerak.
K. D. Ushinskiy.

Slayd 22

O‘quvchilarda muloqot orqali ma’naviy mada­niyatni shakllantirish mezonlari:
Har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish;
Milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o‘rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj;
Inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish;
Insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash;
Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq man­faatlaridan yuqori qo‘ymaslik;
Ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nis­batan muruvvatli, sahovatli bo‘lish.

Slayd 23

O‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi omillar:
Ma’naviy harakat;
Nutqiy aloqalar;
Ijodkorlik;
O‘qituvchining muloqot olib borish psixologik taktikasi

Slayd 24

Agar darsimizni biron-bir o’quv quroliga o’xshatganingizda qaysi o’quv quroliga o’xshaydi? Nima uchun?
«O’quv qurollari» metodi

Slayd 25

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 26

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagogik jarayonda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar