YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON. DIDAKTIKA-PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Yaxlit pedagogik jarayon. Didaktika-pedagogik ta’lim nazariyasi. O‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
04
02
05
03
Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi.
Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari.
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
Ta’lim jarayonining mohiyati.
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
=== Taqdimot 3 ===
O‘quv qayda bo‘lsa, uluglik bo‘lur, Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.
Yusuf Xos Hojib
=== Taqdimot 4 ===
Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi.
01
=== Taqdimot 5 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
I.F.Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi.
XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlami asoslashda obyektiv nuqtai nazardan ta’lim
va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi.
=== Taqdimot 6 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Nemis pedagogi A.Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo‘ladi, yoki aksincha”.
=== Taqdimot 7 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Pedagogik jarayonning yaxlitligi masalasi K.D.Ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K.D.Ushinskiyning taraqqiyparvar g‘oyalari
uning izdoshlari: N.F.Bunakov, P.F.Lesgaft, K.B.Yelniskiy, V.P.Baxterov va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan.
=== Taqdimot 8 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
“Ta’lim, o‘qitish, o‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o‘git va boshqa bir qator so‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va
vaziyatlari ifodalaydi, lekin ularning hammasi yaxlit pedagogik jarayondir”.
P.F.Kapterev
=== Taqdimot 9 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy tushunchalaridan biri.
Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachi-larning boshqaruvchilik roli tufayli hayotiy faoliyat natijasida bolaning o‘zini-o‘zi o‘zgartirishi-ning maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.
=== Taqdimot 10 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Pedagogik jarayon — ko‘plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig‘indisidir. Unda o‘qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi
va rivojlanishi jarayonlari birlashadi.
O‘quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati — yaxlitlik, undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.
Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’minlash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi.
=== Taqdimot 11 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Pedagogik jarayonning o‘zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.
Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism (element) larning tizimdagi joylashuvidir.
Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bo‘yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Pedagoglar
Tarbiyaviy shart-sharoitlar
Tarbiyalanuvchilar
Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:
=== Taqdimot 13 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qismlarni strukturalash-tiradi:
— tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;
— ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishini ta’minlovchi pedagogik kadrlar;
— tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;
— ta’lim oluvchilar;
=== Taqdimot 14 ===
Pedagogik jarayon va uning tuzilishi
Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qismlarni strukturalash-tiradi:
— moddiy-texnik ta’minot;
— tizim va uning samaradorligi ko‘rsatkichlarining moliyaviy ta’minoti;
— shart-sharoit (psixofiziologik, sanitar-gigiyenik, estetik va ijtimoiy);
— tashkil etish va boshqarish.
=== Taqdimot 15 ===
Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari.
02
=== Taqdimot 16 ===
Pedagogik jarayon qonuniyatlari
Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu obyektiv mavjud bo‘lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorliklar yig‘indisi.
=== Taqdimot 17 ===
I.P.Podlasiy tasnifi bo‘yicha aloqadorlik:
Tarbiya va ijtimoiy tizimlarining aloqadorligi.
Ta’lim va tarbiya orasidag aloqadorligi.
Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi.
Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi.
Tarbiya va muloqotning aloqadorligi.
=== Taqdimot 18 ===
I.P.Podlasiy tasnifi bo‘yicha qonuniyqat:
Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati.
Pedagogik jarayon-da shaxsning rivojla-nishi qonuniyati.
O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati.
Pedagogik jarayonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi qonuniyati.
Pedagogik jara-yonda hissiyot, mantiqiylik va amaliyotning birligi qonuniyati.
=== Taqdimot 19 ===
Pedagogik jarayon tamoyillari
Pedagogik jarayon qonuniyatlari asosida uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan qo‘yiladigan muhim talablar tamoyillar deb ataladi.
Pedagogik jarayon qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni tamoyillar(prinsiplar) deb ataymiz.
=== Taqdimot 20 ===
pedagogik jarayonning maqsadga yo‘naltirilganligi
ta’lim va tarbiya mazmunining ilmiyligi
ta’lim oluvchilarning yosh va individual xususiyatlari
ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali,
mehnat bilan aloqasi
tizimlilik va ketma-ketlik
onglilik, faollik, tashabbuskorlik, ijodkorligi
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy tasnifi:
=== Taqdimot 21 ===
ta’lim va tarbiyaning jamoaviy xarakteri
ko‘rgazmalilik
ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish
tarbiyaga kompleks yondashuv
ta’lim va tarbiyaning qo‘lay metod, shakl va vositalarini
tanlab olish
onglilik hamda ta’lim, tarbiya va rivojlanishining
amaliy natijalari
Yaxlit pedagogik jarayon tamoyillarining Yu.K.Babanskiy tasnifi:
=== Taqdimot 22 ===
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida.
03
=== Taqdimot 23 ===
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi
Didaktika — ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va
tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.
Didaktika bo‘limida o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi “ta‘lim nazariyasi” ma’nosini anglatadi. Didaktika “yunoncha” so‘zdan olingan bo‘lib, “didacticos” – o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi.
=== Taqdimot 24 ===
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u fanni nazariy va
metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy sohani tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy “hammani hamma
narsaga o‘rgatish san’ati” deb tushuntirdi.
=== Taqdimot 25 ===
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi
Didaktika “nimaga o‘qitish?”, “nimani o‘qitish?”, “qanday o‘qitish?”, “qayerda o‘qitish” kabi savollarga javob izlaydi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari,
o‘qitish jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish
qonuniyatlari, o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy
shakllari yoritiladi.
=== Taqdimot 26 ===
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi
Didaktikaning predmeti o‘rgatish (o‘qituvchi faoliyati) va o‘rganish (o‘quvchilarning bilish faoliyati), ularning o o‘zaro harakati aks etadi.
Didaktikaning obyekti – o‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy
tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta’lim berishdir.
=== Taqdimot 27 ===
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi
Didaktikaning asosiy kategoriyalari
o‘rgatish,
o‘rganish,
o‘qitish,
ta’lim,
bilim,
ko‘nikma,
malaka,
kompetensiya,
tashkil etish,
shakl,
metod,
vosita,
mazmun,
maqsad,
natija.
=== Taqdimot 28 ===
Ta’lim jarayonining mohiyati.
04
=== Taqdimot 29 ===
O‘qitish – o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi
faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi.
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi:
Ta’lim jarayonining mohiyati
ta’limiy,
rivojlantiruvchi
tarbiyaviy
=== Taqdimot 30 ===
Ta’lim jarayonining mohiyati
O‘qitish jarayonining ta’limiy vazifasi o‘quvchilarda bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
O‘qitishning tarbiyaviy vazifasi ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoqarashi shakllantirilishida o‘z ifodasini topadi. .
O‘qitishning rivojlantiruvchi vazifasi o‘quvchi nutqining, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional irodaviy, intellektual sohalarini rivojlantirishda o‘z aksini topadi.
=== Taqdimot 31 ===
O‘qitish jarayonining bosqichlari
o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish
bilimlarni mustahkam-lash, ko‘nikma va
malakalarning hosil bo‘lishi
uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi
hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash
=== Taqdimot 32 ===
O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
05
=== Taqdimot 33 ===
O‘quvchilarning bilish faoliyati
Bilish faoliyatining subyekti o‘quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiy-pedagogik asoslarga ega ta’lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o‘rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga:
o‘quvchilar va ularning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo‘naltiruvchi o‘qituvchilar munosabati yotadi.
Bu masala barcha davrlarda birdek ahamiyat kasb etib kelgan.
=== Taqdimot 34 ===
O‘quvchilarning bilish faoliyati
Bilishga qiziqish o‘qishning eng muhim va eng qimmatli motivi sifatida bolani maktabga, darslarga, o‘z bilish faoliyatiga nisbatan ijodiy munosabatiga ko‘maklashadi.
O‘quvchilarning bilishga qiziqishi motiv sifatida rivojlanishi o‘ziga xos uzoq yo‘liga ega bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 35 ===
Bilish faolligi ko‘rsatkichlari
Mo‘tadillik
O‘quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik
Nostandart o‘quv vaziyatlaridagi xulq-atvor
O‘rganishning anglanganligi
Ijodiy namoyon bo‘lishi
Ishtiyoq
=== Taqdimot 36 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“YAXLIT PEDAGOGIK JARAYON. DIDAKTIKA-PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar