Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat hayoti va ijodi
7000 so'm

Slayd 1
ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O’G’LI FURQAT
(1859-1909)
Slayd 2
Shoir 1859- yilda Qo’qonda savdogar oilasida tug’ilgan. Otasi Mulla Xolmuhammad she’riyatga oshno, badiiy ijodga moyil kishi edi.
Slayd 3
Bola boshidan…
Bo’lajak shoir dastlabki ta’limni mahallasidagi maktabda oladi. Bir yilga yetmay «Haftiyak» va «Chor kitob»ni o’qib tugatadi.
Sakkiz yoshida Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» dostonini yod oladi, sal o’tib, Navoiy mutolaasiga tutinadi.
Kichik yoshidan qalam tutib, she’r mashq qila boshlaydi.
Slayd 4
Favqulodda iste’dod egasi, tabiatan tirishqoq va izlanuvchan Zokirjon 14 yoshida madrasa talabasi bo’ladi.
Husnixat sohibi bo’lganligi uchun mirzalik, xattotlik ham qiladi.
Slayd 5
Muqimiydek zabardast shoir uning g’azallariga muxammas bog’lagani Furqatning ijod ahli orasida ham e’tirof topganligidan darak beradi.
1880- yilda otasining qistovi bilan Qo’qonga qaytadi va butun iste’dodi, bor kuchini ijodga yo’naltiradi. She’rlari adabiyot ixlosmandlari orasida shuhrat qozonadi.
Slayd 6
Ijod og’ushida
Furqat shu davrda «Hammomi xayol» nomli risola yozadi, «Chor darvesh», «Nuh manzar» asarlarini fors tilidan o’zbek tiliga o’giradi. She’rlarini to’plab, devon tuzadi.
Furqat kabi ijodining dastlabki davrida — 21-22 yoshida devon tartib bergan shoirni o’zbek kitobxoni ko’rgan emas edi.
Slayd 7
Toshkentdagi faoliyat
Furqat 1890 – 1891- yillarda Toshkentda yashaydi. Bu yerda u Toshkent erlar gimnaziyasi direktori, «Turkiston viloyatining gazeti» muharriri Nikolay Ostroumov bilan tanishadi.
Bu tanishuvdan so’ng Furqat shu gazetaga tarjimon bo’lib ishga kiradi va shundan uning jurnalistlik, publitsistlik faoliyati ham boshlanadi, deyish mumkin.
Slayd 8
SAYYOH SHOIR
1891- yilning sentabrida Furqat Samarqandga yo’l oladi. Xat orqali tanishgan do’sti savdogar va etnograf olim Mirzo Buxoriy huzurida bo’ladi. Iyul oyida Buxoroga borib, Kogondan poyezdga o’tirib, Marv, Ashxabod, Boku, Botum orqali Istambulga keladi.
Bu yerda bir muddat yashagan shoir butun vujudi bilan ijodga berilgandi. 1892- yilda Iskandariya, Misr, Shorn, Makka va Madina bo’ylab sayohatda bo’lgan Furqat sentabr oyida Hindistonning Bombay shahrida edi.
1893- yilning bahorida Kashmir, Tibet va Xo’tan orqali Yorkentga keladi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi.
Slayd 9
Furqat 1909- yilning kuzida vatandan yiroqda – Yorkentda vafot etadi. Qabri Dongdor qabristonida. 1990-yilda maqbarasi qad rostladi.
Slayd 10
Furqatning merosiga nazar tashlasak, adibning serqirra ijod sohibi ekanligiga amin bo’lamiz. Uning ijodi quyidagi asarlarni o’z ichiga oladi:
1) lirikasi;
2) publitsistikasi;
3) nasriy asarlari;
4) tarjimalari;
5) ilmiy asarlari.
Slayd 11
ILMIY ASARLAR
Furqat ijodiy merosida to’rt ilmiy asar uchraydi. Ularning uchtasi etnografik xarakterda bo’lib, «To’y tavsifi», «Gap ta’rifida», «Aza tavsifi» deb ataladi.
To’rtinchisi «Ilmi ash’orning qoidai avzoni» (She’r ilmining o’lchov qoidalari) deb atalib, adabiyot havaskorlari uchun qo’llanma sifatida tuzilgan, unda aruz vaznining qoidalari bayon etilgan.
Slayd 12
Tarjimon shoir
Furqat tarjimon sifatida Sharq adabiyotining mashhur namunalari bo’lmish «Hammomi xayol», «Chor darvesh», «Nuh manzar» asarlarini tarjima qilgan.
Ammo ular bizgacha yetib kelmagan.
Slayd 13
Diqqat, bilib oling!
Furqat o’zbek matbuot tarixida felyeton janrini boshlab bergan ijodkordir:
“Hind nayrangbozi Yorkentda” felyetoni – 1905-yil.
Slayd 14
SHOIR LIRIKASI
Lirikasi g’azal, masnaviy, muxammas, musaddas, mustazod kabi janrlardan iborat.
She’rlarining salmoqli qismi g’azallar bo’lib, ularning soni 200 atrofida.
Slayd 15
Fasli navbahor o’ldi…
Fasli navbahor o’ldi ketibon zimistonlar,
Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushib shabnam, boldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog’di abri naysonlar.
Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o’zni,
Nargis ochibon ko’zni intizori yoronlar…
Slayd 16
Ul qaro ko’z ko’zlariga surma bejo tortadur,
Balki andin dahr eli ortiqcha g’avg’o tortadur.
Qoshlari ostida go’yo ikki fatton ko’zlari
Ikki hindu bachchadurkim yondashib yo tortadur.
Telbalanmish zulfini savdosidin devonalar,
Qayg’a borsa o’lturub yerg’a chalipo tortadur.
Jon ila ko’ngul taloshur, ey sanam, dard-u g’aming,
Birni sol ko’nglimg’aki, jon birni tanho tortadur…
Slayd 17
Surmadin ko’zlar qaro, qo’llar hinodin lolarang,
G’ozadin yuzlarda tob-u, o’smadin qoshlar tarang.
Za’faroniy ko’ylak uzra arg’uvoniy kamzihur,
Ro’ymol og’ushidin peshonaning ahvoli tang.
Bori nozik panjalar oltun uzukdin zebnok,
Qo’l bilakuzukdin muzayyan, nuqradin og’izda chang.
Gavhar osqon halqalar siymin banogo’shinda band,
Ko’rinur zulfi tunida subhi sodiqdek arang.
Surmadin ko’zlar qaro…
Slayd 18
MUSADDAS
Sayding qo’yaber sayyod, sayyora ekan mendek,
Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mendek,
O’z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek,
Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,
Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek…
Slayd 19
SAVOLLAR
1. Qaysi shoirlar 8 yoshida F. Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini yod oladi?
2. Furqatning ilk she’ri?
Furqat g’azaliga qaysi mashhur shoir muxammas bog’lagan?
3. Ijodining dastlabki davrida – 21-22 yoshida devon tartib bergan shoir kim?
4. “Hammomi xayol” nomli risola kimning qalamiga mansub?
5. Furqat Yorkentda yashagan paytda Turkistondagi qaysi gazeta bilan aloqada bo’lib turadi?
6. Furqat ijodini shartli ravishda necha turga bo’lish mumkin?
7. Furqatning ilmiy asarlari?
Furqat lirikasi qaysi janrdagi she’rlardan iborat?
9. Furqatning qaysi she’rida vatanni qo’msash, do’stlar sog’inchi aks etgan?
10. Furqatning qaysi g’azalida so’fiyona kayfiyat , qalandarona baland himmat ruhi etakchilik qiladi?
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.