Pedagogik faoliyatning psixologik asoslari
4000 so'm

Slayd 1
Pedagogik faoliyatning psixologik asoslari
Slayd 2
Reja:
Pedagogikfaoliyatning psixologik xususiyatlari.
Pedagogshaxsi va unga qoʻyiladigan talablar.
Oʻquv jamoasini boshqarishning psixologik asoslari.
Pedagogoʻz ilmiy, oʻquv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari.
Slayd 3
Mavzuning oʻquv maqsadi:
Talimiy: Talabalarni talim jarayonida oʻqituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qoʻyiladigan mezon va talablar bilan tanishtirish, talim samaradorligini taminlashda oʻqituvchi va oʻquvchi hamkorligining oʻrnini anglatish.
Tarbiyaviy: Pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muloqot koʻnikmalarini shakllantirish. Boʻlajak oʻqituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Talabalarning pedagogik faoliyat subyekti boʻlgan oʻqituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlar, talim jarayonining samaradorligiga tasir etuvchi omillar toʻgʻrisidagi bilimlarini rivojlantirish.
Slayd 4
Pedagogik faoliyat oʻqituvchining oʻquvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi talimiy va tarbiyaviy tasirini oʻz ichiga qamrab oladi.
Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yoʻnalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N. V. Kuzmina tarifiga koʻra, pedagogik faoliyatning muhim jihati – bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib koʻrsatiladi:
1 – (Minimal) reproduktiv: pedagog oʻzi bilgan narsalarni boshqalarga etkazib bera oladi;
Pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlari
Slayd 5
2 – (Quyi) moslashgan: pedagog oʻz fikrlarini auditoriyaga oʻziga xos jihatlari bilan malum qila oladi.
3– (Oʻrta) lokal modellashtirilish: oʻqituvchi fanning malum bir boʻlimi boʻyicha oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalarning strategiyasini egallaydi.
4 – (Yuqori) oʻquvchilar bilimini sistemali modellashtirish; oʻqituvchi oʻquvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yoʻl-yoʻriqlarini biladi.
5 – (Yeng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va oʻquvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog oʻz fanini oʻrgatishdagi yoʻl-yoʻriqlarni shunday egallaydiki, natijada u oʻquvchi ehtiyojlarida oʻz-oʻzini tarbiyalash, oʻz-oʻziga talim berish, oʻz-oʻzini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Slayd 6
Pedagogik faoliyat borasida soʻz yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy oʻrinni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi oʻz motivasiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi.
Pedagogik faoliyatning predmeti boʻlib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi boʻlmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan oʻquv faoliyatining manbai hisoblanadi.
Slayd 7
Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h. K. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi.
Oʻqituvchiga nisbatan oʻsmirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan boʻlib, A. Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyida qayd qilingan xarakterga ega boʻlgan oʻqituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:
Mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli;
Haqiqatgoʻy, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tashkilotchilik sifatidagi;
Boshqalar manfaatini oʻylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida oʻquvchilarga erkinlik xuquqini beruvchi, qiziquvchan, ishtiyoqli va ishchan;
Yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi oʻqituvchi.
Slayd 8
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M. Abdullajonova, E. Gladkova, A. Mashkurov, T. Hamrokulov, E. Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari oʻzbek maktablarida rus tili va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar boʻyicha oʻqituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi.
