Xalq pedagogikasida yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va vositalari
6000 so'm

=== Taqdimot: Xalq pedagogikasida yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va vositalari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
“Xalq pedagogikasi”da yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va vositalari
=== Slayd 2 ===
Reja:
01
O‘git-nasihat qilish.
02
Ibrat-o‘rnak ko‘rsatish.
03
Rag‘batlantirish va qoralash.
=== Slayd 3 ===
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘zbek xalqi ta’lim-tarbiya
sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan. Zaminimizda zardushtiylik dini hukm surgan paytda ham ma’lum pedagogik mafkura mavjud bo‘lganini Avestoning bizgacha yetib kelgan ayrim sahifalari mazmunidan bilamiz.
=== Slayd 4 ===
Xalq pedagogikasi asrlar davomida minglab avlodlarni tarbiyalash jarayonida yuzaga kelgan ilg‘or axloqiy g‘oyalar va tajribani o‘zida umumlashtirgani uchun faqat tarixiy-madaniy qadriyat sifatidagina emas, balki zamonaviy ta’lim tarbiya tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyatga egadir. Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o‘zida mujassam etgan.
=== Slayd 5 ===
O‘git-nasihat qilish, ibrat-o‘rnak ko‘rsatish, rag‘batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo‘llab kelgan bo‘lib, uning quyidagi ijobiy shakllari:
tushuntirish;
o‘rgatish, mashq qildirish;
odatlantirish;
kun tartibini rejalashtirish;
yaxshi xislat va ishlarga undash;
iltimos qilish;
istak bildirish;
maqtash;
rahmat aytish, minnatdorchilik bildirish;
=== Slayd 6 ===
ma’qullash;
olqish aytish;
duo qilish;
alqash;
tasalli berish;
mukofotlash, taqdirlash;
ishonch bildirish;
oqlash;
vasiyat qilish;
uyaltirish;
yolvorish va ko‘ndirish;
tanbeh berish;
majbur qilish;
=== Slayd 7 ===
nafrat bildirish;
masxara qilish;
duoyibad qilish;
koyish va qarg‘ash;
ayblash va uyaltirish;
oq qilish;
ont-qasam ichirish;
aybiga iqror qildirish;
ishonchsizlik bildirish;
zarda qilish;
ko‘r-ko‘rona ishonish;
yomonlash va vaysash;
urishish;
qo‘rqitish;
gapirmasdan qo‘yish;
jismoniy jazo berish.
=== Slayd 8 ===
Hayotning mazmunini to‘g‘ri tushuntirish, farzandlarga odob axloqni o‘rgatish, ezgu ishlarga odatlantirishda xalq pedagogikasining yuqorida ta’kidlangan tarbiya metodlaridan foydalaniladi. O‘git va nasihat metodi xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida o‘z aksini topgan.
=== Slayd 9 ===
Masalan, xalq maqollari o‘git va nasihat shaklida beriladi:
Eling senga cho‘zsa qo‘l, unga doim sodiq bo‘l.
Ko‘kka boqma, ko‘pga boq.
Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan.
Yo‘qni borday qil, borni bolday qil.
Yaxshilik qilsang yashir, yaxshilik ko‘rsang oshir.
Obro‘ topaman desang kamtar bo‘I.
=== Slayd 10 ===
Tarbiya metodlari ichida eng ko‘p qo‘llanadigan turi bu namuna,
ibrat ko‘rsatish, ya’ni o‘rnak bo‘lishdir. Buni ikki xil yo‘nalishda amalga oshirish mumkin. Birinchisi, yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan insonlarning ibratli jihatlarini ko‘rsatish orqali undan o‘rnak olishga undalsa, ikkinchisi salbiy axloqli kishilarning nojo‘ya ishlarini ko’rsatish bilan undan nafratlanishga o‘rgatiladi. Buyuk allomalar va mutafakkirlarning hayot yo‘li bizga doim ibrat maktabi bo‘Lib qoladi. Chunonchi, oiladagi kattalar ham o‘z farzandlari uchun doimo o‘rnak ko‘zgusi bo‘lmoqliklari kerak. Chunki bola barcha yaxshi fazilatlarni ham, yomon illatlarni ham
eng avvalo oiladan o‘rganadi, zero xalqimiz “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytishmagan.
=== Slayd 11 ===
Xalq pedagogikasida qoralash metodining shakliga xalq pedagogikasida bola tarbiyasida qarg‘ish asosan xotin-qizlar tomonidan ishlatiladigan zararli tarbiya metodi hisoblanib kelingan. Qarg‘ishlar duch kelgan katta-kichikni goh suvda cho‘ktirib o‘ldirsa, goh do‘zaxning yetti kundasida kuydiradi.
=== Slayd 12 ===
Qarg‘ish ishlatgan ota-ona va kattalarning obro‘si
yo‘qoladi, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi mehribonlikka putur yetadi, oila ahilligiga darz ketadi. Ayniqsa, ota-ona qarg‘ab, oq qilsa, uning oqibati har ikkala tomon uchun yomon bo‘ladi. Xalqimizning ura bersang yetti qotar, qarg‘ay bersang beti qotar degan maqoli ham qarg‘ishning zararini ta’kidlaydi. Demak, qarg‘ishlarni umuman nutqdan chiqarib tashlash va ayniqsa bola tarbiyasida ishlatmaslik zarur.
=== Slayd 13 ===
Tarbiya vositalaridan biri bo‘lgan bolalar o‘yinlarining o‘z qoidalari bo‘lgan. Shu qoidaga rioya qilmagan bolalarni o‘yin buzuqi deb o‘yindan chetlatishgan. Ya’ni o‘yin jarayonida bolaning yaxshi va yomon jihatlari namoyon bo‘lgan. E’tibor bersangiz, tarbiya vositalarining barchasi ko‘pchilik ishtirokida amalga oshiriladi va shubhasiz, bu juda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bunday bayram, sayil, gap-gashtak, yig‘inlarda bolalarning yaxshi va yomon xatti-harakati ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi va shu ko‘pchilik tomonidan baholanadi.
=== Slayd 14 ===
Xalq pedagogikasida tarbiya vositalaridan yana biri mehmondorchilikdir. Marosim, yig‘in, to‘y-tomosha, gap-gashtak, choyxona gurung barchasi mehmondorchilikni o‘z ichiga oladi. Mehmondo‘stlik xalqimiz hayotiga singib ketgan eng yuksak kishilik fazilatlaridan iborat bo‘lib, yoshlar tarbiyasida eng muhim tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Xonadon mezbonlari mehmonning ko‘nglini olish, xursand qilish uchun eng yaxshi idish-tovoqlarni ishlatadilar, tansiq taomlar pishiradilar.
=== Slayd 15 ===
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
01
Xalqimiz o‘z tarixiy ijtimoiy taraqqiyoti mobaynida boy og‘zaki ijod merosini yaratgan. Xalq og‘zaki ijodi qadim zamonlardan buyon xalq pedagogikasining tarbiya vositalaridan biri bo‘lib kelgan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlari, jumladan, afsonalar, asotirlar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar, latifalar, loflar, xilma-xil qo‘shiqlar, allalar, termalar, maqollar, matallar, topishmoqlar, dostonlar, askiyalar, aytishuvlar, tez aytishlarning tarbiyaviy imkoniyatlari cheksizdir. Barkamol shaxsni shakllantirishning hamma tarkibiy qismlari, ya’ni aqliy, axloqiy, jismoniy mehnat, nafosat tarbiyasiga oid ma’lumotlar o‘zbek xalq og‘zaki ijodining barcha janrlarida o‘z ifodasini topgan.
=== Slayd 16 ===
Milliy urf-odatlar. an’analar va marosimlar
02
Milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlar zamirida katta tarbiyaviy
imkoniyatlar mavjud, zero ularning barchasi ajdodlarimizdan qolgan
madaniy meros sanaladi. Milliy to‘ylar, ommaviy bayram – sayllar,
sharqona va turkona an’analar, hayit bayramlarida xalqimizning o‘ziga
xosligi yorqin aks etadi.
=== Slayd 17 ===
Xalq o‘vinlari va o‘vinchoqlari
03
O‘zbek xalq o‘yinlari o‘zlarining serharakatligi, chidamlilikka
o‘rgatuvchanligi, chiniqtiruvchi harakatlardan iboratligi bilan ajralib
turadi. Xalq o‘yinchoqlarida xalqning turmushi, uning qadriyatlari va
orzu istaklari ustalik bilan tasvirlangan.
=== Slayd 18 ===
Diniy ta’limotlar
04
Islom dinining muqaddas manbalari bo‘lgan Qur’oni Karim
hadis va boshqa diniy ta’limotlarda odob-axloqqa, insoniylikka oid
qimmatli pedagogik g‘oyalar ilgari surilgan.
=== Slayd 19 ===
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi
05
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligining sohalari xalq moddiy
hayotining ko‘zgusi va ijtimoiy hayotining aksi bo‘lib, o‘quvchilarda
nafosat his-tuyg‘ularini shakllantiradi.
=== Slayd 20 ===
Miliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati
06
Musiqa ma’lum darajada hayotni va davrni aks ettiradi. Jumladan,
o‘zbek musiqa va qo‘shiqchilik san’ati xalqimizning turmushini, uning
orzu-istaklarini o‘zida mujassamlashtirgan.
=== Slayd 21 ===
Tasviriy san’at
07
Xalqning hayoti, u turmush kechirayotgan tabiiy sharoit, insoniy obrazlar ma’lum darajada pedagogik bilimlar va ma’lumotlarni ifodalab bergan.
=== Slayd 22 ===
Tarixiy yodgorliklar va milliy me’morchilik
08
Har bir tarixiy yodgorlik zamirida xalqning ma’lum davrdagi
tarixiy taraqqiyoti va ijtimoiy hayoti yotadi. Har bir tarixiy obidalar yoshlarda vatanparvarlik hissini, bunday betakror obidalarni yaratgan ajdodlar bilan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otadi.
=== Slayd 23 ===
Xalq raqs san’ati
09
O‘ziga xos ma’noni anglatuvchi chiroyli, mutanosib harakatlar nafosat tarbiyasining muhim vositalaridan biri bo‘lib kelgan.
=== Slayd 24 ===
O‘rta Osiyo va o‘zbek xalqi mutafakkirlarining asarlari
10
Buyuk allomalarning asarlarida ilg‘or pedagogik fikrlar, qarashlar
va g‘oyalar ifodalangan bo‘lib, ularni o‘zbek xalqi tarbiya madaniyatining tarkibiga kiritish juda O‘rinlidir. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan eng ilg‘or pedagogik bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, zamonaviy o‘quv dargohi va oila tarbiyaviy tizimida yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish tushuniladi.
=== Slayd 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.