Erkin Vohidov va Abdulla Oripov hayoti va ijodi
8000 so'm

Slayd 1
ERKIN VOHIDOV, ABDULLA ORIPOV HAYOTI VA IJODI
Slayd 2
1. Erkin Vohidovning hayot yo‘li.
2. E.Vohidov lirikasida yetakchi xususiyatlar.
3. E.Vohidovning doston va dramalari.
4. Abdulla Oripov hayoti va ijodi.
5. Abdulla Oripov she’riyatining asosiy motivlari.
6. A. Oripovning doston va dramatik asarlari haqida.
Reja:
Slayd 3
Tayanch tushunchalar:
• Farg‘ona, Oltiariq, G‘ayratiy to‘garagi, SAGU, “Tong nafasi”, “Kamtarlik haqida”, “Yoshlik devoni”, “Inson”, “O‘zbegim”, “Sharqiy qirg‘oq”, “Tirik sayyoralar”, “Yaxshidir achchiq haqiqat”, “Kuy avjida uzilmasin tor”, “Palatkada yozilgan doston”, “Ruhlar isyoni”, “Oltin devor”, “Istanbul fojiasi”, Qashqadaryo, ToshDU, jurnalistika fakulteti, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining raisi, O‘zbekiston Qahramoni, “Mitti yulduz”, “Onajon”, “Yuzma-yuz”, “O‘zbekiston”, “Sovg‘a”, “Giyoh”, “Tilla baliqcha”, “Birinchi muhabbatim”, “Alisherning onasi”, “Saraton”, “Yillar armoni”, “Ishonch ko‘priklari”, “Ayol”, “Najot qal’asi”.
Slayd 4
Erkin Vohidov hozirgi o‘zbek she’riyatining zabardast vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an’analari izidan borib, zamondoshlari ma’naviy dunyosini ochib beruvchi g‘azallari, yuksak insoniylik ruhi bilan yo‘g‘rilgan she’rlari, urush fojealari haqida bahs etuvchi “Nido”, hayot jumboqlari, inson qismati haqidagi falsafiy mushohadalarga boy “Ruhlar isyoni”, “Istambul fojeasi” asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan “Oltin devor” komediyasi, shuningdek, I.Gyote, S.Yesenin, A.Blok, M.Svetlov, A.Tvardovskiydan qilgan tarjimalari, ayniqsa, “Eron taronalari” bilan “Faust” tarjimasi adabiyotimizda, ma’naviy hayotimizda ulkan voqea bo‘ldi.
Slayd 5
Erkin Vohidov Farg‘ona viloyatining Oltiariq rayonida 1936-yilning 28- dekabrida o‘qituvchi oilasida dunyoga keldi. Otasi Cho‘yanboy Vohidov, onasi Roziyaxon davrning obro‘-e’tiborli, ma’rifatli, faol kishilari edilar. Afsus, ular uzoq yashamadilar. Urushdan og‘ir yarador bo‘lib qaytgan ota, so‘ng ona dunyodan o‘tdi, bo‘lg‘usi shoirning opasi va ukasi ham go‘dakligida vafot etgan edi. Ikki qisqa umrning yolg‘iz yodgori bo‘lib Erkin toshkentlik tog‘asi Karim Sahiboev qo‘lida qoldi. Uning o‘spirinlik, Yoshlik yillari Toshkentda o‘tdi. Erkin ulg‘aygan xonadon ma’rifatga, san’atga, adabiyotga tashna edi, bu xonadonda tez-tez shoir va xonandalar ishtirokida suhbatlar bo‘lib turardi.
