Mikroorganizmlar seleksiyasi shtammlari
4000 so'm

Slayd 1
Mikroorganizmlar seleksiyasi. Shtamm
Slayd 2
Mikroorganizmlar turlituman texnologik jarayonlarda jadal qo‘llanilmoqda. Prokariotlar va eukariotlar hayot faoliyatining mahsulotlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida yildan yilga ko‘paymoqda. Non pishirishda, pivo, vino, turli tuman sut mahsulotlarini tayyorlashda mikro organizmlar, zamburug‘lar va bakteriyalarning fermentativ faoliyatidan foydalaniladi.
Slayd 3
Shu munosabat bilan sanoat mikrobiologiyasi keng rivojlanmoqda va inson uchun zarur bo‘lgan, moddalarni ko‘p miqdorda ishlab chiqaradigan mikroor ga nizm larning yangi shtammlari seleksiyasi jadal o‘smoqda. Bunday shtamm lar antibiotiklar, ferment va vitamin preparatlari va ozuqabop oqsillarni ishlab chiqishda katta ahamiyat kasb etadi.
Slayd 4
Masalan, mikroorganizmlardan B2, B12 vitaminlarini olishda foyda la niladi. Yog‘och qipiqlari yoki parafinda o‘sadigan achitqi zamburug‘laridan oziqabop oqsillar olinadi. Zamburug‘lar tarkibida 60% gacha oqsil moddasi to‘planadi. Oqsilga boy bu preparatni chorvachilikda qo‘llash natijasida yiliga qo‘shimcha ra vishda 1 million tonnagacha go‘sht yetishtirish mumkin.
Slayd 5
Mik ro organizmlar yordamida zaruriy amino kislotalarni ishlab chiqish ham muhim ahamiyatga ega. Ozuqa tarkibida bunday moddalarning yetishmasligi organi zm larning o‘sishini keskin sekinl ashtiradi. Hayvonl arning an’anaviy ozuqasi tarkibida zaruriy aminokislotalar kam bo‘ladi. Mikrobiologik yo‘l bilan olingan lizin aminokislotasidan 1 tonnasi qo‘shilsa, o‘nlab tonna hayvonlar ozuqasini te jab qolish mumkin.
Slayd 6
Inson uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni tirik hujayralardan yoki ular yordamida olish texnologiyasi biotexnologiya deb ataladi.
Slayd 7
Biotexnologiya favqulodda tez rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi.
Keyingi 30 yil ichida bir qator turli xil bakteriyalar, zamburug‘lardan foydalanishga asos langan butunlay yangi ishlab chiqarish korxonalari paydo bo‘ldi. Mikroorganizmlar metallurgiya sohasida ham «faoliyat» ko‘rsatadi.
Slayd 8
Rudalardan metallarni ajratib olishda qo‘llaniladigan odatdagi texnologiyalar tarkibi jihatdan murakkab bo‘lgan yoki siyqa rudalardan keng foydalanishga imkon bermaydi; ularni qayta ishlash natijasida juda ko‘p chiqindilar hosil bo‘ladi, atmosferaga zaharli gazlar ajralib chiqadi. Metallar biotexnologiyasi bakte riya larning minerallarni oksidlash va metallarni eruvchan birikmalarga aylantirish xususiyatiga asoslangan.
Slayd 9
Olimlar bakteriya hujayrasiga ma’lum genlarni, shu jumladan odam genini ham kiritish usullarini ishlab chiqdilar. Bu usullar gen muhandisligi deb ataladi. Bakteriya hujayrasi o‘ziga yot (begona) bo‘lgan gen asosida ko‘p miqdorda oqsillarni sintez qiladi. Hozirgi kunda shu yo‘l bilan viruslar ko‘payishini to‘xtatuvchi interferon oqsilini, qonda glukozaning miqdorini nazorat qiluvchi insulin oqsilini olishmoqda.
Slayd 10
Mamlakatimizda mikrobiologiyani rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli bir qator sanoat tarmoqlarini: oziqovqat, konserva, sut mahsulotlarini qayta ishlash, antibiotik va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. Olimlarimiz A.M. Muzaffarov, M.I.Mavloniy, S. Asqarova, A. Xolmurodov va boshqalar mikrobiologiya fanining rivojla nishiga katta hissa qo‘shdilar.
Slayd 11
A. Muzaffarov va uning shogirdlari xlorella suv o‘tidan chorva mollarining mahsuldorligini oshirishda va bir qator suv o‘t lari dan ifloslangan suv havzalarini tozalashda keng miqyosda foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar. M. Mavloniy bir qator achitqi zamburug‘larini o‘rganib, ularni novvoychilik, chorvachilik va boshqa sohalar uchun achitqilar tayyor lash texnologiyalarini yaratdi.
Slayd 12
Savol va topshiriqlar
Mikroorganizmlar seleksiyasining xalq xo‘jaligi uchun ahamiyati qanday?
Biotexnologiya qanday fan?
Turli mikroorganizmlardan foydalanib, ishlab chiqarilayotgan yangi mahsulotlarning nomlarini ayting.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.