=== Taqdimot 1 ===
XOR SAN’’ATI
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Xor san’atining paydo bo‘lish tarixi
2. Xor san’atining O‘zbekistonga kirib kelishi.
3. Xor san’atining O‘zbekistonda rivojlanishi.
4. O‘zbekistonda bolalar xori.
=== Taqdimot 3 ===
Xor (yunoncha: charos – davra oʻyin qoʻshigʻi) 1) antik davr teatr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; 2) xonandalar jamoasi; Tarkibiga koʻra, bir turdagi (erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori) va aralash, shuningdek, ijrochilar soniga qarab kamer (12-20 kishidan iborat), kichik va katta 100-120 gacha qoʻshma Xorlarda 500-1000 va undan ortiq ishtirokchi qatnashishi mumkin. Xor deb maxsus tashkil etilgan vokal-xor texnikasiga badiiy ifoda vositalariga ega bo‘lgan va shu vositalar orqali ijro qilinadigan asarning mazmunini eshituvchilarga yetkazib bera oladigan jamoaga aytiladi.
=== Taqdimot 4 ===
=== Taqdimot 5 ===
Yevropada professional unison Xorlar xristian cherkovlarda IV-asrdan maʼlum (kliros). X-XIII-asrlarda Xor jamoasining ovoz (partiya)larga boʻlinishi boshlandi. Gomofoniya uslubi va mumtoz garmoniyanutt rivoji davri (XVII-asr)dan aralash Xor jamoasi 4 ta (soprano, alt, tenor, bas) partiyaga ajratildi. Xor ijrochiligi musiqa cholgʻulari joʻrligida va joʻrsiz (a kapella) boʻladi. Oʻzbekistonda koʻp ovozli Xor ijrochiligi XIX-asr oxiridan rivojlana boshladi (V. Sakovich, N. Mironov. S. Kuzmenko va boshqa rahbarligidagi jamoalar). Professional Xorlar XX-asr oʻrtalarida tashkil topgan. Oʻzbek radiosi Xori (1947, V. Verov), Navoiy teatri Xori (1948), Oʻzbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi (1952, S. Valenkov va A. Sultonov). Aynan shu davrdan boshlab Xor ijrochiligi maxsus musiqa taʼlimi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida oʻquv, havaskor, bolalar Xorlari keng rivoj topdi.
=== Taqdimot 6 ===
Professional Xorlar XX-asr oʻrtalarida tashkil topgan. Oʻzbek radiosi Xor jamoasi 1947-yil, V. Verov tomonidan, Navoiy teatri Xor jamoasi 1948-yil, Oʻzbek filarmoniyasining Davlat akademik kapellasi 1952-yil,S. Valenkov va A. Sultonov tomonidan boshqarilgan. Aynan shu davrdan boshlab Xor ijrochiligi maxsus musiqa taʼlimi tizimiga kiritildi, professional jamoalar qatorida Oʻquv, havaskor bolalar xorlari keng rivoj topdi. Hozirda Oʻzbekistonda bir necha professional Xor jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda.
=== Taqdimot 7 ===
Hozirda Oʻzbekistonda bir necha professional Xor jamoalari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekiston davlat akademik kapellasi (1978-2001-yillarda badiiy rahbari va bosh dirijyori A. Hamidov, 2002-yildan D. Jdanov). Repertuaridan chet el kompozitorlari (Kerubini, Motsart, Verdi, Fore, Gendel, Taneyev, Chesnokov, Raxmaninov va boshqalar) ning mumtoz asarlari, shuningdek, qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiqlari, Oʻzbekiston kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. Oʻzteleradiokompaniyasi qoshidagi Respublikada xizmat koʻrsatgan xor jamoasi tashkilotchisi B. Umidjonov 1960 yil 16 dekabr, 2003-yildan badiiy rahbari D. Malikova, dirijyori B. Lutfullayev, J. Shukurov, C. Radjabova, I.Matyakubov 2013 yildan badiiy rahbar va dirijyor Sh. Boboxonova hozirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Badiiy jamoalar birlashmasi qoshidagi Respublikada xizmat ko‘rsatgan Xor jamoasi).
=== Taqdimot 8 ===
Ijro uslubida Yevropa xor anʼanalari bilan milliy xonandalik uslublari uygʻunlashgan. Repertuaridan M. Burhonov, B. Umidjonov, S. Boboyev, I. Akbarov, M. Nasimov va boshqa qayta ishlagan xalq qoʻshiqlari, M. Bafoyev, F. Alimov, B. Lutfullayev, D. Omonullayeva, N. Gʻiyosov va boshqa Oʻzbek kompozitorlarining poema, kantata, oratoriyalari asosiy o‘rin tutadi. Xususiy tashkil etilgan “Ipak yoʻli” kamer xori (2001-2006, D. Jdanov) faoliyat yuritgan. Repertuaridan jahon xalqlari qoʻshiqlari, chet el mumtoz asarlari o‘rin olgan (yana qarang “Bulbulcha”).