Slayd 6
Erkin Vohidovda nafosatga, she’riyatga mehr va mayl shu xonadonda shakllandi. Erkin juda erta qo‘liga qalam oldi. 7-sinfda o‘qib yurganida “Mushtum” jurnalida birinchi she’ri bosildi. Talabalik yillari o‘quvchilar saroyida shoir G‘ayratiy bosh bo‘lgan to‘garak mashg‘ulotlariga qatnashib turdi. Bu to‘garakda havaskor shoir adabiyotdan, she’riyatdan ilk saboqlar oldi. Maktabni tugatgach, Erkin Vohidov O‘rta Osiyo Davlat Universitetining filologiya fakultetiga kirib o‘qidi. 1960 yilda u o‘qishni tamomlab, turli nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Avval “Yosh gvardiya” nashriyotida (1960-1963), so‘ng G‘.G‘ulom nashriyotida (1963-1970) bosh muharrir, direktor bo‘lib ishlaydi. Ayni chog‘da “Yoshlik” oynomasiga boshchilik ham qiladi. Hozirgi kunda u respublika Oliy Majlis deputati hisoblanadi.
Slayd 7
Uning birinchi she’riy to‘plami 1961 yilda “Tong nafasi” nomi bilan bosilib chiqqan. Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o‘z qo‘lidagi qurol – she’r, uning tabiati, el-yurt oldidagi burchi – vazifasi xususida ko‘p o‘ylaydi, she’r va shoir haqidagi qarashlarini ayon etadi. Bular xususida so‘z ochganda, u har doim ijod mashaqqatlarini, shoir bo‘lish oson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o‘z ona yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo‘lgan fidoyi mehrining samarasidir. U “Shoirlik” she’rida yozadi:
Slayd 8
Shoirlik – bu shirin jondan kechmakdir,
Limmo-lim fidolik mayin ichmakdir.
Shoirlik – jigarni ming pora etmak,
Bag‘ir qoni bilan satrlar bitmak.
Slayd 9
Erkin Vohidov faqat ijtimoiy-ishqiy she’riyat yaratib qolmay, balki hajviy-yumoristik she’rlar muallifi hamdir. Uning “Manfaat falsafasi”, “Majlis qiling”, “Donish qishloq latifalari” kabi she’rlarida ham komil inson uchun kurash muammosi bosh g‘oyani tashkil etadi. Erkin Vohidov bir qancha ajoyib dostonlar muallifi sifatida ham ma’lum va mashhur. Xususan, uning “Nido”, “Ruhlar isyoni”, “Baxmal” kabi dostonlari o‘zining badiiy barkamolligi bilan alohidaajralib turadi. “Ruhlar isyoni” falsafiy doston bo‘lib, unda Bengal shoiri Nazrul Islom jasorati ulug‘lanadi. Bu asar Nazrul Islomdek yorqin siymo, asl xalq farzandining shonli vaachchiq qismatidan saboq chiqarib olishga chaqiriq bo‘lib yangraydi.
Slayd 10
Shoir Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni hozirgi o‘zbek poemachiligining go‘zal fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, u muallifning deyarli butun ijodidan o‘sib, etilib chiqqandir. Avvalo, dostondagi hayot, zamon va inson mohiyati haqidagi yoniq misralar shoirning haroratiga to‘liq lirikasini eslatadi. Asardagi kishini o‘ziga rom etuvchi qiziqarli voqea va rivoyatlar tasviri esa shoirning “Nido”, “Baxmal” singari liro-epik poemalarini yodga soladi.
“Ruhlar isyoni” dostoni ming yillar davomida kishilikni o‘ylatib kelgan umumbashariy muammo, ya’ni insonning zamin va zamonda erkin nafas olishi hamda chinakam baxt topishi masalasi talqiniga bag‘ishlangan. Mazkur masalani talqin etar ekan, shoir hayot haqiqatini butun murakkabligi, ziddiyatlari, shafqatsizliklari bilan bog‘liq holda gavdalantirishga intilgan, jiddiy ijtimoiy-ma’naviy muammolarni dadil o‘rtaga qo‘ygan, teran falsafiy mushohadalarni, inson hamda Er kurrasining taqdiri to‘g‘risidagi alamli o‘ylarini yuzaga chiqargan.
Slayd 11
Erkin Vohidov otashin publisist va adabiyotshunos sifatida ham samarali ijod qilib kelmoqda. Uning “Shoiru, she’ru, shuur” kitobi shundan dalolat beradi. Uning tarjima sohasidagi mahorati buyuk nemis shoiri Gyotening “Faust” asari tarjimasida (1974) yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Adabiyot oldidagi shu xizmatlari uchun Erkin Vohidov O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri, Hamza mukofoti sovrindori bo‘ldi.
Slayd 12
Slayd 13
Abdulla Oripov 60-yillarda Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdieva, Oydin Hojiyeva singari ijodkorlar bilan bir qatorda o‘zbek adabiyotiga kirib keldi. Shoir ijodining ilk davridan boshlab o‘z uslubi va o‘ziga xos yangroq ovozi bilan she’riyatimizda Yangilik yaratib, ko‘pchilikning diqqatini o‘ziga jalb qildi.
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1958-yilda Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limiga kirib, 1963-yilda tamomlagan. So‘ngra u 1963-74–yillar oralig‘ida nashriyotda, 1974-80 yillarda “Sharq yulduzi”, “Gulxan” jurnallarida ishladi. Undan keyin O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi.
Slayd 14
Abdulla Oripov qisqa vaqt davomida mualliflar huquqini himoya qilish qo‘mitasiga rahbarlik qildi. Shoir O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining rahbari bo‘ldi.
Qishloqdagi ma’sumona ma’yus hayot, tabiat sokinligi, muhabbat kabi tuyg‘ular uni shoirlikka undadi. Shoir ko‘nglining ilhom bulog‘i ochildi.
Shoirning ilk she’rlari talabalik davrida matbuotda e’lon qilina boshladi. Abdulla Oripovning birinchi to‘plami 1965-yilda “Mitti yulduz” nomi bilan bosilib chiqdi. Shoirning ba’zi ilk she’rlarida mavhumlik alomatlari, bahsli va ziddiyatli o‘rinlar sezilardi. Biroq ularni g‘oyaviy nuqson sifatida emas, balki o‘sish qiyinchiliklari tarzida qabul qilish lozim. “Mitti yulduz” to‘plami shoirning haqiqiy ijod yo‘liga kirganligidan dalolat beruvchi kitob sifatida maydonga kelgan edi.
Slayd 15
Abdulla Oripov bu to‘plamga kiritilgan she’rlarida tabiat manzaralari tasviriga ko‘proq o‘rin beradi. Masalan “Archa” she’rida shoir o‘zining tuyg‘ulari yuksak cho‘qqiga ko‘tarilganligini ko‘rsatishga harakat qildi. Toshyo‘nar usta nogahon archaning ustiga tosh tushirib yuboradi. Ammo archa bukilmaydi. Yillar o‘tib, qaytib kelgan usta hayratdan qotib qoladi: archa toshni boshida ko‘targancha gurkirab o‘sib turardi… Haqiqatdan uzoq bo‘lgan bu voqea tasviri bilan shoir nima demoqchi? Bu she’rda butun hayot haqiqati namoyon bo‘ladi.
Dastlabki chog‘larda Abdulla Oripov o‘zining yashashdan kuzatgan maqsadlari va asosiy estetik prinsiplarini quyidagicha ifodalagan edi:
Slayd 16
Men shoirman
Istasangiz shu.
O‘zimniki erur shu sozim.
Birovlardan olmadim tuyg‘u
O‘zgaga ham bermam ovozim.
Slayd 17
Shoir A.Oripov “Mitti yulduz” she’riy to‘plamidan keyin yana bir necha kitoblar e’lon qildi: “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1966), “Onajon” (1969), “CHashma”, “Ruhim” (1971), “O‘zbekiston” (1972), “Hayrat” (1974), “Yurtim shamoli” (1976), “Najot qal’asi” (1980), “Yillar armoni” (1984), “Ishonch ko‘priklari” (1989), “Munojot” (1992), “Dunyo” (1995), “Haj daftari” (1995), “Saylanma” (1996) shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda Abdulla Oripovni butun mamlakat yaxshi biladi va uning asarlarini sevib o‘qiydi. U osonlikcha ijodiy kamolotga erishmagan albatta. Zotan, shoir Yoshligidanoq ijodiy ishga katta mas’uliyat bilan qaradi. Binobarin, ustoz A.Qahhor: “Abdullaning bitta xislati menga ma’qul. U faqat o‘zi ko‘rgan va o‘zi bilgan narsalarnigina yozadi”, – deb bejiz aytmagan. Buning ustiga, shoir asarga jilo va sayqal berishdan aslo erinmaydi.
Slayd 18
Abdulla Oripov she’rlarida falsafiy teranlik bilan jo‘shqin lirizm uyg‘unlashib ketgan. Uning “O‘zbekiston”, “Munojot”ni tinglab”, “Avlodlarga maktub”, “O‘ylarim”, “Bahor”, “Birinchi muhabbatim”, “Yuzma-yuz”, “Otello”, “Kuz”, “Saraton”, “Dengizga” va boshqa qator she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi. Bu fusunkor va teran she’rlar o‘zbek milliy adabiyotining mumtoz namunalari bo‘lib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, jo‘shqinligi, yoqimliligi va lirik tuyg‘ularga boyligi bilan ajralib turadi:
• Eshilib, to‘lg‘onib ingranadi kuy,
• Asrlar g‘amini so‘ylar “Munojot”.
• Kuyi shunday bo‘lsa, g‘amning o‘ziga
• Qanday chiday olgan ekan odamzod.
Slayd 19
Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dramatik dostonida qiyomat va oxirat, do‘zax va jannat, savob va gunohlarni o‘lchaydigan afsonaviy tarozi singari tushunchalar va fantastik voqealar haqida hikoya qilinadi. Yigit, Ona, Ota, Do‘st, O‘spirin, Qariya singari hayotiy qahramonlar bilan birga dostonda Tarozibon, Farishta, Hur qiz, YUgurdak, Sado kabi ramziy obrazlar ham yaratilgan. Bular orqali shoir adolat va to‘g‘rilikka, vijdon va insofga, axloq-odob va yaxshilikka doir umuminsoniy qadriyatlarni, olijanob fazilatlarni targ‘ib-tashviq etishda diniy tushunchalardan ham, ramziy obrazlardan ham donolik bilan foydalana olgan. SHoirning dostondan ko‘zlagan maqsadi oxirgi misralarda ifodalangan:
• Bir rivoyat bahonayu, doston so‘yladim,
• Turli-tuman taqdirlarni aylab mujassam,
• Odamlarga ibrat bo‘lsin, deya o‘yladim.
Slayd 20
Nodir iste’dod egasi A.Oripov tarjimon sifatida A.Pushkin, T.G.Shevchenko, V.Charens, N.Ganjaviy, Q.Quliyev she’rlarini, Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qildi. Ayniqsa, Dantening “Ilohiy komediya”sidagi falsafiy qarashlar va majoziy timsollar A.Oripov she’riyatiga, xususan, “Jannatga yo‘l” dostoni maydonga kelishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi. Bunday ta’sirlanishni shoir quyidagi misralarda ifodalagan edi:
• Endi xush suvlarda ko‘targum elkan,
• Daho iqtidorim charx urar tag‘in,
• G‘addor mavjlarda u adashib elgan.
Slayd 21
Slayd 22
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 23
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
PUNKTUATSIYA (ISHORAT QOIDALARI) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LISON UT TAYR – FALSAFIY MAJOZIY DOSTON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 49 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
NUTQ USLUBLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
KIRISH. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTIDA HIKOYA JANRI TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ABDULLA AVLONIY (1878 1934) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ARAB VA FORS IZOFASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 16 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.