- Savatga boshqa "Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Yengil atletika fanining maqsadi va vazifalari
8000 so'm

Slayd 1
Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari
Slayd 2
Reja:
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi
Yengil atletikaning rivojlanish bosqichlari
O’zbekiston yengil atletikachilarining mamlakat va xalqaro miqyosidagi musobaqalardagi ishtirokining
Slayd 3
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi.
Yengil atletika sport turi o’zida ko’plab harakat amallarini mujassam etgani va bu bilan yosh bolalardan to katta yoshdagi insonlar ham qiyinchiliksiz har qanday sharoitda shug’ullanishi mumkin bo’lgan o’ziga xos sport turi ekani bilan tavsiflanadi. Bu sport turi og’ir atletika va shunga o’xshash og’irliklar bilan tavsiflanadigan mashqlar harakat amallarininig bajarilishiga nisbatan yengil va oson ko’ringani bois, uni shartli ravishda «Yengil atletika», deb ataladi. Vaholanki, mazkur sport turi bo’yicha yuqori sport natijalarini ko’rsatish nechog’lik qiyinligi bu tur bilan shug’ulanganlarga ayondir.
Yengil atletika harakat amallari bajarilish va hech bir sport turida takrorlanmaydigan ko’pqirralik xususiyatidan kelib chiqib, bajarilish va o’rgatish uslublari ham turlichadir.
Slayd 4
Yengil atletika turlarini bir tasnif va tartibga keltirish uchun uni beshta bo’limlarga – yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko’pkurash turlariga ajratib tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Ular o’z navbatida turning xillariga hamda bajarilish xususiyatiga qarab turlarga ajratiladi. Hozirgi vaqtda yengil atletikaning 60 dan ortiq turi erkaklarga, 50 dan ortiq turi esa ayollarga ham ochiq, ham yopiq maydonlarda shug’ullanish tavsiya etiladi. Ulardan Olimpiada o’yinlari dasturiga 24 ta turi erkaklar uchun, 23 turi esa ayollar uchun va 1 ta aralash estafeta turlari kiritilgan bo’lib, umumiy 48 ta medallar jamlanmasi uchun baxs olib boriladi.
Jahon chempionatlarida esa 24 ta tur erkaklar uchun, 24 turi esa ayollar uchun va 1 ta aralash estafeta turlari kiritilgan bo’lib, umumiy 49 ta medallar jamlanmasi uchun baxs olib boriladi.
Slayd 5
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi.
Yurish – insonning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishida tabiiy ravishda qo’llaniladigan usuldir. Yurish musobaqalarida sportchilar natijalari vaqt o’lchov birliklarida hisoblanadi. (00:00:00,0)
Slayd 6
Sportcha yurish
Har-xil tulari
Umumiy turlari
Olimpiya turlari
Erkaklar
Ayollar
O’yingoh o’lkasida yurish
3000m, 5000, 10000m
Shosseda
20Km, 30km, 50km
20Km, 50km
20Km,50m
Slayd 7
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi.
Yengil atletikada yugurishning barcha turlarida texnika asoslari bir xil ko’rinishga ega. Ammo yugurish turlariga qarab, qadamlar uzunligi va sur’ati bilan bir-biridan o’zaro farq qiladi.
Yugurish musobaqalarida sportchilar natijalari vaqt o’lchov birliklarida hisoblanadi. (00:00:00,0)
Slayd 8
Yugurish
Har-xil tulari
Umumiy turlari
Olimpiya turlari
Erkaklar
Ayollar
Qisqa masofalarga yugurish
60M, 100m, 150m, 200m, 300m, 400m, 500m.
100M, 200m, 400m,
100M, 200m, 400m,
O’rta masofalarga yurguish
600M, 800m, 1000m, 1200m, 1500m, 2000m.
800M, 1500m,
800M, 1500m,
Uzoq masofalarga yurguish
3000M, 5000m, 10000m,
5000M, 10000m,
5000M, 10000m,
O’ta uzoq masofalarga yurguish
20000M, 30000m,
–
–
Marafon yugurish
Vaqt bay yugurish
1,2 Soat, mobaynida
Ochiq joylarda yugurish (kross)
1 Km, 2km, 3 km, 5-8-10-12-14- km
–
–
Shosseda yugurishlar
10-15-20-100-Km,
Slayd 9
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi.
To’siqlar osha Sakrash – ma’lum bir ko’rinishdagi to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, unda qisqa vaqt ichida asab-mushak kuchiga maksimal zo’r berish bilan tavsiflanadi.
Sakrash musobaqalarida sportchilar natijalari metr va santimetrlarda hisoblanadi. (00 M 00 sm)
Slayd 10
To’siqlar osha sakrash
Har-xil tulari
Umumiy turlari
Olimpiya turlari
Erkaklar
Ayollar
Turli to’siqlar osha yugurish
G’ovlar yugurish
60M, 100m, 400m,g’/o
110M, 400m, g’/o
100M, 400m, g’/o
To’siqlar osha yurguish
1000M, 1200m, 3000m. T/o
3000M, t/o
3000M, t/o
Jamoa bo’lib yugurish
Estafetali yurguishlar
4X100 M, 4×200 M 4×400 M.
4X100 M, 4×400 M.
4X100 M, 4×400 M.
4X800 M, 4×1500 M
Shvedcha estafeta, 400+300+200+100 m.
+800+400+200+100 M.
Arlash estafetali yugurishlar
4X100 M, 4x200m, 4×400 M.
4X400 M.
Slayd 11
Sakrash
Har-xil tulari
Umumiy turlari
Olimpiya turlari
Erkaklar
Ayollar
Vertikal
Balandlikka sakrash (hatlab o’tish, fosberi-flop)
Balandlikka sakrash
Balandlikka sakrash
Langarcho’p bilan sakirash
Langarcho’p bilan sakirash
Langarcho’p bilan sakirash
Gorizontal
Uzunlikka sakrash (qaychi oyoqlarni bukib, ko’krak kerib. )
Uzunlikka sakrash
Uzunlikka sakrash
Slayd 12
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi.
Uloqtirishdan maqsad – uloqtiruvchi harakatini chegaralovchi ma’lum qoidalarga rioya qilib, snaryadni imkon qadar uzoq masofaga uloqtirish.
Uloqtirish musobaqalarida sportchilar natijalari metr va santimetrlarda hisoblanadi. (00 M 00 sm)
Slayd 13
Uloqtirish
Har-xil tulari
Umumiy turlari
Olimpiya turlari
Erkaklar
Ayollar
Yugurib kelib
Nayza 600g(a) 800g (e)
800G (e)
600G(a)
Aylanib
Disk 1kg (a) 1.5-2 kg (e)
2 Kg
1 Kg
Bosqon 7kg 265g (e) 4 kg (a)
7Kg 265g
4 Kg
Aylanib yoki sapchib
Yadro 7 kg(e) 6-4-3 kg (a)
7 Kg
4 Kg
Slayd 14
Yengil atletika sport turining tavsifi va tasnifi.
Ko’pkurashlarga kiritilgan turlar natijalari musobaqa qoidalari bo’yicha va shu natijaga asosan tegishli ochkolar bilan hisoblanadi.
Slayd 15
Ko’pkurash
Har-xil tulari
Umumiy turlari
Olimpiya turlari
Erkaklar
Ayollar
Uch kurash(yugurish, sakrash, yadro )
To’rt kurash(60m, uzunlik, to’p uloqtirish, 800m)
Olti kurash (100m uzunlik, yadro, 110mg’, disk, langarcho’p)
Etti kurash (2 kun) 100 m,g’ balandlik, yadro, 200 m, uzunlik, nayza, 800 m.
Etti kurash (2 kun) 100 m,g’ balandlik, yadro, 200 m, uzunlik, nayza, 800 m.
O’n kurash (2 kun) 100m, uzunlik, yadro, balandlik, 400 m, 110 m g’, disk, langarcho’p, nayza, 1500 m.
O’n kurash (2 kun) 100m, uzunlik, yadro, balandlik, 400 m, 110 m g’, disk, langarcho’p, nayza, 1500 m.
Slayd 16
Yengil atletika sport turining paydo bo’lish tarixi.
Yengil atletika mashqlarining rivojlanish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi.
Yengil atletika – qadimiy sport turlaridan biridir. Bu sport turi bilan insonlar qadimdan shug’ullanib kelganliklari tarixiy manbaalar (arxeologik topilmalar – turli tosh haykallar, tosh qurollar, tangalar va kundalik xo’jalik uchun foydalanilgan ko’za, xum va likopchalardagi suratlar)dan bizga ma’lum. Ularda aks etgan ma’lumotlar va chizgilarda yengil atletika mashqlari bilan insonlar qadimdan jismoniy tayyorgarliklarini oshirish, turli bellashuvlarda qatnashish va asosiysi, hayotiy zarur ehtiyojlarini (ov qilish) qondirish maqsadida shug’ullanib kelganliklari o’z ifodasini topgan.
Yengil atletikaning yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari dastlab, Qadimgi Yunonistonda rivoj topa boshladi. Bu mashqlar (turli masofalarga yugurish, har xil sharoitlarda balandlik va uzunliklarga sakrash, nayza, toshlar va boshqa qurollarni uloqtirish) qadim zamondagi kishilar hayotining ajralmas qismi bo’lib kelgan.
Slayd 17
Birinchi Olimpiyada o’yinlarining 1 stadiylik masofasini birinchi g’olibi esa Ellada shahridan Koreb ismli atlet hisobalanadi. Keyinchalik Olimpiyada o’yinlariga 2 va undan ortiq stadiyalik (dastlab 8, keyin 10, 12 va 24 stadiy) masofalarga yugurish turlari kiritiladi. Eramizdan avvalgi 708 yildan Olimpiada o’yinlariga beshkurash («pentatlon»: disk uloqtirish, uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish, 1 stadiyga yugurish, kurash) musobaqalari kiritiladi. Beshkurashga xilma xil turlarni kiritilishi musobaqa ishtirokchilari va muxlislarda o’ziga xos qiziqish uyg’otgan.
Slayd 18
Yengil atletikaning rivojlanish bosqichlari.
Yengil atletika sport turining rivojlanish bosqichlarini shartli ravishda 5 ta – qadimgi olimpiya o’yinlari, zamonaviy olimpiya o’yinlarigacha va undan keyingi davr , ii jahon urushigacha bo’lgan davr, 1991 yilgacha bo’lgan davr va mustaqillikdan keyingi davrlarga bo’lib o’rganish mazkur sport turining yildan yilga taraqqiy etib borgani va bu sport turi bilan shug’ullanuvchilar geografiyasi qay tarzda kengayganiga guvoh bo’lishimiz mumkin.
Qadimgi olimpiya o’yinlari – qadimgi olimpiada o’yinlarining taraqqiy etgan davri eramizdan avvalgi v asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu davrda yunoniston hududlarida kurash, ot choptirish, komondan otish, qilichbozlik va boshqa sport turlari kabi yengil atletika turlari ham ommaviy tarzda rivojlangan.
Slayd 19
Keyinchalik Yunoniston Rim Imperiyasi tomonidan bosib olinishi oqibatida Olimpiada o’yinlari musobaqalari o’z ommaviyligi va jozibasini yo’qota boshladi. Shunga qaramasdan, musobaqalar eramizdan avvalgi 393 yilgacha davom etadi. Rim Imperatori Feodesiya I taxtga o’tirishi va u xristian dini raxnamosi bo’lgani sabab, Olimpiada o’yinlari musobaqalari ushbu din e’tiqodiga ko’ra ta’qiqlab qo’yiladi.
Qadimgi Olimpiada o’yinlari zamonaviy sport turlari va yengil atletikaning rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Aynan, qadimgi Olimpiada o’yinlarining tashkil etilishi va o’tkazilishi zamonaviy Olimpiada o’yinlarining rivojlanishiga katta zamin yaratadi.
Yevropa xalqlari Yunonistonni tarixiy-ma’daniy merosi hisoblangan Olimpiada o’yinlarini qayta tiklash va o’tkazishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadi. Shu davrlarda ya’ni, XVIII asrda Yevropa davlatlarida yugurish, sakrash va uloqtirish bo’yicha musobaqalar tashkil etila boshlanadi.
Slayd 20
Yengil atletikaning rivojlanish bosqichlari.
Zamonaviy olimpiya o’yinlarigacha va undan keyingi davr
1770 yilda soatbay yugurish bo’yicha birinchi musobaqa tashkil etiladi va unda dastlabki rekord natijasi rasmiy qayd etiladi. Unga ko’ra bir soat davomida atlet 17 km 300 m masofani bosib o’tganligi tarixiy manbaalardan bizga ma’lum. Keyinchalik yengil atletikaning bu turi AQShda ham rivojlana boshladi. Aqsh yengil atletika havaskorlari Angliyadagi kabi musobaqalarda soatbay va ko’pkunlik yugurishlarga e‘tibor qaratadi.
Zamonaviy yengil atletika sport turining vatani xaqli ravishda Angliya hisoblanadi. Ayniqsa, yengil atletika sport turi Regbi, Oksford, Kembrij shaharlarida ommalashgan va rivojlana boshlagan. Bu erdagi kollej va universitet jamoalari yengil atletikaning butun dunyoda ommalashishida katta hissa qo’shgan. Bu davrlarda yengil atletika bo’yicha talabalar o’rtasida musobaqalar tashkil etilgan. Angliyadagi puldor va amaldorlar tomonidan musobaqa ishtirokchilari uchun katta miqdordagi pul mablag’lari va qimmatbaho sovrinlar qo’yilgan. Shu sababdan qo’yilgan yutuq va sovrinlarni qo’lga kiritish uchun qatnashuvchilar soni ortib, yengil atletika turlari yanada rivojlana borgan.
Slayd 21
1-Olimpiya o’yinlari Afinada tashkil etiladi. Dasturga yengil atletikaning 12 ta turi kiritilgan bo’lib, unda 9 mamlakatdan 63 nafar atletlar ishtirok etgan.
Bir vaqtning o’zida yengil atletika sport turi Angliya va AQShda rivojlanishi bilan birga dunyoning boshqa mamalakatlarida ham keng ommalashib bordi. Dastlab Fransiya, keyinchalik Germaniya, Skandinaviya xalqlari, Rossiya, janubiy va markaziy Afrika hamda sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham taraqqiy eta boshladi. Shu tariqa Xix asrning oxirlariga kelib, yengil atletika sport turi dunyoning ko’plab mamlakatlarida ommalashib, shug’ullanuvchilar soni orta boshladi.
Slayd 22
Yengil atletikaning rivojlanish bosqichlari.
II Jahon urushigacha bo’lgan davr
Zamonaviy Olimpiya o’yinlari joriy etilishi yengil atletika sport turini shiddat bilan rivojlanishiga xizmat qildi. Xususan, 1-Oilmpiya o’yinlaridan farqli ravishda 1900 yil Parijda o’tkazilgan 2-Olimpiya o’yinlarida turlar va ishtirokchilar soni ham qariyb 2 barobar ko’proqni tashkil etdi. Bu o’tgan 4 yil ichida katta ko’rsatkish hisoblanar edi.
1904 yilgi Olimpiya o’yinlariga ocean orti mamlakati – AQSh mezbonlik qildi va ular bunga haqli edilar. Chunki yengil atletikani rivojlanishida AQShning o’rni kattadir. Ushbu musobaqalarda 10 ta davlatdan 200 dan ortiq sportchilar 24 ta medallar jamg’armasi ucun baxslashdilar. Bu musobaqalar dasturiga 1-marta ko’pkurashning 10 kurash va 3 kurash (keyinchali 3kurash dasturdan olib tashlangan) turlari kiritildi.
1908 yil Londonda tashkil etilgan 4-Olimpiya o’yinlarida birinchi marta parad paytida jamoalar milliy bayroqlar ostida chiqishadi. Bu galgi musobaqalar yanada ko’proq, ya’ni 20 mamlakatdan 431 nafar ishtirokchi qatnashadi.
Slayd 23
1912 yili 5-Olimpiya o’yinlari Shvetsiyaning Stokgolm shahrida o’tkaziladi. Unda yengil atletikaning 30 ta turi bo’yicha 27 davlatdan 534 nafar sportchi qatnashadi. Bu Olimpiya o’yinlarida so’ngi bor yuqori sifatli sof oltindan tayyorlangan medallar topshiriladi.
XOQning 1912 yil 27 maydagi qaroriga asosan 1916 yilgi o’yinlar Berlinda o’tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq, bu yillarda 2-jahon urushi boshlanib ketgani bois musobaqalar o’tkazilmaydi.
7-Oilmpiya o’yinlari esa Belgiyaning tashkil etiladi. Unda 25 davlatdan 509 ta sportchi 29 turdan baxs olib boradi. Ushbu o’yinlarga 2-jahon urushi ishtirokchilari Germaniya va ungaittifoqdash Bolgariya, Turkiya, davlatlari taklif etilmaydi.
Slayd 24
Yengil atletikaning rivojlanish bosqichlari.
II Jahon urushigacha bo’lgan davr – davomi…
1924 yilgi 8-Olimpiya o’yinlari Parijda o’tkaziladi. Shu vaqtgacha bu musobaqaga bitta shahar 2 marta mezbonlik qilmagan edi. Yengil atletikaning 27 turi bo’yicha 40 ta davlatdan 660 ta sportchi qatnashadi.