=== Taqdimot 9 ===
O‘zbekiston hududida XX-asrning boshlarida teatr guruhlari tuzilib, tomoshalar vaqtida spektakl mazmun-mohiyatidan kelib chiqib jo‘rlikda ijro etiladigan qo‘shiq va ashulalar xor ijrochiligi asta sekin o‘zbek xalqiga singib borayotganligidan dalolat bo‘lgan. Tinglovchilarda kuyga solingan va birgalikda kuylangan matnlar katta taassurot qoldirgan, yuraklarni larzaga solgan. 1918-yilda Xalq konservatoriyasi ochilishi xor san’ati targ‘ibotida muhim rol o‘ynaydi. Toshkent shahrida birinchi bo‘lib jonkuyar ustoz, izlanuvchan inson, ma’rifatparvar Ali Ardobus Ibrohimov rahbarligidagi 60 ta o‘zbek o‘g‘il bolalaridan tashkil topgan maktab teatr jamoasi tuzildi.
=== Taqdimot 10 ===
V. Sakovich tashkil etgan “Zebiniso”, Sh. Shoumarovning “Namuna” va S.Yenikeyevaning o‘zbek qizlar xor jamoalari
tuzilishi ham xor ijrochiligi ommaviylashishida munosib o‘rin tutgan. 1936-yilda O‘zbekistonda birinchi xor kapellasi tuzilgan va unga M.Lepexin rahbarlik qilgan. Dastlabki konsert dasturi xalqaro miqyosida xususan, Moskvada bo‘lib o‘tgan
O‘zbekiston adabiyoti va san’ati kunlarida namoyish etilib, keng tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘lgan. Shu yo‘sinda Respublika teatrlarida, harbiy okruglarda, o‘rta maktablarda, o‘quvchilar saroylarida xor jamoalari tuzilishi avj oldi. 1919-yilda V.Sakovich tashkil qilgan maktab-teatr kollektivi 300 ta bolani birlashtirdi. Bu kollektiv ham bir necha xor, drama, raqs guruhni o‘z ichiga olgan edi. Xususan Sakovichni “Zebiniso” maktabida tuzgan xori yaxshi natijalarga erishdi.
=== Taqdimot 11 ===
=== Taqdimot 12 ===
Professional xor ijodi va ijrochilikning oddiy shakllari 30-yillarda ikki yoyilgan musiqali dramalarda uchraydi. “Farhod va Shirin” (V.Uspenskiy, G.Mushel) va “Gulsara” (R.Glier va T.Sodiqov) musiqali dramalarda ikki ovozli xor nomerlari qo‘llaniladi. XX-asrning so‘nggi choragida jo‘rsiz musiqaning rivoji kompozitorlarni a kapella janrida ayrim izlanishlarga olib keldi. Kompozitorlar Mutal Burhonov, Sayfi Jalil, Ikrom Akbarov, Botir Umidjonov, Mustafo Bafoyev, Nadim Norxo‘jayev, Baxrullo Lutfullayev, Avaz Mansurov, Dilorom Omonullayeva, shuningdek, ijodkor xormeyster Shermat Yormatov, Naira Sharafiyeva kabilar bu janrga alohida e’tibor berishdi.
=== Taqdimot 13 ===
O‘zbek jo‘rsiz xor musiqasi janrida faol va samarali izlanishlar olib borayotgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Xor dirijorligi” kafedrasi mudirasi, professor Naira Sharafiyeva o‘zining jozibali va yorqin ijod namunalarini musiqa shinavandalariga tuhfa etmoqda. Uning aralash xor uchun qayta ishlagan xalq qo‘shiqlari “O‘zbekiston taronalari” xor syuitasi, “Deydiyo”, “Hazil”, “Yarayandim”, “Mustahzod”, “Faryod” kabi asarlari o‘zgacha ahamiyat kasb etadi.
=== Taqdimot 14 ===
Ayni paytda, ustozlarning yangi yosh avlodni shakllantirib borayotganligini nazarda tutsak, O‘zbekistonda musiqa san’ati yangi sifat pog‘onasiga ko‘tarilayotganligini ta’kidlashimiz mumkin. O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestr jamoalari birlashmasi huzuridagi O‘zteleradio xor jamoasi hamda xor kapellasi, A.Navoiy nomidagi opera va balet teatri, hamda Muqimiy nomidagi musiqali komediya teatri xor jamoalari tashkil qilindi.
=== Taqdimot 15 ===
O‘zDK xuzuridagi MTS xori, talabalar xor jamoalari, Respublikadagi barcha o‘rta maxsus musiqiy ta’lim muassasalari va BMSMlari xor jamoalari o‘z ijodiy faoliyatlarini yanada takomillashtirib, rivojlantirib kelmoqdalar. Jamoa bo‘lib ijro etilgan har qanday asar tinglovchini beixtiyor o‘ziga rom etibgina qolmay, balki musiqiy xayolot olamiga g‘arq bo‘lishga, asar qahramonlari hayoti bilan yashashga, ularning ichki kechinmalari, his-hayajonlarini to‘g‘ri anglashga undaydi. Misol sifatida Davlat xor kapellasini, milliy xor jamoasini, A.Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining xor guruhini, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining talabalar xor jamoasini keltirish mumkin.
