O’simliklar olami va sistematikasi
4000 so'm

Slayd 1
O‘simliklar olami va uning tabiatda tutgan o‘rni. O‘simliklar sistematikasi
Slayd 2
Reja:
Botanika fanining vazifalari. Yer yuzasida o‘simliklarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. O‘simliklarning asosiy organlari.
Generativ va vegetativ a’zolar. O‘simliklarning tabiatdagi va insonlar hayotidagi ahamiyati.
Madaniy o‘simliklarning inson hayotidagi ahamiyati va o‘simliкlаrni muhоfаzа qilish.
Slayd 3
Oʻsimliklar
Oʻsimliklar – tirik organizmlar dunyosi; fotosintez qilish xususiyatiga ega boʻlgan avtotrof organizmlar (qarang Avtotroflar); hujayra poʻsti, odatda, qalin sellyulozadan, zaxira oziq moddasi kraxmaldan iborat. Ayrim oʻsimliklar (saprofitlar, parazitlar) uchun xos boʻlgan geterotrof oziqlanish ikkilamchi hisoblanadi. Oʻsimliklar (Oʻsimliklar)ga xos boshqa xususiyatlar (oʻziga xos rivojlanish sikli, organlarning shakllanish yoʻLI, yopishib yashash va boshqalar) hamma oʻsimliklarga tegishli emas, lekin bu belgilarning majmui oʻsimliklarni boshqa tirik organizmlardan oson farq qilishga imkon beradi. Faqat tuzilishning quyi, ayniqsa, bir hujayralilar darajasida oʻsimliklar bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq uncha aniq sezilmaydi; shuning uchun evglenasimon suvoʻtlarni zoologlar bir hujayrali hayvonlarga kiritishadi. Bir hujayrali Oʻ.ning boshqa bir hujayrali organizmlardan asosiy farqi – xloroplastlar boʻlishi. Tuzilish darajasi orta borgan sari oʻsimliklar bilan boshqa organizmlar oʻrtasidagi farq ham orta boradi.
Slayd 4
Oʻsimliklarning oziqlanish jarayonida atrof muhitdan gazsimon (fotosintez) va suyuq (suv va unda erigan mineral tuzlar) moddalarni shimib olishga moslanishi natijasida ularning tanasi yuzasi tobora kengayib borgan. Yuksak oʻsimliklarda tana yuzasining kengayishi va ixtisoslashuvi toʻqimalar va vegetativ organlarning rivojlanishiga olib kelgan (qarang Toʻqima, Vegegpativ organlar). Oʻsimliklar tuzilishining koʻpchilik muhim xususiyatlari ularning oʻsishi va koʻpayishi, shuningdek, tarqalishiga moslanishi bilan bogʻliq.
Anʼanaga koʻra, XX asrning oʻrtalarigacha barcha oʻsimliklar tuban (bakteriyalar, suvoʻtlar, zamburugʻlar, lishayniklar) va yuksak oʻsimliklar (yoʻsinlar, psilofitlar, plaunlar, qirqboʻgʻimlar, qirqquloqlar, ochiq urugʻlilar, gulli oʻsimliklar)ga ajratib kelingan. Hozirgi bakteriyalar va zamburugʻlar alohida dunyoga ajratiladi. Oʻsimliklar dunyosi 3 kichik dunyo: qizil suvoʻtlar va yuksak oʻsimliklarga boʻlinadi. Bu kichik dunyolar 350,000 turdan iborat barcha oʻsimliklarni oʻz ichiga oladi.
Slayd 5
Oʻsimliklarning kelib chiqishi yerda hayot paydo boʻlishining ilk rivojlanish davrlariga toʻgʻri keladi. Bunda Arxey erasida (bundan 3 milliard yil oldin) koʻkyashil suvoʻtlar (sianobakteriyalar)ga oʻxshash organizmlar paydo boʻlgan. Haqiqiy suvoʻtlar proterozoy erasida, yashil va qizil suvoʻtlar paleozoyning boshlarida paydo boʻlgani taxmin qilinadi. Dastlabki yuksak oʻsimliklar – riniofitlar proterozoy va paleozoy chegarasida kelib chiqqanligini ehtimol qilish mumkin. Ularda ildiz oʻrniga rizoidlari boʻlgan. Karbonda daraxtsimon qirqquloqlar kelib chiqqan; permda ular oʻrnini hozirgi qirqquloqlar egallagan. Karbonda ignabargli oʻsimliklar paydo boʻlgan, trias va yura davrlarida ular keng tarqalgan. Boʻr davrining boshlarida gulli oʻsimliklar (yopiq urugʻlilar) hosil boʻlgan va shundan soʻng ular Yer florasida hukmron boʻlib qolgan.
Slayd 6
Slayd 7
Oʻsimliklar Yerda mavjud boʻlgan barcha tirik organizmlar hayotida katta ahamiyatga ega. Hayvonlar va odamlarning hayotini oʻsimliklarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Faqat yashil xlorofillga ega boʻlgan oʻsimliklar anorganik moddalardan organik birikmalarni sintezlash orqali quyosh nuri energiyasini toʻplaydi; ayni vaqtda oʻsimliklar atmosferadan S02 gazini olib, atmosferaga deyarli barcha tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod chiqaradi. Shu yoʻl bilan yashil oʻsimliklar atmosfera tarkibining doimiyligini saqlab turadi. Oʻsimliklar organik moddalarni hosil qiluvchi produtsentlar sifatida oziq zanjirining asosini tashkil etadi.
Yer yuzidagi oʻsimliklar turli hayotiy formalar (oʻtlar, butalar, daraxtlar, lianalar, epifitlar va boshqalar)ni hosil qiladi. Oʻsimliklarning xilma-xil turlaridan tarkib topgan fitotsenozlar Yer yuzi landshafti va boshqalar organizmlar uchun ekologik sharoitning xilma-xilligini belgilab beradi. Oʻsimliklarning bevosita ishtirokida tuproq va torf hosil boʻladi. Qoʻngʻir koʻmir va toshkoʻmirning hosil boʻlishi ham oʻsimliklar bilan bogʻliq.
Slayd 8
Tuban va yuksak o’simliklar
Bugungi kunda o’simliklar dunyosi rasmiy ravishda e’tirof etilmagan holda tuban va yuksak o’simliklarga ajratib o’rganilmoqda.
Tuban o’simliklar organik olamning dastlabki bosqichlaridan kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam yerlarda yashashga moslashgan. Evolyusiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi kunda ba’zilari sodda tuzilishni saqlab qolgan. Tuban o’simliklar – bir hujayrali, kolonial va ko’p xujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi to’qima hamda organlarga ajralmagan. Tuban o’simliklarining to’qima va organlarga ajralmagan tanasi tallom yoki qattana deb ataladi.
Slayd 9
Slayd 10
Yuksak o’simliklar filogenetik jihatdan ancha yosh o’simliklardir. Ular quruqlikda yashashga moslashgan. Ko’pchilik yuksak o’simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari rivojlangan, shuningdek to’qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular poyabargli o’simliklar deb ataladi. Ko’p hujayrali o’simliklarning tanasi turli hayotiy vazifalarni bajaruvchi bir necha xil hujayralardan tashkil topgan.
Yuksak o’simliklarning muhim xususiyatlaridan biri – yashil rangda bo’lishidir. Ko’pchilik o’simliklar (o’simliklar olamining uchdan ikki qismi) yashil rangga ega. Bu rang maxsus buyovchi xlorofillning bo’lishi tufaylidir. Xlorofill o’simliklarda xlorofill donachalarida hosil bo’ladi. Hayvon hujayralarida xlorofill kuzatilmaydi. Yashil o’simliklar hayvonlardan oziqlanish usuli bilan farq qiladi. Tirik organizmlar oziqlanish usuliga ko’ra avtotrof va geterotrof guruhlarga bo’linadi. Avtotrof deb anorganik moddalar bilan oziqlanuvchi organizmlarga aytiladi. Ular anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish xususiyatiga ega. Har qanday organik moddaning anorganik moddalardan hosil bo’lishi uchun yoki to’plash uchun ma’lum energiya manbai zarur. Yashil o’simliklar uchun bunday energiya quyosh nuri hisoblanadi.Shuning uchun ham o’simliklarda anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo’lish jarayoni fotosintez deb ataladi:
Slayd 11
Slayd 12
O’simliklardan foydalanish xarakteri bo’yicha bir necha guruhga bo’linadi. Bunda eng muhimi inson uchun oziq hisoblangan o’simliklardir. Bularga bug’doy, sholi va makkajo’xori kabi qimmatli o’simliklar kiradi. Sabzavot o’simliklardan birinchi o’rinda kartofel turadi. Boshqa sabzavot o’simliklarining ahamiyati ham kam emas. Insonni oziq moddalar bilan ta’minlashda rezavor-meva, boshoqli, dukkakli o’simliklar ham katta ahamiyatga ega. Tarkibida qand saqlovchi o’simliklar ham qimmatli hisoblanadi.
O’simliklarning ikkinchi guruhini sanoatda foydalaniladigan turlar tashkil etadi. Ular moyli, efir moyli, tolali, oshlovchi, bo’yoq va kauchuk beruvchi o’simliklardir.
Uchinchi guruhga dorivor o’simliklar kirib, ular turli kasalliklarni davolashda ishlatiradi. Bu guruhga yovvoyi holda o’stiriladigan choy, kofe o’simliklari, shokolad kiradi. Choy va kofe o’simliklaridan kofein alkaloidi, kofe va shokolad daraxtlaridan teobromin alkaloidi olinadi. Qishloq xo’jaligida yem-xashak o’simliklarni tashkil etuvchi IV guruh ham katta ahamiyatga ega. Beshinchi guruhni tuban o’simliklar, ayniqsa bakteriyalar va zamburug’lar tashkil etib, ular inson tomonidan achish jarayonlarida foydalaniladi va tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.