Pedagogik nazokat va odob-axloq

4000 so'm


Pedagogik nazokat va odob-axloq

 

 

Slayd 1

O‘qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik nazokat va odob-axloq

Slayd 2

Reja:
O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha
Pedagogik nazokatning mohiyati.
Pedagogik takt haqida tushuncha.

Slayd 3

Odob-axloq – inson ziynati

Slayd 4

O‘qituvchi pedagogik odobi haqida tushuncha.
Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo’ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig’indisidir.

Slayd 5

Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yo’nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir:
Ikkinchisi – o’qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati
Birinchisi – jamiyatning o’qituvchi shaxsiga munosabati;

Slayd 6

Insonparvarlik
Vatanparvarlik
Milliy g’urur
Baynalmilalchilik
Adolat
Yaxshilik qilish
Burch
Qadr-qimmat
Mas‘uliyat
Vijdon
Halollik
Rostgo’ylik
Poklik
Talabchanlik
O’qituvchi axloqiy fazilatlari

Slayd 7

O’qituvchi axloqining muhim fazilatlari
Bolalarga yaxshilik qilish,
O’qituvchilik burchi,
O’qituvchilik sha‘ni, qadr-qimmati,
O’qituvchilik mas‘uliyati, vijdoni,
Talabchanlik va adolatli bo’lish,
Pokligi, rostgo’yligi
O’qituvchining ma‘naviy qiyofasi, halolligi,

Slayd 8

O’qituvchining muomala odobi – u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o’z professional vazifasini bajarayotganda sodir bo’ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir.

Slayd 9

Pedagogik muomala odobini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
O’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasidagi;
O’qituvchi bilan pedagogik jamoa o’rtasidagi;
O’qituvchi bilan ota-onalar o’rtasidagi;
O’qituvchi bilan maktab rahbarlari o’rtasidagi muomala

Slayd 10

Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta’minlovchi omillar:
Pedagogik nazokat o’qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib takomillashib boruvchi jarayon
Pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo’lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi
O’qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o’zgartirishi mumkin;
O’qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi;

Slayd 11

Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta’minlovchi omillar:
Pedagogik nazokatni o’qituvchi har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatda o’zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi;
O’z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo’yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur talablaridir;
Pedagogik nazokat asosida o’qituvchining mehribonligida tarbiyada talabchanlik va qattiqqo’llik hislatlari mujassamlashgan bo’ladi;
Pedagogik nazokat asosida o’qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini o’zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi.

Slayd 12

Pedagogik nazokatning mohiyati va pedagogik takt haqida tushuncha
Pedagogik nazokat o‘qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, bolalar bilan psixologik kontaktni saqlashga yordam beradi.
O‘qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib o‘zida muloqotning demokratik uslubini shakllantiradi, o‘quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi.
Pedagogik nazokat o‘qituvchiga bolalar bilan muloqotda konflikt (qarama – qarshilik)dan qochishga, o‘zaro munosabatni to‘g‘ri qurishga yordam beradi.
Takt so‘zi ta’sir etish ma’nosini bildiradi. Bu kishilar o‘zaro munosabatini boshqarishga yordam beruvchi axloqiy kategoriyadir. Taktik xulq insonparvarlik prinsipiga asoslanib, murakkab konflikt holatlarida ham kishiga hurmat saqlab qolishni talab qiladi.

Slayd 13

Takt axloqiy tushuncha bo’lib, u insonlarning o’zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish, tartibga solish, insonparvarlik g’oyalariga asoslangan, andishali xulq, har qanday ziddiyatli vaziyatlarda ham inson hurmati saqlanib qolishini talab qiladi. Har bir insondan, ayniqsa o’qituvchidan andishali bo’lish talab qilinadi.

Slayd 14

Pedagogik takt bu o’qituvchining ta’lim oluvchilar oldida o’zini tutishni bilishi, ta’lim oluvchining holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta’sir yo’lini topa olishi.

Slayd 15

Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir.

Slayd 16

Pedagogik taktni qo’llash shartlari
Yuqoridan pastga
Pastdan yuqoriga
Yonma-yon
Aralashmaslik

Slayd 17

«Yuqoridan pastga» pozitsiyasida o’qituvchi mustaqil hal etishni namoyish etadi, mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. Bu pozitsiya «ota-ona» pozitsiyasi.
«Pastdan yuqoriga» pozitsiyasi tobelik, shaxsning o’ziga ishonmasligi. Bu «ta’lim oluvchi» pozitsiyasi.
«Yonma-yon» pozitsiyasida vazminlik, boshqalarning ham manfaatini o’ylash, o’zi va ular o’rtasida mas’uliyatni to’g’ri taqsimlash ifoda etiladi. Bu «katta odam» pozitsiyasi.
«Aralashmaslik» pozitsiyasi – aralashmaslik, faollikni namoyon etmaslik.

Slayd 18

O‘qituvchining darsdagi pedagogik takti
Pedagogik takt – bu o‘qituvchining o‘quvchiga maqsadga muvofiq pedagogik ta’sir o‘lchovi, muloqotning maxsuldor uslubini o‘rnatish ko‘nikmasi. Pedagogik takt o‘quvchilar bilan muloqotda oxirgi holatga (choraga) yo’l qo‘ymaydi. O‘qituvchi takti darsda, sinfdan tashqari ishlarda va boshqa joylarda namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, buning muhim sabablaridan biri – o‘qituvchining taktsizligidir. Ba’zi o‘qituvchilar «nimaga jim o‘tirolmaysan, tagingda MIX bormi?» kabi ogohlantirishlarni normal holat deb hisoblashadi. Ba’zi o‘qituvchilar darsga kirib o‘quvchini ko‘chada ko‘rganligi, kim bilan yurganligi va qanday kiyinganini kesatib aytib beradi. Ba’zan shundan ziddiyatlar boshlanadi. Nazokat (takt) darsning barcha etaplarida zarur. Ayniqsa, o‘quvchilar bilimini baholash vaqtida bunga alohida e’tibor berish kerak.

Slayd 19

Pedagogik nazokat etnopsixologik his-tuyg‘ulari, milliy xarakter xususiyati, xulq, faoliyat, muomala qoidalari, qonuniyatlari va ko‘nikmalaridan me’yoriy ravishda maqsadga muvofiq tarzda foydalanishda o‘z aksini topadi:
Emotsional his-tuyg‘ular, kechinmalar, stress va affektiv holatlar xossalari, chegaralariga batamom rioya qilish;
Xulq-atvor malakalarini amaliyotda oqilona qo‘llash;
Bachkana qiliqlar, ortiqcha harakatlar qilishdan o‘zini tiyish;
Nutq madaniyatidan tashqari chiqmaslik, shaxsiyatga tegadigan iboralar ishlatmaslik, qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik;
Hissiy, aqliy bilish jarayonida muayyyan me’yorlarga asoslanish, manmanlikni namoyish etmaslik;
O‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoalari bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatga kirishishda rasmiy, qat’iy ishbilarmonlik uslublariga asoslanish va hokazo.

Slayd 20

Pedagogik nazokatni egallash shart – sharoitlari.
Pedagogik nazokat pedagog mahorat bilan birga tarbiyalanadi va egallanadi. O‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi, bolalar bilan muloqot ko‘nikmalarini hosil qilishi uchun maxsus bilimlarni egallashida o‘z ustida ishlash natijasida erishadi.
Avvalo, bu bilimlar yosh psixologiyasini va bolalarning individual xususiyatlarini bilish bilan bog‘liq.
Axloq asoslarini bilish, xatti – haraktlardagi axloqiy ma’noni ko‘rish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, o‘quvchiga ta’sir etish yullarini bilish ular qobiliyatiga aylanishi lozim:
Bolalarni sevish, o‘z muhabbatini ko‘rsatish;
Bolalar xulqidagi nozikliklarni ko‘rish va kuzatish;
Sharoitga moslashish;
Hamkorlikning maqsadga muvofiq yo’lini tanlash;
Bolalar bilan suhbat.

Slayd 21

Pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodikasi bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iboratdir. Bu vositalar tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, bolalarning xulq-atvorini rag‘batlantiradi, ularning qiyin va murakkab vazifalarini quvonch ijodiy shavq-zavq manbaiga, har bir tarbiyalanuvchi o‘quvchining shaxsiy muddaolariga aylantiradi.

Slayd 22

Ijobiy natijalarga erishish uchun, o’qituvchi o’quvchilarning ishonchini qozona olishi shart. Yosh o’quvchi «do’st»lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun o’qituvchi pedagogik nazokat imkoniyatlarini o’z o’rnida qo’llay olishi lozim. O’zaro ishonch munosabatlari o’rnatilgach, o’quvchilar og’ir damlarda o’qituvchidan yordam so’rab murojaat qiladilar, o’z mulohazalarini u bilan baham ko’radilar. O’zaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham o’qituvchiga o’quvchilarning ba’zan anglab bo’lmaydigan ichki dunyosini ko’rish imkoniyatini beradi.

Slayd 23

O’quvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo’llash natijasida:
O’qituvchi o’quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bilib oladi, o’quvchilar bilan munosabatda do’stona muloqot qilish imkoniyatlari paydo bo’ladi;
O’qituvchi o’quvchilar bilan chin ko’ngildan bir-biriga yaqin bo’ladi, ba’zan eshitmasligi kerak bo’lgan o’quvchilarning o’zaro sirli gaplarini eshitmasdan o’tib ketishi mumkin, negaki o’zgalar gapini tinglash odobsizlikdir;
O’qituvchi ba’zan o’quvchilar jamoasining kundalik ishlariga aralashmasligi, jamoada ro’y beradigan ba’zi ko’ngilsiz hodisalarni ijobiy hal etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin.

Slayd 24

O’qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o’zini moslashtirishi lozim:
Emosional his tuyg’ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida o’zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish;
O’zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda qo’llash;
Bachkana qiliqlar, ortiqcha xatti-harakatlar, pedagogik etikaga to’g’ri kelmaydigan bema’ni so’zlardan o’zini qat’iy tiyish;
O’qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o’quvchi shaxsiga og’ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo’pol va dag’al so’zlar qo’llamaslik;
Dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo’l qo’ymaslik, o’z holatidan boshqa holatga o’tishdan saqlanish;
O’qituvchilar jamoasi va o’quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish

Slayd 25

Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo’lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda bo’lishga intilishi deb ta’riflanadi. Bu intilish o’qituvchining o’quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o’rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta’minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo’lmaydi, ayniqsa yosh o’qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Slayd 26

Birinchisi, ekstravert shaxslar Ikkinchisi, introvert shaxslar
Birinchisi, ekstravert shaxslar
Ikkinchisi, introvert shaxslar

Slayd 27

Ekstravert shaxslar barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir.
Introvert shaxslar faqat o’z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o’z-o’zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.

Slayd 28

Pedagog olimlar o’qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo’lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo’lishini ta’kidlaydilar. Biroq, ko’pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e’tirof etilganlar. O’qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.

Slayd 29

Muloqotda zaruriyatning mavjudligi;
Muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat;
Kommunikativ ko’nikma va malakalarga ega bo’lish
O’qituvchining dilkashligi – uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayondir:

Slayd 30

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 31

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Pedagogik nazokat va odob-axloq” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar