Voleybolning vujudga kelishi va rivojlanishi
8000 so'm

Slayd 1
Voleybolni vujudga kelishi, uni jahonda va O‘zbekistonda rivojlanishi
Slayd 2
Reja:
Voleybolni vujudga kelishi va uning mazmunini evolyutsion o‘zgarishi, uning rivojlanish bosqichlari
Voleybol bo‘yicha Osiyo va Jahon chempionatlari, Olimpiya o‘yinlari va ushbu musobaqalarda jamoalarning o‘rni
O‘zbekistonda voleybolni rivojlanishi
Slayd 3
Voleybol 1895-yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari, pastor Uilyam J. Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutgan.
Slayd 4
1896-yilda Springfild shahridagi kollej direktori, doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga «voleybol» deb nom berdi. «Voleybol» inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «parvoz qiluvchi to‘p» degan ma’noni bildiradi.
1896-yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi:
Maydon chegaralari 7,6×15,2 m
To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm
To‘pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm
O‘yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo.
Slayd 5
1895–1920-yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. 1920-yildan boshlab maydon o‘lchamlari 9x18m qilib belgilandi.
O‘yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi quyidagicha:
1900-Y. – Kanada, 1906-y. – Kuba, 1909-y. – Puerto-Riko, 1910-y. – Peru, 1917-y. – Braziliya, Urugvay, Meksika, Osiyoda 1908–1913-yillar – Yaponiya, Xitoy, Filippinda, 1914-y. – Angliya, 1917-y. – Fransiya.
Slayd 6
Voleybol 1920–1921-yillarda O‘rta Volga (qozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala boshladi. 1922-yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada voleybol bilan muntazam shug‘ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923-yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ‘ib qila boshladi.
Slayd 7
Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo‘ldi. 1925-yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi.
Jahon voleybol tashkilotlari o‘z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani mukammallashtirish, o‘yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo‘ydilar.
Voleybolni keng ommalasha borishi musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zaruriyatini o‘rtaga tashladi. Jumladan, 1925-yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo‘yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalarini tuzib, tasdiqladi. To‘rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o‘yin 15×7,5 o‘lchamli maydonchada o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Slayd 8
1926-yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o‘tkazildi. 1927-yildan voleybol bo‘yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o‘tkazila boshladi.
Voleybol bo‘yicha ilk adabiyot 1926-yilda paydo bo‘ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S. V. Sisoyev va A. A. Marku edi.
Slayd 9
1928-yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi.
Voleybol taraqqiyotida maktab o‘quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan ko‘pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo‘lib yetishdilar.
Slayd 10
Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo‘lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o‘yinchilar jismoniy tayyorgarligining o‘sishiga olib keldi. Shu davrda o‘yinchilar maydonga to‘pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo‘llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o‘yin tezkor, shiddatli bo‘la boshladi, natijada o‘yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ‘ib qilinishida ko‘pgina madaniyat va istirohat bog‘larining maydonchalarida o‘tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi.
Slayd 11
Slayd 12
30-yillarda Olmoniyada (Germaniya) «Voleybol – rus halq o‘yini» deb nomlangan voleybol bo‘yicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi.
Turli shaharlarning eng kuchli jamoalari orasida birinchiliklar o‘tkazilib turildi. 1931-yilda Xarkovda Moskva, Dnepropetrovsk va maydon egalarining erkak va ayollar jamoalari uchrashdilar. Moskvalik ayollar g‘olib chiqdilar, har uchala erkaklar jamoasi bittadan mag‘lubiyat va g‘alabaga ega bo‘ldilar. Bu uchrashuvlar «tez sur’atli» o‘yinning ahamiyati ancha ortganligini ta’kidladi.
Slayd 13
1932-yildan voleybol barcha nufuzli sport musobaqalarining dasturiga teng huquqli sport turi sifatida kiritildi. Shu sababdan voleybol bo‘yicha mamlakat musobaqalarining har yili muntazam o‘tkazib turilishi haqidagi masala ko‘tarildi.
Voleybol bo‘yicha «Ittifoq» birinchiligi ilk bora Rossiyaning Dnepropetrovsk shahrida 1933-yilning 4–6-aprelida bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Baku, Minsk) va 5 ta erkaklar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk) ishtirok etdi. Aylanma tartibda o‘tkazilgan o‘yinlar ko‘p sonli tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi. Qiziqarlisi, birinchilik tugagach, moskvalik aralash jamoalarning ko‘rgazmali o‘yinlari o‘tkazildi. Har bir jamoa tarkibida 3 ayol va 3 erkak bor edi.
Slayd 14
Voleybol bo‘yicha «Ittifoq» ikkinchi birinchiligi 1934-yilda Moskvada o‘tkazildi. Unda tarkibida 9 kishilik ayollar va erkaklar jamoalari qatnashdilar. Mamlakat maydonida endi Leningrad, Sverdlovsk, Gorkiy, Rostov, Toshkent jamoalari paydo bo‘ldi. Shu yilning oxiridayoq Moskva terma jamoasi Uzoq Sharq safariga chiqib, Vladivostok, Chita, Ulan-Ude, Novosibirsk va Tyumenda ko‘rgazmali uchrashuvlar o‘tkazdilar. Bu esa, shubhasiz voleybolning Uzoq Sharq va O‘rta Osiyoda keng tarqalishiga sharoit yaratdi.
Slayd 15
Yoshlar orasida voleybolni ommalashishiga qattiq turtki bo‘lgan hodisa 1935-yilning avgustida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilarining «Butunittifoq» birinchiligi hisoblanadi. 12 Shahar va viloyat jamoalari ishtirok etgan bu musobaqalarning birinchi bosqichi chiqib ketish tartibida, yakunlovchi (final) o‘yinlar esa aylanma tartibda o‘tkazildi. Har bir shahar jamoasi uchun uch jamoa: katta va kichik yoshdagi yigitlar hamda katta yoshdagi qizlar qatnashdi.
Slayd 16
1935-yil o‘yinchilarning halqaro uchrashuvlarda birinchi bor kuch sinashib ko‘rganligi tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Toshkentda va Moskvada voleybolchilarimizning Afg‘oniston jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin afg‘on qoidalari asosida o‘tkazilganligiga qaramay (jamoada 9 o‘yinchi bor edi, o‘yin 22 ochkogacha davom etdi, o‘yinchilar maydonda joy almashmadilar) mamlakat voleybolchilari osongina g‘oliblikka erishdilar.
1936-yilning eng ommaviy o‘yinlaridan biri Vssps Kubogi uchun 100 dan ortiq jamoa bilan o‘tgan musobaqalar bo‘ldi. Kubokni Moskvaning ayollar va erkaklar jamoasi «Medik» qo‘lga kiritdi.
Voleybolning texnika va taktikasigina emas, musobaqa qoidalari ham o‘zgarishda davom etdi, ya’ni 1935-yilda erkaklar uchun to‘rning balandligi 2 m 45 sm ga ko‘tarildi, 1937-yildan esa ayollar uchun to‘rning balandligi 2 m 25 sm bo‘ldi. Maydonchada hujum chizig‘i belgilandi va old hamda orqa chiziq o‘yinchilari degan tushuncha paydo bo‘ldi, bu esa alohida o‘yin ixlosmandlarining harakatlarini chegaralab qo‘ydi. Shu yildayoq o‘yinga to‘p kiritish joyi maydonchaning orqa va o‘ng qismidan 3 m qilib belgilandi. Sababidan qat’i nazar, o‘yinchilarni almashtirishga ruxsat berildi (ilgari almashtirishga faqat baxtsiz hodisalardan keyin yo‘l berilardi).
Slayd 17
1938-yilda «Ittifoq» birinchiliklarini o‘tkazish qoidalarida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu yilning birinchiliklari yozgi maydonlarda sport jamiyatlari jamoalari orasida o‘tkazildi. Dastlabki o‘yinlar «Ittifoqning» turli shaharlarida o‘tdi, yakuniy o‘yin esa Moskvada bo‘ldi. Birinchilik ko‘pgina yangi jamoalarni o‘ziga jalb etdi va hamma yerda voleybol taraqqiyotiga jonlanish olib kirdi.
Slayd 18
Murabbiylar va o‘yinchilarning texnika va taktika sohasidagi izlanishlari davom etaverdi. Hujumning ahamiyati ortib borayotganligi bilan bog‘liq ravishda jamoalarni 6 nafar hujumchidan iborat qilib shakllantirishga urinishlar bo‘ldi. O‘yinga yon tomon bilan kuchli to‘p kiritish katta ahamiyat kasb etdi. Yakka to‘siq qo‘yish sifatini oshirgan holda ayrim jamoalar guruh bo‘lib to‘siq qo‘yishga o‘tdilar.
Slayd 19
Ikkinchi jahon urushi ko‘pgina mamlakatlarda voleybolning taraqqiyotini to‘xtatib qo‘ydi. Ko‘pgina sportchilar frontga ketdilar. Ammo joylarda sport hayoti butunlay «to‘xtab» qolgani yo‘q. Bu davrda voleybol harbiy qismlarga kirib bordi. 1943-yildayoq front orqasidagi voleybol maydonchalariga jon kirdi. Shu yili Moskva va boshqa shaharlarning birinchiliklari o‘tkazildi. 1945-yilda voleybol bo‘yicha musobaqalar Moskva, Leningrad, Boku, Tbilisi shaharlarida bo‘lib o‘tdi. To‘garaklarda o‘quv-mashg‘ulot ishlari muntazam ravishda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Yetakchi mutaxassislar urushgacha bo‘lgan davr tajribasini umumlashtirdilar. Jamoaning hujumchilik harakatlarini jadal amalga oshirishga katta e’tibor berildi.
Slayd 20
Texnika va taktikada keskin o‘zgarishlar bo‘ldi – birinchi to‘p uzatish yoki birinchi uzatilgan to‘pdan hujum qilish keng qo‘llana boshladi. Guruhli to‘siq qo‘yish, kuchli to‘p kiritishlarning kam ishlatilishini esa asosiy kamchiliklar qatoriga kiritish mumkin.
1947-yili «Ittifoq» terma jamoasi halqaro doiraga chiqishi bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. Pragada bo‘lgan demokratik yoshlarning birinchi Halqaro festivalida voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi va ularda Chexoslovakiyaning yosh jamoasi, Yugoslaviya hamda Leningrad terma jamoalari qatnashdi. Chexoslovakiya terma jamoasi uchrashuvda qattiq qarshilikka duch keldi. «Ittifoq» voleybolchilari shu uchrashuvda ustun chiqdilar va demokratik yoshlarning Halqaro festivali g‘olibi bo‘ldilar. Chexlar bilan bo‘lgan uchrashuvda terma «voleybolchilari» birinchi bor «shamsimon» to‘p kiritish vaziyatiga to‘qnash keldilar.
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining umumiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.