Ekologiya fani va uning asosiy vazifalari
4000 so'm

Slayd 1
Ekologiya
Slayd 2
Ekologiya fani haqida tushuncha
“Ekologiya» so’zi yunoncha bo’lib, «oykos»-uy va «logos»- fan ma’nolarini bildiradi. Bu fan «tabiiy uy» da yashayotgan va shu uyda hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni o’tayotgan hamma tirik organizmlarni o’rganadi. Shuning uchun ham ekologiya organizmlarni «o’z uyi»da o’rganadigan fan deb ataladi.Bu fan organizmlar va atrof-muhit o’rtasidagi aloqalarning har xilligiga, umumiyligiga katta ahamiyat beradi.
Slayd 3
“Ekologiya»
“Ekologiya» atamasi buyuk nemis darvinisti Ernest Gekkel (1834-1919) tomonidan 1866 -1869 yillari birinchi bor fanga kiritildi. E.Gekkelning xizmatini o’z vaqtida F.Engels yuqori baholab «Tabiiy tanlash tushunchasi E.Gekkelning ishlari va xizmatlari tufayli barqarorlandi, turlarning o’zgaruvchanligi esa, ularni muhitga yashash joyiga moslashishi va nasliy belgilarning o’tishi bilan yoritildi» deydi.
Slayd 4
Reja:
Organizmlar va muhit o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarni aniqlash uchun turlarning muhitga tarixiy moslashish yo’llarini o’rganish:
Ekosistemalarda uchraydigan turlar soni va sifati hamda turlar uchraydigan yerning iqlimi, tuproq xili joyning holatini o’rganish:
Ekosistemaning tuzilishi, u yerda uchraydigan turlarning bir-birlari va ularning muhit bilan hamda o’lik tabiat komponentlar bilan bo’layotgan munosabatlarini ochish:
Ekosistemaning tarkibini ko’rsatuvchi harorat, namlik, tuproqning xillari, tuzlar miqdori (suv, tuproqda) va biogen moddalarning borligi hamda oz va ko’pligini aniqlash:
Ekosistemaning miqdorini solishtirishda, uning asosiy komponentlarining o’zaro va muhit bilan aloqalarini ochib turlarning o’sish, ko’payish va fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan fitomassa hamda uning hayvonlar tomonidan o’zlashtirish tezligini aniqlash:
Ekosistemalarda uchraydigan hamma komponentlarning fasllar bo’yicha, yil davomida va ko’p yillar mobaynida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganib, u yoki bu ekosistema asosida umumiy qonunlar yaratish, kelajak uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish
Slayd 5
Qadimgi yunon olimlari ilmiy asarlarida
Qadimgi yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlaridagi 500 ta o’simlik turi va hayvonlarning 154 ta turi haqidagi ma’lumotlar ekologik harakterga ega bo’lgan.
Masalan, Aristotel o’zining ilmiy asarlarida 500 dan ortiq turli hayvonlarni, qushlarni, baliqlarning hayoti,tarqalishi,bir yerdan ikkinchi yerga ko’chishi haqida ma’lumot bergan. Galen,Teofrast kabilar ham turli jonivorlarining hayot,tabiatga moslashishi to’g’risida qimmatli ma’lumot qoldirganlar.
Slayd 6
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti davrida ekologik ahvol
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti davrida ekologik ahvolni muvozanat holida saqlab turish, atrof – muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bog’liq. Bu omillarning asosiy yetakchisi ekologik ta’lim va tarbiyadir. Yoshlar ongida ekologik ongni shakllantirishda qadimiy milliy tarbiyaviy vositalarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Slayd 7
Suv ekologik muhit sifatida
Slayd 8
Suv hayotiy muhitning ekologiyasi
Suv- tabiatning qimmatbaho resursi bo’lib, biosferaning mavjudligini ta’minlovchi moddalar almashinishi jarayonlarida o’ta muhim rol o’ynaydi. Suv insoniyatning madaniy hayotining shakllanishi va taraqqiy etishida sayyoramizdagi boshqa tabiiy resurslarga nisbatan sezilarli rol o’ynaydi. Suvning sanoat va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati beqiyosdir. Uning maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur vosita ekanligi hech kimga sir emas. Suv inson organizmi, barcha o’simlik va hayvonlar tarkibini tashkil qiladi. Ko’plab tirik mavjudotlar uchun yashash muhiti vazifasini bajaradi.
Slayd 9
Atrof-muhitning gidrologik va gidrogeologik tarkibining shakllanishida bizning sayyoramiz uchun xos bo’lgan suvning umumbashariy aylanma harakati katta ahamiyatga ega. Bu haqda biosfera mavzuida ma’lumot berilgan.Dunyo okeanlaridan bir sutka davomida parlangan (875 km3) chuchuk suvning asosiy qismi (775 km3). Dunyo okeanlari ustiga qolgan qismi esa, quruqlikka borib yog’adi. Quruqlikka yog’adigan yog’in –sochin hajmi yiliga 47 ming km3 ni tashkil qiladi. Xuddi ana shu 47ming km3 suv quruqlikning yillik suv resursi deb ataladi.
Slayd 10
Suvning radioaktivligi
Suvning radioaktivligi – yer osti, buloq, daryo, kol va dengiz suvlarida barcha malum radioaktiv moddalarning mavjudligi. Tarkibida uran, radiy va radon bulgan suvlar amaliy ahamiyatga ega. Bu moddalar suvga atmosferadan va tuproq hamda tog jinslaridan yuvilib kelib qoshiladi. Tog jinslari tarkibida radioaktiv elementlar (uran, toriy, radiy va b.) bulgan minerallar, shuningdek, izotoplari radioaktiv kimyoviy elementlar (prometiy, poloniy va b.) bor. Suvda tabiiy radioaktiv izotoplar bilan birga yadro portlashi natijasida vujudga keladigan suniy izotoplar ham mavjud. Tabiiy radioaktiv moddalar miqdori kelib chikishiga qarab kop darajada farq kiladi. Suniy radioaktiv moddalar suv havzalariga atmosfera yoginlari va yadro yoqilgisi ishlab chiqarish. Korxonalaridan chiquvchi oqova suvlar sifatida kelib kushiladi. Radioaktivli suvlardan uran konlarini izlab topishda, seysmologiyada (suvda Rn konsentratsiyasining uzgarishi yer qimirlashidan darak beradi), balneologiyada — asab kasalliklari, yurakqon tomir sistemasi, nafas organlari, bugim va b. Kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Ozbekistonda radonli mineral suvlarning katta koni Samarqand viloyatida «Nagornoye» temir yol stansiyasi yaqinida topilgan.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.