Qizil kitob turlari va muhofazasi
4000 so'm

Slayd 1
«Qizil kitob»ga kiritilgan o‘simlik va hayvon turlari bilan tanishish va ularning muhofaza qilishni o‘rganish.
Slayd 2
Tabiatni muhofaza qilish – bu yerdagi hayotni saqlab qolish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va qayta tiklash uchun xalqaro, davlat va mintaqaviy tadbirlar majmuyi sanaladi. Ushbu faoliyat insoniyatning hozirgi kuni va kelajak avlod manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi.
Slayd 3
Tabiatni muhofaza qilish jarayonida o‘simlik va hayvonlarga majmua tarzda ta’sir qiluvchi abiotik, biotik va antropogen ekologik omillar hisobga olinsa, muhofaza samarali bo‘lishi mumkin, chunki ular atrof-muhitning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi va bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan.
Slayd 4
Tabiat, shu jumladan, o‘simlik olami va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri. Mazkur muammoni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish va davlatlararo darajada, shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorlikdagi harakati talab etiladi.1948-yil tashkil etilgan Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi (Tmqxi) va 1961-yil asos solingan Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (Wwf) ushbu maqsadga xizmat qiladi.
Slayd 5
2001-Yildan boshlab, har yili 22-may kuni Xalqaro bioxilma-xillik kuni (International Day for Biological Diversity) nishonlanadi. Ushbu bayram nafaqat tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan bioxilmaxillikni saqlashning ahamiyati, balki uning qisqarishi bilan bog‘liq ekologik muammolarni hal etishni talab etadi.
Slayd 6
Qizil kitoblar. Tirik organizmlarni klassifikatsiyasini shakllantirishda olimlar tarixiy taraqqiyot davomida o‘simlik va hayvonlarning juda ko‘p turlari qirilib ketganligini aniqlashgan. Masalan, junli karkidon, inson tomonidan ovlanishi va iqlim o‘zgarishi natijasida 10 ming yil avval qirilib ketgan.
Slayd 7
Inson tomonidan hayvon va o‘simliklarning qirib tashlanishi, ularning yashash joylarini buzib tashlanishi shunga olib keldiki, natijada ularning ko‘pchiligi kamyob va muhofazaga muhtoj bo‘lib qoldi. Tmqhi tashabbusiga ko‘ra ilk bor 1966-yilda muhofaza qilinishi lozim bo‘lgan turlarni o‘z ichiga olgan xalqaro «Qizil kitob» nashr etildi.
Slayd 8
O‘zbekistonning noyob va kamayib borayotgan o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar 1979-yil ta’sis etilgan «Qizil kitob»da o‘z aksini topgan. Birinchi marta O‘zbekiston «Qizil kitob»ining faunaga bag‘ishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi.
Slayd 9
«Qizil kitob» – davriy nashr hisoblanadi. Unga kiritiladigan o‘simlik va hayvon turlari Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi taklif etgan tasnifga binoan 4 guruhga ajratiladi:
yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasida turgan (jiddiy muhofaza talab etuvchi) turlar;
yo‘qolib borayotgan (areali va soni kun sayin kamayib borayotgan, maxsus muhofazaga muhtoj) turlar;
kamyob, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lmasa-da, kichik maydonlarda kamdan kam uchraydigan (muhofazaga muhtoj) turlar;
muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlari tabiiy sabablarga ko‘ra yoki inson ta’sirida qisqarib borayotgan (sonini nazorat qilib turish talab qilinadigan) turlar.
Slayd 10
«Qizil kitob»ga kiritiladigan hayvon va o‘simlik turlari bo‘yicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida o‘z arealini qaytadan tiklagan va yo‘qolib ketish xavfi tug‘ilmaydigan o‘simlik va hayvon turlari «Qizil kitob»dan chiqariladi.
Slayd 11
Maxsus muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. Bizning sayyoramiz o‘simlik va hayvonot olamini, shuningdek, u bilan bog‘liq biosferaning tarkibiy qismlarini yanada to‘la-to‘kis saqlash uchun dunyoning turli mamlakatlarida alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar – qo‘riqxonalar, buyurtma qo‘riqxona-zakazniklar, milliy bog‘lar tashkil etiladi.
Slayd 12
Qo‘riqxonalar – quruqlik yuzasidagi hudud yoki suv havzasi, uning chegarasida barcha tabiat majmuyi – o‘simliklar, hayvonlar, tuproq va sh.k. – To‘liq va umrbod xo‘jalik yurituvidan chiqarib olinadi va davlat muhofazasi ostida bo‘ladi. Qo‘riqxonalarda faqat ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Ayrim qo‘riqxonalar biosferaga oid deb e’lon qilingan. Ularda har bir tabiiy hududlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan biogeotsenozlar saqlanadi.
Slayd 13
Davlat buyurtma qo‘riqxonalari(zakazniklar) – muhofaza qilinadigan hududlar, ularda tabiiy boyliklardan cheklangan miqdorda foydalangan holda ovlanadigan hayvonlar va o‘simliklar muhofaza qilinadi. Zakazniklar dorivor o‘simliklar, qo‘ziqorinlar, rezavor mevalarni terish, baliq tutish uchun xizmat qiladi va odatda, ma’lum muddatga tashkil etiladi.
Slayd 14
Milliy (tabiiy) bog‘lar – qo‘riqlanadigan hududlar va suv sathining cheklangan qismi, u yerda ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega tabiiy majmualar joylashgan. Qo‘riqxonalardan farqli ravishda, milliy bog‘lar maydonining bir qismi muntazam ravishda tashrif buyurish uchun ochiq bo‘ladi.
Slayd 15
Botanika va zoologiya bog‘lari. Hayvonlarning va o‘simliklarning noyob turlari sonini saqlash va tiklash ishida botanika va zoologiya bog‘lari muhim ahamiyatga ega. Ular tabiatda yo‘q bo‘lib ketayotgan alohida organizm turlarini qutqarish va shu bilan biosfera tirik moddalari genofondini, uning bioxilma-xilligini saqlash imkonini beradi.
Slayd 16
Tabiat yodgorliklari – ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga ega. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan tabiat obyektlari: daraxtzorlar, ko‘llar, sharsharalar, qadimiy bog‘lar, alohida daraxtlar, qadimgi turlar.
Slayd 17
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sifatida O‘zbekistonda davlat qo‘riq xonalari, milliy bog‘, ekomarkaz, davlat buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat yodgorliklari hududlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu hududlarda «Qizil kitob»ga kiritilgan, yo‘qolish ehtimoli bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlari davlat muhofazasiga olingan.
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.