O’simliklar olami va botanika asoslari
4000 so'm

Slayd 1
O‘simliklar olami va ularning tabiatda tutgan o‘rni. O‘simliklar sistematikasi
Slayd 2
Reja:
Inson ehtiyojlarini qondirishda
o’simliklarning o’rni
Hujayraning tuzilishi va to’qimalar
Vegitativ va generativ organlar
Yer sharibo’ylab o’simliklar qoplamining
farqlanish hususiyatlari
Slayd 3
Botanika (yun. Botanikos — oʻsimlikka tegishli, botane — oʻsimlik, oʻt, giyoh) — oʻsimliklar toʻgʻrisidagi fanlar majmui. B. Yer yuzidagi oʻsimliklar dunyosini, oʻsimliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi oʻzaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan oʻrganadi.
Hozirda botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o‘simlik guruhlarini; cho‘l dasht, o‘rmon, o‘tloq va shu kabilar bo‘yicha o‘rganib, ulardan xalq xo‘jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir.
Slayd 4
1665 Yil RobertGuk (1635- 1703
1665 Yil Robert
Guk (1635- 1703
XVII asrning oxirlarida Golandiyalik olim A.Levenguk (1632-1723)
Slayd 5
Zamonaviy mikroskoplar
Slayd 6
Elektron mikroskopda olingan hujayra elementlari
Slayd 7
Prokariot Hujayra
Prokariotlar koloniyasi
Anabaena spiroides sianobakteriyalar
Prokariot hujayra tuzulishi: kapsula, hujayra qobig’I, plazmalemma, sitoplazma, ribosoma, plazmida, kiprikchalar, xivchin, nukleotid.
Kapsul a
Hujayra qobig’i
Plazmolemm
Sitopalazma Ribosomala
r Plazmida
Kiprikchal ar
Xivchi
Nnukleoid (yopiq Dnk)
Yerdagi barcha hayot formalarini ularni tashkil etuvchi hujayralariga qarab ikkiga bo’linadi:Prokariot va Eukariot
Prokariot (Yadrogacha) hujayralar – sodda tuzulishga ega bo’lgan ilk hujyralar; Prokariotlar – (lot. Pro — oldin, -gacha va grekcha karion — yadro, yong’oq degani) – yado va boshqa ichki membranali organoidlarga ega bo’lmagan organizm hujayralariga aytiladi. Prokariot hujayralilarga – bakteriyalar, ko’kimtir-yashil suv o’tlari kiradi
Slayd 8
Eukariot hujayrasining tuzulishi
Yadro qobig’i Yadro teshikachalari
Ribosomalar Silliq endoplazmatik to’r
Vezikulalar
Lizosoma
Goldji apparati
Eukariotlar (Evkariotlar) (grekcha eu — yaxshi, to’la va karion — yadro, yong’oq) — yadro qobig’i bilan ajralib turuvchi to’la yadroga ega hujayralar hisoblanadi. Eukariot hujayralarda yadro va boshqa organoidlarni tashkil etuvchi membranalardan tashqari yana ichki membranalar sistemasiga ham ega.
Slayd 9
O‘Simlik Hujayrasining Tuzilishi
Protoplast
Hujayra qobig‘i
Sitoplazma
Yadro
Ribosomalar Endoplazmatik to‘r Goldji apparati
Mitoxondriya Plastidlar
Mikrоnаychа
yadro qobig‘i xromatin yadro shirasi yadrocha
Slayd 10
Hujayra Qobig‘I
Oraliq plastika
Birlamchi qobiq
Ikkilamchi qobiq, plazmodesmlar
Yuksak o’simliklarning hujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po’st bilan o’ralgan bo’ladi. Bu po’st hujayraga ma’lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta’sirlardan saqlaydi.
Faqat jinsiy hujayralarda, harakatchan sporalarda va ba’zi tuban o’simliklarda bunday qattiq po’st bo’lmaydi.
Slayd 11
Sitoplazma
Sitoplazma – hujayraning muhim
tarkibiy qismi hisoblanib, rangsiz, tiniq, qovushoq
cho’ziluvchan murakkab kolloud
massadir.
Hujayraning tirik asosini tashkil qiladi. Unda turli moddalar to’plash, nafas olish, o’sish jarayonlari, ko’zg’aluvchanlik va irsiy belgilar saqlanadi, barcha hayotiy jarayolar sitoplazmada ro’y beradi.
