Buyuk geografik kashfiyotlar davri

4000 so'm

Buyuk geografik kashfiyotlar davri mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.

  • Slaydlar soni: 34 ta
  • Fayl formati: PPTX
  • Tili: o‘zbek tili
  • Kategoriya: Geografiya

Buyuk geografik kashfiyotlar davri

 

 

Slayd 1

Buyuk geografik kashfiyotlar davri tarixi
(XV asr oxirlari – XVI asr birinchi yarmi)

Slayd 2

Reja:
Geografik kashfiyotlar tarixi va uni davrlashtirish masalalari
Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi kashfiyotlari va «Yangi dunyoning ochilishi»
Vasko da Gama sayohati-Hindistonga dengiz yo’lining ochilishi
Fernando Magellan sayohati – dunyo aylana birinchi sayohat

Slayd 3

Sharqning afsonaviy boy mamlakatlariga yo’l qidirilishining asosiy omillaridan biri oltinga bo’lgan intilishlar edi. Mehnat qurollari yaxshilanishi va katta korxonalar paydo bo’lishi bilan Yevropa mamlakatlarida turli mahsulotlar ishlab chiqarish ko’paydi. Buning natijasida savdo-sotiq yanada kengaydi. Yevropada savdoning rivojlanishi qimmatbaho metallarga bo’lgan kuchli ehtiyojni keltirib chiqardi. Pul zarb qilish uchun qimmatbaho metallar – oltin va kumush ko’proq kerak bolib qoldi. Yevropada ularning manbai nihoyatda cheklangan edi. Ayni vaqtda qimmatbaho sharq mahsulotlari uchun to’lovni ko’p hollarda kumush va oltin bilan amalga oshirishga to’g’ri kelar edi. Oltin va kumush qimmatbaho mahsulotlar sotib olish uchun asrlar davomida Sharq mamlakatlariga eltib turilgan edi.
Buyuk geografik kashfiyotlarning sabablari

Slayd 4

Turklar hukmronligining kengayishi Kichik Osiyo va Suriyadan o’tadigan Yevropani Sharq bilan bog’laydigan muhim savdo yo’llarini to’sib qo’ydi, savdo aloqalarini izdan chiqardi. Bundan tashqari bu davrda ochiq dengizda suzish bilan bog’liq muammolar o’z yechimini topgan, okeanda suzish imkoniyatiga ega, ishonchli kemalar qurilgan va bularning barchasi Hindistonga yangi yo’llar qidirishni Yevropadan janubroqda joylashgan yerlarni ochish va qo’lga kiritishni rag’batlantirdi (tezlashtirdi).

Slayd 5

Magidovich I.P. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini ikki bosqichga bo’lgan:
Birinchi – XV asr oxiri XVI asr boshlarigacha.
Bu davrda Amerika (Yangi dunyo) kashf etildi,
Hindistonga dengiz yo’LI ochildi, dunyo bo’ylab birinchi sayohat amalga oshirildi
Ikkinchisi – XVI asr o’rtalaridan XVII asr
o’rtalarigacha, Avstraliyaning kashf etilisi, Tinch Okeanning shimoliy qismi va Shimoliy muz
Okeani, Osiyoning shimoli-sharqiy qismi, Amerika ichki rayonlarining katta qismi kashf etildi

Slayd 6

Golubchik M.M., Yevdakimov S.P., Maksimov G.N. lar taxminan quyidagidek davriy bo’linish keltirishgan:
1-ispan-portugal (XV asroxiri – XVI asr o’rtalari) davri. Bu Amerikaning kashf etilishi, portugaliyaliklarning Hindistonga va Sharqiy Osiyo qirg’oqlariga suzishlari (Vasko da Gama ekspeditsiyasidanboshlab), XVI asrda tinch okeaniga ispan ekspeditsiyalari (Magellanning dunyo aylana birinchi sayohati) davri.
2-Rus-golland (XVI asr o’rtalari – XVII asr o’rtalari). Bu ruslar tomonidan butun Shimoliy Osiyoni kashf etilishi davri (Yermak yurishlaridan Popov-Dejnev suzishlariga qadar 1648 y), ingliz va fransuzlar tomonidan shimoliy Amerikaning kashf etilishi, gollandlar tomonidan amalga oshirilgan Tinch okean ekspeditsiyalari va Avstraliyaning kashf etilish davri.

Slayd 7

Geografik kashfiyotlar tarixidavrining eng taniqli sayohatchilaridan biri (ayniqsa birinchi bosqichining) asli Kristobal Kolon ismli, ko’proq Xristofor Kolumb nomi bilan mashhur bo’lgan italiyalikdir. U Ispaniyada bo’lib, ispan qirolichasi Izabellani B.Diash va Vasko da Gama topgan Hindistonga dengiz yoli bo’yiab harakat qilishga portugaliyaliklar g’ov bo’lib turgani sababli Sharq mamlakatlariga Atlantika okeani orqali o’tuvchi yangi dengiz yo’lini qidirib topish taklifi bilan qiziqtirdi.

Slayd 8

1492-1493 yillar. Ninya, Pinta, Santa Mariya

Slayd 9

1492 yilning 12 oktyabr Kolumb tomonidan Bagama orollari guruhiga kiruvchi San-Salvador orollariga (Guaxani, Uotling) borib etganligi kun Amerikaning kashf etilgan kuni hisoblanadi. Bu sana Kolumb kuni sifatida tantanali nishonlanadi. Bu sayohatdan Kolumb Ispaniyaga oltin, misli ko’rilmagan o’simliklar va mevalar (ular orasida makkajuxori, kartoshka, tamaki), ekzotik (uzoq, chet mamlakatlarga xos, g’alati) qushlar patlari; Yevropada hindular deb nomlangan bir necha orollikni, shuningdek ular tomonidan Osiyoga yol topilgani va Hindiston oroli kashf etilgani haqida xabarni olib keldi. Yevropaliklar tomonidan Markaziy Amerika orollarining birinchi marta borib ko’rilishi shunday yakunlandi va keyingi noma’lum yerlarning ochilishi, zabt etilishi va koloniyalar barpo etilishini boshlab berdi.

Slayd 10

Kolumbning ikkinchi ekspeditsiyasi (1493-1496 yillar) Kichik Antil orollari guruhiga kiruvchi yangi orollarni (Dominika, Gvadelupa, Antigua); Puerto-Riko, Yamayka orollarini kashf etdi. Ekspeditsiya vaqtida Kuba va Gaitining janubiy qirg’oqlari tekshirildi.

Slayd 11

Kolumbning uchinchi sayohati 1498 yildan 1500 yilgacha alohida oshirildi. Bu davrda janubiy Amerikaning shimoliy qirg’oqlaridagi Trinidad va Margarita orollari kashf etildi. Ekspeditsiya Orinoko daryosi deltasida bo’ldi.

Slayd 12

Kolumb 1502 yilda to’rtinchi – uning uchun so’nggi sayohatga aylandi. Bu safar u Kubaning janubiy qirg’og’idan Karib dengiziga keldi, Amerikaning sharqiy qirg’oqlarini Gondurasdan Daren qo’ltig’igacha tekshirdi. U Ispaniyaga 1504 yilda qaytdi va ikki yildan so’ng o’z ekspeditsiyalari natijalarining haqiqiy qimmatini: ulkan materikni kashf etganligini bilmasdan vafot etdi. Kolumb sayohatlari o’sha davr kemalarining okean orqali suzishi real imkoniyatlarini ko’rsatadi. Bu davr tufayli tuproq bo’ylab dengizda suzishlarnirng qisqa vaqt ichida yerning inson tasavvur qilmagan katta qismini bilish imkonini bergan okeanlarda suzish davri bilan almashinadi.

Slayd 13

Slayd 14

Slayd 15

XVI asr boshlarida Amerika qirg’oqlariga suzishlarda italiyalik Amerigo Vespuchchi qatnashdi. U Kolumb tomonidan kashf etilgan yer Hindiston yoki Osiyo emas, balki noma’lum va juda katta quruqlik – yangi dunyo ekanligi haqidagi fikrga keldi.
U o’z taxminlari haqida ikkita – 1503 va 1504 yillar sanasi qo’yilgan xarita yozgan. Bu haqidagi xabar Yevropada juda tez tarqaldi va Fransiyada I506 yilda nashr etilgan geografik atlasdayoq Janubiy Amerikaning shimoliy qismi xaritasida yangi dunyoning bu bo’lagi Amerigo yeri deb nomlangan edi. 1507 yilda Lotaringiyalik geograf Martin Valdzemyullerning Yangi dunyoni «Amerika» deb nomlash taklif etilgan «Kosmografiyaga kirish» (kosmografiya – koinot tavsif-tasviri, astranomiya va geografiyadan umumiy ma’lumot beradigan o’quv fani) asari nashrdan chiqdi. Kartograflar keyingi yillarda bu nomni avval Markaziy, so’ng Shimoliy Amerikaga ham tatbiq etdilar.

Slayd 16

Slayd 17

Portugaliyada safar uchun pul 10 yildan so’ng, X.Kolumb boshchiligidagi ispan ekspeditsiyasi tomonidan «G’arbiy Hindiston» kashf etilgandan keyin ajratildi. Portugaliyaliklar Sharqiy Hindiston ustidan o’z «huquq»larini mustahkamlab olishga oshiqdilar. Afsuski taqdir shunday hukm chiqardiki, 1497-yilda G’arbiy Hindistonga olib boradigan dengiz yo’lining yakunlovchi razvedkasi uchun dengiz ekspeditsiyasi rahbari etib tajribali B.Diash emas, balki yosh, o’zini hali biror ish bilan ko’rsatmagan saroy amaldori Vasko da Gama tayinlandi.

Slayd 18

Vasko da Gama sayohati-Hindistonga dengiz yo’lining ochilishi.

Slayd 19

Vasko da Gama ekspeditsiyasi Hindiston g’arbiy qirg’oqlarida joylashgan Kalikut shahri (hozir Kojikode)gaha yetib bordi. Ekspeditsiya 1497 yil iyulida boshlandi va 1499 yil avgustida yakunlandi, 2 yildan ortiqroq davom etdi. Bu vaqt mobaynida dengizchilar 40000 kmdan ortiq suzdilar. Bundan ular Portugal qiroliga imkon qadar tezroq Hindistonning uzil-kesil topilganligi haqida xabar berishga va shu bilan Portugaliyaga Sharqiy Hindiston ustidan o’z huquqlarini mustahkamlashiga yordam berishga oshiqqanliklari haqida xulosa chiqarish mumkin.

Slayd 20

Vasko da Gama Hindistonga yana ikki marta borib keldi: 1502 yildan 1503 yilgacha ulkan qiymatdagi ziravorlarning katta yukini olib kelgan ekspeditsiya boshlig’i sifatida (o’sha paytda ziravorlar oltindan qimmat baholanar edi) va 1524 yilda Hindistonning vitse-qiroli sifatida. Hindistonga dengiz yo’lining ochilishi haqidagi hikoya bilan geografiya tarixi va geografik kashfiyotlar tarixining boshqa davriy qismiga – Geografik kashfiyotlar tarixi davriga «o’tila» boshlandi.

Slayd 21

Fernando Magellan sayohati – dunyo aylana birinchi sayohat
Fernando Magellan 1480-1521 yillarda yashagan. Portugaliyaning Sabroza shahrida tug’ilgan. Saresh burnida joylashgan dengiz maktabida ta’lim olgan. 1509-1512 yillarda Hind okeaniga tashkil etilgan ekspeditsiyada ishtirok etgan.

Slayd 22

Yerning shar shaklida ekanini amalda isbotlab bergan birinchi Dunyo bo’ylab sayohatni amalga oshirgan (1519-21) F.Magellan Amerika va Osiyo o’rtasida ulkan okean mavjudligini uzil – kesil tasdiqladi. Magellan rahbarligidagi ekspeditsiya Janubiy Amerikaning janubi-sharqiy qismini tekshirdi, Atlantika va Tinch okeanlari o’rtasidagi bo’g’ozlarni (Magellan bo’g’ozi) kashf etdi va Tinch okeani Janubiy qismiga sayohatni amalga oshirdi. Magellan Marianna va Filippin (yovvoyilar bilan to’qnashuvda halok bo’lgan joy) orollarida bo’ldi. U bilan sayohatga chiqqan 239 kishidan 21 kishi qaytib keldi.

Slayd 23

Sayohatchilar Magellansiz davom etib, yevropaliklardan birinchi bo’lib Kalimantan va Malukka orollarini borib ko’rdilar. Molukka orollarida ekspeditsiya a’zolarining ko’p qismi portugaliyaliklar tomonidan asir olindi. Ispaniyaga Afrikani aylanib o’tib, faqat bitta kema – «Viktoriya» kapitan Xuan Sevastyan Elkano (El-Kano) rahbarligida qaytdi. Bu 1522 yil 6 sentyabrda yuz berdi. Bitta kemada shunchalik ko’p zirovarlar keltirildiki, ularni sotishdan olingan foyda ekspeditsiyaga sarflangan xarajatlarni qopladi. Uch yil davom etgan birinchi dunyo aylana sayohat fan uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Uning eng asosiy yakuni Yer shar shaklida ekanligining va dunyo okeani borligining tasdiqlanishi bo’ldi.

Slayd 24

Tinch okeani chegaralarida Megallan yevropaliklarga noma’lum bo’lgan Mariana, Filippin va boshqa orollarni borib ko’rdi. Filippin orollaridan biri (Maktan-Mukotan)da 1521 yil 21 aprelda u tub aholi bilan bo’lgan janglarda halok boldi.
Sayohatchilar Magellansiz davom etib, yevropaliklardan birinchi bo’lib Kalimantan va Molukka orollarini borib ko’rdilar. Molukka orollarida ekspeditsiya a’zolarining ko’p qismi portugaliyaliklar tomonidan asir olindi. Ispaniyaga Afrikani aylanib o’tib, faqat bitta kema – «Viktoriya» kapitan Xuan Sebastyan Elkano (Enrike) rahbarligida 18 nafar ekspeditsiya a’zosi qaytib keldi.

Slayd 25

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 26

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Buyuk geografik kashfiyotlar davri” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar