=== Taqdimot 1 ===
Yengil atletika sport turining umumiy tavsifi, tasnifi, tarixi va rivojlanish bosqichlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi.
01
Yengil atletikaning rivojlanish bosqichlari.
03
Yengil atletika sport turining paydo bo‘lish tarixi.
02
O‘zbekiston yengil atletikachilarining mamlakat va xalqaro miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki.
04
=== Taqdimot 3 ===
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi
Yengil atletika sport turi o‘zida ko‘plab harakat amallarini mujassam etgani va bu bilan yosh bolalardan to katta yoshdagi insonlar ham qiyinchiliksiz har qanday sharoitda shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos sport turi ekani bilan tavsiflanadi. Bu sport turi og‘ir atletika va shunga o‘xshash og‘irliklar bilan tavsiflanadigan mashqlar harakat amallarining bajarilishiga nisbatan yengil va oson ko‘ringani bois, uni shartli ravishda “Yengil atletika”, deb ataladi. Vaholanki, mazkur sport turi bo‘yicha yuqori sport natijalarini ko‘rsatish nechog‘lik qiyinligi bu tur bilan shug‘ullanganlarga ayondir.
Yengil atletika harakat amallari bajarilish va hech bir sport turida takrorlanmaydigan ko‘pqirrali xususiyatidan kelib chiqib, bajarilish va o‘rgatish uslublari ham turlichadir.
=== Taqdimot 4 ===
Yengil atletika turlarini bir tasnif va tartibga keltirish uchun uni beshta bo‘limlarga – yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko‘pkurash turlariga ajratib tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o‘z navbatida turning xillariga hamda bajarilish xususiyatiga qarab turlarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 60 dan ortiq turi erkaklarga, 50 dan ortiq turi esa ayollarga ham ochiq, ham yopiq maydonlarda shug‘ullanish tavsiya etiladi. Ulardan Olimpiada o‘yinlari dasturiga 24 ta turi erkaklar uchun, 23 turi esa ayollar uchun va 1 ta aralash estafeta turlari kiritilgan bo‘lib, umumiy 48 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boriladi.
Jahon chempionatlarida esa 24 ta tur erkaklar uchun, 24 turi esa ayollar uchun va 1 ta aralash estafeta turlari kiritilgan bo‘lib, umumiy 49 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib boriladi.
=== Taqdimot 5 ===
Yurish – insonning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishida tabiiy ravishda qo‘llaniladigan usuldir. Yurish musobaqalarida sportchilar natijalari vaqt o‘lchov birliklarida hisoblanadi. (00:00:00,0)
=== Taqdimot 6 ===
=== Taqdimot 7 ===
Yengil atletikada yugurishning barcha turlarida texnika asoslari bir xil ko‘rinishga ega. Ammo yugurish turlariga qarab, qadamlar uzunligi va sur’ati bilan bir-biridan o‘zaro farq qiladi.
Yugurish musobaqalarida sportchilar natijalari vaqt o‘lchov birliklarida hisoblanadi. (00:00:00,0)
=== Taqdimot 8 ===
THREE IDEAS
=== Taqdimot 9 ===
To‘siqlar osha Sakrash – ma’lum bir ko‘rinishdagi to‘siqlardan o‘tishning tabiiy usuli bo‘lib, unda qisqa vaqt ichida asab-mushak kuchiga maksimal zo‘r berish bilan tavsiflanadi.
Sakrash musobaqalarida sportchilar natijalari metr va santimetrlarda hisoblanadi. (00 m 00 sm)
=== Taqdimot 10 ===
=== Taqdimot 11 ===
=== Taqdimot 12 ===
Uloqtirishdan maqsad – uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma’lum qoidalarga rioya qilib, snaryadni imkon qadar uzoq masofaga uloqtirish.
Uloqtirish musobaqalarida sportchilar natijalari metr va santimetrlarda hisoblanadi. (00 m 00 sm)
=== Taqdimot 13 ===
=== Taqdimot 14 ===
Ko‘pkurashlarga kiritilgan turlar natijalari musobaqa qoidalari bo‘yicha va shu natijaga asosan tegishli ochkolar bilan hisoblanadi.
=== Taqdimot 15 ===
=== Taqdimot 16 ===
Yengil atletika mashqlarining rivojlanish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Yengil atletika – qadimiy sport turlaridan biridir. Bu sport turi bilan insonlar qadimdan shug‘ullanib kelganliklari tarixiy manbalar (arxeologik topilmalar, turli tosh haykallar, tosh qurollar, tangalar va kundalik xo‘jalik uchun foydalanilgan ko‘za, xum va likopchalardagi suratlar)dan bizga ma’lum. Ularda aks etgan ma’lumotlar va chizgilarda yengil atletika mashqlari bilan insonlar qadimdan jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, turli bellashuvlarda qatnashish va asosiysi, hayotiy zarur ehtiyojlarini (ov qilish) qondirish maqsadida shug‘ullanib kelganliklari o‘z ifodasini topgan. Yengil atletikaning yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari dastlab, Qadimgi Yunonistonda rivoj topa boshladi. Bu mashqlar (turli masofalarga yugurish, har xil sharoitlarda balandlik va uzunliklarga sakrash, nayza, toshlar va boshqa qurollarni uloqtirish) qadim zamondagi kishilar hayotining ajralmas qismi bo‘lib kelgan.
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING PAYDO BO‘LISH TARIXI
=== Taqdimot 17 ===
Birinchi Olimpiyada o‘yinlarining 1 stadiyalik masofasini birinchi g‘olibi esa Ellada shahridan Koreb ismli atlet hisoblanadi. Keyinchalik Olimpiyada o‘yinlariga 2 va undan ortiq stadiyalik (dastlab 8, keyin 10, 12 va 24 stadiya) masofalarga yugurish turlari kiritiladi. Eramizdan avvalgi 708 yildan Olimpiada o‘yinlariga beshkurash (“pentatlon”: disk uloqtirish, uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 1 stadiyaga yugurish, kurash) musobaqalari kiritiladi. Beshkurashga xilma-xil turlarni kiritilishi musobaqa ishtirokchilari va muxlislarda o‘ziga xos qiziqish uyg‘otgan.
=== Taqdimot 18 ===
Yengil atletika sport turining rivojlanish bosqichlarini shartli ravishda 5 ta – Qadimgi Olimpiya o‘yinlari, Zamonaviy Olimpiya o‘yinlarigacha va undan keyingi davr, II jahon urushigacha bo‘lgan davr, 1991-yilgacha bo‘lgan davr va Mustaqillikdan keyingi davrlarga bo‘lib o‘rganish mazkur sport turining yildan-yilga taraqqiy etib borgani va bu sport turi bilan shug‘ullanuvchilar geografiyasi qay tarzda kengayganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Qadimgi olimpiya o‘yinlari – Qadimgi Olimpiada o‘yinlarining taraqqiy etgan davri eramizdan avvalgi V asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Yunoniston hududlarida kurash, ot choptirish, kamondan otish, qilichbozlik va boshqa sport turlari kabi yengil atletika turlari ham ommaviy tarzda rivojlangan.
YENGIL ATLETIKANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
=== Taqdimot 19 ===
Keyinchalik Yunoniston Rim Imperiyasi tomonidan bosib olinishi oqibatida Olimpiada o‘yinlari musobaqalari o‘z ommaviyligi va jozibasini yo‘qota boshladi. Shunga qaramasdan, musobaqalar eramizdan avvalgi 393-yilgacha davom etadi. Rim Imperatori Feodesiya I taxtga o‘tirishi va u xristian dini rahnamosi bo‘lgani sabab, Olimpiada o‘yinlari musobaqalari ushbu din e’tiqodiga ko‘ra taqiqlab qo‘yiladi.
Qadimgi Olimpiada o‘yinlari zamonaviy sport turlari va yengil atletikaning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Aynan, qadimgi Olimpiada o‘yinlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishi zamonaviy Olimpiada o‘yinlarining rivojlanishiga katta zamin yaratadi.
=== Taqdimot 20 ===
Yevropa xalqlari Yunonistonni tarixiy-madaniy merosi hisoblangan Olimpiada o‘yinlarini qayta tiklash va o‘tkazishni o‘z oldlariga maqsad qilib qo‘yadi. Shu davrlarda ya’ni, XVIII asrda Yevropa davlatlarida yugurish, sakrash va uloqtirish bo‘yicha musobaqalar tashkil etila boshlanadi.
=== Taqdimot 21 ===
1770-yilda soatbay yugurish bo‘yicha birinchi musobaqa tashkil etiladi va unda dastlabki rekord natijasi rasmiy qayd etiladi. Unga ko‘ra bir soat davomida atlet 17 km 300 m masofani bosib o‘tganligi tarixiy manbalardan bizga ma’lum. Keyinchalik yengil atletikaning bu turi AQSHda ham rivojlana boshladi. AQSH yengil atletika havaskorlari Angliyadagi kabi musobaqalarda soatbay va ko‘p kunlik yugurishlarga e’tibor qaratadi.
Zamonaviy olimpiya o‘yinlarigacha va undan keyingi davr
=== Taqdimot 22 ===
Birinchi Olimpiya o‘yinlari Afinada tashkil etiladi. Dasturga yengil atletikaning 12 ta turi kiritilgan bo‘lib, unda 9 mamlakatdan 63 nafar atletlar ishtirok etgan.
Bir vaqtning o‘zida yengil atletika sport turi Angliya va AQSHda rivojlanishi bilan birga dunyoning boshqa mamlakatlarida ham keng ommalashib bordi. Dastlab Fransiya, keyinchalik Germaniya, Skandinaviya xalqlari, Rossiya, janubiy va markaziy Afrika hamda sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham taraqqiy eta boshladi. Shu tariqa XIX asrning oxirlariga kelib, yengil atletika sport turi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ommalashib, shug‘ullanuvchilar soni orta boshladi.
=== Taqdimot 23 ===
II JAHON URUSHIGACHA BO‘LGAN DAVR
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari joriy etilishi yengil atletika sport turini shiddat bilan rivojlanishiga xizmat qildi. Xususan, 1-Olimpiya o‘yinlaridan farqli ravishda 1900-yil Parijda o‘tkazilgan 2-Olimpiya o‘yinlarida turlar va ishtirokchilar soni ham qariyb 2 barobar ko‘proqni tashkil etdi. Bu o‘tgan 4 yil ichida katta ko‘rsatkich hisoblanar edi.
1904-yilgi Olimpiya o‘yinlariga okean orti mamlakati – AQSH mezbonlik qildi va ular bunga haqli edilar. Chunki yengil atletikani rivojlanishida AQSHning o‘rni kattadir. Ushbu musobaqalarda 10 ta davlatdan 200 dan ortiq sportchilar 24 ta medallar jamg‘armasi uchun bahslashdilar. Bu musobaqalar dasturiga 1-marta ko‘pkurashning 10 kurash va 3 kurash (keyinchalik 3 kurash dasturdan olib tashlangan) turlari kiritildi.
=== Taqdimot 24 ===
1908-yil Londonda tashkil etilgan 4-Olimpiya o‘yinlarida birinchi marta parad paytida jamoalar milliy bayroqlar ostida chiqishadi. Bu galgi musobaqalar yanada ko‘proq, ya’ni 20 mamlakatdan 431 nafar ishtirokchi qatnashadi.
1912-yili 5-Olimpiya o‘yinlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida o‘tkaziladi. Unda yengil atletikaning 30 ta turi bo‘yicha 27 davlatdan 534 nafar sportchi qatnashadi. Bu Olimpiya o‘yinlarida so‘nggi bor yuqori sifatli sof oltindan tayyorlangan medallar topshiriladi.
=== Taqdimot 25 ===
XOQ ning 1912-yil 27-maydagi qaroriga asosan 1916-yilgi o‘yinlar Berlinda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq, bu yillarda 2-jahon urushi boshlanib ketgani bois musobaqalar o‘tkazilmaydi.
7-Olimpiya o‘yinlari esa Belgiyaning tashkil etiladi. Unda 25 davlatdan 509 ta sportchi 29 turdan bahs olib boradi. Ushbu o‘yinlarga 2-jahon urushi ishtirokchilari Germaniya va unga ittifoqdosh Bolgariya, Turkiya, davlatlari taklif etilmaydi.
=== Taqdimot 26 ===
1924-yilgi 8-Olimpiya o‘yinlari Parijda o‘tkaziladi. Shu vaqtgacha bu musobaqaga bitta shahar 2 marta mezbonlik qilmagan edi. Yengil atletikaning 27 turi bo‘yicha 40 ta davlatdan 660 ta sportchi qatnashadi.
1928-yilgi Olimpiya o‘yinlarida Yengil atletika sport turi uchun chin ma’noda “portlash” yuz berdi. Unda 1-marta dasturga ayollar o‘rtasidagi musobaqalar kiritildi. Amsterdamda o‘tkazilgan ushbu 9-Olimpiya o‘yinlarida 40 ta mamlakatdan 700 ortiq, shundan 95 tasi ayollar ishtirok etdi. Ayollar faqat 5 ta tur – 100, 800, 4×100, balandlikka sakrash va disk uloqtirishdan musobaqalashgan.
II JAHON URUSHIGACHA BO‘LGAN DAVR – davomi…
=== Taqdimot 27 ===
1932-yili AQSHda 2-marta tashkil etilgan 10-Olimpiya o‘yinlari o‘ziga xosligi bilan tarixda qoldi. Aksariyat sportchilar Yevropa qit’asidan ekani bois, ular AQSHga borish uchun moddiy qiyinchiliklarga duch keldi va o‘tga Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokchilarning deyarli yarmi bu musobaqalarda qatnasha olmadilar. Shunday bo‘lsa-da, ushbu Olimpiya o‘yinlarida musobaqa g‘oliblari 1-marta shohsupaga ko‘tarildi va ularning sharafiga davlat bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyalari yangray boshladi.
=== Taqdimot 28 ===
1936-yilgi Berlindagi 11-Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi texnika taraqqiyoti yutuqlaridan biri bo‘lgan televideniye orqali translyatsiya qilindi. Unda 43 davlatdan 700 dan ortiq, shundan 98 ta ayol sportchi qatnashadi.
1940-yili Tokio o‘tkazilishi rejalashtirilgan 12-Olimpiya o‘yinlari 1937- yili Yapon-Xitoy urushi boshlangani bois, MOQ musobaqalarni Finlandiyaga ko‘chirishga qaror qiladi. Biroq, 1939-yili 2-jahon urushi boshlanib ketadi va 12-Olimpiya o‘yinlari uzil-kesil bekor qilinadi.
=== Taqdimot 29 ===
MUSTAQIL O‘ZBEKISTON YENGIL ATLETIKACHILARINING MAMLAKAT VA XALQARO MIQYOSIDAGI MUSOBAQALARDAGI ISHTIROKINING QIYOSIY TAHLILI
=== Taqdimot 30 ===
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so‘ng Olimpiada, Osiyo o‘yinlariga, Jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalarga mustaqil ravishda “O‘zbekiston terma jamoasi” sifatida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi 1992-yil Xalqaro yengil atletika federatsiyasi IAAFga a’zo bo‘ldi.
1993-yilda Osiyo yengil atletika Assotsiatsiyasi tarkibiga qabul qilindi.
Olimpiada o‘yinlari. 1992-yil Barselona (Ispaniya) shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari o‘zbekistonliklar uchun sharafli bo‘lgan. Unda 6 nafar sportchi qatnashi, bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
=== Taqdimot 31 ===
1996-yil Atlanta (AQSH) shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiadaning 100 yillik yubiley o‘yinlarida O‘zbekiston mustaqil davlatlar qatorida qatnashdi. Ushbu Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 12 nafar yengil atletika vakillari qatnashib, unda o‘n kurashchimiz R.G‘aniev (8-o‘rin) eng yuqori natijani qayd etdi.
2000-yil Sidney (Avstraliya) shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 26 nafar sportchilarimiz ishtirok etgan.
2004-yili Gretsiyaning Afina, 2008-yilgi Pekin, London-2012 Olimpiada o‘yinlarida qator sportchilarimiz ishtirok etib yurtimiz sharafini himoya qilganlar.
2016-yil Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiada o‘yinlarida 16 nafar sportchi 18 ta tur bo‘yicha qatnashdilar.
=== Taqdimot 32 ===
Jahon chempionatlari. O‘zbekiston yengil atletikachilari 1993-yil Germaniya, 1995-yil Shvetsiya, 1997-yil Afinada, 1999-yili Ispaniya, 2001-yili Kanada, 2003-yil Parij, 2005-yil Finlandiya, 2007-yil Yaponiya, 2009-yil Berlin, 2011-yil Janubiy Koreya, 2013-yil Rossiya, 2015-yil Xitoyning poytaxti Pekin shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etgan.
=== Taqdimot 33 ===
E’tiboringiz uchin rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.