Sitoplazma organik va anorganik moddalardan tashkil topgan. Asosiy organik moddalarga oqsillar, ugevodlar, nuklein kislotalar va lipidlar (yog’simon moddalar) kiradi.
Slayd 12
Vakuola
Hujayra shirasi va uning tarkibi. Hujayrada uzluksiz modda almashinuvi natijasida vakuol paydo bo’lib, uning ichida esa suv va unda erigan organik hamda mineral moddalarning eritmasi joylashadi.
Vakuola. O’simlik hujayrasi uchun eng xarakterli organoid bo’lib, o’simlik hujayrasida suv ko’p miqdorda bo’lganligi uchun vakuola sistemasi yaxshi rivojlangan. Yosh hujayralar endoplazmatik to’rda ko’p mayda pufakchalar bo’lib, ular o’zaro qo’shilib kattalashadi va endoplazmatik to’rdan ajralib chiqadi. Shu bilan yagona yirik vakuolaga aylanadi. Vakuolaning membranasi tonoplast deb ataladi. Vakuola ichidagi suyuqlik hujayra shirasidan iborat. Vakuola shirasining tarkibi juda murakkab. O’z ichiga organik moddalari, mineral tuzlarni oladi, hamda 96-98% suv tutadi.
Slayd 13
Yadro
Yadro qobig‘i
xromatin
yadro shirasi
yadrocha
Yadroning tuzilishi:
1 – yadrocha, 2 – ДНК.
Slayd 14
Doimiy to‘qimalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra
Toʻqima — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar sistemasi.
Shakli jihatidan o‘xshash bo’lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar guruhiga to‘qima deyiladi.
Qoplovchi
Mexanik
0‘Tkazuvchi
Ajratuvchi
Asosiy
Slayd 15
Ўсимлик танаси илдиз, поя, барглардан ташкил топган.
Slayd 16
0‘Simlik hayotida ildiz quyidagi fiziologik va mexanik vazifasi
Tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalami qabul qiladi
Zapas oziq moddalami to‘planishiga xizmat qiladi
Vegetativ ко‘payishga xizmat qiladi
О‘simlikni tuproqqa biriktirib turadi
Organik moddalami sintez qiladi
Slayd 17
Slayd 18
Slayd 19
Bargni tomirlanishi.
Parallel tomirlanish.(birpallali о‘simliklarda)
To‘rsimon tomirlanish(Ikki pallalilarda)
Patsimon tomirlanish(tol, olma, otkulokda)
Oddiy tomirlanish
(Mox, plaun, ochiq urug ‘liklarda)
Yoysimon tomirlanish(zupturumda)
Slayd 20
Gulli o‘simliklarning asosiy belgilaridan biri ularda gul hosil bo‘lishidir. Gul — bu shakli o‘zgargan novda hisoblanadi. Gulli o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi gul yordamida amalga oshadi.
Slayd 21
Gulli o‘simliklar
Yer yuzida gulli o‘simliklarning 240 mingdan ortiq turi uchraydi.
Yer sharining turli iqlim sharoitlariga yaxshiroq moslashgan va shu sababli keng tarqalgan.
O‘simliklarni turli shakllarda uchratish mumkin, masalan, gulli o‘simliklardan daraxt, buta, chala buta hamda o‘t o‘simliklar shular jumlasidandir
Slayd 22
Daraxt deganda poyasi yog‘ochlangan va yaxshi shakllangan, asosiy tanaga ega bo‘lgan ko‘p yillik o‘simlik tushuniladi
Buta poyasi yo’g‘ochlangan, ammo asosiy tanaga ega bo‘lmagan ko‘p yillik o‘simlikdir
Ular bir nechta poya chiqaradi (atirgul, .na’matak, maymunjon va b)
Slayd 23
Chala buta deb poyasining ostki qismi yog‘ochlangan, yuqorigi qismi esa har yili kuzda qurib qoladigan ko‘p yillik o‘simlikka aytiladi (shuvoq, izen va b.)
O‘t –o‘simliklar ko‘p yillik, ikki yillik, bir yillik va qisqa umrli (1—2 oy davomida dayot kechiruvchi) o‘simlik guruhlariga ajratiladi
Slayd 24
O‘simliklar tabiatda juda keng tarqalgan, ular:
Quruqlikda Chuchuk hamada Sho‘r suvlarda, Arktika va Antarktida uchraydi.
