=== Taqdimot 1 ===
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Yosh oila va sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish.
Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari.
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari.
Yoshlarni nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nikohning mustahkamligi.
01
03
02
04
=== Taqdimot 3 ===
Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari
Yosh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni, er va xotinning pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to‘g‘riroq bo‘lib, qachon turmush qurganligidan qat’i nazar, albatta, shu muddat orasida hali yigit ham qiz ham tom ma’noda katta mehnat stajiga ega bo‘lmaydi, va ko‘p hollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo‘lib, uy bekasi bo‘lib o‘tirib qolishi ehtimoli katta.
=== Taqdimot 4 ===
Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari
Agar ikkinchi yondashuv bo‘yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko‘ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o‘rtacha ko‘rsatkichi ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish lozim. Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi rag‘batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo‘yicha professional malakaga erishish asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila qurgan yoki hali ham turmush qurmagan bo‘lishi ham mumkin.
=== Taqdimot 5 ===
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya kabi rivojlangan Yevropa va Amerika davlatlarida, Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi yil sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o‘tib ketmoqda. Juda erta turmush qurish qanchalik oila va uning barqarorligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bog‘liq bo‘lsa, kech turmush qurish ham qator salbiy asoratlar va moddiy-ma’naviy qiyinchiliklar bilan, eng muhim er va xotinning salomatligi holati, tug‘iladigan zurriyotning sog‘lom tug‘ilishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi.
=== Taqdimot 6 ===
O‘zbekistonda kundan-kunga hayot va yashash sharoitimiz yaxshilanib, oila farovonligi uchun yetarli shart-sharoitlarning bo‘lishiga qaramay, tashqaridan barcha maishiy muammolari hal bo‘lgan yosh oilada ham nimalardir yetishmayotganday tuyulaveradi.
Bu – o‘sha orzu-havaslar, ijtimoiy ehtiyojlarning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bois ham yurtimizda yosh oila manfaatlarini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
=== Taqdimot 7 ===
Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
juda yosh oila – nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;
yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha;
o‘rta oilaviy hayot muddati – 10 yildan 19 yilgacha;
katta oilaviy hayot muddati – 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi.
=== Taqdimot 8 ===
O‘tkazilgan tadqiqotlardan yana shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, yosh oilaning tinchlik-totuvchilikda yashashiga xalaqit berayotgan sabablardan biri – qaynonalar bilan yangi kelinchakning tez kirishib, til topishib keta olmayotganligi. Bu ham oilaviy munosabatlar borasidagi muammolardir. Chunki ayniqsa, shahar sharoitida bitta yoki ikkitagina o‘g‘il o‘stirgan ona ko‘pincha yangicha munosabatlar tizimiga o‘zi ko‘nika olmaydi va kelinchakni ham tezroq ko‘nikib ketishiga yordam berish choralarini bilmaydi.
=== Taqdimot 9 ===
Yosh oila va sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirish
Gap eng katta boyligimiz – salomatlik haqida borar ekan, qulog‘imizga tez-tez chalinayotgan “sog‘lom turmush tarzi” tushunchasining o‘zi xususida olimlar fikrlarini tahlil etish lozim. Olimlar hamda mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, sog‘lom turmush tarzining beshta asosiy sharti bo‘lib, bular eng avvalo to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan saqlanish, mehnat qilish va faol dam olishni to‘g‘ri tashkillashtirish hamda gigiyenik ko‘nikmalarga amal qilishdir.
=== Taqdimot 10 ===
Hozirgi kunda ko‘pchilik o‘rtasida uchrayotgan kasalliklar va bevaqt o‘limning asosiy sabablaridan biri oila a’zolarining sog‘lom bo‘lish uchun o‘zlari harakat qilmayotganliklari, hali ham biron bir mo‘jizaviy hayot baxsh etuvchi dori yoki shifokor bo‘lishiga ishonib, yashayotganliklaridir. Albatta, zamonaviy tibbiyot fani O‘zbekistonda ham rivojlanib ketdi, tibbiyot xodimlari orasida o‘z kasbining ustasi bo‘lgan oliyjanob insonlar ham ko‘p. Lekin agar inson o‘z turmush tarzini ongli tashkil etib, kasal bo‘lib qolganda ham unga qarshi o‘sha shifokor bilan tengma-teng ongli ravishda turmasa, dardni yengish mushkul bo‘lishini bugun ko‘pchilik yaxshi biladi.
