Yengil atletika va gimnastika musobaqalarini tashkil etish
8000 so'm

Slayd 1
Yengil atletika va gimnastika sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va hakamlik qilish.
Slayd 2
Reja:
Yengil atletika bo’yicha musobaqalarning turlari va ularning tavsifi
Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari
Gimnastika bo‘yicha musobaqalarning tavsifi
Musobaqa dasturi va nizomi
Slayd 3
Yengil atletika bo’yicha musobaqalar ochiq hovoda (stadion, katta yo’l trassalarida, shahar xiyobonlarida) va yopiq inshoatlarida (sport manejlarida, zallarida) o’tkaziladi. Stadionda o’tkaziladigan musobaqa dasturidan yengil atletikaning barcha turlari o’rin olishi mumkin; katta yo’l trassalarida esa 10 km va undan ortiq masofalarga sportcha yurish va yugurish turlari bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi; shahar xiyoobonlarida va axoli yashash joylari bilan kesishkan yularda kross yugurishlari o’tkaziladi. Yopiq inshootlarda esa sharoitiga qarab yengil atletikaning ayrim turlari o’tkaziladi.
Slayd 4
Yengil atletika bo’yicha musobaqalar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Shaxsiybirinchiliklar.
Jamoaviy
Shaxsiyva jamoaviy.
Shaxsiy birinchilik musobaqalarida g’oliblar olgan o’rinlari bo’yicha aniqlanadi Jamoaviy musobaqalarda esa jamoalar o’rtasida o’rni aniqlanadi. Shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda esa ham shaxsiy o’rinlar xam jamoaviy o’rinlar aniqlanadi.
Slayd 5
Musobaqalar quydagi turlarga bo’linadi. Kubok musobaqalari, birinchiliklar va chepionatlarga. Kubok musobaqalarida g’oliblarga ko’chma kubok topshiriladi bu musobaqalar xar yili yoki ikki yilda bir marotaba o’tkaziladi. Birinchiliklar esa xar yili 1-2-3 chi va xakozo o’rinlarni aniqlash uchun o’tkaziladi. Chempionatlarda esa faqatgina g’oliblar aniqlanmay chempion unvoni berish uchun xar yili yoki ikki yilda bir marotaba musobaqalar o’tkaziladi. Chempion unvonini har bir sport turida olish uchun taqvim rejaga kiritilgan musobaqlarda ishtirok etish kerak. Yengil atletika musobaqa maqomlarini 4 darajaga ajratish mumkin: oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi. Oliy darajadagi musobaqalarga: jahon va qitalararo musobaqalar, olimpiada o’yinlari, jahon chempianati va kubogi, osiyo kubogi va chempionatlari, osiyo o’yinlari hamda qit’a birinchiliklari. Birinchi darajali musobaqalarga: davlat miqyosidaga musobaqalar kiradi. Bular O’zbekiston respublikasi yengil atletika federatsiyasi tomonidan o’tkaziladi. Unda respublika kubogi va chempionatlari. Universiada, barkamol avlod, umid nihollari sport musobaqalarining final bosqichlari kiradi. Ikkinchi darajali musobaqalarga: shaharlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi miqyosidagi musobaqalar. Uchinchi darajali musobaqalarga: bular viloyat, tuman chempionatlari kiradi.
Slayd 6
Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari.
Musobaqalarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan barcha materiallar va hujjatlarni tayyorlash;
Musobaqa ishtirokchilari ko’rsatgan natijalarga tezkor ravishda ishlov berish, ularni tizimlashtirish va shaxsiy hamda jamoa birinchiliklarida g’oliblarni aniqlash;
Natijalar va jamoaviy bellashuvlarning borishi to’g’risidagi ma’lumotlarni ishtirokchilar, jamoalarning vakillari, matbuot hamda tomoshabinlar e’tiboriga o’z vaqtida yetkazish;
Rasmiy materiallarni bosib chiqarish (texnik hisobot).