O‘simliklar olami ikki guruhga: tuban o‘simliklar va yuksak o‘simliklarga bo‘linadi.
Tuban o‘simliklar- suvli muhitda yoki sernam yerlarda yashashga moslashgan.
Yuksak o‘simliklar- quruqlikda yashashga moslashgan, muhim xususiyatlaridan biri –yashil rangda bo‘lishidir.
O‘simliklar foydalanish xarakteri bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Slayd 25
Sanoatda foydalandigan: moyli, efir moyli, tolali, buyoq va kauchiklilar
Yem-hashak o‘simliklari: (Chorvachilikda o‘ta muhim)
Tuban o‘simliklar: bakteriya, zamburug‘lar tashkil etadi
Dorivor o‘simliklar: yovvoyi holda o‘suvchi va madaniy o‘suvchi o‘simliklar (choy, kofe, shokolad)
Oziq-ovqat o‘simliklari: boshqoqli, dukkakli, meva, rezvor-meva va sabzovotlar
Slayd 26
Slayd 27
Bu mintaqa o‘simligi o‘sha xudud geomorfologik tuzilishiga, iqlimiy xususiyatlariga, tuproq qoplamiga bog‘liq xolda moslashgan.
Cho‘l mintaqasi: dengiz sathidan 200-300 m.
Cho‘l mintaqasi qumli, toshloq cho‘llar, qisman sho‘rxok va taqir hamda to‘qaylardan tashkil etadi.
Qumli cho‘lda: Juzg‘un, quyonsuyak, iloq, selin, saksovul kabi o‘simliklar o‘sadi.
Toshloq cho‘llar- burgan, shuvoq, sag‘an, seta, isiriq kabilar o‘sadi.
Sho‘rxok va taqir- boyalch, burgan, sarisazan, qorasho‘ra, sho‘r ajriq, qora saksovul, yulg‘un, baliqko‘z va boshqalar.
Cho‘l to‘qay- Qizilmiya, chuchukmiya, ajriq, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, tol, jiyda, yulg‘in, ilonpechak, qo‘ypechaklar.
Slayd 28
Adir mintaqasi dengiz sathidan 500 metrgacha bo‘lgan joylarni o‘z ichiga oladi.
Cho‘lga nisbatan o‘simlik turlari ko‘p bo‘lib, qalin. 1Km² 15-20 turga mansub bo‘lgan 30 ming individ uchraydi.
Qo‘ng‘irbosh, yaltirbosh, no‘xatak, chuchmoma, lola, oqquvray, gulxayri, sasir, qoqi kabilar iyul oyigacha vegetatsiyani davom ettiradi.
Shuvoq, yovvoyi bug‘doy, yovvoyi arpa, jasmin, chalov, mingbosh, achchiqmiya, otquloq, zubturum, karrak, yer sovun va boshqalar.
Adrining chiya, na’matak, do‘lana, bodomcha, pista, qirbo‘g‘im, tol va teraklar majud.
Slayd 29
Tog‘ balandlik mintaqasi: 1000- 3000 m gacha.
Quyi qismida: bug‘doyiq, kovrak, oqso‘hta, ko‘kcho‘p, gulxayri, lolalar, arslonquyruq, chayir, yalpiz, shuvoq, va boshqalar.
Daraxtlardan: archa, zarang, yovvoyi olma, bodom, o‘rik, tog‘olcha, do‘lana, terak,
Butalardan: na’matak, irg‘ay,zirk, maymunjon, yovvoyi uzum, anor va anjir va boshqalar.
Dorivor o‘simliklardan: tog‘ piyozi, anzur piyoz, zira, rovoch, taran, tuyayaproq, tog‘ janbuli, kiyik o‘t va boshqalar.
Slayd 30
Yaylov balandlik mintaqasi- 3000 metrdan baland. Subalp va alp o‘tloqlari mavjud.
Qo‘ng‘irbosh, mushukquyruq, yovvoyi arpa, yovvoyi suli, qo‘ziquloq, oq momiq, qo‘qongul, chayir, shuvoq, tikonli astragal va boshqalar o‘sadi.
3500 Metrdan yuqorida gunafsha, qoqio‘t, yulduzo‘t, sariq ayqtovon, yovvoy ko‘knori, qiziltikon, toshyorar kabilar o‘sadi.
Slayd 31
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 32
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.