Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi
7000 so'm

=== Taqdimot: Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi
=== Slayd 2 ===
Reja:
Yurish turlari
Yugurish turlari
Sakrash turlari
Uloqtirish turlari
Ko‘p kurash turlari
=== Slayd 3 ===
Bu sport turi og‘ir atletika va shunga o‘xshash
og‘irliklar bilan tavsiflanadigan mashqlar harakat amallarining bajarilishiga nisbatan yengil va oson ko‘ringani bois, uni shartli ravishda
“Yengil atletika”, deb ataladi.
Yengil atletika turlarini bir tasnif va tartibga keltirish uchun uni beshta bo‘limlarga: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, ko‘pkurash turlariga ajratib tavsiflash maqsadga muvofiqdir.
Ular o‘z navbatida turning xillariga hamda bajarilish xususiyatiga qarab turlarga ajratiladi.
=== Slayd 4 ===
Insonning joydan-joyga ko‘chishi oddiy usul bo‘lib, turli yoshdagi kishilar uchun ajoyib jismoniy mashq hisoblanadi.
Uzoq va bir tekis yurganda tananing qariyb barcha mushaklari jismoniy mashq sifatida oddiy yurish avvalo, sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega.
Oddiy yurishning boshqa xillari ham mavjud:
sayohatda yurish
oddiy yurish
sportcha yurish 3-50 km, 1 soat mobaynida.
yurish bo‘limi
=== Slayd 5 ===
Musobaqalarda yurishning texnika jihatdan eng qiyin, lekin eng foydalisi sportcha yurish qo‘llaniladi. Uning tezligi oddiy yurishga nisbatan ikki marta ortiq. Ammo bunday yuqori tezlikka erishish uchun sportcha yurish texnikasi asoslarini o‘rganib olishning o‘zigina kifoya qilib qolmay, balki oddiy yurishga qaraganda anchagina jadal ish bajarish talab qilinadi, ya’ni energiya sarflash ortadi. Shu sababdan sportcha yurish sportchi organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
=== Slayd 6 ===
Sayohatda yurish – bu yurish turi asosan qurolli kuchlar harbiy qismlari,bo‘linmalar, sport tashkilotlari va turli sport tadbirlarini tashkil etishda kengqo‘llaniladi.Oddiy yurish-bu yurish turi asosan qurolli kuchlar harbiy qismlari, bo‘linmalar, sport tashkilotlari va turli spor tadbirlarini tashkil etishda keng qo‘llaniladi.
Yurish turlari
=== Slayd 7 ===
Sportcha yurish – bu yurish turi boshqa yurish turlariga nisbatan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Sportcha yurish oddiy yurishga nisbatan 2-2.5 marta yuqori tezlikda ijro etilishi va qadamlar uzunligi bilan farqlanadi.
Yugurish joydan joyga ko‘chishning tabiiy usulidir. Bu jismoniy mashqning keng tarqalgan turi bo‘lib ko‘pgina sport turlari (futbol, basketbol, tennis va boshqalar) tarkibiga kiradi. Yugurishning juda ko‘pgina xillari yengil atletika turlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yugurganda tanadagi mushak guruhlarining deyarli hammasi ishga tushadi. Yurak qon tomir nafas olish va boshqa tizimlar faoliyati kuchayadi, modda almashinuvi ancha oshadi.
YUGURISH BO‘LIMI
=== Slayd 8 ===
Yugurish bilan shug‘ullanish jarayonida kishi irodasi mustahkamlanadi. O‘z kuchini taqsimlay olish, to‘siqlar osha o‘ta bilish, ochiq joyda mo‘ljal ola bilish qobiliyati hosil bo‘ladi. Yugurish har tomonlama jismoniy rivojlanishning asosiy vositalaridan biridir.
=== Slayd 9 ===
Yengil atletikada yugurish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Tekis yugurish
Estafetali yugurish
To‘siqlar osha yugurish
Tabiiy sharoitda yugurish
=== Slayd 10 ===
Qisqa masofa – 30,60,100, 200, 400 m
O‘rta masofa – 500,800, 1500, 2000 m
Uzoq masofa – 3,000, 5,000, 10,000 m
O‘ta uzoq masofa – 20,000, 30,000 m
Tekis yugurish
=== Slayd 11 ===
Tekis yugurish ma’lum masofa yoki vaqtbay tarzda yugurish yo‘lakchasida o‘tkaziladi. 400 metrga va undan qisqa masofaga yugurish. Har bir yuguruvchi uchun alohida yo‘lka ajratiladi. Belgilangan masofani o‘tish uchun sarflanadigan vaqt sekundlarda aniqlanadi.Bir soatlik va ikki soatlik yugurishda vaqt chegaralangan bo‘lib, natijada shu vaqt ichida bosib o‘tilgan masofa metr hisobida aniqlanadi.
