Sharq mutafakkirlarining tabiat haqidagi qarashlari
4000 so'm

Slayd 1
Sharq mutaffakirlarining tabiat, uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari
Slayd 2
Reja:
Muhammad ibn Muso al Xorazmiyning tabiat haqida qarashlari
Farobiyning tabiatshunoslikka oid asarlari
Abu Ali ibn Sinoning tabiat haqida qarashlari
Abu Rayhon Beruniyning tabiat haqida qarashlari
Slayd 3
Sharq va G‘arb olimlarining tabiat, uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi qarashlari. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783- 850) risolalaridan birida bunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!» Daryoning «yoshli ko‘zlari» deganda Muhammad Muso alXorazmiy nimalarni ko‘zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir?
Slayd 4
Vaholanki, buyuk bobomiz eng awalo daryo bilan odamlarning «birbirlarini tushunishlari», o‘zaro mehr-muhabbat qo‘yishlarini nazarda tutgan. 847- Yilda Muhammad al-Xorazmiy «Kitob surat al-arz» nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit’alar, qutblar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, Yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Slayd 5
Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek, dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy huquqiy bilimlari umumlashtirilgan. Abu Nasr Forobiy. O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlarining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (873- 950) ilmiy falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalarga oid 180 ta asarining nomi keltirilgan. Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, uning «Kitob alhajm va almiqdor», «Kitob almabodi al-insonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»).
Slayd 6
«Kitob al-a’zo al-hayvon» («Hayvon a’zolari to‘g‘risida kitob») nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi. Tabiatshunoslikka oid «Odam a’zolarining tuzilishi», «Hayvon a’zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlardagi ayrim a’zolarning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to‘xtab o‘tilgan. Odam a’zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so‘z yuritilganda o‘zgarishlar, ya’ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushuntiriladi. Forobiy tabiiy va inson qo‘LI bilan yaratiladigan sun’iy narsalarni ajratgan.
Slayd 7
Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilganligini va bunda inson omilining ta’siri katta ekanligini, tabiiy va sun’iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta’sirlarni atroflicha baholagan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalarning o‘zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba’zi hodisalarni quyoshning ta’siri opqali izohlaydi. Beruniyning fikricha, yerdagi o‘simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan. Lekin o‘simlik va hayvonlar doimo ko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi.
Slayd 8
Beruniyning tabiatshunos sifatida quyidagicha fikrlari hanuzgacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan: «Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi. Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da, kunlar o‘tishi bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. Agar o‘simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘sishiga sharoit bo‘may, o‘sishdan to‘xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolib ketmaydi. Bordi-yu yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning o‘sishiga ham o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o‘toq qilib, keraksizini yulib tashlaydilar». Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin.
Slayd 9
Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, «Saydana», «Minerologiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida o‘z aksini topgan. Unda Eronning turli tropik o‘simlik va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi misollar bilan tushuntirilgan. Beruniy yer yuzining o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishi bilan, tirik organizmlarning turli hayoti yer tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Qumni kovlab, uning orasidan chig‘anoqni topish mumkin. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo‘lgan, deb ta’kidlaydi alloma. Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 xil dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi.
Slayd 10
Bobur (1483-1530). Bobur nafaqat shoir, balki podsho, tarixchi, bog‘bon va tabiatshunos bo‘lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o‘zi ko‘rgan-kechirganlari, yurgan joylari tabiati, boyligi, urf-odati, hayvonoti, o‘simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab uchraydi. Bobur o‘z asarida joyning geografik o‘rni, qaysi iqlimga mansubligi, o‘simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan va O‘rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug‘doy, o‘rik, nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ma’lumot bergan. Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan, hamda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi haqida batafsil bayon etib bergan. Chexiyalik mashhur pedagog Ya.A. Komenskiy bashariyat tarixidan demokratik pedagogikaning asoschisi sifatida o‘rin olgan. U o‘zining ongli hayotini va amaliy pedagogik faoliya- tini, yaratgan ilmiy asarlarini bolalarni o‘qitish va tarbiya- lashdek olijanob ishga bag‘ishlagan.
Slayd 11
Uning fikricha, inson tabiatning eng go‘zal mavjudotidir. Inson tabiatga ergashib, hamma narsani bilib olishi mumkin. O‘zining «Buyuk didaktika», «Tillar hamma fanlarning ochiq eshigi», «Fizika», «Falakiyot», «Onalar maktabi», «Tinchlik farishtasi» kabi asarlarida o‘zining muhim pedagogik g‘oyalarini ifodalagan. Ya.A. Komenskiy maktablarning 4 turini yilning 4 fasliga o‘xshatgan. «Onalar maktabi» xushbo‘y o‘simliklar, g‘uncha va gullarga burkangan ajoyib bahorni eslatadi. «Ona tili» maktabi yozga va ayrim erta pishgan mevalarga o‘xshaydi. «Gimnaziya»da dalalar, bog‘ va terakzorlardagi mo‘l hosilni yig‘ib, uni «aql xazinasi»ga joylayotgan kuz faslini eslatadi.
Slayd 12
Pestalossining fikricha, bolaga berilayotgan tarbiya tabiat bilan uyg‘un bo‘lishi kerak. U Ya.A. Komenskiy, Jan Jak Russolarning ushbu g‘oyasiga amal qildi:»Insoniy kuchlarning o‘sishi uchun tabiat qilayotgan hara- katga yordam berilmasa, bu harakatlar odamlarni hayvoniy hissiy xususiyatlardan sekinlik bilan qutqaradi. To‘g‘ri tarbiya esa ularni, ya’ni barcha insoniy kuchlarni o‘stirishga yordam beradi». I.G. Pestalossi bolalarning aqliy kamolotini o‘stiruvchi quyidagi didaktik qoidalarni olg‘a suradi: «Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi, oddiydan murakkabga yo‘naltirish, bolaning kuch va qobiliyatiga moslashtirish, ko‘rsatmalilik».
Slayd 13
G. Pestalossi boshlang‘ich ta’lim xususiy metodikasining asosini yaratdi. Bunda u ona tili, hisob, geografiya, o‘lkashunoslik fanlaridan elementar ta’lim berish mazmunini asoslab berdi va bola tilini boyitish uchun geografiya, tibbiyot fanlarining ham uzviy ravishda olib borilishini tavsiya etgan edi. I.G. Pestalossi dunyo pedagogika fanining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shib, o‘z asarlari bilan o‘ziga haykal yaratgan olimdir.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.