Voleybolda o’yin taktikasiga o’rgatish
8000 so'm

Slayd 1
O’yin taktikasiga o’rgatish volleybol
Slayd 2
Reja:
Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish
To’p kiritish. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar
Hujumda qo’llaniladigan jamoa taktik harakatlariga o’rgatish
Himoyada qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish
Guruhli taktik harakatlarga o’rgatish
Slayd 3
O’yin malakalari texnikasiga o’rgatishda shu malakalarni (to’p qabul qilish va uzatish, to’p kiritish, zarba berish, to’siq qo’yish) muayyan taktik maqsadda amalga oshirilishiga urg’u berilishi lozim.
O’yin taktikasiga o’rgatish jarayoni ham o’yin texnikasini o’zlashtirishda qo’llaniladigan uslublar, vositalar (texnik va taktik mashqlar ustunligida), bosqichlar va pedagogik prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Slayd 4
To’p kirituvchi voleybolchi orqa chiziq ortida joylashadi, qarshi maydonchada 6 o’yinchi joylashadi. To’p kirituvchi turli zonalarga turli usullarda navbatma-navbat to’p kiritadi. Qarshi maydonchada joylashgan qaysi bir o’yinchi qo’lini ko’tarsa shu o’yinchiga to’p uriladi (kiritiladi): ikki o’yinchi o’rtasiga to’p kiritiladi; bir gal maydonni oldi qismiga, bir gal orqa qismiga to’p kiritiladi; bog’lovchiga to’p kiritiladi; asosiy hujumchiga to’p kiritiladi; endi o’yinchi almashtirgan o’yinchiga to’p kiritiladi va h. k.
Slayd 5
Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish
To’p uzatish. Tayyorlov mashqlari:
Ko’rsatmaga (signalga) binoan: harakatlanish vaqtida turli usullarda tezlanishlar: tezlanishlar davomida turli usulda (sakrab, hatlab, sirpanib va hokazo) to’xtash; harakatlanish turini o’zgartirish; harakatlanish va tezlanish yo’nalishini o’zgartirish; harakatlanish tezligini o’zgartirish.
Slayd 6
Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish
To’p uzatish. Tayyorlov mashqlari:
Shu mashqlar (harakatlanish va tezlanishlar)ni turli usullarda to’ldirma to’pni ilib olish va otish (uzatish) bilan bajarish; ko’rsatma (signal) bo’yicha to’p uzatish yo’nalishini tanlash.
Slayd 7
Hujumda qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish
To’p uzatish. Tayyorlov mashqlari:
To’ldirma to’pni o’z ustiga tashlab, o’z sheriklari harakatlarini kuzatish; sheriklarini hatti-harakatiga qarab, to’pni o’z ustiga yoki sherigiga tashlash balandligini, yo’nalishini va tezligini o’zgartirish; bo’sh joyga yoki kutilmaganda sherigiga to’pni tashlash.
Slayd 8
Yo’ndashtiruvchi mashqlar. Shug’ullanuvchilar tayyorlov mashqlarini mukammal o’zlashtirganlaridan so’ng yuqorida qayd etilgan mashqlarga maxsus ko’rsatma (signal) yoki turli vaziyatlarga nisbatan harakatlanish turini tanlash elementlari kiritiladi. Bunday mashqlar qo’llashda «oddiydan murakkabga» prinsipida ijro etilishi lozim.
Harakatlanishdan so’ng osilgan to’pni uzatish: yuqoriga-oldinga, o’z ustiga, orqaga uzatish yo’nalishini tanlash signalga asosan amalga oshiriladi.
Berilgan signalga binoan to’pni o’z ustiga tashlab, uni yuqoriga-oldinga yoki orqaga uzatish. Bu mashqlar tayanch holatda va sakrab ijro etiladi.
Slayd 9
Turli usullarda harakatlanish vaqtida quyidagi elementlarni taqlid qilish: ko’rsatma (signal) bo’yicha «ikkinchi» to’pni uzatish – bu mashq maydonda joylashgan holda va sakrab ijro etiladi: pastdan to’p qabul qilish, zarba berish.
Slayd 10
O’yinchi 6 (5,l)-zonada joylashadi, uning sheriklari(hujumchilar) 4,2-zonalarda, bog’lovchi (to’p uzatib beruvchi) 3-zonadajoylashadilar. Raqib o’yinchi qarshi maydondan, to’r ustidan o’zitashlagan to’pni ikki qo’l bilan uzatib, tayanch holatdan yoki sakrabzarba bilan 6-zonaga yo’llaydi.
Qayd etilgan mashqlar qarshi maydonda joylashgan 2 ta to’siq qo’yuvchi o’yinchilar ishtirokida bajariladi.
Slayd 11
Aynan shu mashqlar 3 ta to’siq qo’yuvchi o’yinchilar ishtirokida bajariladi.
«Birinchi» to’pni uzatuvchi o’yinga 6,5,1-zonalarda joylashadi. Qarshi maydondan to’p turli tezlikda, balandlikda va yo’nalishda favqulodda uzatiladi. Bog’lovchi o’yinchi navbatma-navbat 1,6,5-zonalardan to’p oldidagi zonalarga (2,3,4) chiqadi. 6,5,1-Zonalarda (galma-gal) o’yinchi «birinchi» to’pni bog’lovchi o’yiniga aniq va sifatli uzatadi.
Slayd 12
To’p kiritish. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
Juftlikda: bir o’yinchiga gandbol to’pi, u ma’lum signalgabinoan to’pni bir qo’l bilan pastdan (pastdan to’p kiritish), yuqoridan,yon tomon bilan sherigiga uzatadi. Shu mashq orqa chiziqdan to’rustidan to’p kiritish asosida bajariladi.
Slayd 13
Taktikaga oid mashqlar. Taktikaga oid mashqlarning asosiy maqsadi – raqibni taktik rejasini «buzish», to’p qabul qilishni qiyinlashtirish va ochko olish niyatida voleybolchini to’p kiritish usuUari, tezligi va yo’nalishini tanlashga o’rgatishdan iborat. To’p kirituvchi voleybolchi orqa chiziq ortida joylashadi, qarshi maydonchada 6 o’yinchi joylashadi. To’p kirituvchi turli zonalarga turli usullarda navbatma-navbat to’p kiritadi.
Slayd 14
Hujum zarbalari. Tayyorlov mashqlari.
1 Kg.li to’ldirma to’pni qo’lda ushlagan holda signal bo’yicha yuqoriga sakrash va qo’ldagi to’pni boshni orqasidan oldinga-pastga va oldinga-yuqoriga keskin uloqtirish.
Shu mashq, faqat to’r ustidan.
Shu mashq, faqat yugurib kelib, tp’g’ri yo’nalishda va gavdani burib, to’pni to’r ustidan tashlash.
Slayd 15
Yondoshtiruvchi mashqlar.
Signalbo’yicha tennis to’pini sakrab o’ng va chap qo’l bilan to’rustidan uloqtirish.
Gandbol to’pini sakrab, qarshi tomondagi to’siq qo’yuvchifo’Uariga urib; chetga chiqarish; to’siq yonidan chalg’itib tashlash;to’siq ustidan chalg’itib tashlash.
Slayd 16
Shu mashq, faqat 3 ta to’siq qo’yuvchi qarshiligida ijro etiladi. Taktikaga oid mashqlar. 1 Ta harakatlanmaydigan to’siq
Qarshiligida to’pni to’siqqa tekkizmasdan zarba berish; to’siq yonidan to’pni chalg’itib tashlash; to’siq ustidan chalg’itib tashlash; sakrash elementini taqlid qilib (oyoqni yerdan uzmasdan), ikkinchi marta depsinib, sakrab zarba berish.
Slayd 17
Hujumda ijro etiladigan guruhli taktik harakatlarga o’rgatish.
