- Savatga boshqa "ACCURACY AND CORRECTING MISTAKES" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
XAZOYIN UL MAONIY – LIRIK QOMUS SIFATIDA
4000 so'm

Slayd 1
ALISHER NAVOIY LIRIK MEROSI. “XAZOYINU-L MAONIY” – LIRIK QOMUS SIFATIDA
Slayd 2
1. Alisher Navoiyning “Ilk devon”iga tavsif.
2. Oqquyunlilar saroyi devoni haqida
3. Dastlabki rasmiy devonlar. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining yaratilish va tarkibiy tuzilishi.
4. Forsiy she’rlari haqida umumiy ma’lumot
5. Alisher Navoiyning she’riyatining o‘ziga xosligi
REJA:
Slayd 3
45 ming misraga yaqin turkiy tildagi, 12 ming misradan ortiq fors-tojik tilidagi she’rlar
Musulmon Sharqi she’riyati tarixini Alisher Navoiy lirikasiz tasavvur etib bо‘lmaydi. Shoirning lirik merosi о‘zigacha yaratilgan fors-tojik va turkiy she’riyatning davomi bо‘lish bilan birga barcha zamonlardagi о‘zbek she’riyatining eng yuksak chо‘qqisi hamdir.
Slayd 4
I
Ilk devon
1465-1466
Alisher Navoiyning turkiy tildagi she’riyati
II
Oqquyunlilar devoni
1471
III
Badoye’u-l-bidoya
1470-1480
IV
Navodiru-n-nihoya
1480-1490
V
1492-1498
Xazoyinu-l-maoniy
Slayd 5
1465-1466-yillarda “xattotlar sultoni” nomi bilan mashhur bо‘lgan Sultonali Mashhadiy tomonidan nasta’liq xatida kо‘chirilgan.
391 g‘azal, 41 ruboiy, 1 mustazod, 1 muxammas – jami 434 she’r
“Devon”ni nashrga tayyorlagan adabiyotshunos olim Hamid Sulaymonov tomonidan shartli ravishda “Ilk devon” deb nomlangan.
Slayd 6
Navoiyshunos olim Aftondil Erkinov jahon qо‘lyozma fondlarida saqlanayotgan nusxalarni о‘rganish asnosida 2012-yilda Alisher Navoiyning ixlosmandlari tomonidan tuzilgan yana bir devoni qо‘lyozmasini aniqlab, fanga ma’lum qildi.
Slayd 7
Mazkur devon shoirning Oqquyunlilar sulolasi (Ozarbayjon va G‘arbiy Eron hududida 1378-1508-yillarda hukmronlik qilgan о‘g‘uz turklari) hukmronligi hududidagi muxlislari tomonidan tuzilgan bо‘lib, hozircha fanda shartli ravishda “Oqquyunlilar devoni” nomi bilan yuritilmoqda. Oqquyunlilar devoni hozirda Misrning Kohira shahrida saqlanmoqda.
Slayd 8
Oqquyunlilar saltanatining asosiy aholisi о‘g‘uz turklari bо‘lgani uchun mazkur qо‘lyozmada Navoiy she’rlari о‘g‘uz lahjasiga moslashtirilib kо‘chirilgan. Masalan, Navoiyning mashhur g‘azali matla’si ushbu devonda quyidagi holatda uchraydi:
Mehr chо‘x kо‘rsatdim, ammo mehribone dopmadim,
Jon base qildim fido, oromi jone dopmadim
Slayd 9
Devon 1471-yil 25-dekabrda Anisiy taxallusi bilan she’rlar yozgan shoir va xattot Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy tomonidan Oqquyunlilar saltanatining markazlaridan biri bо‘lgan Sheroz shahrida kо‘chirilgan. Devonda jami 229 ta she’r bor: 224 g‘azal, 1 mustazod, 3 muxammas va 1 tarje’band.
Slayd 10
Alisher Navoiy devonni g‘azallar bilan boshlash, g‘azallarni 28 harf emas, balki 32 harf (chim, je, gof va lom-alifni ham qо‘shgan holda) bilan tugallash, g‘azallarni devonga joylashtirishda Allohga hamd yoki Payg‘ambarga na’t bilan boshlash, g‘azallarga ma’rifat va mav’iza mavzulariga doir baytlar kiritish, g‘azal matla’sida keltirilgan fikrni maqta’gacha rivojlantirib borish va albatta devonga janr jihatdan rang-barang she’rlarni kiritishni nazarda tutadi.
Slayd 11
“Badoye’u-l-bidoya” devoni
11 janrga oid jami 1046 ta she’r mavjud.
g‘azal – 777
musaddas – 2
ruboiy – 85
tuyuq – 10
mustazod – 3
tarji’band – 3
lug‘z – 10
fard – 53
muxammas – 5
qit’a – 46
muammo – 52
Slayd 12
Ikkinchi rasmiy devoni “( 1480-1490) “Navodiru-n-nihoya” (“Behad nodirliklar”) Abdujamil kotib va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan kо‘chirilgan, unda 862 she’r bor.
Slayd 13
1980-yillar oxirida Suyima G‘aniyeva ushbu devonning Navoiy muhri bosilgan notugal surat – nusxasini Eron Islom Respublikasidan olib keldi va ushbu devon “Navoiy dastxati” nomi bilan 1991-yilda e’lon qilindi.
Slayd 14
Alisher Navoiy 1492-1498- yillarda “Xazoyinu-l-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) nomli yirik kulliyot , “Chor devon”ini yaratdi.
7-8 yoshdan 20 yoshgacha bо‘lgan davrni inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini “G‘aroyibu-s-sig‘ar” (“Bolalik g‘aroyibotlari”)
20 yoshdan 35 yoshgacha bо‘lgan davrni inson umrining yozi “Navodiru-sh-shabob” (“Yigitlik nodirliklari”)
35-45 yoshni umrning kuzi “Badoye’u-l-vasat” (“О‘rta yosh gо‘zalliklari’)
45-60 yoshini umrining qishiga о‘xshatib, “Favoyidu-l-kibar” (“Keksalik foydalari”)
Slayd 15
Shoirning forscha she’rlari “Devoni Foniy“ning bir necha nusxasi
Bu nusxalar orasida Parijdagi 285 raqamli qо‘lyozma nisbatan mukammal hisoblanadi.
2 Parij
2 Turkiya
2 Hirot
1 Tehron
Slayd 16
Botir Valixо‘jayev “Devoni Foniy” nusxalarini о‘rganib chiqib, ulardagi she’riy janrlar miqdorini quyidagicha deb kо‘rsatadi: 10 qasida, 554 g‘azal, 1 musaddas, 1 marsiya, 72 qit’a, 73 ruboiy, 16 ta’rix, 373 muammo, 9 lug‘z. Ularning miqdori 1109 ta va umumiy hajmi 6179 bayt.
Slayd 17
Alisher Navoiyning barcha she’riy merosi 9 devonda jam bо‘lgan bо‘lib, ularning ikkitasi ixlosmandlari tomonidan tuzilganligi Navoiy she’rlariga hamma davrlarda, xususan о‘z davrida ham yuqori darajada ehtiyoj bо‘lganligidan darak beradi.
Slayd 18
G‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, musamman, tarji’band, tarkibband, masnaviy, qasida, soqiynoma, qit’a, ruboiy, muammo, chiston, tuyuq va fard. Kulliyotning har bir devonida 650tadan, ja’mi 2600ta g‘azal mavjud.
“Xazoyin ul-maoniy”da ja’mi 16 xil janrdagi she’rlar mavjud:
Slayd 19
G‘azal arabcha “oshiqona so‘z”, “ishq izhor qilish” ma’nolarini bildirib, a-a, b-a, s-a, d-a… tarzida qofiyalanuvchi, 3 baytdan 19 baytgacha hajmda bo‘lgan baytli she’r shaklidir.
Alisher Navoiy g‘azallari esa asosan 7 baytdan 13 baytgacha hajmda. G‘azalning birinchi bayti matla’ yoki mabda’, oxirgi bayti esa maqta’ deb ataladi va maqta’da shoir taxallusi qo‘llaniladi. Agar ikkinchi bayt ham matla’ singari qofiyalansa, ya’ni g‘azal qo‘sh matla’ga ega bo‘lsa, “husni matla’” yoki “zebi matla’”li g‘azal deb ataladi.
Slayd 20
Alisher Navoiy g‘azallarini mavzusiga kо‘ra shartli ravishda quyidagicha tasnif qilish mumkin:
Ishqiy mavzudagi g‘azallar
Tasavvufiy falsafiy mavzudagi g‘azallar
Ijtimoiy mavzudagi g‘azallar
Tabiat tasviri aks etgan g‘azallar
Hajviy mavzudagi g‘azallar.
Slayd 21
A.Navoiy “Mahbub ul- qulub”da ishqni 3 darajaga ajratadi:
xoslar ishqi (majoziy ishq)
siddiqlar ishqi (haqiqiy ishq)
avom ishqi
Slayd 22
Mehribonlar qani, ahbob dog‘i!
Hamnishinlar qani, as’hob dog‘i!
Barcha g‘urbatqa xirom ayladilar,
Xuld bog‘ini maqom ayladilar.
Alisher Navoiy ijodida dunyoviylik bilan ilohiyot, ya’ni irfon qo‘shilib zuhur etiladi:
Slayd 23
Alisher Navoiy ruboiy janrida ham barakali ijod etgan. “Xazoyin ul-maoniy”ning birinchi devoni “G‘aroyib us-sig‘ar”da 133 ruboiyga o‘rin berilgan. Mazkur devon “Debocha”sida 30, “Nazm ul-lavohir” tarkibida 266 hamda boshqa ilmiy, badiiy, tarixiy asariarida ko‘plab turkiy tilda bitilgan ruboiylar uchraydiki, ayni dalillar ulug‘ shoiming bu janiga yuksak muhabbatidan darak beradi. Shoirning “Devoni Foniy” va yana boshqa asarlarida keluvchi forsiy mboiylarining umumiy miqdori esa 100 dan oshadi.
Slayd 24
Alishcr Navoiy she’riyatida ruboiy janri ham o‘ziga xos o‘rin va mavqcga egadir. Arabcha “to‘rtlik” ma’nosini anglatuvchi bu so‘z adabiy istiloh sifatida to‘rt niisradan tarkib topgan, satrlari a-a-b-a yoki a-a-a-a tarzida qoflyalanuvchi hazaj bahrining “ahram” va “ahrab” shajaralaridan birida (ularning 24 ko‘rinishi mayjud) bitiladigan she’r shakli.
Slayd 25
Zohid senga huru, manga jonona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa, to‘la yona kerak.
Slayd 26
Alisher Navoiyning buyuk xizmati faqat o‘zbek she’riyatiga ko‘plab lirik janrlarni keng joriy qilishidagina emas. U ana shu janrlardan muhim fikr va g‘oyalarnining badiiy in’ikosi uchun foydalandi, o‘zining hayotiy masalalarga munosabati, falsafiy-ijtimoiy va axloqiy mushohadalari, ma’rifatparvarlik qarashlarini lirikada ifodalash uchun har bir janrning mavjud imkoniyatlarini ishga soldi, ularning imkoniyat doirasini kengaytirdi.
Slayd 27
Yo rab, ul shahdu shakar yo labdurur,
Yo magar shahdu shakar yolabdurur.
Jonima payvasta novak otqali
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabdurur.
Slayd 28
Yo‘qdir turk nazmida siz qadar daho,
“Xamsa”dan buyukroq asar hamon yo‘q.
Yo‘qdir “Xazoin ul-maoniy” – yakto!
Sizsiz Xuroson-u buyuk Turon yo‘q.
Ne baxt, mukarramsiz aziz olamga,
Sizsiz nozimlarga davr-u davron yo‘q.
Qilichlar qudratin bermish qalamga,
Sizsiz ona zamin, toza osmon yo‘q.
Slayd 29
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarga kuztib boring!
Slayd 30
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.