- Savatga boshqa "UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Yengil atletika musobaqalarini tashkil qilish va hakamlik
8000 so'm

Slayd 1
Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi
Slayd 2
Reja:
Yengil atletika bo’yicha musobaqalarning turlari va ularning tavsifi
Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari
Musobaqa nizomi va uning bandlari
Musobaqa xujjatlari
Slayd 3
Yengil atletika bo’yicha musobaqalar ochiq hovoda (stadion, katta yo’l trassalarida, shahar xiyobonlarida) va yopiq inshoatlarida (sport manejlarida, zallarida) o’tkaziladi. Stadionda o’tkaziladigan musobaqa dasturidan yengil atletikaning barcha turlari o’rin olishi mumkin; katta yo’l trassalarida esa 10 km va undan ortiq masofalarga sportcha yurish va yugurish turlari bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi; shahar xiyoobonlarida va axoli yashash joylari bilan kesishkan yularda kross yugurishlari o’tkaziladi. Yopiq inshaktlarda esa sharoitiga qarab yengil atletikaning ayrim turlari o’tkaziladi.
Yengil atletika bo’yicha musobaqalar quyidagi guruhlarga bo’linadi.
Shaxsiy birinchiliklar.
Jamoaviy.
Shaxsiy va jamoaviy.
Shaxsiy birinchilik musobaqalarida g’oliblar olgan o’rinlari bo’yicha aniqlanadi Jamoaviy musobaqalarda esa jamoalar o’rtasida o’rni aniqlanadi. Shaxsiy va jamoaviy musobaqalarda esa ham shaxsiy o’rinlar xam jamoaviy o’rinlar aniqlanadi.
Slayd 4
Musobaqalar quydagi turlarga bo’linadi kubok musobaqalari, birinchiliklar va chepionatlarga. Kubok musobaqalarida g’oliblarga ko’chma kubok topshiriladi bu musobaqalar xar yili yoki ikki yilda bir marotaba o’tkaziladi. Birinchiliklar esa xar yili 1-2-3 chi va xakozo o’rinlarni aniqlash uchun o’tkaziladi. Chempionatlarda esa faqatgina g’oliblar aniqlanmay chempion unvoni berish uchun xar yili yoki ikki yilda bir marotaba musobaqalar o’tkaziladi. Chempion unvonini har bir sport turida olish uchun taqvim rejaga kiritilgan musobaqlarda ishtirok etish kerak. Yengil atletika musobaqa maqomlarini 4 darajaga ajratish mumkin: Oliy, birinchi, ikkinchi va uchinchi.
Oliy darajadagi musobaqalarga: jahon va qitalararo musobaqalar, Olimpiada o’yinlari, Jahon chempianati va kubogi, Osiyo kubogi va chempionatlari, Osiyo o’yinlari hamda qit’a birinchiliklari.
Birinchi darajali musobaqalarga: davlat miqyosidaga musobaqalar kiradi. Bular O’zbekiston Respublikasi yengil atletika federatsiyasi tomonidan o’tkaziladi. Unda Respublika kubogi va chempionatlari. Universiada, Barkamol avlod, umid nihollari sport musobaqalarining final bosqichlari kiradi.
Ikkinchi darajali musobaqalarga: shaharlar va Qoraqalpog’iston Respublikasi miqyosidagi musobaqalar.
Uchinchi darajali musobaqalarga: bular viloyat, tuman chempionatlari.
Slayd 5
Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari.
Vazifalar
Musobaqalarni o’tkazish uchun zarur bo’lgan barcha materiallar va hujjatlarni tayyorlash;
Musobaqa ishtirokchilari ko’rsatgan natijalarga tezkor ravishda ishlov berish, ularni tizimlashtirish va shaxsiy hamda jamoa birinchiliklarida g’oliblarni aniqlash;
Natijalar va jamoaviy bellashuvlarning borishi to’g’risidagi ma’lumotlarni ishtirokchilar, jamoalarning vakillari, matbuot hamda tomoshabinlar e’tiboriga o’z vaqtida yetkazish;
Rasmiy materiallarni bosib chiqarish (texnik hisobot).
Slayd 6
Kotibiyat ishiga bosh kotib rahbarlik qiladi. U kotibiyat hakamlarining o’zaro, shuningdek, kotibiyat hamda hakamlar hay’atlari va xizmatlari orasidagi hujjatlar aylanishi bilan bog’liq barcha hatti-harakatlari izchilligini belgilaydi, o’tkazilayotgan muayyan bir musobaqada hujjatlar aylanishining axborotlar oqimi umumiy sxemasi asosidagi sxemasini ishlab chiqadi.
Kotibiyat faoliyati sxemasini ishlab chiqishda hujjatlar ro’yxati va axborot turlarini belgilab olish ularni turli toifadagi foydalanuvchilarga etkazib berish usullari va vositalarini aniqlash zarur.
Ishtirokchilarga – jamoa vakillari orqali;
Hakamlar hay’atiga – bevosita kotibiyat orqali;
Matbuot vakillariga – matbuot markazi yoki kotibiyat orqali;
Tomoshabinlarga – axborot xizmati orqali.
Har bir musobaqada kotibiyat faoliyatining tuzilishi va texnologiyasi uning darajasi hamda texnik jihozlanganligiga ko’ra aniqlanadi.
Kotibiyat faoliyati shartli ravishda uch asosiy bosqichga bo’linadi:
Musobaqalarga tayyorlanish;
Bevosita musobaqalarni o’tkazish;
Texnik hisobotni rasmiylashtirib, topshirish.
Slayd 7
Kotibiyatning musobaqalarga qadar bajaradigan ishlari.
Tayyorgarlik davrida (musobaqalar boshlanguniga qadar) Bosh kotib katta ishlarni amalga oshirishi kerakki, ular musobaqa jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan qator anglashilmovchilik va xatolarning oldini oladi.
Nizomni o’rganish:
Musobaqalar dasturi, jamoalar tarkibini, kotibiyatning miqdoriy tarkibi (s) hamda blanklar, qog’oz va boshqa moddiy ta’minot ashyolarining zarur miqdorini aniqlash uchun jamoaviy hisob turlarini tahlil qilish.
Nizomning quyidagilarga nisbatan turlicha talqin etilishi mumkin bo’lgan bandlarini aniqlash:
Jamoalar joyini belgilash tartibi;
Ishtirokchilarning navbatdagi musobaqa davrasiga o’tishi tartibi;
Ishtirokchilarning shaxsiy joylarini belgilash tartibi;
Parallel hisob imkoniyatlari;
Ishtirokchilarni joylarga, seriyalarga taqsimlash yo’li;
Shaxsiy birinchilik va v/k ga qo’yish;
Qur’a tashlash yo’li va h. k.
Slayd 8
Musobaqalar talab darajasida o’tkazilishi uchun ularni o’tkazayotgan tashkilot oldiga bir qator masalalar qo’yilishi va ijobiy hal etilishi zarur:
Oddiy va namoyish etiluvchi qaydnomalar, rekordlarni qayd etish dalolatnomalari blanklarining mavjudligi.
Nusxa ko’chirish uskunalari, qog’oz, devonxona ashyolari bilan ta’minlash imkoniyatlari.
Malakali kompyuterchilar (mashinistkalar), rassomlar, nusxa ko’chirish uskunalarida ishlovchi xodimlarning mavjudligi.
Musobaqa o’tkazish uchun sarflanadigan harajatlar smetasi, kotiblar va texnik xodimlarga haq to’lash toifalari va tartibi.
Hakamlar hay’ati va kotibiyatning miqdoriy tarkibi.
Taklif etiladigan hakamlar tarkibi ro’yxati. Boshqa shaharlik hakamlar ro’yxati, zarur kishilarni chaqirish imkoniyatlari.
Rekordlar ro’yxatini olish.
Ishtirokchilarni shaxsiy birinchilik va j/b. Ga kiritish tartibi, kim va qancha muddatda kiritadi
Ko’krak raqamlarining zarur miqdordagi to’plamlari mavjudligi.
Talabnomalarni qabul qilish joyi va vaqti.
Yakuniy materiallarning zarur miqdori.
Musobaqa to’g’risida taqdim etiladigan hisobot shakli.
Qur’a tashlash kimga topshiriladi.
Uzoqdajoylashgan sport inshootlaridan musobaqa natijalarini yetkazish vositalari.
Abt mavjudligi (avtomatik boshqaruv tizimi).
Kotibiyat materiallari kimga beriladi.
Uzoqda joylashgan startlardan (mas. , Krossda) start qaydnomalarini yetkazish uchun aloqachilarni harakat vositalari bilan ta’minlash
Xalqaro musobaqa va uchrashuvlar o’tkazilganda:
Materiallar nashr etiladigan tillar;
Kotibiyat uchun tarjimonlar;
Chet tillaridagi atamalarni aniqlashtirish;
Kotibiyatning jamoa vakillari bilan aloqasi.
Slayd 9
Bosh kotib bilan muvofiqlashtiriladigan masalalar.
Nizomning barcha bandlari talqini hamda musobaqalar reglamentini muvofiqlashtirish.
Kotibiyat va nusxa ko’chirish uskunalari imkon qadar bir me»yorda ishlashi, shuningdek, jamoaviy natijalarning tez hisob-kitob qilinishi va musobaqalarning so’nggi kunida natijalarni zudlik bilan bosmadan chiqarish uchun imkon yaratish nuqtai nazaridan dasturning barcha tur va bosqichlarini o’tkazish jadvali loyihasini tahlil etish.
Musobaqalar boshlanguniga qadar jamoa vakillariga e’lon qilish zarur bo’lgan masalalar ro’yxatini tayyorlash.
Jamoa vakillari kengashini o’tkazish muddatlari va joyi.
Jamoa vakillarining qur’a tashlashda qatnashishiga ruxsat berish to’g’risida.
Kotibiyat tarkibini (miqdoriy jihatdan va nommanom) muvofiqlashtirish.
Shaxsiy va jamoaviy natijalarni tasdiqlash tartibi.
Kotibiyatning Bosh hakam, uning muovinlari va referi bilan tezkor aloqa qilish yo’llari.
Dispetcherlik jadvalini tayyorlash muddati.
Musobaqalarga qadar va ular o’tkazilayotgan davrda hakamlar hay’ati materiallarini kompyuterchilar (mashinistkalar) va nusxa ko’chirish uskunalari zimmasiga yuklash.
Slayd 10
Kotibiyat xodimlari (kotiblar).
Musobaqalar Nizomi hamda reglamenti bilan tanishuv:
Bosh hakamlar hay’ati tarkibi;
Jamoalar tarkibi;
Musobaqa dasturi;
Jamoa hisobi turlari;
Ishtirokchilarning musobaqa davralari bo’ylab harakatlanishi tartibi.
Slayd 11
Bosh kotibning faoliyati
Bosh kotib musobaqaning bosh hakamiga bo’ysunadi. Bosh kotibning majburiyalari:
Bosh kotibiyat a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash va ularning ishini tashkil etish;
Shaxsiy va texnik talabnomalarning qabul qilinishini tashkil etish (ishtirokchilarni musobaqalarga kiritish hay’ati bilan hamkorlikda);
Qaydnomalarni tayyorlash va ularni barcha xizmatlarga tarqatish;
Alohida sport turlari bo’yicha kotiblar guruhlariga ko’rsatmalar berish va ular faoliyatini nazorat qilish;
Shaxsiy va jamoaviy musobaqalar, shuningdek, ko’pkurashlar natijalarini chiqarish;
Rekord dalolatnomalari tuzilishining to’g’riligini ta’minlash va nazorat qilish;
Natijalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bosib chiqarish va nusxasini ko’paytirishga rahbarlik qilish;
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.