O’simliklar ekologiyasi masala va mashqlar
4000 so'm

Slayd 1
O‘simliklar ekologiyasi yuzasidan masala va mashqlar yechish.
Slayd 2
Darsning maqsadi: O‘simliklar ekologiyasini va «Qizil kitob»ga kiritilgan o‘simliklar haqida chuqur bilimga ega bo‘lish hamda o‘simlikdar ekologiyasidan masala va mashqlar yechishni o‘rganish.
Darsning jihozi: uslubiy qo‘llanmalar, turli xil ekologik muhitda tarqalgan o‘simliklarning rasmlari, plakatlar, gerbariy, turli o‘simliklarning yashash muhitiga moslashganlik belgilari namoyish qilingan filmlar, elektron darslik, slaydlar, kodoskop, kompyuter, proyektor, televizor, Dvd qurilmasi, Dvd disklar va boshqalar.
Slayd 3
Ekologiyaga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashda ekologik ta’lim-tarbiyaning uzviyligiga e’tibor beriladi. Dastlabki ekologik tushunchalar – tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni toza saqlash kabilar boshlang‘ich sinflardayoq o‘rgatiladi. Maktabda o‘tiladigan botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, hujayra biologiyasi kabi biologik kurslarda berilgan mavzular ham ekologik jihatdan yondoshilgan holatda o‘tiladi. Masalan, botanikada bir turga kiruvchi o‘simliklarning har xil muhitda o‘sishiga qarab turlicha shakl va o‘lchamga ega bo‘lishi ya’ni, archani tog‘ning o‘rta balandliklarida bo‘ydor bo‘lishi, yuqori qismlarida esa yer bag‘irlab o‘sishi va past bo‘yli ekanligi, uning sabablari haqida ma’lumot berilgan. Ekologiyaga oid asoiy ilmiy tushunchalar esa akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun mo‘ljallangan umumiy biologiya kursida alohida berilgan ekologiya bo‘limida o‘rganiladi.
Slayd 4
Shuni hisobga olgan holda ekologik masalalar faqatgina umumiy biologiya kursida emas, balki boshlang‘ich sinflardan boshlab botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi fanlarini o‘qitishda ham o‘quvchilarning yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuziladi va uni yechimi haqida tushunchalar beriladi.
O‘simliklar ekologiyasiga oid masalalarni quyidagi yo‘nalishlarda tuzish maqsadga muvofiqdir.
Mantiqiy yo‘nalishda;
Tahliliy yo‘nalishda;
Ijodiy yo‘nalishda.
Slayd 5
Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. Ekologiya – yunoncha so’z bo‘lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatini bildiradi.
Umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo‘lib o‘rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera.
Autekologiya ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatini, turlarning qanday muhitga ko‘proq va uzviy moslashganligini o‘rganadi
Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma’lum sharoitda turli organizmlar sonining o‘zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi
Sinekologiya biogeotsenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro aloqasini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini o‘rganadi
Ekotizimlarni tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar, ya’ni Yer qobig‘idagi mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi
Slayd 6
Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri natijasida ekologiya tushunchasi o‘ta kengayib ketdi. Fanga «Inson ekologiya»si degan atama ham kirib keldi. Insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo‘limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o‘rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, muhitning insonga ta’sirini o‘rganadi. Inson ekologiyasini o‘rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga birinchi bo‘lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan.
Slayd 7
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson bilan uning atrof-muhit o‘rtasidagi xususiy bog‘lanishlarini o‘rganishdan iborat.
Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tibbiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga kirib, o‘rganilayotgan obyekt yoki tizimni atrof-muhit bilan munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik, hayvonlar va ularning ham jamoalari, biosfera, shuningdek inson ham ekologiya fanining obyekti bo‘lib xizmat qiladi.
Slayd 8
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
1-Masala. O’simliklar dunyosida mavjud bo’lgan selluloza qobig’iga kimyoviy tarkibi jihatidan o’xshash bo’lgan qobiqqa ega bo’lgan hayvonot dunyosida vakillar mavjudmi. Izohlang.
2-Masala. Dehqonlar ekinlarni biroz kechroq ekishganda ustiga qora ko’mir sepib qo’yishar ekan. Savol: nega qora ko’mir sepishlari kerak?
3-Masala. Ochiq urug’LI o’simliklar qishda bargini to’kmaydi, qishin-yozin yam-yashil bo’lib turadi. Lekin bir o’simlik borki qishda bargini to’kib yuboradi. Gap qaysi ochiq urug’LI o’simlik haqida ketyapti?
4-Masala. Ko’k-yashil suvo’tlaridan nostokda shilimshiq qobiq mavjud. Lekin ossillatoriyada bunday qobiq mavjud emas. Buni qanday izohlaysiz?
5-Masala. Ayrim o’simliklar o’zining gul changi bilan emas, tuproqdagi chang bilan ham changlanadi. Buning sababi nimada deb o’ylaysiz?
6-Masala. Ma’lumki, o‘simlikning ildiz sistemasi uning o‘sayotgan muhitga bog‘liq. Botqoqlikda yoki cho’lda o’sayotgan o‘simlikning ildizi nisbatan rivojlangan bo‘lishining sababini aniqlang.
7-Masala. Oq qayin o‘rmondagi o‘simliklarning 1-raqamlisi sanaladi, ya’ni dastlab oq qayin o‘sa boshlaydi va o‘rmon hosil qiladi. Lekin, oq qayinLI o‘rmon vaqtinchalik sanaladi. O‘rmonda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni sxematik tarzda ifodalang.
Slayd 9
Mustaqil bajarish uchun masala va mashqlar.
8-Masala. Nima sababdan xona o‘simliklarini tunuka bankalarda, kastryulkalarda saqlash va sopol tuvaklarni moyli bo‘yoq bilan bo‘yash mumkin emas?
9-Masala. Cho’lda o’suvchi qora saksovul qish yaqinlashishi bilan o’zining ho‘l novdalarini to’kadi. Uning sababi va ahamiyatini tushuntiring.
10-Masala. Tirik burchakda bir qancha kaktuslar o‘stirilmoqda. Ularning tashqi tuzilishidagi qaysi belgilariga qarab kaktuslarning tabiatda yashaydigan sharoitini aytib berish mumkin?
11-Masala. Shimoliy Amerikaning shimoliy kengliklarini ignabargli o‘rmonlar tashkil etadi. Bu o‘rmonlarda asosan amerika sekvoyadendroni o‘sadi. Huddi ana shu daraxtlarda yashovchi holdor ukkilar hozirgi paytda son jihatdan kamayib ketdi va Xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgan. Uning kamayib ketishiga asosiy sabab nima?
Slayd 10
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 11
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.