Xalq cholg‘ulari turlari

8000 so'm


Xalq cholg‘ulari turlari

Xalq cholg‘ulari turlari

Fanning maqsadi va vazifasi

Ansambli turlari; ansamblda badiiy ijro etish; musiqaning rivojlanish xususiyatlarini anglash, yakka ijrochilik mahorati ustida ishlash; klassik bastakor va kompozitorlarning yaratgan merosini o‘rganish va ijro etish; chet el musiqa madaniyatining ilg‘or an’analaridan foydalanish haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak.

Cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha tanlagan sozida xalq kuylari, o‘zbek bastakorlarining mashhur asarlarini ijro eta olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak; nota o‘qib ijro etish malakalarini shakllantirish; cholg‘uda mukammal ijro etish bilim va malakalariga ega bo‘lish; o‘rganilayotgan musiqa asarini umumiy tahlil eta bilish; cholg‘uda ansambl va xor jamoasiga jo‘r bo‘la olish malakalarini egallash; cholg‘uda musiqa asarini badiiy ijro va talqin etish ko‘nikmalarini egallay olish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida.

Musiqa san’ati bo‘yicha professional ta’lim hamda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga ega bo‘lgan, kamida 3 ta milliy musiqa cholg‘ularida mahorat bilan kuy ijro eta oladigan mutaxassislarni asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida u yerdagi mehnatga haq to‘lash shartlarini saqlab qolgan holda o‘rindoshlik asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari musiqa fani o‘qituvchisi va musiqa yo‘nalishidagi to‘garak rahbari lavozimiga to‘liq stavkada ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.

Asosiy xalq cholg‘ulari

  • Dutor
  • Do‘mbira
  • Doira
  • Tanbur
  • Rubob
  • G‘ijjak
  • Nay

Fortepiano

Fortepiano (italyancha: forte — kuchli va piano — sekin) — royal va pianinolarning umumiy nomi. XVIII asr boshlarida ixtiro qilingan. Keyinchalik cholg‘uning mexanizmi va shakli ko‘plab ustalar tomonidan takomillashtirilgan. Tovush klavishlarni bosish orqali kigiz qoplangan yog‘och bolg‘achalar bilan torlarga urish natijasida hosil qilinadi. Klavesin va klavikorddan dinamikasi o‘zgaruvchanligi bilan farq qiladi.

Fortepiano uchun ilk asarlarni Gaydn, Motsart, Betxoven va boshqalar ijod qilgan. Fortepiano o‘zining keng ijroiy texnik va ifodaviy imkoniyatlari tufayli Yevropa ko‘p ovozli musiqasida asosiy yakkanavoz va jo‘rnavoz soz sifatida keng o‘rin olgan.

Sitar

Sitar — udga o‘xshash chertib chalinadigan torli cholg‘u asbobi, hind klassik musiqasini ijro etish uchun ishlatiladi. Sitarda 7 ta asosiy tor (5 melodik va 2 burdon) mavjud. Bundan tashqari, “taraf” deb ataluvchi 9–13 ta jarangdor torlar ham bor. Sado beruvchi torlar sitarning o‘ziga xos tovushini yaratadi. Tovushlar ko‘rsatkich barmog‘iga taqiladigan “mizrab” deb nomlangan maxsus mediator yordamida chiqariladi.

Nomi forscha “setar” so‘zidan olingan bo‘lishi mumkin. Sitar Hindistonda XIII asrda paydo bo‘lgan. Rok musiqasida birinchi marta sitorni The Beatles guruhidan Jorj Xarrison 1965 yilda “Norwegian Wood” qo‘shig‘ida ishlatgan.

Skripka

Skripka — torli kamonli musiqa cholg‘u asbobi. Skripkasimon cholg‘ular (alt, violonchel, kontrabas) orasida eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali bo‘yicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Skripkaning klassik shakli XV–XVI asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. Skripkalar simfonik orkestr va ansambllar asosini tashkil qiladi. XVII–XVIII asrlardan boshlab skripka yakkanavozlik san’atida keng rivoj topdi.

Doira

Musiqa sohasida O‘rta Osiyo va Sharq xalqlari qatori o‘zbek usullari, ya’ni ritmik yo‘llari alohida o‘rin egallaydi. Eng ko‘p tarqalgan urma zarbli musiqa asboblaridan biri Doiradir. U O‘zbekiston, Tojikiston, Uyg‘ur xalqlarida keng qo‘llaniladi. Doira shirali ovozga ega va o‘zbek xalq musiqasining muhim qismi hisoblanadi.

Doira ba’zan “Dapp”, “Childirma”, “Chirmanda” deb yuritiladi. Xorazmda dappchi, Buxoroda doiradast, Farg‘onada chirmandachi, Samarqandda esa doirachi deyiladi.

Saksofon

Saksofon — belgiyalik ustasi Adolphe Sax tomonidan ixtiro qilingan. U turli metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Yorqin, kuchli va shirali tovushi bilan jazz musiqasining asosiy cholg‘ularidan biridir. Saksofon damli sozlar orkestri, estrada orkestri, ba’zida simfonik va opera orkestrlari tarkibiga kiradi.

Saksofon yakkanavoz konsert cholg‘usi sifatida ham ishlatiladi. O‘zbekistonga XIX asr oxirida rus harbiy orkestrlari orqali kirib kelgan va bugungi kunda harbiy orkestr hamda estrada jamoalarida qo‘llaniladi.

Balalayka

Balalayka — uch torli, baravar chertib chalinadigan rus xalq cholg‘u asbobi. XVIII asr boshida paydo bo‘lgan va xalq orasida keng tarqalgan. Balalaykadan yakkanavozlik, ansambl va raqs jo‘rnavozligida foydalaniladi. XIX asrda rus musiqachisi V. V. Andreev bu sozning katta va kichik turlarini yaratgan. U asosida rus xalq cholg‘u orkestri shakllangan.

Ijrochilik mahoratini oshirish uchun metodik tavsiyalar

Cholg‘u va fortepiano ijrosi uchun yaratilgan musiqa asarlarini kuzatsak, unda quyidagi o‘xshashliklarni ko‘rish mumkin. Ba’zi asarlarda fortepiano cholg‘uchi (solist)ga jo‘r bo‘ladi, boshqalarida esa cholg‘u bilan fortepiano partiyalari teng va mustaqil xarakterga ega bo‘ladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Barcha musiqa taqdimotlarini ko‘rish →

Xalq cholg‘ulari haqida batafsil ma’lumot — Wikipedia

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Xalq cholg‘ulari turlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar