Xalq harakatli o’yinlari mohiyati va tasnifi
8000 so'm

Slayd 1
Xalq harakatli o‘yinlarining mohiyati va tasnifiy xususiyatlari.
Slayd 2
Reja:
Milliy va harakatli o’yinlarni o’tkazish joylarini tanlash, tashkil qilish
Milliy va harakatli o’yinlarni tashkil qilish va o’tkazish
Slayd 3
Mustaqil O’zbekistonning ravnaq topishi, taraqqiyoti yo’lida uni katta iqtisodiy va ijtimoiy to’siqlardan muvaffaqiyatli o’tishi va insoniy natijalarga erishishi yosh avlodu, mehnatkash fuqarolarning nafaqat aql-idroki, balki ularning salomatligi, jismoniy barkamolligiga ham bevosita bog’liqdir. Shuni ham aytish kerakki, odamzotning salomatligi, serg’ayrat bo’lishi, jismoniy kamolotga erishishi faqatgina uni turmush tarzi, mehnat va uy-ro’zg’or faoliyati bilan ta’minlaydi.
Slayd 4
Balki har bir xalqni o’z tarixiy, madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga xos bo’lgan mazkur xalq tomonidan kashf etilgan milliy o’yinlar, sayllar, urf-odatlar va sport turlari vositalari yordamida ham amalga oshiriladi.
Slayd 5
O’zbek xalq o’yinlari insonni jismoniy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga aloqadorligini yoritish asosiy maqsad qilib olingan. Darhaqiqat yuqorida qayd etilgan tushunchalar o’rtasida uzviy bog’lanish mavjuddir.
Slayd 6
Oxirgi yillarda ommaviy axborot vositalari, ilmiy anjumanlarda muhokama qilinayotgan xalq o’yinlari mavzusiga oid masalalar o’z ichiga asosan mazkur o’yinlar mazmuni va qoidalarini takomillashtirishdagi o’rni haqidagi ma’lumotlarni olgan. Ma’lumki, inson o’z hayotida, o’qish, mehnat, dam olish kabi mashg’ulotlar bilan band bo’ladi. Inson hayotining dastlabki davrlarida o’yin asosiy faoliyat hisoblanadi, undan so’ng esa o’yin kamayib, uning o’rnini o’qish va mehnat egallaydi.
Slayd 7
Insoniyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayotining turli davrlarida o’yinlar muhim o’rin tutgan. O’yinlar yordamida insoniyat o’sgan, ulg’aygan, chiniqqan, jismonan baquvvat bo’lgan, aqlan, ruhan rivojlangan, ma’naviy kamol topgan. Xullas, o’yin odamzod taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etgan.
Buning sabablari quyidagicha:
Birinchidan, insonda o’yinga nisbatan tabiiy ehtiyoj bo’lib, u hayotdagi bo’shliqni to’ldirgan, inson tanasidagi ortiqcha kuchni sarflashga, yetishmagan kuchni to’plashga yordam bergan.
Slayd 8
Ikkinchidan, o’yinlar xalq tarixining ajralmas qismidir, in’inokosidir. O’yinlarda insonning turmushi, mehnati, tajribasi, tashvishi, kurashi, yutuqlari aksini topadi. O’yinlar orqali biz insoniyat tarixi, orzu-o’yi muammolari, niyatlarini o’rgansak bo’ladi
Slayd 9
Uchinchidan, o’yin inson madaniyatining eng qadimgi ko’rinishi, ko’pgina ma’naviy soha (raqs, tomosha-teatr, musiqa, sport, marosim kabi)larning chashmasi sifatida xizmat qilgan.
To’rtinchidan, o’yinlar avlod-ajdodlarimizning sog’lomlashtiruvchi vositasi hisoblangan. Ota-bobolarimiz xalq o’yinlari va musobaqalari yordamida aqlan raso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’lib kelgan. Sog’lom avlodlarni shakllantirishda o’yinlar asosiy omilga aylangan.
Slayd 10
Beshinchidan, o’yinlar eng samarali tarbiya vositasi. Bolalar o’yinlar orqali hayotga tayyorgarlik ko’rgan, turmushdagi qiyinchiliklarni yengishni mashq qilgan, ish va kurashda g’alaba qilishni o’rgangan
Slayd 11
Oltinchidan, o’yinlar ajdodlarimizning tajribasini o’zida uyg’unlashtiruvchi madaniy meros va zamondoshlarimizni, ayniqsa yosh avlodni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo’lishga xizmat qiluvchi bebaho manbaadir
Slayd 12
Demak, o’yinlar – xalqning tabiiy va tarixiy ehtiyoji asosida shakllangan, ajdodlar turmushi, mehnati, tajribasi, kurashi, yutuqlarini boshqa shaklda aks ettiradigan, inson madaniyatining eng ko’hna shakllari, ko’pgina ma’naviy sohalar chashmasi, sog’lom avlodni shakllantiruvchi tarbiya vositasi va zamondoshlarimizning jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Slayd 13
Madaniy merosimizning uzviy va ajralmas qismi bo’lgan, avlodajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh, jon va sog’liq ato etib kelgan xalq o’yinlarini tiklash va ulardan samarali foydalanish – milliy qiyofamiz, ma’naviyatimiz va qadriyatimizni yuksaltirish demakdir. Xalq o’yinlari yangi sog’lom avlodni shakllantirishda ham o’ta muhim o’rin tutgani ularni biz ko’z qorachig’idek asrashimiz, e’zozlashimiz va ulardan oqilona foydalanishimiz zarur.
Slayd 14
Milliy o’yinlarning mazmuni, mohiyati va maqsadga oid tasnifi
Mustaqillik sharofati tufayli jismoniy tarbiya va sport sohasida keng istiqbollar ochilmoqda, bu ayniqsa xalqning milliy o’yinlari va mashqlari, sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida namoyon bo’lmoqda. Ularni doimiy va muntazam qo’llash yaxshi natija bermoqda, o’quvchilarni sog’lom, baquvvat, chaqqon, kuchli qilib tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Ilgarilari keng omma ishtirok etgan Navro’z bayramlari, sayillar, to’ylarda xalq o’yinlari, jismoniy mashqlar, umuman milliy sport turlarisiz o’tkazilmagan.
Slayd 15
Afsuski, mamlakatda ular butunlay esdan chiqib, unutilayozdi, shuning uchun ularni izlash va tiklash o’z xalqini va millatini e’zozlagan har bir kishining burchi bo’lib kelmog’i kerak. Jismoniy tarbiya nuqtai nazaridan ularni o’rganish, tadbiq etish shu kunning va kelajak avlodni tarbiyalashda eng dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda.
Slayd 16
Ushbu jarayonda tariximizdan meros bo’lib qolgan o’zbek xalq milliy o’yinlarini hayotga tadbiq etishga kengroq yo’l ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirilishi, oilada maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirishi o’sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etishi muqarrardir. Milliy xalq o’yinlari qadim-qadim zamonlardan boshlab, xalq marosimlarida, rasm-rusumlarida va urfodatlarida mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda, bahslarda keng qo’llanilgan.
Slayd 17
Jismoniy tarbiya xalqning urf-odatlarida, udum va rasm rusumlarida shakllanib, ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan. Xalq milliy o’yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan o’zbek milliy xalq o’yinlari «Otda chopish», «Qiz quvlash», «Uloq», «Kamonda o’q otish», «Chillak», «Oq suyak», «Soqqa», «Besh tosh» kabi va boshqa o’yinlar orqali botirlik, epchillik, tezkorlik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda hamda qaddi-qomatni shakllantirish, ahloq-odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal toptirishda va albatta sog’liqni mustaqkamlashda eng samarali vosita bo’lib kelgan.
Slayd 18
Xalq milliy o’yinlari, jumladan o’zbek milliy o’yinlari barcha xalq-elatlar kashfiyotlari kabi (musiqa, kulolchilik, gilam to’qish asboblari, ashula va raqs, ertak va h. k.) Insoniyat tarixining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida taraqqiy etgan o’ziga xos xususiyatlar asosida «ixtiro» qilingan va shakllanib kelgan.
Slayd 19
Respublikamizning turli mintaqalarida xalq harakatli o’yinlari aholining turli yosh va qatlamlari o’rtasida azaldan rivojlanib kelgan bo’lsada, «oq» va «qizil» imperiyalar davrida ushbu o’yinlarning ommalashuvi nihoyatda chegaralangan edi.
O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach xalq milliy harakatli o’yinlari millatimiz qadriyatlari sifatida qayta tiklana boshladi va hozirgi kunda nafaqat xalqimizning eng sevimli mashg’ulotiga aylandi, balki barcha ta’lim muassasalari o’quv rejalariga to’laqonli fan sifatida kiritilgan. Ammo, shuni ham ta’kidlash zarurki, xalq milliy harakatli o’yinlarining ilmiy-uslubiy asoslari, ularning psixofunksional mohiyati, jismoniy sifatlar va sport mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati hamda qiymati xali deyarli o’rganilmagan.
Slayd 20
Ayni kunda yuqorida muhokama etilgan milliy harakatli o’yinlarning ochilmagan qirralari, ushbu yo’nalishga oid muammolarni o’rganish va hayotga tadbiq etish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimidagi dolzarb masalalardan biridir.
Slayd 21
O’zbek xalq o’yinlari xalqning o’ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo’lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko’ra qo’llanilgan. Lekin shu vaqtgacha aksariyat mutaxassislar o’zbek xalq o’yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko’zda tutmaganlar, yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar.
Slayd 22
Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o’zbek xalq o’yinlari va umuman harakatli o’yinlar ancha yutuqqa ega bo’lar edi. Chunki har bir o’yinni tasnifini va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to’g’ri belgilanadi.
Ma’lumki o’zbek xalq o’yinlari o’z ichiga harakat jihatdan har xil jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarni qamrab olgan.
Slayd 23
Shu bois ularni yo’nalishlar bo’yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak ularni tasniflash (klassifikasiyalash) zarur o’rinni egallaydi. Shu yo’sinda bizning fikrimizcha o’zbek xalq o’yinlarini quyidagicha tasniflashni maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz.
Slayd 24
O’zbek xalq milliy o’yinlari
Hayotiy zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi o’yinlar:
Osilish va osilib chiqish: «Maymunchalar», «Oq ayiqlar»; yurish, yugurish: «Quvlashmachoq», «Mokki»; o’tirish, turish: «Baqa», «Tovuq va tulkilar»; to’xtash sakrash: «Qarmoqcha»
Jismoniy sifatlari rivojlantiruvchi o’yinlar: kuch: «Tortishmachoq»; tezkorlik: «Kun va tun»; epchillik: «To’p uchun kurash», «Lapta», «Qirq tosh»; chidamkorlik: «Quvib yet»; egiluvchanlik: «Ko’prik va mushuk».
Aqliy-ruhiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi o’yinlar: diqqat: «Ta’qiqlangan harakat»; xotira «Daqiqa»; hissiyot: «To’xta»; tafakkut: «Shaxmat»; ayyorlik: «Vandan-zo’ri»; jasurlik: «Cho’nqa shuvoq».
Slayd 25
O’g’il bolalar va qiz bolalar o’rtasida o’tkaziladigan o’yinlar:
«Eshak mindi», «Besh tosh», «Sopalak», «Xo’rozlar jangi», «Arqon sakrash», «Mindi», «Xola-xola», «Ovqat pishirish», «Ovga chiqish», «Urush-urush», «Soqqa», «Quloq cho’zma», «Durra», «Chori-chambar».
Darsning tayyorgarlik qismida qo’llaniladigan o’yinlar: «Kosmonavtlar», «Tez o’z o’rniga», «Kun va tun».
Darsning asosiy qismida qo’llaniladigan o’yinlar: «Jami», «Otib qochar», «Qirq tosh».
Darsning yakuniy qismida qo’llaniladigan o’yinlar: «Kim keldi», «Kimni ovozi», «Durra soldi», «Daqiqa», «Momojon yordam bering».
Sport turiga xos harakat malakalarini shakllantirishda qo’llaniladigan o’yinlar: «Qal’a himoyasi», «To’pni qaytar», «Uzatdingmi o’tir», «Quvib yet», «Kun va tun», «O’ylab top»,
Slayd 26
Sog’lomlashtirish maskanlarida o’tkaziladigan o’yinlar:
«Semir pufagim», «Besh tosh», «Keglini urib yiqit», «Insiz quyon».
Qo’shiqlar bilan ijro etiladigan o’yinlar: «Lapkar», «Tez aytish», «Guldurgup», «Oq terakmi, ko’k terak». To’ylarda qo’llaniladigan o’yinlar: «Quloq cho’zma», «Oq suyak», «Xo’roz, it, qo’chqor urushtirish».
Harbiy ko’nikma va malakalarni shakllantiruvchi o’yinlar: «Qorako’z bo’y-bo’y», «Tim», «Urush-urush», «Asir olish».
Xalq sayillari va marosimlarda o’tkaziladigan o’yinlar: «Olamon poyga», «Uloq», «Qiz quvlash», «Cho’nqa shuvoq».
Slayd 27
O’zbek xalq o’yinlarida kasalliklarni davolash uchun va o’rgatish jarayonida keng ko’lamda foydalanish mumkin. Kasallikni oldini olish uchun qo’llaniladigan o’yinlarni o’yinlar bilan kasaldan chiqqan odamda qo’llaniladigan o’yinlarni farqini bilish juda zarur. Chunki ularni jismoniy yuklanishi (nagruzkasi) bir-biridan ajralib turishi darkor. O’rgatish jarayonida esa ko’nikma va malakalarni shakllantirishga muvofiq o’yinlar tanlab beriladi.
Slayd 28
Yuqoridagilarni nazarda tutib o’zbek xalq o’yinlarini quyidagi toifalarga ajratish mumkin:
Harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o’yinlar;
Ruhiy hissiyotlarni rivojlantiruvchi o’yinlar;
Turli yoshdagi bolalar faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar;
Darsni ayrim qismlarida qo’llaniladigan o’yinlar;
Yorug’ va qorong’u sharoitlarda qo’llaniladigan o’yinlar;
Bolalar jinsiga qarab qo’llaniladigan o’yinlar.
Slayd 29
Sport faoliyatida qo’llaniladigan o’yinlar
Hayotiy zarur malakalarni egallashda yordam beruvchi va takomillashtiruvchi o’yinlar
Slayd 30
Ayrim xalq o’yinlarini mohiyati, mazmuni, izohi va ularni jismoniy va ijtimoiy tarbiyadagi ahamiyati.
Endi ba’zi xalq o’yinlaridan misollar keltirib, ularni mohiyatini, mazmuni va tasnifini yoritish maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. G. Jahongirovning ma’lumotlarida Mahmud Qoshg’ariyning bundan 900 yil ilgari «Munguz-munguz» nomli bolalarga mo’ljallangan va ularni xotirasini hamda diqqat e’tiborini mustahkamlovchi xalq o’yinini ta’riflaganini ko’rsatib berilgan. Boshqa ko’pgina mutaxassislarning ma’lumotlarida xalq o’yinlarining jismoniy tarbiyada, ahloqni, og’zaki nutqni takomillashtirishda, sport malakalarini shakllantirishda vosita sifatida qo’llanilgan va ijobiy samaralarning natijalari yoritilgan.
Slayd 31
Ayniqsa quyidagi xalq o’yinlarini jismoniy tarbiyada, institut mashg’ulotlarida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Masalan: «Kes-kes» o’yini barcha sinf o’yinchilari bilan o’ynalishi mumkin. U kundalik hayotda uchraydigan yurish, yugurish, sakrash harakatlarini mujassamlashtirgan bo’lib, tezkorlik, chaqqonlik fazilatlarini tarbiyalaydi. «Qadamtayoq» o’yinida merganlik, chamalash, mo’ljal olish, aniqlik bilan harakat qilish xislatlarini bolalarda o’stiradi.
Slayd 32
«Ko’z bog’log’ich» o’yinida eshitish, sezish a’zolari rivojlanadi. «Dor» o’yini muvozanat saqlashni, sezgirlikni tarbiyalaydi. «Tortishmachoq», «Chillak», «Oq terakmi, ko’k terak» o’yinlari har tomonlama jismoniy va aqliy, mehnat ruhida tarbiyalanishga yordam beradi.
Slayd 33
O‘zbek xalq harakatli o‘yinlari — bolaning hamma jismoniy xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechi- rishning afzalliklari, shart-sharoitlari, tashabbuskorligini oshirish, harakat faoliyatiga bo’lgan tabiiy intilishlarini shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Harakatli o‘yin odamlarga xos faoliyatning qiziqarli shakl- laridan biridir. O‘yin tushunchasi yosh bolaning bajaradigan
Oddiy harakatlaridan tortib, kattalarning o‘zbek jang san’ati, kurash, ko‘pkari va boshqa juda ko‘p sport turlarida amal- ga oshiradigan jismoniy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi.
Slayd 34
Harakatli o‘yinlar muayyan maqsadga erishishga qaratilgan ma’lum qoidalarga amal qilinadigan ongli faoliyatdir. O’yinda, qandaydir moddiy boyliklar ishlab chiqarilmaydi. O‘yinlar shaxs ruhiyatiga ta’sir etuvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mujassam- lasligan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jaravonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat ko’nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirishga va hissiy quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi.
Slayd 35
Harakatli o‘yinlar nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi kishilar hayotida ham muhim o‘rin tutadi. Agar o‘yinlar bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishi, hayotga tayyorlanishi uchun kerak bo’la- digan bo‘lsa, katta yoshdagilar uchun ular bo‘sh vaqtlarini maz- munli va qiziqarli o‘tkazish, hordiq chiqarish, sog‘liqlarini mustah- kamlash, chiniqishlari uchun hissa qo‘shadi. Harakatli o‘yinlarning ustuvorligi va hammabopligi shundaki, ulardan yil davomida, turli shart-sharoitlarda va ishtirokchilar yoshiga qarab mazmunan o‘zgartirilgan hamda tabaqalashtirilgan holda foydalanish mumkin. Ana shu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda xalq harakatli o‘yinlami tarixiy-ijtimoiy nuqtayi nazaridan quyidagicha tasniflash mantiqiy to‘g‘ri bolishi mumkin deb belgilandi.
Slayd 36
Xalq harakatli o’yinlarining mohiyati va tasnifiy xususiyatlari.. O‘yinlaraing tavsifl» O‘yin nima?» yoki «Siz o’yinning nimaligini bilasizmi?», «Qanday o‘yinlar sizga yoqadi?». Darhaqiqat bunday savollar qanchalik ko‘p va g‘alati tuyulmasin, har bir inson «o‘yin»ni o‘zicha talqin qiladi. Yuqoridagi qator savollarga javob topish uchun, awalo, o‘zbek tilida nashr qilingan lug‘atlarga murojaat qilamiz. o’yin motiv natijasida emas, balki shu jarayonning o‘zidan iborat faoliyat turi. Kishilik jamiyati tarixida o‘yin sehrgarlik, diniy marosim va boshqalar bilan qo‘shilib ketgan: sport, harbiy va boshqa mashqlar, san’at (ayniqsa, uning ijro shakllari) bilan uzviy bog‘langan. Bolalar tarbiyasi, ta’limi ham rivojlanishda, ularni kelgusi hayotga psixologik jihatdan tayyorlash vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Slayd 37
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi bilan o‘yinning mazmuni o‘zgaradi, o‘yin faoliyati dastlabki bosqichlarda oddiy bo‘lsa, keyin- chalik u bosqichma-bosqich boyib boradi va murakkablashadi. Milliy kurashda «o‘yin» atamasi polvonlarning bir-birlariga qo‘l silkitib yoki sakrab, yengil harakat qilishlari ma’nosini ang- latadi. «Polvonlar, o‘ynab-o‘ynab olinglar», deganda shu ma’no tushuniladi. «Nima uchun xalq o‘yinlari yoki o‘zbek xalq o‘yinlari» deb ataladi? Buning uchun xalq so‘zining lug‘aviy ma’nosini topishimiz zarur. Demak, yuqoridagi qomuslardan m a’lum bo‘ldiki, xalq so‘zining lug‘aviy ma’nosini tilimizda el, elat, millat, aholi, xaloyiq, olomon, bir guruh kishilar ma’nolarini anglatadi va amalda qo‘llaniladi, bu tilimizdagi rang-baranglikka xos xususiyatdir. Binobarin, «o‘zbek xalqi» iborasi o‘rni kelganda, o‘zbek eli, o‘zbek elati, o‘zbek millati deyilishi mumkin, bu hech qanday til qonun- qoidalariga va mantiqqa zid emas.
Slayd 38
«Xalq» so‘zi atama sifatida o‘zining qat’iy belgilangan ma’no-mohiyatiga ega. Fikrimizning isboti uchun bir necha qiyosiy misollar keltiramiz. O‘zbek xalqi yoki o‘zbek xalq o‘yinlari deganda, O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlar-u mintaqalarda yashovchi barcha o‘zbeklarni yoki o‘zbek xalq o‘yinlarini tushunish kerak. O’zbekiston xalqi yoki O’zbekiston xalqlari o‘yinlari deganda, faqat respublikamizda yashovchi barcha aholini yoki barcha xalqlar o‘yinlarini tushunmoq kerak. Chunki ular orasida o‘zbeklardan tashqari turli xalqlar, fuqaroligi yo‘q yoki fuqarolikdan mahrumetilgan kimsalar, muhojirlar, chet el fuqarolari va shu kabilar ham bolishi tabiiydir. Xullas, O’zbekiston xalqi deganda respublikada yashovchi yalpi aholi yoki o‘zbek xalq o’yinlari deganda faqat o‘zbek xalqiga tegishli bo‘lgan o‘yinlarni tushunmoq joizdir.
Slayd 39
Qadim vaqtlardan beri xalq hayotiy mazmunining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, inaishiy tomonlarini o’zida mujassamlashtirib kelgan narsa – bu o‘zbek xalq o‘ymlari va jismoniy mashqlar edi. Ilk zamonlarda ulaming aksariyati mol boqish, yovvoyi hayvon, qush va baliqlami ovlashga qaratilgandi. Tariximiz ohangraboligini hech qachon yo‘qotmagan. Istiqlolga erishgunga qadar biz xalqimizning juda ko‘p shonli an’analarini boy berdik, lekin an’anaviy xalq o’yinlari va milliy sport turlari batamom yo’qolib ketmadi. Uni xalq o‘z farzandini e’zozlagani kabi avaylab, ishonch ko‘zi ila saqlab keldi. Qanchalik taqiqlashlar, ta’qiblar bo‘lmasin, ular kattalardan kichiklarga, avloddan avlodga o‘tib kelaverdi. Ularni bir yoki bir necha kishi yaratgan emas, uni xalq yaratgan, shuning uchun ham yillar bo‘roniga dosh berib, asrlar osha yashayveradi.
Slayd 40
Ayrim jamoali o‘yinlar yarim sport tavsifiga ega: ular harakat texnikasini, o‘yin usuli bo‘yicha juda murakkab va belgilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi. Ba’zi o‘yinlarda rollarni ixtisos- lashtirish talab qilinadi. Bunday o‘yinlar ayrim manbalarda yarim sportli deb ataladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida xalq o‘yinlarini keng qo’llash, har xil pedagogik vazifalami hal qilish uchun ish sharoitini hdsobga olib, o‘yinlarniing ma’lum belgilari bo‘yicha to‘g‘ri keladi- ganlarini maxsus saralash talab qilinadi. Xalq o‘ymlarini tasniflash bo‘yicha ham turli xil qarash, fikr, yondashishlar mavjud.
Slayd 41
Professor V. G. Yakovlev alohida o‘yin guruhlarini birlashtirib, o‘ynovchilami o‘yindagi o‘zaro munosabatlari va o‘zaro faoliyatlari tamoyillaridan kelib chiqib, jamoali harakatli o‘yinlarni pedagogik tasniflashni tavsiya qiladi, ya’ni jamoali harakatli o‘yinlarni ikkiga ajratadi:
Jamoalami guruhlarga ajratmasdan.
Jamoalami guruhlarga ajratish bilan. Jamoalar guruhlarga ajratilmaydigan harakatli o‘yinlar ikki (o‘yinboshisiz va o‘yinboshi bilan)ga ajratiladi. O’yinboshisiz o‘ynaladigan o’yinlar: o‘z o‘mi va jamoa faoliyatidagi umumiy tartib uchun kurashadi. o’yinboshi belgilangan o‘yinlarda:
O‘yinboshiga qarshi yakka kurash;
Bu o‘zaro qo‘llab-quvvatlash hamda o ‘zaro yordam paytida
Slayd 42
Nazorat savollari:
Umumxalq harakatli o yinlari va milliy harakatlar mohiyati hamda ulaming tarixiy va bugungi ahamiyatini ochib bering.
O’zbekistonda milliy harakatli o‘yin lar qachondan boshlab tiklana boshlandi, ularni shakklanishiga bag’ishlangan qanday tadbirlar qayerlarda o ‘tkazddi va ushbu jarayonlarga kim rahnomlik qildi?
Xalq o yinlari bayrami, To ‘maris o‘yinlari festivali va Alpomish – Barchinoy o’ yinlari haqida ta ’lumotlar bering.
Milliy harakatli o yinlar qanday jismoniy sifatlar, sportga xos ko ‘nikmalar va milliy qadriyatlami shakllantiradi?
Slayd 43
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 44
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANING MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOLCHILAR O‘YIN TEHNIKASINI O‘RGATISH VA TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘zbekistonda basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining umumiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport






Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.