Professiogrammada muhim hislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda oʻqituvchining quyidagi hislatlari koʻrsatib berilishi lozim:
Oʻqituvchining shaxsiy hislatlari:
Bolalarni yaxshi koʻrish, ularni sevish;
Aql-farosatlilik;
Mehnasevarlik;
Jamoat ishlarida faollik;
Kamtarinlik;
Odamiylik, dilkashlik;
Uddaburonlik;
Oʻz bilimini oshirishga intilish;
Slayd 9
Kasbiga xos bilimi:
Talim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
Psixologiya asoslarini, ayniqsa Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsiholgik bilimlarni egallashi;
Hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
Hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi;
Maktab Yoshidagi bolalarning psixologik – pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
Oʻz fanini oʻqitish metodikasini bilishi;
Oʻquvchilarga tarbiyaviy tasir etishning samaradorligini bilishi;
Ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi;
Slayd 10
Oʻz kasbiga xos hislatlari:
Oʻqituvchining kuzatuvchanligi;
Oʻz diqqat-yetiborini taqsimlay olishi;
Pedagogik fantaziya (hayol)ning rivojlanishi;
Oʻziga tanqidiy munosabatda boʻlishi;
Oʻzini qoʻlga ola bilishi, oʻzini tuta olishi;
Pedagogik takt;
Nutqning emosional ifodalanishi;
Slayd 11
Dars mashgʻulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
Oʻquvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
Talim va tarbiya jarayonida oʻquvchilarning bilimi oʻsishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
Pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olish;
Bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda oʻz faoliyatini rejalashtirishni bilishi;
Oʻquv maqsadlarini rejalashtira olishi;
Oʻzining talim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi;
Shaxsiy pedagogik uddaburonligi:
Slayd 12
Tashkilotchilik malakalari:
Bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
Turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
Bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
Amaliy masalalarni hal etishda oʻzining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qoʻllay olishi;
Kommunikativ malakalari:
Bolalarni oʻziga jalb etishni bilishi;
Bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;
Bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi oʻzaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;
Bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bogʻlashni bilishi;
Slayd 13
Gnostik malakalari:
Bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
Oʻzining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;
Boshqa oʻqituvchilarning tajribalarni oʻrganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) toʻgʻri xulosa chiqara olishi;
Psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
Oʻquvchilarni toʻgʻri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi;
Slayd 14
Ijodiy hislatlari:
Pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
Oʻquvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati;
Oʻzini oʻquvchi oʻrniga qoʻyib, boʻlib oʻtgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;
Avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;
Oʻzining oʻquvchiga pedagogik tasiri natijalarini oldindan koʻra bilishga intilishi
Shunday qilib, koʻrsatib oʻtilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:
Shaxsning jamoatchilik va kasbiy yoʻnalishi;
Pedagogik mahorat va qobiliyati;
Xarakterining psixologik xususiyatlari;
Bilish faoliyati;
Slayd 15
Oʻqituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma Yoshlarga oʻzlarining kelgusida oʻqituvchilik kasbini toʻgʻri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda oʻqitishni tashkil qilishda talimning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va koʻnikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy hislatlariga bogʻliq ekanligini albatta koʻrsatish zarurdir.
Slayd 16
Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N. V. Kuzmina oʻqituvchilarni uch guruhga boʻladi:
Kasbiy malakalarni tez oʻzlashtiradi, oʻz faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.
Kasbiy sifatlarni sekin oʻzlashtiradi, bazan dars qoldiradi, ammo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta boʻlsa-da oʻzlashtirib oladi.
Koʻp yillik faoliyati davomida ham oʻqituvchilik qobiliyatini egallamaydi.
N. V. Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida qaraydi.
Slayd 17
A. I. Herbakov ishlarida esa pedagogik talim muammolari koʻzga tashlanadi. Oʻqituvchi shaxsi yoʻnalganligining shakllanishi masalasida toʻxtalar ekan, muallif oʻqituvchilarni tayyorlash va oʻqitish jarayonida etiborga olish zarur boʻlgan vaziyatlar xususida oʻz tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim boʻlajak oʻqituvchi xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy etiborni qaratadi.
Slayd 18
Pedagog shaxsi va unga qoʻyiladigan talablar
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida oʻqituvchining Yosh avlodga talim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Oʻqituvchining oʻrni va uning vazifalari oʻsib kelayotgan Yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan etibor karalishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
«…Oʻqituvchi – deydi Al Forobiy, – aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega boʻlishi va oʻquvchilarga aytmokchi boʻlgan fikrlarini toʻla va aniq ifodalay olishni bilmogʻi zarur». U oʻz fikrini davom ettirib: «Oʻqituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga oʻxshaydi, shu sababli oʻqituvchi eshitgan va koʻrganlarining barchasini eslab kolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqga ega boʻlishi, oʻquvchilarga aytmoqchi boʻlgan fikrlarini toʻla va aniq ifodalab berishni bilmogʻi lozim. Shu bilan birga oʻz or-nomusini qadrlashi, adolatli boʻlmogʻi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega boʻladi va baxt choʻqqisiga erishadi», deb takidlaydi.
