Adabiyotshunoslik fanining predmeti va tarkibi

8000 so'm


Adabiyotshunoslik fanining predmeti va tarkibi

 

 

Slayd 1

Adabiyotshunoslik fan sifatida

Slayd 2

Adabiyotshunoslik fanining predmeti.

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiyot nazariyasi.

Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari.

Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Reja:

Slayd 3

Adabiyotshunoslik fanining predmeti. Fanning predmeti deyilganda o'sha fan nimani o'rganishi nazarda tutiladi. Adabiyotshunoslik ("adabiyot" + "shinos", ya'ni o'rganish, yaxshi bilish + "lik") fanining nomidanoq uning o'rganish sohasi adabiyot ekanligi ochiq-oshkor ko'rinib turadi. "Adabiyot" so'zi arabcha "adab" so'zining ko'plik shakli bo'lib, u keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Keng ma'noda qo'llanilganda "adabiyot" so'zi o'qishga mo'ljallab yozilgan va chop qilingan barcha asarlarni o'z ichiga oladi. Shunga qaramay, "adabiyot" so'zi (termini) tor ma'noda ham juda faol ishlatiladi va bunda so'z san'atiga daxldor bo'lgan asarlar — badiiy adabiyot tushuniladi. E'tiborli jihati shuki, istilohning ayni shu tarzda (tor va keng ma'nolarda) qo'llanilishi rus va boshqa bir qator tillarda ishlatiluvchi "literatura" so'ziga ham xosdir. Zero, bu termin ham "litera" ("harf") so'zidan olingan bo'lib, keng ma'noda umuman chop etilgan mahsulotni, tor ma'noda badiiy adabiyotni anglatadi.

Slayd 4

Adabiyot nazariyasi

Adabiy tanqid

Adabiyot tarixi

Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari

Slayd 5

Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy tanqid materiallarini umumlashtirsa, bu ikkisi o'z faoliyatida adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyotshunoslikning har uchala asosiy sohalari bir-biri bilan bog'lanadi, yaxlit bir tizim — adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi. Mumtoz Sharq adabiyotshunosligida, jumladan, o'zbek adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining bir qator masalalari ancha keng o'rganilgan. Bunday masalalar sirasiga ilmi aruz (Navoiy, Bobur), ilmi qofiya, ilmi badia(Atoulloh Husayniy) kabilarni kiritish mumkin. Ko'rib turganimizdek, bu masalalar adabiyotshunoslikning bir qismi — poetika doirasi bilan cheklangan edi. Sharqda "muallimi soniy" deb ulug'lanuvchi Forobiy esa yunon faylasufi Arastu ta'sirida va bevosita uning asarlarini sharhlash jarayonida badiiy adabiyot spetsifikasi(mohiyati) masalalariga e'tibor qilgan edi.

Slayd 6

Adabiyotshunoslikning qo'shimcha sohalari

Slayd 7

1. O'zingiz bilan o'zingiz bahslashishga bir urinib ko'ring: avvaliga “Adabiyotshunoslik ham ilm bo'libdimi? Xo'sh, u o'rganayotgan masalalar, chiqarayotgan xulosalar nimagayam kerak bo'lardi?” qabilidagi da'voni asoslashga harakat qiling. Bo'ldimi? Endi bu da'voni asosli inkor qiling.

2. Adabiyot tarixi masalalariga bag'ishlangan qaysi asarlarni bilasiz? Maktabda olgan ma'lumotlaringizni eslang.

3. Adabiyotshunoslikning asosiy tarkibiy qismlari orasidagi o'zaro bog'liqlik, uzviy aloqani tushuntirib bering.

4.“Tanqidchi” deganda kimni tushunasiz? Tilimizdagi “tanqid qilmoq” fe'li, masalan, “birovni tanqid qilmoq” bilan “badiiy asarni tanqid qilmoq” tushunchasi orasida farq qanday?

5. “Matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix fanlari kesishgan nuqtada kechadi” degan fikrni qanday tushunasiz? Terminlar lug'atidan “paleografiya”, “arxeografiya” terminlarining ma'nosini daftaringizga yozing.

Savol va topshiriqlar:

Slayd 8

E'tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 9

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Adabiyotshunoslik fanining predmeti va tarkibi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar