Yer sayyorasida hayotning paydo bo’lishi

4000 so'm


Yer sayyorasida hayotning paydo bo'lishi

 

 

Slayd 1

Yer sayyorasida hayotning paydo bo‘lishi haqidagi qarashlar

Slayd 2

Reja:
Yer sharining shakillanishi. Yerda hayotning paydo bo‘lish jarayoni.
Yerdahayotning paydo bo‘lishiga tasir etuvchi omillar. Dastlab paydo bo‘lgan tirik organizmlar va ularning tuzilish xususiyatlari.
Tirikorganizmlarning rivojlanish va shakillanish jarayoni va davrlari.

Slayd 3

Kirish
O’simliklar nihoyatda turli tumandir. Ular orasida bir xujayrali xlorella kabi suv o’tlaridan tortib, balandligi 150 m kelladigan evkalipt daraxtlarigacha bor. O’simliklar Yer kurrasining hamma qismida Arktikaning, Anktarktidaning doimiy muzliklarida, Sahroi Kabirning jazirama muzliklarida tarqalgan. Quruqlikning 1G’6 qismi o’rmonlar bilan qoplangan. Bepoyon ekinzorlar, o’tloqlar, botqoqlar, Cho’llarda o’simliklar o’sadi. Okelan, dengiz, daryo, ko’llarda ham o’simliklar niyatda xilma-xildar. Barcha o’simliklar ikkita katta guruhga, ya’ni tuban va yuksak o’simliklarga bo’linadi. Tuban o’simliklarga baktyeriyalar, suv o’tlari, miksomitseltlar, zamburug’lar, lishayniklar, yuksak o’simliklarga esa yo’sinsimonlar, paparotniksimonlar, ochiq urug’lilar, yopiq urug’lilar kiradi.
O’simliklar tabiatda muhim rol o’ynaydi. Yashil o’simliklar fotosintez jarayonida karbonat angidrid va suv molekulalaridan yorug’lik energiyasi hisobiga organik modda hosil qiladi.Tashqi muhitga nisbatan gapirilganda, bu prtselss Shu muhitdan karbonat angidridni yutish va erkin kislorodni ajratishdan iboratdir. Hisoblarga ko’ra har yili o’simliklar taxminan 1,3-1010 tonna kabonat angidrid yutadi, bu atmosfera tarkibidagi jami karbonat angidridning 1G’50 qismini tashkil etadi. Olimlarning fikricha atmosferada erkin kislorod yashil o’simlik yer yuzida vujudga kellgandan so’ng hosil bo’lgan va 20% ga yetgan.

Slayd 4

Hayotning paydo boʻlishi
Tirik organizmlarning paydo boʻlishi va rivojlanishi toʻgʻrisidagi qarashlar majmui. [[Hayotning tabiati (qarang [[Hayot), uning paydo boʻlishi toʻgʻrisida har xil fikrlar mavjud. Ilo-hiy kitoblarda tirik jonzotlarni muayyan makon va zamonda maʼlum reja asosida oliy Yaratuvchi tomo-nidan yaratilganligi taʼkidlanadi. Qurʼonda dunyo 6 kunda yaratilganligi yozilgan. Irlandiyalik arxiyepis-kop Asher dunyo miloddan avvalgi 4004-yil oktabrda yaratilganini hisoblab chiqqan. Kreatsionizm taʼlimotiga asosan hayot gʻayritabiiy hodisa natijasida bir marta paydo boʻlgan va oʻshandan buyon oʻzgarmasdan qolgan. Qad. Xitoy, Rim, Bobilda paydo boʻlgan nazariyalarga binoan hayot tabiatda «avjud boʻlgan narsalardan oʻz-oʻzidan (spontan) vu-judga kelgan. Yunon faylasufi Em-pedokl (miloddan avvalgi 490—430 yil) tiriklik havo, tuproq, olov va suvdan; Demokrit (miloddan avvalgi 460—370 yil) hayot loydan; Fales (miloddan avvalgi 625—547 yil) oʻsimlik va hayvonlar balchiqdan paydo boʻlgan, degan fikr bildirishgan. Aristotel fikricha, moddaning muayyan zarrachasi «hayotiy kuch»ga ega; bu kuch qulay muhitda tirik organizmni paydo qiladi: Van Gelmont (1577—1644) iflos kiyim, qorongʻi shkaf va bugʻdoy donidan 3 hafta davomida sichqon paydo boʻlganligini yozadi. Ammo Italiya vrachi va biologi Franchesko Redi ogʻzi yopilgan idishda saqlangan goʻshtda pashshalar paydo boʻlmasligini isbot qiladi. Shu tariqa tiriklik faqat tiriklikdan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi biogenez konsepsiyasi vujudga keldi.

Slayd 5

A.Levenguknkt mikroskopik organizmlarni kashf etishi bilan mikroorganizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi qarashlar avj oldi. Ammo italyan tabiatshunosi Spallansani (1765) olovda pishib turgan goʻsht va sabzavot qay-natmasi solinib, ogʻzi kavsharlangan idishni bir necha vaqt kuzatadi va qay-natmada hech qanday hayot izini topolmaydi. Lekin hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi gʻoyasining tarafdorlari ogʻzi kavsharlangan idishga hayotiy kuch tutp-maganligini vaj qilib koʻrsatishadi. [[Hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlmasli-gini isbotlash uchun L.Paster (1860) tajribada ogʻziga G) shaklida egilgan nay ulangan kolbada qaynatilgan goʻshtning aynimasligini isbot qildi. Lekin L.Paster tajribasi Hayotning paydo boʻlishib. Muammosini hal etib berolmadi; ak-sincha hayotning abadiy mavjudligi toʻgʻrisidagi gʻoyaning paydo boʻlishiga olib keldi.
Hayotning paydo boʻlishib. Toʻgʻrisidagi panspermiya taraf-dorlari fikricha, hayot Galaktika yoki koinotning turli qismlarida bir necha marta qayta paydo boʻlgan; yerga esa meteoritlar va kosmik zarrachalar bilan birga kelib qolgan. Bu nazariyani dastlab nemis olimi G.Rixter (1865) taklif etgan, soʻngra S.A.Arrenius (1895) shakllantirgan. Panspermiya tarafdorlari oʻz qarashlarini isbotlash uchun nomaʼlum uchar obʼyektlarning yerga koʻp marta tashrif buyurganligi, qoyalarga chizilgan rasmlar va oʻzga planetaliklar bilan uchrashuvlar toʻgʻrisida shov-shuv koʻtarishadi. Biroq kosmik kemalarda olib borilgan tadqiqotlar koinotda hayot nishonasi borligini isbotlamadi.

Slayd 6

1924-yilda rus biokimyogari A.I.Oiarin, keyinroq angliya biokimyogari va genetigi J.Xoldeyn (1929) tomonidan tabiatshunoslik fanlari toʻplagan dalillarni umumlashtirish asosida Hayotning paydo boʻlishib.ni uglerod birikmalarining uzoq davom etgan evolyuniyasi tariqasida talqin qiladigan gipote-za taklif etildi. Bu gipoteza Hayotning paydo boʻlishib. Toʻgʻrisidagi hozirgi tasavvurlarning asosini tashkil etadi. Bu gipotezaga binoan Yerda Hayotning paydo boʻlishib. Jarayonini shartli ravishda 4 davrga boʻlish mumkin: birlamchi atmosfera gazlari hisobidan past molekulali organik birik-malar monomerlarining sintezi; monomerlar polimerlanib, oqsil va nuklein kislotalar zanjirini hosil qilishi; tashqi muhitdan membranalar bilan ajralib turadigan sistemalarning hosil boʻlishi; tiriklikka xos boʻlgan xususiyatlar, jumladan kimyoviy va metabolitik xossalarning kelgusi nasllarga oʻtkazilishiga imkon beradigan reproduktiv ap-paratga ega boʻlgan sodda hujayraning paydo boʻlishi. Dastlabki 3 davr Hayotning paydo boʻlishi b.dagi kimyoviy evolyutsiya, oxirgi 4-davr esa biologik evolyusiya deyiladi.

Slayd 7

Hayotning paydo boʻlishib.dagi kimyoviy evolyutsiya davri. Moddalarning kimyoviy evolyutsiyasini amerika olimlari S.Miller va G.Yuri 1953-yilda modelli eksperi-mentlar orqali tasdiqlab berishdi. Ular metan, ammiak va suv butlari aralashmasidan iborat gazga elektr zaryadi taʼsir ettirib, bir qancha oddiy organik birikmalar hosil qilishdi. Ular bu bilan Yerning birlamchi atmosferasini imitatsiya qiladigan sistemalarda organik molekulalar sintezlanishi mumkinligini koʻrsatib berishdi.

Slayd 8

Taxmin qilinishicha Yerning birlamchi atmosferasi tarkibi suv bugʻlari, erkin vodorod, karbonat an-gidrid, qisman metan, vodorod sul-fid, ammiak va boshqa gazlardan iborat boʻlgan. Atmosferaning qaytarilish xususiyati birlamchi organik birik-malarning abiogen sintezida katta ahamiyatga ega. Chunki qaytarilish xos-sasiga ega boʻlgan birikmalar oʻzidan vodorodni chiqarib, kimyoviy reaksiyalarga oson kirishadi. Quyoshdan keladigan ultrabinafsha va rentgen nurlar, chaqmoqning kuchli elektr zaryadi, chaqmoq chaqqanda, meteorit tushganda va vulqon otilganda hosil boʻladigan yuqori harorat taʼsirida gazlardan birmuncha murakkab birik-malar sintezlangan. Shu tarzda anorganik birikmalar: uglevodlar, ami-nokislotalar, azotli asoslar va organik (sirka, chumoli, sut) kislotalar hosil boʻlgan. Yer asta-sekin soviy boshlashi bilan atmosferadagi suv bugʻlari kondensatsiyalanib borgan. Yer yuziga tinmasdan yoqqan jala juda katta suv havzalarini hosil qilgan. Suvda ammiak, uglerod qoʻshoksid, metan va atmosferada hosil boʻlgan organik birikmalar erigan. Suv muhitida organik moddalar kondensatsiyalanib, polimerlarni, xuddi shu yoʻl bilan aminokislotalar peptid bogʻlar orqali oʻzaro birikib oqsillarni, nukleotidlar polinukleotidlarni hosil qilgan. Murakkab polimerlarning sintezlanishi oddiy moddalarga nisbatan oson kechishini qayd etib oʻtish lozim.

Slayd 9

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 10

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Yer sayyorasida hayotning paydo bo’lishi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar