Yaponiya boshlang’ich ta’lim tizimi va baholash
4000 so'm

Slayd 1
Rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’lim tizimi. Ta’lim sohasidagi yutuqlarni xalqaro miqyosda baholash tizimlari.
Slayd 2
Yaponiya ta’lim tizimi. 1872 Yili «Ta’lim haqidagi qonun» qabul qilindi. Bunda Yapon ta’limi G‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtirildi. 1908 Yilda Yaponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 yillikka aylantirildi. 1893 Yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo bo‘ldi. 1946 Yili qabul qilingan Konstitutsiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi xuquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari belgilab qo‘yilgan.
Slayd 3
Yaponiyada hozirgi zamon ta’lim tizimlarini tarkibi quyidagicha: bolalar bog‘chalari, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlaridan iborat.
Slayd 4
Boshqa maktablardan farqli o‘laroq Yaponiya maktablarida o‘qish 1 apreldan boshlanib kelasi yilning 31 martida nihoyasiga etadi. Boshlang‘ich va kichik o‘rta maktablarda o‘quv yili uch semestrga bo‘linadi: aprel – iyul, sentyabr – dekabr, yanvar – mart. Katta o‘rta maktablarda esa o‘quv yili 2 yoki 3 semestrga bo‘linadi. O‘quv yili Yaponiyada 240 kun yoki Amerika Qo‘shma Shtatlaridan 60 kun ko‘pdir. Darslar 7 soat. Ko‘pchilik maktablarda darslar ertalab soat sakkiz yarimda boshlanib uchdan keyin tugaydi.
Slayd 5
O‘quvchilar haftasiga 2-3 soat sinfdan tashqari klub ishlarida, 7 soat ixtisos bo‘yicha mashg‘ulotlarda yoki repetitorlar ixtiyorida bo‘ladilar. Yuqori bosqich o‘rta maktablarida butun o‘quv jarayonida o‘quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O‘quvchilar majburiy, asosiy fanlardan tashqari o‘z xohishlariga ko‘ra ingliz tili, texnik ta’lim va maxsus sinovlarga jalb etiladilar.
Slayd 6
Aqsh ta’lim tizimi. Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:- bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;- 1- 8 – sinflargacha bo‘lgan boshlang‘ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o‘qiydilar);- 9 – 12 – sinflardan iborat o‘rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi.
Slayd 7
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat bog‘chalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar bog‘chalari kichik va bu tizim kam rivojlangan. Enaga yollash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir dastur mavjud emas. Kerak bo‘luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning o‘zi olib keladi. 5 Yoshdan esa «Kinder garden» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta’lim boshlanadi. Boshlang‘ich maktab 6 yoshdan to 13 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo‘naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko‘chish o‘quvchining o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil).
Slayd 8
AQShda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi. Asosiy maqsad o’quvchi intellektini mashq qildirish mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir. AQShda har bir o‘quvchiga fanlar bo‘yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o‘qish istagida hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqori o‘rta maktabning so‘nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o‘tkaziladi. O‘g‘il- qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi.
Slayd 9
XXI asr arafasida Aqsh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. Turli yo‘nalishdagi asosiy maqsadlar belgilangan mazkur dasturda 2000-yilda barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 foizi oliy ma’lumotli bo‘lishi o‘quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, geografiya fanlari bo‘yicha jahonga o‘z iqtidorlarini namoyish eta olishlari; talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o‘zlashtirishda jahonda eng oldingi o‘rinlarga chiqishlari; har bir voyaga etmagan amerikalikning iqtisodiyot sohasida jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo‘lishlari; maktablarda giyohvandlik va zo‘ravonlikka barham berish o‘qish uchun barcha shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan. Bu Aqsh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir.
Slayd 10
Fransiya ta’lim tizimi. Fransiya jahondagi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ichida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Uning ta’lim tizimlari ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda «Ta’lim haqidagi» qonun dastlab 1955 yilda qabul qilinib 1975 yilda unga qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida o‘quvchilarni tadbirkorlikka ishbilarmonlik va omilkorlikka o‘rgatish shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir.
Slayd 11
Bu erda: 1. Davlat maktablari; 2. Xususiy maktablar; 3. Oraliq maktablar mavjud. O‘qitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti o‘qish va yozuv alohida ahamiyatga molik bo‘lib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. O‘rtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat darsning davomiyliga esa 60 minut. O‘quv yili 5 chorakka bo‘linadi. Fransuz maktablari boshlang‘ich sinflarda o‘qish ertalabki va tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar.
Slayd 12
Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o‘rta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo‘lib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Slayd 13
Fransiya boshlang‘ich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlang‘ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi o‘qish, yozish hisoblash malakasini berishdir. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Tayyorlov bosqichi; 2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi); 3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Slayd 14
Tayyorlov bosqichi – 1 yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga o‘qish va yozishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga musiqa va mehnatga o‘rgatiladi.- Navbatdagi bosqich — elementar kurs bo‘lib bu bosqichda o‘qish 2 yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo‘yicha olingan bilimlarni yanada takomillashtiriladi.- Boshlang‘ich maktabning 3 – bosqichi — chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi. Fransuz «Fuqarolik ta’limi», maktablarining boshlang‘ich bosqichida «Nafosat ta’limi» ham o‘qitiladi. Nafosat ta’limiga musiqa tasviriy san’at sport kiritilgan.
Slayd 15
Germaniya ta’lim tizimi. Avvalambor shuni ta’kidlash kerakki, Germaniyada ta’lim davlat va jamiyat tomonidan ardoqlanayotgan soha bo‘lib, u mamlakatning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar ichida kuchli oltilikka kirgan. Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli. Bu jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil) maktabda to‘la haftalik o‘qishni bitiradi, keyin hunar-texnika bilim yurtida to‘la bo‘lmagan haftalik o‘qishda o‘qiydi. O‘qish davlat maktablarida o‘quvchilariga o‘quv qo‘llanmasi, tekin. Maktab asosan darsliklar bepul beriladi. Xususiy maktablar ozroq. O‘qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘qituvchilar yo‘nalish bosqichidagi maktabga o‘tadilar. Bu erda 5-6 sinf bosqichdagi yo‘nalish maktablarda maxsus dastur asosida o‘qiydilar. Keyin navbatdagi maktab tipiga ko‘chadilar.
Slayd 16
Koreya ta’lim tizimi. Koreya ta’limi tizimida matematika, koreys va ingliz tillariga, aniq va ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor qaratiladi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari mamlakatda ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Barcha ta’lim muassasalarida yuqori tezlikdagi Internetga ulanish ta’minlangan. O‘quv yili ikki semestrga bo‘lingan bo‘lib, birinchisi martda boshlanadi va iyul o‘rtalarida tugaydi, ikkinchisi esa kech avgustda boshlanib, fevral o‘rtalarida nihoyasiga etadi. O‘quv yili qat’iy tarzda belgilanmagan va bir muassasada boshqasidan farq qilishi mumkin.
Slayd 17
Bolalar bog‘chasiga bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Olti yoshga to‘lgan bolalar odatda maktabga boradi. Boshlang‘ich maktablar koreyscha «chxodin xakkyo» (초등학교, 初等學 校 ) deb atalgan. 1996 Yilda mamlakat hukumati bun nomni o‘zgartirib, «gukmin xakkyo» (국민학교, 國民學校), ya’ni «fuqarolar maktabi» deb atay boshlandi. Sinflar 1 dan 12 gacha o‘sib boradigan AQShdan farqli ravishda, Koreyada boshlang‘ich, o‘rta va oliy maktablar har safar birinchi sinfdan boshlanadi. Ularni farqlash uchun, masalan, «o‘rta maktabning birinchi sinfi» – «chungxakkyo il xaknyon» (중학교 1학년)» deb nomlanadi.
Slayd 18
Koreys tilida o‘rta maktab «chunxakyo» (중학교, 中學校) deb ataladi. Koreys o‘rta maktabi 3 sinfdan iborat. Ko‘pchilik unda 12 yoshdan boshlab o‘qiydi. Mazkur uch yil Amerikaning 7–9-sinflariga to‘g‘ri keladi. Boshlang‘ich sinflarga nisbatan Janubiy Koreya o‘rta maktabi o‘quvchilarga ancha yuqori talablar qo‘yadi. Har bir fan alohida o‘qituvchi tomonidan o‘qitiladi. O‘qituvchi o‘quvchi hayotida katta o‘rin egallaydi va uning nufuzi ham yuqori. Koreyada bir yilda bitta o‘quvchiga taxminan 2000 Aqsh dollari sarflanar ekan. Koreyada o‘quv jarayonida axborot texnologiyalari joriy etishga katta e’tibor qaratiladi. Mazkur loyihani amalga oshirish 1998 yillardan booshlandi, uning uchun byudjet mablag‘laridan 1,1 mlrd. Dollar sarflandi. Natijada Koreya Respublikasi o‘z maktablarini kompyuter bilan ta’minlash va Internetga ulash bo‘yicha dunyoda Singapurdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
Slayd 19
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.