«Birinchi» to’p uzatishda qo’llaniladigan tayyorlov va yondashtiruvchi mashqlar.
Shug’ullanuvchilar 4,3,2-zonalarda hujum chizig’i bo’ylab joylashadilar. 4-Zonada turgan o’yinchi qo’Iida to’ldirma to’p bo’ladi, u
O’z ustiga to’pni irg’itadi. Shu vaqtda uning qolgan ikki sherigidan bin to’r oldiga chiqadi.
4-Zonadagi o’yinchi o’z ustiga: irg’itgan to’pni ilib olgandan so’ng, to’pni to’r oldiga chiqqan o’yinchiga tashlaydi.
Slayd 18
1 Ta o’yinchi orqa zonada to’pni qabul qilish joyida, uchtasi 4,3,2-zonalarda joylashadi. Qarshi maydonchada turgan o’yinchito’ldirma to’pni to’r ustidan qarama-qarshi tomonga tashlaydi. Shuvaqtda to’r oldida turgan uch o’yinchidan bin to’pga chiqadi. To’pni ilibolgandan so’ng, uni to’r ustidan yana qaytaradi
Shu mashq, faqat voleybol to’pi bilan ijro etiladi. Taktikaga oid mashqlar. Mashqlarning asosiy yo’nalishi – o’yin
Vaziyatiga mos holda harakat usulini tanlashdan iborat.
Slayd 19
«Ikkinchi» to’pni uzatishda tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
Bunday mashqlar to’ldirma to’p (uloqtirish va ilib olish) yoki voleybol to’pi (o’z ustiga irg’itganidan so’ng to’pni uzatish)dan foydalangan holda bajariladi.
Taktikaga oid mashqlar. Ushbu mashqlarni texnikaga oid mashqlardan farqi shuki, bunda ijro etiladigan mashqlar turli o’yin vaziyatlariga binoan joy tanlash va harakat usulini tanlash bilan bog’Iiqligidir. Taktik vazifalar asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Slayd 20
Taktik mashqlar to’siqsiz va to’siqlar ishtirokida bajariladi.
«Birinchi» va «ikkinchi» to’p uzatish elementlarini birga qo’shgan holda taktik mashqlarni qo’llashda ham tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid mashqlardan foydalaniladi.
Hujumda qo’llaniladigan guruhli taktik mashqlar to’siqlar ishtirokida o’zlashtiriladi. Bunda favqulodda ro’y beradigan turli o’yin vaziyatlari yaratiladi. Taktik mashqlar turli signallar (tovush, qarsak, ko’rsatma, buyruq, ishora) asosida amalga oshiriladi.
Slayd 21
Hujumda qo’llaniladigan jamoa taktik harakatlariga o’rgatish
O’rgatish jarayonida jamoa taktik harakatlari pirovard maqsad qilib olinadi.
Hujumda qo’llaniladigan jamoa taktik harakatlarining samara-dorligi yakka va guruhli taktik harakatlar samaradorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun:
Dastawal jamoani qaysi taktik tizim bo’yicha o’ynashi aniqlanadi;
Shu asosda eng samarali guruhli taktik harakatlar tanlanadi;
Keyingi bosqichda yakka taktik harakatlarga o’yin vaziyatini yakunlovchi elementi sifatida ustuvorlik beriladi.
Slayd 22
Hujumda qo’llaniladigan jamoa taktik harakatlariga o’rgatishda avvalambor o’yinni oldingi chiziq o’yinchi (uzatuvchi)si orqali uyushtirish tizimi so’nggi bosqichda o’zlashtirilishi tavsiya etiladi.
Jamoa taktik harakatlariga o’rgatish 6 o’yinchi – «jamoa“ ishtirokida tashkil etiladi.
Hujumda qo’llaniladigan jamoa taktik harakatlariga o’rgatishda ham tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid mashqlar qo’llaniladi.
Slayd 23
Jamoa taktik harakatlari voleybol maketlarida fishkalarni turli taktik rejalar va tizimlar bo’yicha joylashtirish, ularni turli o’yin vaziyatlarini yuzaga keltirgan holda to’g’ri joylashtirish vazifalarini hal qilish orqali nazariy (taktik fikrlash) jihatdan o’zlashtiriladi. Bundan tashqari, mashg’ulotlarda turli jamoa taktik harakatlarini maydonda taqlid qilish, to’ldirma to’p, gandbol to’pi, tennis to’pi va voleybol to’pi yordamida jamoa oldiga qo’yilgan turli taktik vazifalar hal etiladi.
Slayd 24
Himoyada qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarga o’rgatish
Himoyada qo’llaniladigan yakka taktik harakatlarning asosiy maqsadi – raqib jamoa o’yinchilari xatti-harakatini kuzatish va aniqlash, to’p kiritishdan, hujum zarbasidan, to’siqdan qaytgan to’plarni «olish» uchun joy tanlash va ularni yo’nalishiga qarab, o’z vaqtida zarur joyga yetib kelish, eng maqbul himoya usulini tanlash, qo’riqlash (straxovka) joyini bilish va shunga asosan harakat qilish, zarba yo’nalishini oldindan payqab olish va to’siq qo’yishdan iborat.
Slayd 25
Joy va to’pni qabul qilish usulini tanlash. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
Oldingi (hujum zonalari) chiziq atrofida ikki hujumchi bir-biriga to’ldirma to’pni tashlaydi, kutilmaganda ularning biri sakrab to’pni to’r ortiga irg’itadi. Qarshi maydonchada turgan ikki himoyachi o’z vaqtida joy tanlab, to’pni ilib olishi lozim.
To’pni pastdan ikki qo’llab, yuqoridan ikki qo’llab, pastdan bir qo’llab yiqilib, to’pni qabul qilish uchun 2 ta yoki 3 ta to’p turli balandlikka osilib qo’yiladi. Maxsus signal bo’yicha o’yinchi u yoki bu qabul usulini bajaradi.
Slayd 26
Taktikaga oid mashqlar.
Murabbiy (yoki biror shug’ullanuvchi) yuqoridan yoki pastdan (aniq yoki kuchli) to’p kiritadi. Qabul qiluvchi oldindan to’p kiritish usuli va yo’nalishini payqab joy tanlaydi. Murabbiy o’z ustiga to’p tashlab, to’r ustidan hujum zarbasi yoki chalg’ituvchi to’p tashlash usulini bajaradi. Himoyachi o’yinchi oldindan hujum usulini payqab, qo’riqlashga chiqadi.
Slayd 27
Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
Hujumchi to’r oldida harakatlanib, kutilmagan holda to’xtab turli yo’nalishda hujum zarbasini taqlid qiladi. To’siq qo’yuvchi o’yinchi to’g’ri joy tanlab, sakrab zarbaga to’siq qo’yishni taqlid qiladi.
O’rindiqda turib to’siq qo’yish. To’siq qo’yuvchi o’yinchiqo’llariga boks qo’lqop (lapa) kiygizilgan. Qarshi maydonning 4,3,2-zonalaridan to’siqchiga qarab paralon to’p tashlanadi. To’siq qo’yuvchio’yinchi qaysi zonadan to’p tashlanishini bilmaydi.
Slayd 28
Taktikaga oid mashqlar.
Ko’rsatma berilgan yo’nalishda ijro etiladigan hujum zarbasiga to’siq qo’yish; turli zonalardan (ko’rsatma bo’yicha) berilgan zarbaga to’siq qo’yish.
Bir zona turli usulda ijro etiladigan hujum zarbalariga (to’g’ri yo’nalishda-diagonal, gavdani o’ngga va chapga burib, yonlama, «zaif» qo’l bilan) to’siq qo’yish.
Shu mashq, faqat boshqa zonalardan ijro etiladigan hujumzarbasiga to’siq qo’yish.
Slayd 29
Guruhli taktik harakatlarga o’rgatish
Orqa chiziq o’yinchilarining o’zaro harakati. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar o’z xususiyatlari bo’yicha bir-biriga o’xshash bo’ladi. Masalan, to’ldirma to’pni o’yinchilar bir-biriga uzatib ilish mashqi voleybol to’pi bilan bajariladi; voleybol to’pini awal o’z ustiga irg’itib, so’ng to’p uzatish. Bu mashqlarni ijro etishda texnika va taktikaga urg’u berilishi lozim.
Slayd 30
Taktikaga oid mashqlar. Misol: o’yinchilar 1,6,5-zonalarda joylashadi; 4(3,2)-zonada turgan o’yinchilar hujum zarbasi yoki «chalg’ituvchi» zarba bajaradilar. To’p yo’naltirilgan joydagi o’yinchi joy tanlaydi va qabul qilish usulini aniqlab, qabulni bajaradi. «Qo’shni» o’yinchi «qo’riqlashda» ishtirok etadi.
Slayd 31
Oldingi chiziq o’yinchilarining o’zaro harakati. Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. Yakka to’siq qo’yish bo’yicha qo’llanilgan mashqlar bajariladi, lekin uch o’yinchidan ikkitasi guruhli to’siq qo’yadi.
Taktikaga oid mashqlar.
Bog’lovchi o’yinchi uzatgan to’pdan 4,3,2-zonalarda hujum zarbasi bajariladi. Qaysi zonadan va qaysi yo’nalishda zarba berilishiga qarab 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o’yinchilar to’siq qo’yadi. To’siqdan bo’sh o’yinchi «qo’riqlashda» ishtirok etadi. Zarba yo’nalishi oldindan ma’lum.
Ma’lum mashq, faqat zarba yo’nalishi noma’lum holdabajariladi.
Shu mashq, faqat to’p uzatish 3-zonadan ijro etiladi. Qaysizonaga (4 yoki 2-zona) to’p uzatilsa, shu zonadan berilgan zarbaga 2 va3 yoki 4 va 3-zonadagi o’yinchilar to’siq qo’yadi.
Slayd 32
Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar.
Yuqorida qayd etilgan ushbu turdagi mashqlar oldingi va orqa chiziq o’yinchilarining o’zaro harakatlarini shakllantirishda ham qo’llaniladi. Lekin bunda asosan mashqlarning texnikasi va taktikasiga ko’proq e’tibor qaratiladi.
Taktikaga oid mashqlar. Misol: signalga binoan 3-zonadan 4 yoki 2-zonaga uzatilgan to’pga zarba beriladi, muvofiq ravishda 2 va 3 yoki 4 va 3-zonadagi o’yinchilar to’siq qo’yadi. Vaziyatga qarab (to’pni uzoq yaqinligi va yo’nalishi) 1 va 5-zonadagi o’yinchilar to’pni «qo’riqlaydi».
Slayd 33
Jamoa taktik harakatlariga o’rgatish
To’p kiritishda o’yinchilarni joylashishi.
Kiritilgan to’pni muvafaqqiyatli qabul qilish uchun o’yinchilarni maydonda joylashishi holati muhim ahamiyat kasb etadi.
Maydonda o’yinchilarni joylashishi usulini tanlashda quyidagilar e’tiborga olinishi lozim:
Joylashishda musobaqa qoidasiga rioya qilish;
Ko’rsatma bo’yicha jamoa va guruh qanday taktik tizimniqo’llashini e’tiborga olish; qaysi o’yinchi va qanday mahoratga egao’yinchi to’p kiritilayotganligi;
Slayd 34
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 35
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BАSKETBОL HAQIDA UMUMIY TAVSIF mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
O‘RTA ASRLAR (V-XVII ASRLAR) VA YANGI DAVRDA CHET EL MAMLAKATLARIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORT (XVIII-XIX ASRLAR) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.