Slayd 7
Kotibiyat ishiga bosh kotib rahbarlik qiladi. U kotibiyat hakamlarining o’zaro, shuningdek, kotibiyat hamda hakamlar hay’atlari va xizmatlari orasidagi hujjatlar aylanishi bilan bog’liq barcha hatti-harakatlari izchilligini belgilaydi, o’tkazilayotgan muayyan bir musobaqada hujjatlar aylanishining axborotlar oqimi umumiy sxemasi asosidagi sxemasini ishlab chiqadi. Kotibiyat faoliyati sxemasini ishlab chiqishda hujjatlar ro’yxati va axborot turlarini belgilab olish ularni turli toifadagi foydalanuvchilarga etkazib berish usullari va vositalarini aniqlash zarur. – Ishtirokchilarga
– Jamoa vakillari orqali; – hakamlar hay’atiga – bevosita kotibiyat orqali; – matbuot vakillariga – matbuot markazi yoki kotibiyat orqali; – tomoshabinlarga – axborot xizmati orqali. Har bir musobaqada kotibiyat faoliyatining tuzilishi va texnologiyasi uning darajasi hamda texnik jihozlanganligiga ko’ra aniqlanadi. Kotibiyat faoliyati shartli ravishda uch asosiy bosqichga bo’linadi: – musobaqalarga tayyorlanish; – bevosita musobaqalarni o’tkazish; – texnik hisobotni rasmiylashtirib, topshirish.
Slayd 8
Gimnastika bo‘yicha musobaqalar
Musobaqalar tavsifiga ko‘ra jamoa va shaxsiy turlariga bo‘linadi. Shaxsiy musobaqalarda ishtirokchining natijalari va egallangan o‘rniga qarab aniqlanadi. Jamoa musobaqalarida esa butun jamoa natijalari hisoblanadi va shu bilan uning o‘rni aniqlanadi, shaxsiy natijalar razryad uchun hisobga olinishi mumkin. Shaxsiy jamoa musobaqalarida har bir jamoa natijalari hisoblanadi. Musobaqalar qo‘yilgan maqsadga ko’ra, o‘quv, saralash, o‘rtoqlik uchrashuvi, ommaviy musobaqalarga bo‘linadi. O‘quv musobaqalari tajriba orttirish, o‘quv mashg‘ulotlarida me’yorlarni bajarish, o‘quv-trenirovka mashg‘ulotlari davridagi olib borilgan ishlami yakunlash maqsadida o‘tkaziladi. Saralash musobaqalari kcyingi katta masshtabdagi musobaqalardagi chiqishlar uchun eng yaxshi gimnastikachilami va jamoalami saralab olish maqsadida o‘tkaziladi. O‘rtoqlik uchrashuvlari murabbiylar va ishtirokchilar orasida tajriba almashish hamda gimnastikachilar tayyorgarligini solishtirib, o‘quv-trenirovka jarayonida takomillashuviga yordam beradi. Gimnastika bo‘yicha musobaqalar klassifikatsiya dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladigan klassifikatsiya va klassifikatsiyalanmaydigan musobaqalarga ajratiladi.
Slayd 9
Klassifikatsiyalanmaydigan musobaqalar maxsus dastur bo‘yicha o’tkaziladi: «oq varaq» (nomalum dastur bo‘yicha), ko‘pkurashning alohida turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan (mashqlami tuzish va bajarish bo‘yicha yetakchilami aniqlash) tanlovlar, yengillashtirilgan klassifikatsiya dasturi, soddalashtirilgan dasturlar. Bu musobaqalarda ishtirokchilarga razryad berilmaydi. Gimnastika bo‘yicha musobaqalar o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi hamda o‘z masshtabi bo‘yicha jamoalarda boshlanadi va keyinchalik quyidagi ketma-ketlikda bo lib o‘tadi: tumanlarda, shaharlar, viloyatlar, respublika va hokazo.
Slayd 10
Musobaqa dasturi va nizomi
Musobaqa tavsifmi, albatta, ko‘rsatish zarur: jamoa yoki shaxsiy. Dastur va musobaqa shartlarini belgilovchi hujjat bu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan musobaqa nizomi. Nizom quyidagi bo‘limlardan iborat: maqsad va vazifalar; o‘tkazish joyi va vaqti; musobaqalami boshqarish; ishtirokchilar tarkibi; musobaqa dasturi; shaxsiy va jamoa kurashlarining tartibi va shartini aniqlash; g‘oliblarni mukofotlash; tashkiliy ishlar. Musobaqa boshlanishidan kamida 3 oy oldin ishtirok etuvchi tashkilotlarga Nizom tarqatilishi lozim. Agarda Nizomda qo‘shimcha talablar (mashqlar kompozitsiyasi murakkabligiga) nazarda tutilgan holatlarda, albatta, 6 oydan kam bo‘lmagan vaqt ichida e’lon qilinishi shart. Keyingi musobaqa nizomi bo‘limlarining mazmuni bo‘yicha o‘tkaziladi.
Slayd 11
Maqsad va vazifalar.
Bu bo’limda shu musobaqaning maqsadi va vazifasi aniq bo‘lishi lozim. Musobaqalaming asosiy vazifasidan biri — bu girnnastikani ommalashtirish, musobaqalarga katta ommani jalb etish, o‘quv-trenirovka ishlari yakunini o‘tkazish, kuchli gimnastikachilar yoki jamoalami aniqlash, razryad me’vorini topshirish hisoblanadi. O‘tkazish joyi va vaqti. Musobaqa o‘tkaziladigan joy (sport bazasi manzili) va vaqti ko‘rsatiladi. Musobaqalarni o‘tkazish vaqtini aniqlash musobaqalaming umumiy jadvaliga binoan aniqlanadi. Shu bilan birga, sport bazalarining imkoniyatlarini hisobga olish lozim: musobaqa o‘tkaziladigan kunlarning davomiyligi va dasturlami hisobga olib o‘tkaziladigan joyga talablar; snaryadlami sinovdan o‘tkazish kunlari.
Slayd 12
Musobaqani boshqarish. Bu bo’limda quyidagilar ko’rsatilgan: musobaqani o‘tkazish, ishtirokchilami qabul qilish, topshirilgan tashkiliy ishlar, tashviqot e’lon qilish, hakamlar hay’ati tasdiqlanadi. Musobaqani o‘tkazish bevosita bosh hakamga topshiriladi. Musobaqaga tayyorgarlik ishlarini umumiy boshqarish uchun ayrim holatlarda zaruriyat yuzaga kelsa, tashkiliy qo‘rnita tuziiadi. Uning tarkibiga xo‘jalik, sport-texnika, axborot va boshqalar kiradi. Musobaqa ishtirokchilarining tarkibi. Bunda ishtirok etayotgan tashkilot nomi va soni, yosh va razryad talablari ko‘rsatiladi. Agar musobaqa uzoq yo‘l bilan bog‘liq bo‘Isa, u holda jamoa, hakamlar, trenerlar, akompaniatorlar va boshqalar soni ko‘rsatiladi. Musobaqalarda faqat tibbiy ko‘rikdan o’tgan va vrach ruxsatini olgan gimnastikachilar qatnashadilar.
Slayd 13
Ko‘p holatlarda musobaqalar klassifikatsiya dasturi bo‘yicha o‘tkaziladi. Bunday paytlarda musobaqa qanday raziyad bo‘yicha o‘tayotganligi, majburiy va erkin dastur soni, final musobaqalarini o‘tkazish (ko‘pkurash yoki alohida turlar bo‘yicha) ko‘rsatiladi. Klassifikatsiyasiz musobaqalar o‘tkazishda dastur tuzilib, nizomga qo‘shib qo‘yiladi, nizomda esa faqat musobaqa o‘tkaziladigan turlar (snaryadlar) ko‘rsatiladi. Shaxsiy va jamoa birinchiliklari tartibi va sharoiti hisobga olinadi. Sinov tizimi mazmuni va g‘oliblami aniqlash tartibi beriladi.
Musobaqa dasturi.
Slayd 14
Tashkiliy masalalar.
Bu bo‘limda hakamlar: majlislarining vaqti e’lon qilinadi, buyurtmaga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar keltmladi. Buyurtmada nomma-nom (ishtirokchining ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, sport jamiyati, shahar, nechanchi razryad bo‘yicha chiqadi va uning sportdagi mavqeyi, murabbiy hamda shifokori imzosi) musobaqa boshlanishidan kamida 1 kun oldin beriladi. Dastlabki buyurtmada jamoalar va ishtirokchilar soni, qatnashadigan razryadi bo‘yicha ma’lumotlar jamlangan. Agar musobaqalarda turli shaharlardan kelgan sportchilar qatnashsalar, unda qabul shartlari beriladi: yo‘l xarajatlarini qoplash, oziq-ovqat, maosh saqlanish va hokazo.
Slayd 15
Musobaqa ishtirokchilarining huquq va burchlari
Ishtirokchilar jamoa sardori va murabbiylar orqali katta hakam va hakamga, jamoa vakillari orqali esa hakamlar hay’atiga murojaat qilish, har bir kurash oldidan snaryadlarni tekshirib, qoida chegarasida qo‘shpoya balandligi va kengligini o‘zgartirish, mashq bajarish qulay bo‘lishi uchun matlami va ko‘prikchalarni joylashtirish, tumikda turli balandlikdagi qo‘shpoyada va halqada dastlabki holatni egallash uchun yordam olish huquqiga egadirlar. Ishtirokchilar musobaqa qoidasi va nizomini bilishlari va ularga qat’iy rioya qilishlaii musobaqadan 15-20 daqiqa oldin psixolog va texnik jihatdan tayyor boiishlari lozim.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining umumiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.