Slayd 19
Malumki pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Oʻqituvchi jamiyat tomonidan qoʻyilgan talablar bilan bir qatorda oʻz faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab mamuriyati, hamkasblari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
Boʻlajak pedagog shaxsiga bir qator jiddiy talablar qoʻyilar ekan, ular ichidan asosiy, yani uni qanoatlantirmasdan turib, yuqori malakali oʻqituvchi yoki tarbiyachi boʻlib etishish mumkin boʻlmagan va ikkinchi darajali, yani pedagog uchun zarur boʻlmagan, ammo uni shaxs sifatida shakllanishiga va shaxsga talim-tarbiya berishiga yordam beruvchi talabni ajratish mumkin.
Slayd 20
Pedagogga qoʻyiladigan asosiy, bosh va oʻzgarmas talablar bolalarga boʻlgan mehr, pedagogik faoliyat, oʻzi ishlaydigan soha boʻyicha maxsus bilim, keng fikrlay olish, pedagogik intuisiya, yuqori saviyada rivojlangan tafakkurga, chuqur bilimga, madaniyat va yaxshi xulqqa ega boʻlish, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashning turli uslublaridan mohirona foydalana olishni bilishdan iborat. Yuqorida keltirilganlarning birortasisiz muvaffaqiyat bilan pedagogik ish olib borish mumkin emas.
Jamiyat tomonidan qoʻyiladigan talablardan eng muhimi oʻqituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bogʻlik hislatlariga qaratilgan.
Jamiyatning oʻqituvchilik kasbiga qoʻyadigan asosiy talablari quyidagichadir:
Shaxsni manaviy va marifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uygʻonish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashni bilishi, oʻz Vatani, tabiatga va oilasiga boʻlgan muhabbati;
Keng bilim saviyasiga ega boʻlishi, turli bilimlardan xabardor boʻlishi;
Slayd 21
-Yosh pedagogik-psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, Yosh fiziologiyasi hamda maktab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega boʻlishi;
Oʻzi dars beradigan fan boʻyicha mustahkam bilimga ega boʻlib, oʻz kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor boʻlishi;
Talim va tarbiya metodikasini egallashi;
Oʻz ishiga ijodiy yondoshishi;
Bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
Pedagogik texnikani (mantiq, nutq, talimning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega boʻlishi;
-Oʻqituvchining oʻz bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.
Slayd 22
Har bir oʻqituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan boʻlishga intilishi kerak.
Oʻqituvchiga jamiyat tomonidan qoʻyiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan oʻqituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
Slayd 23
Oʻqituvchilik kasbi – axloqiy xarakterga ega boʻlgan insonparvar kasblardan biri boʻlib, oʻquvchilarga insoniy munosabatda boʻlish oʻqituvchi faoliyatining asosiy tamoyili hisoblanadi. Bu oʻqituvchidan bolalarni sevish, ularni qadr-qimmatini hurmat qilish, shoʻxliklariga bardoshli boʻlish, ularni jismoniy va axloqiy majruh etuvchi narsalarga murosasiz boʻlishni talab etadi. Muallimning odob-axloqi, insonparvarligi – bolalarning kelajagi uchun gʻamxoʻrlik qilish, ularni hayotga ijtimoiy va mehnat faoliyatiga tayyorlashga intilishida namoyon boʻladi. Xushyorlik, pedagogik muomala, diqqat-yetiborli boʻlish, bolalarni sevish, ularga yaxshilik qilish, oʻqituvchilik burchini anglash, masuliyatli, talabchan va adolatli boʻlish, bilimdonlik, halollik, rostgoʻylik kabilar oʻqituvchiga xos kasbiy axloqiy fazilatlardir.
Oʻquv jamoasini boshqarishning psixologik asoslari
Slayd 24
Boʻlajak oʻqituvchilar oʻquv faoliyati (amaliyot, oʻquv jarayoni) davomida quyidagilarni amalga oshirmogʻi maqsadga muvofiqdir:
Oʻqituvchi insoniyatning bugungi avlodi uchinchi ming yillikda xalqlarning mustaqillik, demokratiya, erkinlik, tinchlik, barqarorlik kabi umuminsoniy qadriyatlar ustivor boʻlgan jamiyat qurish uchun jahon ahamiyatiga molik turmush tarzini yuzaga keltirish ehtiyoji kuchayishini oʻz oʻquvchilariga, tarbiyalanuvchilariga tushuntirishlari lozim
Slayd 25
Hozirgi davrda kechayotgan jarayonlar kishilarning qadriyatlarga boʻlgan munosabati, ishonchini oʻzgartirmokda. Ular bilan bogʻliq ehtiyojlar, talablar, qiziqishlarning ham oʻzgarib borishiga sabab boʻlmokda. Bunday sharoitda fanlarni oʻqitishda umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli boʻlishini amaliy jihatdan oʻquvchilarga etkazish asosiy vazifalardan biriga aylanishi zarur
Umuminsoniy qadriyatlarga oid mavzularni targʻibot qilishda yurtimiz sivilizasiyasi taraqqiyoti va madaniyati rivojining asosiy davrlari hamda yutuqlariga, Al Xorazmiy, Al Farobiy, Al Beruniy, Ibn Sino, Al Buxoriy, At Termiziy, Yassaviy va Naqshbandiy, Jomiy, Ulugʻbek, Navoiy, Bobur va Mashrablarning buyuk meroslariga aoslanmoq lozim. Bular Oʻzbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishida eng asosiy tarixiy manbalar boʻlishi shubhasiz
Slayd 26
Pedagogik mahoratni takomillashtirishda shaxsiy pedagogik izlanishning ahamiyati kattadir. Pedagog ishidagi muvaffaqiyatni kunlik faoliyatida kattalar va talabalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini taminlaydi.
Aloqalar faoliyatda duch keladigan turli xil voqealarga pedagogik qoidalar nuqtai nazaridan emas, balki sharoitni hisobga olgan holda ijobiy hal etish talab etiladi.
Slayd 27
Hozirgi jamiyatimizda oʻqituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, oʻz malakasini oshirib borishi – bir tomondan oʻqituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini koʻrsasa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki, bu kechiktirib boʻlmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi.
Psixologik nuqtai-nazardan oʻqituvchi doimiy ravishda oʻz bilimlarini oshirish bilan shugʻullanishi zarurdir. Chunki oʻqituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir.
Pedagog oʻz ilmiy, oʻquv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari
Slayd 28
Bu oʻrinda A. K. Markova taklif etgan bilim egallash koʻrsatkichlari ham muhim ahamiyatga molikdir:
Bu koʻrsatkichlar asosida oʻzlashtirishni aniqlash uslubi ishlab chiqilgan boʻlib, Z. I. Kalmikova fikricha, uning asosini quyidagi koʻrsatkichlar tashkil etadi:
Diagnostik kompleksamalga oshirilib, u «analitik» emas balki «sintetik» yoʻlga suyanishi lozim;
Diagnostikauslublari tabiiy oʻqitish tajribalarida qoʻllanilayotgan oʻquv materiallariga tayanishi, ijobiy xususiyatlari laboratoriya tajribalari qatiy bogʻlanishi lozim, ayniqsa, sinov natijalarini qayd qilishda, miqdor va sifat tahlillarini jarayon vaqtida belgilab borishda, echilish usullari va koʻrsatilayotgan yordamni yozib borishda qatiy aniqlik talab qilinadi;
Slayd 29
-Muammoli oʻquv jarayonida iloji boricha qolgan barcha shartlar tenglashtirilgan holatda talim diagnostika qilinadi;
Diagnostiktajriba vaqti uni qayd qilish talab qilinganda chegaralanmasligi lozim;
-Individual va jamoaviy diagnostik jarayonlarni birgalikda koʻrib chiqish talim jarayonini toʻliq va aniq koʻrsatib bera oladi.
Oʻqituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning oʻz bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan toʻldirib, oʻzining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
Slayd 30
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.