Yengil atletika va musobaqalarning salomatlikka ta’siri
8000 so'm

Slayd 1
Musobaqalar inson salomatligini mustahkamlashning samarali vositasi
Slayd 2
Slayd 3
Yengil atletika o’ziga xos yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish – tezlik kuchini, chidamlilikni tarbiyalaydi, kishi a’zolarining harakatchanligini kuchaytiradi, irodani tarbiyalaydi, tana a’zolarining ish qobiliyatini oshiradi. ^Engil atletika mashqlarining sog’lomlashtimvchi ta’siri ana shunda. Bu sport turi yaxshi odatlarni, o’z salomatligiga doimiy ravishda e’tibor berib yurish kabi sifatlarni shakllantiradi. Yengil atletika mashqlarining bolalar sog’lig’i va jismoniy o’sishiga ijobiy ta’siri bu sport turini kollejlar uchun o’quv dasturiga kiritilishiga sabab bo’ldi.
Respublikamiz tabiiy sharoiti yengi! Atietika bilan yil bo’yi ochiq havoda, maydonlarda, bog’Sar va stadionlarda shiig’ulianish imkonini beradi.
Bu sport turi bilan issiq paytlarda yengil kiyim kiyib shug’ulianiladi. Sovuq paytlarda sport kiyimining qalinrog’i kiyiladi. Oyoqqa keta, krassovka, shippaklar kiyiladi, Sta-dionda yengil atietika bo’yicha yugurish yoki sakrash mu-sobaqalari o’tkazilganda, unda qatnashuvchilar tishli shippaklar kiyib olishlari mumkin. U yaqin masofaga yugurishda ko’rsatkichlarni oshirishga (2 – 3 s ga); uzunlikka sakrashda esa (20 – 30 sm) uzoqroqqa sakrashga yordam beradi
Slayd 4
Yengil atietika bilan shug’ullanish chog’ida qator qoidalarga rioya qilish zarur bo’ladi, bu kutilgan yaxshi natijalarga erishishga olib keladi. Qoidaga ko’ra, avval 3 – 5 daqiqa asta yuguriladi, 6 – 8 marta umumiy mashqlar bajariladi, 30 – 50 m ga tezlik bilan 2 – 3 qayta yuguriladi. Bu harakatni aniq bajarish ko’nikmasini hosil qilishga yordam beradi.
Endigi navbatda mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’riladi. Buning uchun mashg’ulot o’tkaziladigan joy yaxshilab tayyorlanadi, uzunlikka sakrash chuqurchasi yumshatiladi, yugurish yo’lagi ortiqcha narsalardan toza-lanadi, uloqtirish uchun xavfsiz joy tanlanadi. Uloqtirish bilan mustaqil shug’ullanish chog’ida to’p oyna, daraxt, odamlarga tegib ketmaydigan yo’nalish tanlanishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Uzunlikka yoki balandlikka sakrash joyi quruq va tekis boiishiga ahamiyat beriladi. Bunda yerga tushish joyida o’tkir, uchli narsalar bo’lmasligi lozim. Balandlikka sak-rashni kuzatayotganda kuzatuvchi yugurish tomonida turadi, aks holda sakrash tayoqchasi uchib ketib, unga tegib ketishi mumkin.
Slayd 5
Yugurish mashqini bajargandan so’ng darhol to’xtab yoki o’tirib olish mumkin emas. Masalan, 100 – 200 m uzoq masofaga yugurganda yaxshisi 10- 15 metr qadamlab yurish kerak.
Boshqalar yugurayotganda yugurish yo’lakchasida turish yoki uni kesib o’tish taqiqlanadi. Musobaqada qatnashayotganlar yonida ham yugurish mumkin emas. yugurib keliboq sovuq suv ichish mumkin emas, chunki u tanani to’satdan sovitib, yuqori nafas yo’llarini shamollatadi (bundan bronxit, angina va hokazolar kelib chiqadi).
Tekis yugurlab JKo’hna Yunoniston qoyatoshlaridan birida taxminan 2,5 ming yillar ilgari yozilgan quyidagi: «Agar kuchli bo’lishni istasang – yugur, agar chiroyli bo’lishni ista-sang -yugur, agar aqlii bo’lishni xohlasang – yugur», dcgan yozuviar topilgan. Ma’lum bo’lishicha, yugurish sportning asosiy turi hisoblangan. Yengil atletikada qisqa masofaga (sprinterlik), ya’ni 60, 100, 200, 400 metrga; estafetali – 4 x 100 m, 4 x 200 m, 4 x 400 m li masofaga; o’rta va uzoq masofalarga, ya’ni 1000 m, 1500 m, 2000 m, 3000 m, 5000 m, 10000 in ga (stayerlik) yugurish; marafon (42 km 195 m) yugurish kabi yengil yugurish turlari mavjud. Bulardan tashqari, uzoq masofalarga (5 km dan 80 km gacha) ham yuguriladi.
Slayd 6
Kollej dasturida, yengil atletika dareiarida qisqa masofalarga (30 – 60 m) va chidamlilikka (1000 m) yugurish tavsiya eti-ladi. Tekis yugurish, tekis maydon yoki stadionlarda o’tka-ziladi. Yurish yo’lakchasi kamida 80 m bo’lishi zarur (har 15-20 mda. To’xtash masofasi bo’ladi). Bunday joylardan qisqa masofalarga yugurish musobaqalari o’tkazishda ham foydalaniladi. Agar kollej o’quvchilari sport maydonida shug’ullanishlarining iloji bo’lmasa, unda kollejga yaqin bo’lgan istirohat bog’lari (alleyalar)ning yo’lakchalaridan loydalanishlari mumkin. Tanlangan joy yaxshi ko’rinishga ega bo’lishi lozim, shunda muyulishdan kelayotgan velosiped yoki piyodalar bilan to’qnashib ketilmaydi.
Yugurishni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: start, tezlanish, masofani o’tish, finish.
Yaqin masofalarga past start qo’llaniladi. Agar undan o’rinli foydalanilsa, qisqa vaqt ichida maksimal tezlikka erishish imkoniga ega bo’linadi.
O’rta va uzoq masofalarga yugurishda yuqori start qo’llaniladi. Bu yugurishdan unumli foydalanilsa, maso-faning dastlabki metrlaridayoq ilgarilab ketishga erishiladi.
Mahalliy sharoitda yugurish kross yugurish deb yuritiladi.
Slayd 7
Qisqa masofalarga (sprinterlik) yugurish
Yugurishning bu turi bo’yicha respublikamizda o’g’il bolalar va qizlar uchun eng yuqori natijalar Toshkent shahrida qayd etilgan. O’g’il bolalarda 100 m. ga yugurish bo’yicha rekord natija Anvar Kuchmuradovga (10,50 sek. Elektron hisoblagich); qizlar o’rtasida Ludmila Lapshina (11,85 sek. ) ga tegishli. Bu masofaga yugurish bo’yicha jahon rekordi erkaklar orasida 6,39 s ga teng (elektron sekundomer bo’yicha). Bunga amerikalik Moris Grin erishgan. Ayollar orasida -6,92 s bo’lib (elektron sekundomer bo’yicha), bunga rossiyalik Irina Privalova erishgan.
Jismoniy tarbiya darslarida 2 x 30, 2 x 20, 60 m yoki 100 m masofalarga ( 1, 2, 3 o’quvchi) oddiy sekundomer o’lchovi asosida yuguriladi. Bir necha darsdan keyin dastlab 30 m ga, 2 – 3 darsdan keyin 60-100 m ga yugurish me’yorlari topshiriladi.
Pastki start – tez yugurib ketish uchun qulay bo’lgan dastlabki holat. Pastki startdan yugurish uchun tayanch, chuqurcha yoki start g’o’lachalari (kolodka)dan foyda-laniladi.
Slayd 8
“Start” komandasi berilganda:
Slayd 9
«Diqqat» komandasi berilganda orqada turgan oyoq tizzasi yerdan uziladi, tana og’irligi to’rf tayanch nuqta (qo’llar va oyoqlar)ga tushadi.
«Komandasi berilganda gavdani tezda to’g’rilab, orqada turgan oyoq bilan birinchi qadam qo’yiladi, qo’llar keskin harakatlanadi, so’ngra ikkinchi, uchinchi va hokazo qadamlar qo’yiladi. Faqat 6 – 8 qadamdan keyingina gavda to’liq to’g’rilanadi.
Ma’lum masofaga yugurayotganda sportchi oyog’ini kaft-dan bosib, katta-katta qadamlar tashlashga harakat qiladi. Qo’l-lar bir maromda harakatlanib, u tirsakdan bukilgan bo’ladi. Qo’llar musht qilinmaydi, tana bir oz oldinga egilgan bo’ladi. Bel ham butunlay bukilmagan va tishlar ham bir-biriga qattiq bosilmaydi, faqat olg’a intilib, harakatlar erkin bajariladi.
Slayd 10
Finishga, chamasi, 10 – 15 metr qolganda yuguruvchi erkin harakatini saqlagan holda oldinga qaraydi, yelkalarni to’g’ri tutib (u yoq-bu yoqqa chalg’imay), tezlikni susay-tirmay, finish chizig’ini keskin kesib o’tadi.
Uzoq masofaga (stayerlik) yugurish chidamlilikni o’stirish maqsadida, kollejlar uchun dasturda 500, 800, 1000 m (1 km)ga yugurish ko’zda tutiladi. Bu masofaga 17 va undan kichik yoshdagi o’g’il bolalar va qizlar yugiradilar. Masalan, yoshlar o’rtasida jahon rekordi 2 rr. In 20,37 s ga (elektron sekundomer bo’yicha) teng. Bu ko’rsatkichga ingliz sportchisi Xen Bouksi erishgan. Qizlar orasida 2 min 38,58 s (elektron sekundomerda) ingliz sportchisi Jo Uayt erishgan. Respublikamizda 800 rn masofaga yugirish bo’yicha rekord natijaga E. Nurmatov (lm.52,3 sek), qizlar orasida L. Kir-yuxina (2 m.04,76 sek) erishganlar.
Fl – 3 km ga kross yugurish butun tanaga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi, juda yaxshi sog’lomlashtirish vositasi hisoblanadi. Krossga, dastlab, bir maromda yugurish bilan o’rgatiladi. Yuqoriroq natijaiarga erishish uchun esa 5 – 6 mashg’ulotdan keyin o’tiladi. Muayyan masofaga yugurish maromini egallash uchun (qanday teziik bilan yugurishni) kross yugurishning birinchi mashg’ulotlaridan boshlab mashq qilinadi.
Slayd 11
Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma’lumotlar: maydoncha 9 x18 m, chiziklar kengligi 5 sm; o’yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm; to’rning balandligi erkaklar uchun 243 sm, ayollar uchun 224 sm; to’pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og’irligi 270±10 g; har partiyada 6 o’yinchi almashinuviga ruhsat beriladi. Asosiy uyinchi 1 marta almashtirilishi va qaytib o’yinga tushishi mumkin; o’yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo’ladi; har partiyada hisob 15 gacha, agar 15:15 bulib qolsa eng yuqori hisob 17 ochkogacha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taymbreyk tarzida o’tadi, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadi.
Slayd 12
O’yin to’xtatiladi va xato e’lon qilinadi: to’p kiritishda: chiziq bosilsa, to’pni irg’itmasdan o’yinga kiritilsa, to’p kiritish navbati buzilsa, to’p to’rga yoki begona predmetlarga tegsa, to’p kiritish jarayoni 5 soniyadan ortsa; to’p uzatish va qabul qilishda: tup bir vaqtni o’zida yoki ketma-ket bir o’yinchi tomonidan 2 marta o’ynalsa, ilib uzatilsa, yoki qabul qilinsa, bir jamoa o’yinchilari (to’siqdan tashqari) 3 martadan ortiq to’p bilan harakat qilsalar; zarba va to’siq quyishda: o’yinchi to’rga tegib ketsa, o’rta chizikdan o’tib ketsa, to’pni ilib o’ynalsa, to’p antennadan tashqari yoki antennaga tegib ketsa, raqib tomondagi to’p o’ynalsa. Qoidalar rasmiy holda to’liq 1946 yilda joriy etilgan, lekin 1951 yilga kelib Marselda Fivb Kongressi tomonidan tasdiqlandi. 1947 yil – erkaklar o’rtasida o’yin 5 partiyadan iborat 1950 yil – ayollar o’yini 5 partiyadan iborat 1952 yil – tanaffus 1 partiyada 2 marta 1957 yil – tanaffus 1 min. dan 30 sek. Gacha qisqaradi 1961 yil – o’yinni almashtirish 6 taga oshdi 1965 yil – to’siq qo’yuvchi qayta o’ynashi (to’pga tegishi) mumkin, u qo’llarini raqib tomoniga o’tkazishi mumkin 1970 yil – antenna 180 sm 1976 yil – kiritilgan to’pga to’siq qo’yish Hozir to’pni og’irligi 270±10g, doiraviy uzunligi 66±1 sm.
Slayd 13
1980 yil – to’p ichidagi bosim R=0,4 – 0,45 kg/sm2 1984 yil – to’pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan bir necha bor «tegish» mumkin, to’p o’yinga kiritilayotganda uni to’sish bekor qilinadi. 1988 yil – eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taymbreyk tarzida ochkolar soni 2 ta farq bo’lguncha davom etadi. 1992 yil – to’p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin. 1996 yil – to’p tanani barcha joyiga tegishi mumkin. Har partiyada hisob 5 va 10 bo’lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi. Shundan so’ng jamoalar 1 martadan 30 sek. Tanaffus olishlari mumkin. To’p kiritish 9 metr oralig’ida ijro etilishi mumkin.
Slayd 14
Voleybol o’yinining dastlabki rasmiy uyin qoidalari 1997 yilda Amerikalik doktor A. Xolsted rahbarligida ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo’lgan:
Maydonchani o’lchami 7,6 x 16,1 m;
To’rni balandligi 198 sm;
To’pni og’irligi 340 g;
O’yinchilar tarkibi chegaralanmagan;
To’p o’yinga maydonchani o’ng tashqi qismida joylashgan 1×1 metrli to’rtburchak shakldagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo
Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchilarning o’yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham o’zgarib, takomillashib borgan
1900 yil – hisob 21 ochkogacha, to’rni balandligi 213 sm;
1912 yil – maydoncha 10,6 x 18,2 m, to’r – 228 sm;
1917 yil – hisob – 15 ochko, to’r 243 sm;
1918 yil – o’yinchilar soni bir jamoada – 6 ta;
1922 yil – to’pni faqat 3 marta o’ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m;
1925 yil – to’p 66-69 sm, og’irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 m;
1934 yil – to’r ayollar uchun 224 sm
Slayd 15
2011-2013 yillarda Buxoro viloyati yengil atletikachilari barcha Respublika musobaqalarida ishtirok etib kelishgan. O’zbekiston ochiq kubogi (yopiq inshootda) O’zbekiston chempionati (yopiq inshootda) O’zbekiston ochiq kubogi (ochiq inshootda) Katta o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (yopiq inshootda) Katta o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (ochiq inshootda) o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (yopiq inshootda) o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (ochiq inshootda) Kichik o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (yopiq inshootda) Kichik o’smirlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (ochiq inshootda).
Slayd 16
O’spirinlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (yopiq inshootda) O’spirinlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (ochiq inshootda) Bolalar va qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (yopiq inshootda) Bolalar va qizlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (ochiq inshootda) Veteranlar o’rtasida O’zbekiston chempionati (yopiq inshootda) Uloqtirish turlari bo’yicha O’zbekiston chempionati (barcha yosh toifalari) Kross bo’yicha O’zbekiston chempionati Yarimmarafon bo’yicha O’zbekiston chempionati O’zbekiston shaxarlari kubogi Respublika olimpiya zaxiralari kolledjlari birinchiligi Rozibo’sm va bo’smlar o’rtasida O’zbekiston chempionati.
Slayd 17
№
Musobaqalar nomi
2011 yil
2012 yil
2013 yil
Ishtirok-
Chilar soni
Egal-
Lagan o’rni
Ishtirok-
Chilar soni
Egal-
Lagan o’rni
Ishtirok-
Chilar soni
Egal-
Lagan o’rni
Umumiy/o’rtacha
209
4,6
169
5,8
226
3,5
Buxoro viloyati yengil atletikachilarini Respublika musobaqalaridagi ishtiroki
2011 yilda musobaqalarda ishtirok etgan sportchilar soni 209 nafar bo’lib viloyat jamoasini o’rtacha egallagan o’rni 4,6ni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda musobaqalarda ishtirok etgan sportchilar soni 169 nafar bo’lib viloyat jamoasini o’rtacha egallagan o’rni 5,8ni tashkil etgan, 2013 musobaqalarda ishtirok etgan sportchilar soni 226 nafar bo’lgan va viloyat jamoasini o’rtacha egallagan o’rni 3,5ni tashkil etgan. Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki 2013 yilda ham ishtirokchilar ham viloyat jamoalarining o’rtacha egallagan o’rni ham o’sgan.
Slayd 18
Buxoro viloyati yengil atletikachilarini Respublika birinchiligidagi ishtiroki diagrammasi
Slayd 19
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining umumiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.