=== Slayd 12 ===
Tabiiy sharoitda yugurish
=== Slayd 13 ===
Katta yo‘lda yugurish 30,km gacha marafoncha yugurish 42,km 195 m
Ochiq joylarda yugurish (kross) 500 m dan 14,km gacha
Bunda o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, tabiiy sharoitlarda (bog‘, xiyobon, qir-adirliklar, shudgor yerlarda) mavjud turli past-balandlikdan iborat
ochiq joylarda yugurish demakdir.
=== Slayd 14 ===
Biroq, turli past- balandliklar 40-50 sm dan past yoki baland bo‘lmasligi lozim. Bu yugurish turida masofa 15 km va undan ortiq bo‘lsa musobaqalar katta yo‘llarda o‘tkaziladi. Qisqa masofalilarida alohida alohida yo‘lkalardan (butun masofa oxirigacha yoki birinchi bosqichdagina) yuguriladi. O‘rta masofaligida esa bitta umumiy yo‘lkadan yuguriladi.
=== Slayd 15 ===
To‘siqlar osha yugurish ikki xil g‘ovlar osha yugurish va to‘siqlar osha (Stepl-chez) yugurishdan iborat
To‘siqlar osha yugurish (Stepl-chez) – stadion yugurish yo‘lagi bo‘ylab yo‘lakka mustahkamlangan beshta to‘siqdan oshib 2000-3000 m ga yugurish turi.
To‘siqlarning 4 tasi to‘g‘ri yo‘lakning o‘ziga, 1 tasi suv to‘ldirilgan maxsus chuqur oldiga mahkamlangan bo‘ladi. Bunda sportchilar masofa bo‘ylab o‘rnatilgan barcha to‘siqlardan oshib yuguradi.
=== Slayd 16 ===
G‘ovlar osha yugurish
G‘ovlar osha yugurish yugurish yo‘lagida masofa bo‘ylab bir-biridan bir xil uzoqlikda va bir xil balandlikda qo‘yilgan g‘ovlardan oshib 60, 100, 110, 200 va 400 m masofaga yugurish turi. Bunda sportchilar belgilangan masofani o‘ziga tegishli yo‘lakda yugurib o‘tishi talab etiladi.
=== Slayd 17 ===
Estafetali yugurish – bu yugurish turi jamoa tarzida amalga oshiriladi. Bunda har bir jamoada 4 tadan ishtirokchi bo‘lib, belgilangan masofani to‘rt bosqichda yugurib o‘tadi. Yugurish yo‘lagida 4×100, 4×200, 4×400 metrga yugurishlar estafeta yugurish masofalari hisoblanadi.
Estafetali yugurish
=== Slayd 18 ===
Yuguruvchilar estafeta tayoqchasini bir-biriga uzatib, uni imkon qadar qisqa vaqt ichida marraga yetkazib borishdir.
Estafeta bosqichlari stadion bo‘ylab teng to‘rtga bo‘linadi. Estafetali yugurish stadion yo‘laklarida, tabiiy sharoitlarda va shahar ko‘chalarida o‘tkaziladi.
=== Slayd 19 ===
Estafetali yugurish turlari va masofalari
Qisqa masofalarga yugurish – 4×50 4×100 4×200 4×400
O‘rta masofalarga yugurish – 5×500 3×800 4×800 5×1000 10×1000 4×1500
Aralash masofalarga yugurish – 400+300+200+100 metr
800+400+ 200+100 metr
=== Slayd 20 ===
SAKRASH BO‘LIMI
Uzunlikka sakrash 3 xil usulda:
1. Oyoqlarni bukib2. Ko‘krak kerib3. Qaychi usulda
Balandlikka sakrash 5 xil usulda:
1. Xatlab o‘tish
2. To‘lqinsimon
3. Perekat
4. Pereketnoye
5. fosbyuri-flop
Langar cho‘p bilan
=== Slayd 21 ===
UZUNLIKKA SAKRASH USULLARI
Qaychi usuli
“Ko‘krak kerib”
Oyoqlarni bukib
=== Slayd 22 ===
Perekidnoy (oshirib tashlash)
Yugurib kelib 25-35° burchakda
O‘ng oyoq keng ochilib bo‘shashtiriladi. Ikkala qo‘l xam ozgina tirsak qismidan bukilgan, ko‘krak qism tayoqqa nisbatan
chalqancha holatni egallaydi.
Depsinuvchi oyoqning tizza va
buksa mushaklari tashqi tarafga
egiladi.
Perikat – (yumalab utish) ushbu usulda yugurib kelish Tusinga nisbatan 30-45° burchak ostida bajariladi. Itarilish to‘singa yaqin bo‘lgan oyoqda amalga oshiriladi.Siltanish to‘g‘ri oyoq bilan bajariladi, gavda orqaga tusin bo‘ylab og‘diriladi.
BALANDLIKKA SAKRASH
=== Slayd 23 ===
Fosberi-flop usuli
Fosberi – flop usulida sakrashning muhim unsurlaridan biri, bu depsinishga tayyorlanish amalidir. Bu amal oxirgi ikki qadamda bajariladi sakrovchi beli egilib, planka ustida yarim ko‘prik holatini qabul qiladi. Iyak ko‘krakka qarab bosiladi. Tos planka ustida bo‘lganda yelka uni sathidan pastroqqa tushiriladi, oyoqlar esa toz-son bo‘g‘inida sal bukilib, tizza bo‘g‘inida to‘g‘rilanib, yuqoriga ko‘tariladi.
=== Slayd 24 ===
“Hatlab o‘tish” usuli
“Hatlab o‘tish” usuli. Bu tur barcha turlar ichida qadimiy bo‘lishiga qaramay, texnik soddaligi va kam talabligi uchun maktablarda jismoniy tarbiya darslarida va yana boshlang‘ich yengil atletika mashg‘ulotlarida foydalaniladi. Yugurib kelish 6-8 yugurish qadamidan iborat. Tayoqqa nisbatan 30-45° burchak ostida bajariladi. Depsinish oyoq bilan tayoqdan 70- 80 sm uzoqlikda amalga oshiriladi. Depsinish joyini aniqlash uchun tayoqqa yon bilan turish kerak va silkinish qo‘lini cho‘zib barmoqlar bilan tayoqqa tegiladi.
=== Slayd 25 ===
Langarcho‘p bilan sakrash texnikasini quyidagicha qismlarga ajratish mumkin.- yugurib kelish (bu uz ichiga langarcho‘p yerga tayanch qutisiga quyilishini)- depsinish, sakrashning tayanch qismlarni(osilish, siltanish, gavdani to‘g‘rilash, tortilish va ko‘tarilish)- tayanchsiz uchish (plankadan utish)- qo‘nish (yerga tushish)
=== Slayd 26 ===
BOSH ORTIDAN ULOQTIRISH
Uloqtirish turlari
AYLANIB ULOQTIRISH
Granata 500 g (ayollar) 700 (erkak)
Nayza 600 g (ayollar) 800 g (erkak)
Disk 1 -1,5 kg (ayollar) 2 kg (erkak)
Bosqon 7 ,260 kg (erkak) 5-6 kg (ayollar)
7, 260 kg (erkak) 3-4-5-6 kg (ayollar)
ITIQITISH
=== Slayd 27 ===
Ko‘p kurash turlari
1. Uch kurash
2. To‘rt kurash
3. Olti kurash
4. Yetti kurash (2 kunda)
5. O‘n kurash (2 kunda)
=== Slayd 28 ===
1. 100 m ga yugurish
2. Balandlikka sakrash
3. Granata uloqtirish
Uch kurash
1. 100 m ga yugurish
2. Balandlikka sakrash
3. Granata uloqtirish
4. 800 m ga yugurish
To‘rt kurash
=== Slayd 29 ===
Olti kurash
1. 100 m ga yugurish
2. Uzunlikka sakrash
3. Yadro itiqitish
4. 100 m ga to‘siqlar osha yugurish
5. Lappak (disk) uloqtirish
6. Langar cho’p bilan sakrash
=== Slayd 30 ===
100 m ga yugurish
100 m ga g/osha yugurish
Nayza uloqtirish
1 KUN
Uzunlikka sakrash
Yadro itqitish
800 m ga yugurish
2 KUN
Yetti kurash
=== Slayd 31 ===
100 m ga yugurish
Uzunlikka sakrash
Lappak (disk) uloqtirish
Balandlikka sakrash
400 m ga yugurish
1 KUN
110 m ga gov/osha yugurish
Yadro itqitish
Langar cho‘p bilan sakrash
Nayza uloqtirish
1500 m ga yugurish
2 KUN
O‘n kurash (2 kunda)
=== Slayd 32 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.