Yerda hayot paydo bo’lishi nazariyalari
4000 so'm

Slayd 1
Yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyalar
Slayd 2
Hayotning ta’rifi . Hayotning mohiyati, uning xilma-xilligi, kelib chiqishi va rivojlanishini o‘rganish biologiya fanining eng murakkab muammolaridan biridir.
Slayd 3
Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyalar. Hayotning paydo bo‘lishi insoniyatni juda qadim zamonlardan beri qiziqtirib kelmoqda. Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha farazlar mavjud.
Slayd 4
Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishihaqidagi tushunchalar qadimgi Xitoy, Vavilon va Misrda keng tarqalgan edi. Mashhur Aristotel ham bu farazning tarafdori bo‘lgan. Bu faraz tarafdorlari tirik organizmlar o‘z-o‘zidan notirik tabiatdan paydo bo‘ldi deb hisoblaydilar. 1688-Yilda Italiya olimi F. Redi tajribada hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotlab berdi.
Slayd 5
F. Redi go‘shtni yopiq idishga solib qo‘yganida pashshalar kira olmaganligi uchun unda lichinkalar paydo bo‘lmadi. Lekin hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi tarafdorlari idishga havo kirmagani uchun shunday bo‘ldi, deb uni tanqid qildilar. Shunda F. Redi go‘sht solingan idishlarning ayrimlarini ochiq qoldirib, boshqalarini doka bilan yopib qo‘ydi
Slayd 6
Doka bilan yopilgan idishlarda lichinkalar paydo bo‘lmadi, ochiq idishlardagi go‘shtda esa son-sanoqsiz lichinkalar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, mohirlik bilan o‘tkazilgan oddiy tajriba yordamida pashshaning lichinkalari chirigan go‘shtda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi, pashshaning tuxumlaridan chiqib ko‘payishi isbotlab berildi.
Slayd 7
XIX asr o‘rtalarida fransuz olimi Lui Paster o‘zining mohirona o‘tkazgan tajribalari yordamida mikroorganizmlarning ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini isbotladi.
Slayd 8
Lui Paster kolbada mikroorganizmlar ko‘payadigan oziqa suyuqligini uzoq vaqt qaynatdi. Kolba ochiq qoldirilganda unda bir necha kundan keyin unga bakteriyalar va ularning sporalari tushishi natijasida mikroorganizmlar ko‘payishi kuzatildi.
Slayd 9
Mikroorganizmlar sporalari ingichka egilgan naycha devorida o‘tirib qoladi va kolba ichiga o‘ta olmaydi. Yaxshi qaynatilgan suyuqlikda mikroorganizmlar o‘lganligi, unga tashqaridan yangilarining kira olmaganligi natijasida suyuqlik steril (toza) holatda qoladi, unda mikroorganizmlar paydo bo‘lmaydi.
Slayd 10
Panspermiya nazariyasiga ko‘ra hayot mangu mavjuddir va u bir sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu nazariyaning tarafdorlari shved fi zik olimi, S. Arrenius, rus olimi V. I. Vernadskiy, Amerika biofi zigi va genetigi, F. Krik va boshqalardir. Bu olimlarning fi kriga ko‘ra, hayot Yerda paydo bo‘lmagan, boshqa sayyoralardan Yerga meteoritlar orqali yoki yorug‘lik nurlarining bosimi ta’sirida kelib qolib, qulay sharoitda, oddiy organizmlardan murakkab organizmlargacha rivojlangan.
Slayd 11
Hayotning biokimyoviy evolutsiyasi to‘g‘risidagi nazariya XX asrning 20–30-yillarida shakllana boshladi. Bu nazariyaga ko‘ra Yerning ilk rivojlanishi davrlarida undagi iqlim sharoitlari hozirgi zamondagiga nisbatan juda katta farq qilgan.
Slayd 12
Bunday sharoitda avval oddiy organik birikmalar abiogen usulda sintezlangan va asta-sekin kimyoviy evolutsiya natijasida murakkablashib, eng oddiy hayot shakllariga aylangan va undan keyin biologik evolutsiya boshlangan.
Slayd 13
Ch. Darvin fi kriga ko‘ra, hayot faqat hayot bo‘lmagan sharoitlardagina kelib chiqishi mumkin. Geterotrof mikroorganizmlar yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni darrov parchalab tashlaydi. Shuning uchun ham hozirgi davrda hayot yangidan kelib chiqishi mumkin emas.
Slayd 14
Yerda hayotning kelib chiqishi uchun zarur bo‘lgan ikkinchi sharoit birlamchi atmosfera tarkibida kislorod bo‘lmasligidir. Chunki kislorod bo‘lsa u yangi hosil bo‘lgan organik moddalarni parchalab tashlagan bo‘lar edi. Biokimyoviy evolutsiya nazariyasi bilan keyingi mashg‘ulotda batafsil tanishamiz.
Slayd 15
Savol va topshiriqlar
Hayotning kimyoviy evolutsiyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.
Hayotning biologik evolutsiyasi qachon boshlanishini tushuntiring.
Koatservatlar hosil bo‘lishi jarayonini tushuntiring.
Hozirgi zamonda hayot abiogen sintez yo‘LI bilan qaytadan hosil bo‘lishi mumkinmi?
Abiogen sintezni tasdiqlovchi qanday ma’lumotlarni bilasiz?
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
YURAK–QON TOMIRLARI TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOSFERA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
HUJAYRA ORGANOIDLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Qushlarning umumiy tuzilishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
NAFAS A’ZOLARINING TUZILISHI. AYIRISH A’ZOLARINING TUZILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Oliy nerv faoliyatning yosh xususiyatlari Nerv tizimining gigiyenasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 55 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Immunitet. immunitet turlari. Fagotsitoz mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
IRSIYAT QONUNLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Hayvonot dunyosi muhofazasi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Hujayra sikli mavzusiga doir masala va mashqlar yechish (Mitoz) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot







Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.