1928 yilgi Olimpiya o’yinlarida Yengil atletika sport turi uchun chin ma’noda «portlash» yuz berdi. Unda 1-marta dasturga ayollar o’rtasidagi musobaqalar kiritildi. Amsterdamda o’tkazilgan ushbu 9-Olimpiya o’yinlarida 40 ta mamlakatdan 700 ortiq, shundan 95 tasi ayollar ishtirok etdi. Ayollar faqat 5 ta tur – 100, 800, 4×100, balandlikka sakrash va disk uloqtirishdan musobaqalashgan.
Slayd 25
1932 yili AQShda 2-marta tashkil etilgan 10-Olimpiya o’yinlari o’ziga xosligi bilan tarixda qoldi. Aksariyat sportchilar Yevropa qit’asidan ekani bois, ular AQShga borish uchun moddiy qiyinchiliklarga duch keldi va o’tga Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokchilarning deyarli yarmi bu musobaqalarda qatnasha olmadilar. Shunday bo’lsada, ushbu Olimpiya o’yinlarida musobaqa g’oliblari 1-marta shoxsupaga ko’tarildi va ularning sharafiga davlat bayrog’ ko’tarilib, madhiyalari yangray boshladi.
1936 yilgi Berlindagi 11-Olimpiya o’yinari ochilish marosimi texnika taraqqiyoti yutuqlaridan biri bo’lgan televideniya orqali translyatsiya qilindi. Unda 43 davlatdan 700 dan ortiq, shundan 98 ta ayol sportchi qatnashadi.
1940 yili Tokio o’tkazilishi rejalashtirilgan 12-Olimpiya o’yinlari 1937 yili Yapon-Xitoy urushi boshlangani bois, Moq musobaqalarni Finlandiyaga ko’chirishga qaror qiladi. Biroq, 1939 yili 2-jahon urushi boshlanib ketadi va 12-Olimpiya o’yinlari uzil-kesil bekor qilinadi.
Slayd 26
Mustaqil o’zbekiston yengil atletikachilarining mamlakat va xalqaro miqyosidagi musobaqalardagi ishtirokining qiyosiy tahlili
O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so’ng Olimpiada, Osiyo o’yinlariga, Jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalarga mustaqil ravishda «O’zbekiston terma jamoasi» sifatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi.
O’zbekiston Yengil atletika Federasiyasi 1992 yil Xalqaro yengil atletika federasiyasi IAAFga a’zo bo’ldi.
1993 yilda Osiyo yengil atletika Assotsatsiyasi tarkibiga qabul qilindi.
Olimpiada o’yinlari. 1992 yil Barselona (Ispaniya) shahrida o’tkazilgan Olimpiada o’yinlari o’zbekistonliklar uchun sharafli bo’lgan. Unda 6 nafar sportchi qatnashi, bitta oltin medalni qo’lga kiritdi.
1996 yil Atlanta (Aqsh) shahrida bo’lib o’tgan Olimpiadaning 100 yillik yubiley o’yinlarida O’zbekiston mustaqil davlatlar qatorida qatnashdi. Ushbu Olimpiada o’yinlarida O’zbekiston terma jamoasi tarkibida 12 nafar yengil atletika vakillari qatnashib, unda o’nkurashchimiz R. G’aniev (8-o’rin) eng yuqori natijani qayd etdi.
Slayd 27
2000-yil Sidney (Avstraliya) shahrida bo’lib o’tgan Olimpiada o’yinlarida 26 nafar sportchilarimiz ishtirok etgan.
2004-yili Gresiyaning Afina, 2008-yilgi Pekin, London-2012 Olimpiada o’yinlarida qator sportchilarimiz ishtirok etib yurtimiz sharafini himoya qilganlar.
2016-yil Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o’tkazilgan yozgi Olimpiada o’yinlarida 16 nafar sportchi 18 ta tur bo’yicha qatnashdilar.
Slayd 28
Mustaqil O’zbekiston yengil atletikachilarining mamlakat va xalqaro miqyosidagi musobaqalardagi ishtirokining qiyosiy tahlili.
Jahon chempionatlari. O’zbekiston yengil atletikachilari 1993-yil Germaniya, 1995-yil Shvesiya 1997-yil Afinada , 1999-yili Ispaniya, 2001-yili Kanada, 2003-yil Parij, 2005-yil Finlandiya, 2007-yil Yaponiya, 2009-yil Berlin, 2011-yil Janubiy Koreya, 2013 yil Rossiya, 2015-yil Xitoyning poytaxti Pekin shahrida o’tkazilgan Jahon chempionatida O’zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etgan.
Slayd 29
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 30
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.