=== Taqdimot 11 ===
Yana bitta sabablaridan biri kasallikni sababi bilan emas, uning oqibati bilan kurashib kelindi. Natijada kasalxonalar qurish, ularda shtatlar soni oshirishga ko‘proq e’tibor berilib, targ‘ibot sohasiga ikkinchi darajali sifatida qaraldi. Oqibatda aholi orasida tibbiy madaniyatning pastligi tufayli kasallanishning ko‘payib borishi davom etdi. Bu o‘z – o‘zidan ma’lumki, har bir oilaning byudjetiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Oqibatda bu nafaqat byudjetga, balki oilaning mustahkamligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi va hozir ham shunday.
=== Taqdimot 12 ===
Olimlarning fikricha, inson salomatligining 51,6% sog‘lom turmush tarziga, 20,5 % irsiyatga, 19,3 % tashqi ekologik muhitga, 8,6% sog‘liqni saqlash tizimiga bog‘liq ekan. Ko‘rinib turibdiki, salomatlik har bir insonning qanday hayot kechirishi, nima yeyishi, kimlar bilan muomala qilishi, o‘zi uchun munosib, qulay hayot tarzini ishda ham, dam olishda ham tashkil eta olishiga bevosita aloqador ekan.
=== Taqdimot 13 ===
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi olimlari 2000-yillarning boshida O‘zbekiston hududidagi qishloq oilalari a’zolarining sog‘lom turmush tarzi borasidagi savodxonligini maxsus tadqiqot doirasida o‘rgandi. Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 600 dan ziyod xotin-qizlar bilan suhbat va so‘rovlar o‘tkazildi. So‘raluvchilarning aksariyati tug‘ish yoshidagi ayollar bo‘lib, ularning fikrlarini umumlashtirib tahlil qilinganda, oilali ayollarning 21%i va erkaklarning 9,9% surunkali kasalliklarga chalingan ekan. So‘raluvchilardan 53,3%i faqat kasal bo‘lgandagina shifokorga murojaat qiladi, qolganlari vaqti-vaqti bilan murojaat qiluvchilardir.
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari
=== Taqdimot 14 ===
Sog‘lom turmush tarzi kategoriyasi ko‘proq ijtimoiy kategoriya bo‘lgani bois Markaz olimlari so‘raluvchilarning tibbiy-gigiyenik ma’lumoti darajasini o‘rgandilar. Masalan, “O‘z farzandlaringiz bilan tibbiy-gigiyenik mavzuda suhbatlashib turasizmi?” degan savolga barcha so‘riluvchilarning 62,6% ijobiy javob bergan bo‘lsalar, umuman gaplashmaydiganlar 19,8%ni tashkil etdi.
=== Taqdimot 15 ===
Salomatlik – bu nafaqat sog‘-salomat yurish degani, balki uzoq umr ko‘rish garovi hamdir. Tug‘ilish, o‘sib ulg‘ayish, voyaga yetib shaxsiy va umuminsoniy manfaatlar yo‘lida faoliyat ko‘rsatish, qarish-qartayish va o‘lim – bular inson hayot yo‘lining qonuniy bekatlaridir. Bu hayot uchun kurash – salomatlik uchun kurash ekanligini anglashni taqozo etadi.
=== Taqdimot 16 ===
Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi har insonda o‘ziga xos tarzda shakllanar ekan. Respondentlarga “Sog‘lom turmush tarzini qanday tushunasiz?” deb savol bilan murojaat qilinganda, ko‘pchilik, ya’ni so‘ralganlarning salkam 41%i uni “atrof-muhit tozaligi” bilan, 37,3% i “to‘g‘ri, ratsion bo‘yicha ovqatlanish” bilan, qolganlar – “o‘z vaqtida uxlash”, “sport bilan shug‘ullanish” (28,4%), “chekmaslik, ichmaslik” kabilar bilan bog‘lashdi.
=== Taqdimot 17 ===
Albatta, bu kabi sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq tasavvurlar shakllanadi, kerak bo‘lsa, tarbiyalanadi. Sog‘lom turmush tarzi haqidagi tushunchalarni qayerdan olish mumkinligini o‘rganilganda, tabiiy, OAVning o‘rni va roli katta ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, xotin-qizlarning fikricha, televideniyening roli katta (72,6%), gazetalar – ikkinchi o‘rinda – 57,5%, jurnallar – 46,3% va radio – 31,2%. Demak, bu manbalardagi axborot va ma’lumotlarning xalq bop, ommabop bo‘lishiga alohida e’tibor berish, mahalla guzarlarda radio eshittirishlari va davriy gazeta, jurnallarning vaqtida berilishiga alohida e’tibor berish lozim.
=== Taqdimot 18 ===
Yoshlarni nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nikohning mustahkamligi
Oila Kodeksining 17-moddasida yosh kelin-kuyovlar nikohgacha ixtiyoriy tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlangan. Bu modda kiritilishining mohiyati shundaki, imonli, insofli va yaxshi niyatli inson uchun oila qurish, uning mustahkam poydevorda bo‘lishiga qayg‘urish qanchalik muhim va majburiy bo‘lsa, yoki ota-ona bo‘lish mas’uliyati kuchli bo‘lsa, o‘zidan sog‘lom zurriyot qoldirish, uni sog‘-salomat katta qilib voyaga yetkazish, to‘g‘ri tarbiya berish shunchalik mas’uliyatli va majburiy ishdir. Shuning uchun ham har bir yigit va qiz, yoki ularning ota-onalari yangi oila qurish ishini savob va mas’uliyatli deb anglasalar, nikohga kiruvchilarning pushti va nasli nuqtayi nazaridan sog‘-salomatligiga ishonch hosil qilish shunchalik zarurdir.
=== Taqdimot 19 ===
Jamiyatda sog‘lom oilalar sonini oshirish maqsadida qabul qilingan qarorlardan biri bu – “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomdir. Bu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustda qabul qilgan 365 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu Nizomga ko‘ra, barcha barcha fuqarolar nikohdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari zarur. Bunda bo‘lajak kelin-kuyovlar beshta asosiy xastalik – sil, teri-tanosil, giyohvandlik, OITS, ruhiy kasalliklar bo‘yicha tekshiriladi. Sababi, bu beshta kasallik bevosita naslga ta’sir qiladi.
=== Taqdimot 20 ===
Respublika “Oila” ilmiy-amaliy hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish “Ijtimoiy fikr” Markazlarining tadqiqot natijalariga e’tibor beradigan bo‘lsak, agar 2003-yilda aholining faqat 42,7 foizigina nikoh oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ongli munosabatni ifoda etgan bo‘lsa, 2005-yilda bunday ijobiy ko‘rsatgich 84,4 foizni tashkil etdi. Oxirgi yillarda bu borada yanada sezilarli ijobiy o‘zgarishlarning sababi ham eng avvalo yosh onaning, kelinchakning salomatligini muhofaza qilish istagi yetakchi omil bo‘layotganligidir.
=== Taqdimot 21 ===
Oxirgi yillarda ommaviy sportga, oilaviy hamda bolalar, ayollar sportiga e’tibor yanada kuchaydi. Respublika ayollar spartakiadasi, badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro bellashuvlar va boshqalar o‘z ko‘lami va xalqchilligi bilan xalq e’tirofini qozondi. Ushbu sa’yi harakatlar davlatimizning bu boradagi strategik rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq bilan hamjihat ekanligini isbotlamoqda. Yurtimiz ayollari va bolalar sport bilan faqat o‘zining jismoniy quvvatini tiklash va bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazish uchun emas, balki u orqali sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ibot qilish, ma’naviy va jismoniy kamolga intilish, turli salbiy ta’sirlar va zararli odatlardan xalos bo‘lish, kuchli xarakterni shakllantirish uchun shug‘ullanayotganliklari har qanday tahsinga loyiqdir.
=== Taqdimot 22 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ishtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.