Yerning Gidrosfera qavati va ahamiyati
4000 so'm

Slayd 1
Yerning Gidrosfera qavati va uning ahamiyati
Slayd 2
Reja:
Yerning gidrosfera qavati.
Gidrosfera manbaalari.
Dunyo okeanlari va quruqlikdagi suvlar.
Suvning eng muhim kimyoviy va fizik xossalari.
Suvning organik hayotdagi va kishilik jamiyatdagi ahamiyati.
Suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish.
Slayd 3
Gidrosfera (qadimgi yunoncha: ὕδωρ (húdōr) — «suv», and σφαῖρα (sphaîra) — «shar») [1][2] — Yer kurrasidagi barcha suv — okean va dengizlar, daryo, koʻllar va botqoqliklar, doimiy qorlik va muzliklar, tuproqdagi namlik hamda yer osti suvi majmui. Koʻpincha, gidrosfera deganda okean va daryolar tushuniladi, lekin bu — xato. Gidrosferaning umumiy hajmi 1 491 049 ming km3.
Slayd 4
Gidrosfera Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 million km2) ning 361 million km2 ni, yoki 71% ni gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6% chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 million km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4% ini, quruqlik maydonining 14% ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8%, vodorod — 10,8%, xlor va natriy — 2,95%. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Slayd 5
Gidrosferaga planetamizdagi hamma suvlar-okean, dengiz, daryo, ko’l, muz, botqoq, tuproqdagi va atmosferadagi suvlar kiradi. Gidrosferada suvning miqdori 1 mlrd. 386Mln. Km3 bo’lib, Shundan 1mlrd. 3380 Km3 yoki 96,5 %i okelan va dengizlar, qolgan 35% quruqlikdagi (yer osti suvlari 1,7%, muzlik1ar 7% , daryo, ko’l, botqoq 0,02% va atmosferadagi hamda tirik organizm tarkibidagi) suvlarga to’g’ri kelladi. Gidrosferadagi suvning 97,47% sho’r, faqat 2,53% chuchuk suvdir.
Suv yerdagi eng noyob mineral xisoblanib, uning o’rnini bosuvchi birorta modda yo’q. Tabiatda suv bir vaqtning o’zida qattiq, suyuq va gaz xolatida uchraydigan yagona mineraldir. Suv qanday xolatda bo’lmasin u boshqa moddalarni erituvchanlik xususiyatiga ega. Suvning qaynash bosimga bog’liq xolda o’zgaradi. Suv ham boshqa moddalar singari isitilgach, uning xajmi kelngayib, zichligi kamayadi, aksincha 0 S dan pastga tushsa xajmi kelngayadi, natijada quvurlarda qolgan suv xajmi kelngayib (muzlab qolib), uni yorib yuboradi. Suvning rangi, xidi, ta’MI yo’qligi tufayli boshqa elemyentlardan ajralib turadi Suv yer sharidagi eng ko’p issiqlik sig’diruvchi jismdir. Shu sababli suv xavzalari yozda to’plagan quyosh issiqligini qishda nam va iliq xavo oqimi sifatida atrofini isitib turadi.
Slayd 6
Suv ayniqsa organizmlarning yashashi uchun juda muxim ahamiyatga ega. Yer yuzidagi tirik organizm suvsiz yashashi mumkin emas. Chunki xar qanday xayvon, o’simlik va kishilarning xujayra va to’qimalarida ma’lum miqdorda suv bor. O’simlik va xayvonlar organizmida suvning miqdori 50-98% gacha bo’ladi. Go’sht tarkibida suv 50% bo’lsa, sutda 87-89%, sabzavotlarda esa 80-95% ga yetadi. Suv ayniqsa inson organizmi uchun zarur. Chunki inson vaznining 70% suvdan iborat. Uch kunlik bola badanining 97% ini suv tashkil etadi. Shu sababli inson ovqatsiz bir oygacha yashashi, suvsiz bir necha kun yashashi mumnin. Shunday qilib suv inson badanida ma’lum miqdorda bo’lishi zarur, agar inson badanidagi suvning 12% yo’qolsa, xalok bo’ladi. Bulardan tashqari suv organizm uchun termoregulyator vazifasini ham bajaradi. Shu sababli bir kishi sutkada xavoning xaroratiga qarab 2,4-4 litrdan (past xaroratda), 6-6,5 litrgacha (ochiq xavoda 40 S bo’lganda) suv ichadi. Suv inson uchun, ayniqsa shaxsiy gigiyenasi va maishiy komunal zaruriyatlar uchun 150-200 litr suv ishlatadi.
Slayd 7
Quruqlikdagi suv (daryo, ko’l, muz, yer osti suvlari, botqoqlik) dunyo suv boyliklarining faqat 0,014% ini tashkil etsada, lekin yer shari geografik qobiqdagi tabiiy jarayonlarning shakllanishida muxim vazifani bajaradi. Quruqlikdagi suvlar ichida daryolar sayyoramiz tabiiy muxitiga kuchli ta’sir etuvchi birinchi darajali omildir. Tabiiy chuqurlikda xarakat qiluvchi doimiy suv oqimiga daryo deyiladi. Daryolarni doimo yoki qisman suv oquvchi joyini boshlanish joyi (manbai), ma’lum joyga (okelan, dengiz, ko’l va boshqa) borib quyilishi quyilish joyi deyiladi. Daryo oqadigan soylikni daryo vodiysi, daryo vodiysiinng suv to’lib oqadigan qismini daryo o’zani, suvi ko’payganda uning tagida qolgan qismini uning qayiri deb yuritiladi. Daryolarning suv yig’ilgan xududi xavzasi deyiladi. Havza xududida oqadigan asosiy daryo va uning irmoqlari daryo tizimini tashkil qiladi. Yer yuzasidagi daryolar suvi chelangan bo’lib, sayyoramizdagi umumiy suv zaxirasining faqat 0,0002% ini tashkil etadi. Quruqlikdagi daryo o’zanlaridan bir vaqtning o’zida taxminan 2100 km3 suv oqib o’tadi va yiliga okelanlarga 47000 km3 suv quyadi. Binobarin, daryolardagi suv xajmi xar 16 kunda yangilanib turadi. Daryolar to’yinishi jixatidan, qorlardan, muzlarning erishidan, yomg’irdan, yer osti suvlaridan, aralash manbalardan to’yinadigan manbalarga bo’linadi.
Slayd 8
Botqoqliklar. Yer ustida namgarchilikka moslashgan o’simliklar o’sib yotadigan zax yerlar botqoqliklar deb ataladi. Botqoqliklarni vujudga kellishi uchun quyidagi tabiiy geografik sharoitlar bo’lishi kerak: rel’yefi tekis bo’lishi, iqlimga bog’liq xolda namning kirimga nisbatan sarfi kam bo’lishi, suv o’tkazmaydigan qatlam yer yuzasiga yaqin bo’lishi va boshqalar. Bunday sharoitda suv kam bug’lanadi, shimilishi nisbatan sust bo’ladi, suv oqimi zaif bo’lib, gurunt o’ta namlashib, botqoqliklar vujudga kelgan. Botqoqlik ko’llarning sayozlashib, xar xil o’simliklar (qamish, qo’g’a, qiyoq va boshqalar) bilan qoplanishi oqibatida hamda daryo qayirlarida ham botqoqlik vujudga kelladi. Botqoqliklar atmosfera yog’inlari, gurunt suvlarini to’plab, daryolarni suv bilan ta’minlab, ularning rejimini tartibga solib turadi. Dunyoda botqoqliklar tarqalgan maydon 2,68 mln km2 bo’lib, ularda 11,5 ming km3 suv mavjud. Bu yer yuzidagi daryo suv miqdoridan 5,5 marta ko’pdir. Yer po’sti qatlamlari ichida bo’lgan hamma suvlar yer osti suvlari deyiladi. Yer osti suvlarining umumiy xajmi 23400 ming km2 bo’lib, dunyo suv zaxirasining 1,7% ini tashkil etadi.
Slayd 9
Butun jahon turistik tashkiloti 350 mln 2015-yil 35-maqsadida Ozbekiston boylab sayohat qiling 12 mln 9 mln -fransuzcha tourisme- sayohat qilish, dam olish 1963-yilda sayyoh -ozi yashab turgan joydan 12 oydan ortiq bolmagan vaqt davomida ish bilan band bolmasdan tarixiy va turistik obyektlar xizmatidan foydalangan kishi Ottava, Kanada -polyakcha rekreasia-dam olish.
3 rejali va rejasiz Ierusalim, 18-20 mlrd $ 250 dan ortiq Gozal ota ziyoratgohida 1980-yil G.S. Laskur Fizik, Kimyoviy, Fizik-kimyoviy, biologik 20 % 5,5 mln kishi Xitoy va Hindiston 1 mln 600 ming 1,5 mlnga yaqin 300 mingga yaqin muhitning tabiiy parametrlarini ozgarishi bilan bogliq haroratning kotarilishiga inson organizmi uchun noqulay bolgan biomoddalarni hududda kopayishi bilan hosil boladi Bakteriologik ifloslanish Biotik va mikrobiologik Sayyora miqyosida ifloslanishga aytiladi Mahalliy ifloslanish 7 mingdan ziyod 3 0,42 l/s 3 Azot qosh oksidi Saraton kasalligi E.Gekkel 3 mlrd Shahar, tuman yoki kichik hududlarga tegishli ekologik muammolar 64800 km kv 21100 km kv 8730 km kv 300 km 20 100 ming gektar 1970-yillar ortalarida Tabiiy va ijtimoiy 30-35 % 11,2 mln t Azot oksidlari, oltingugurt dioksidi, uglerod dioksidi, ammiak, ozon Muhitning kislotaliligini ozgartiradi, organizmlarga tasir etadi, oziq-ovqat zanjiri orqali uzatiladi Teri saratoni, koz kataraktasining kopayishi, immunitetning pasayishiga 60 % 1 mlrd 96,5 % 10 mln tonnadan 100 mln tonnaga oshdi Resurslarni isrof etuvchi va atrof-muhitni ifloslantiruvchi texnologiyalardan voz kechish va eng maqbul ekologik texnologiyalarga otish Joylashgan orni, qiyofasi, yashash sharoiti mavjudligi Har qanday istalgan hududagi modda va energiya almashinuvini buzmagan holda u yoki bu darajadagi antropogen bosimga bardosh berish qobiliyati Ekologik jihatdan ruxsat etiladigan antropogen bosim Lotincha korsatkich Fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik 20 3 1987-yil 10% 1950-yillardan 15-25 Antarktida osmonida 80% 0,4-2,5 mlrd t 14,5⁰C 15,2⁰C.
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AHOLI RIVOJLANISHI HAQIDA NAZARIYA VA QONUNLAR. AHOLINING TARKIB TOPISHI. AHOLINING HUDUDIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Aholining hududiy joylashuvi. Dunyo aholisining joylashuvi va tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar. Aholi punktlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTONNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
ILK O‘RTA ASRLARDA GEOGRAFIK BILIMLARNING RIVOJLANISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Janubiy osiyo mamlakatlari. Hindiston mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.