=== Taqdimot 16 ===
Shermat Yormatov (1939.17.10, Fargʻona tumani) xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99 oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va “Boychechak” xor studiyasining rahbari (1962-82), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967-70), “Bulbulcha” bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99).
=== Taqdimot 17 ===
Qodiriy nomidagi Madaniyat instituti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994). Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi: “Salom maktab”, “Gʻildiragim”, “Ikki qoʻymang, oʻqituvchi”, “Sumalak”, “Oymomojon rom boʻldi”, “Qizaloq”, “Xon atlas”, “Bu yurtning yoshlari”, “Chitti gul” (folkloretnografik syuita), “Assalom hayot” kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) va boshqalar. Aksariyat qoʻshiqlari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970-yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy “Qoʻshigʻim jon qoʻshigʻim”, “Birgalikda kuylaymiz” telekoʻrsatuvlarini olib boradi. “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan (1994). Shermat Yormatov 2021-yil 22-dekabrda olamdan o‘tdi.
=== Taqdimot 18 ===
Shermat Yormatov “Boychechak”, “Bulbulcha”, bolalar xorlarining badiiy rahbari bo‘lib ishlagan. Shermat Yormatov o‘zbek bolalar xorining eng faol targ‘ibotchisi, kuyunchak rahbar, “Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuvlar orqali butun Respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan muallim sifatida yodimizda qoladi, deyilgan xabarda.
=== Taqdimot 19 ===
=== Taqdimot 20 ===
To‘g‘ri vokal bir vaqtning o‘zida ovozni sozlashning barcha texnika usullarini o‘z ichiga oladi: Bu to‘g‘ri nafas olish, rezonatorlar ishtiroki va hiqildoqning to‘g‘ri joylashuvini kuylash esa bunga tayyorlaydigan mashg‘ulotdir. Bundan tashqari, qo‘shiq aytish ovoz diapazonini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi va tomoq mushaklari zo‘riqishini yengillashtirishni o‘rgatadi. Professional tarzda mashq qilish imkoniyati bo‘lmasa ham, shunchaki qo‘shiq aytishga harakat qiling, vaqt o‘tishi bilan bu ovozni yanada yoqimli qiladi. Ammo qo‘shiqni baland ovozda kuylash darkor, aks holda mashqlardan foyda bo‘lmaydi. Qo‘shiq aytayotganda hiqildoqning joylashuvi, ovoz sifati va boylamlarga tushadigan zo‘riqishni nazorat qilib boring.
=== Taqdimot 21 ===
TO‘G‘RI NAFAS OLISH TEXNIKASI
Nafas ovozni yoqimli qilishi, unga kutilmagan hajm va jarang berishi mumkin, lekin bu haqida faqat vokalchilar, oratorlar va professional aktyorlar bilishadi. Boshqalar esa ovoz balandligini boylamlarning zo‘riqishi tufayli oshirishni afzal ko‘radi va bu yoqimsiz “tekis” tovush hosil bo‘lishiga olib keladi, qolaversa uni bir muddatga yo‘qotish xavfi ham yuqori. Nafasga tayanadigan ovozni esa “uzib” qo‘yish qiyin.
=== Taqdimot 22 ===
TO‘G‘RI NAFAS OLISH TEXNIKASI
To‘g‘ri nafas olish texnikasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: Havo to‘plash. Nafasni burun orqali olib, u bilan qorin va belning yuqori qismidagi o‘pkani boricha to‘ldirishga harakat qiling. Bunda qorin kengayishi, yelkalar balandligi esa o‘zgarmasligi kerak. Nafas olishning bu turi “diafragmal” deb ataladi.
=== Taqdimot 23 ===
Havo oqimining chiqishi. Nafasni keng tomoq bilan chiqarish lozim, go‘yo uning bilan qo‘llarni isitish uchun harakat qilayotgandek. Tovush paydo bo‘lishi vaqtida hiqildoqning to‘g‘ri joylashishi. Hiqildoqni chuqur esnash vaqtida egallaydigan darajagacha pastga tushirish lozim. Esnash vaqtida uning joylashuvini qo‘l bilan his eting, keyin qancha balandga ko‘tarilishini aniqlab ko‘ring.
Texnikaning mohiyati shundaki, ovoz boylamlar tebranishi tufayli hosil bo‘ladi, havo oqimi esa unga balandlik beradi. Shu tariqa ovoz boylamlariga tushadigan yuk kamayadi va baqirish yoki baland suhbat tufayli ularning shikastlanish xavfi keskin kamayadi, ovoz esa balandlik va kuchli bo‘ladi.
=== Taqdimot 24 ===
E’TIBORINGIZUCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.