Voleybol o‘yin texnikasi asoslari
8000 so'm

Slayd 1
Voleybol o‘yin texnikasi
Slayd 2
Reja:
Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar
To‘p uzatishni va o’yinga kiritishni o’rgatish
Hujum zarbalarini va to’pni qabul qilishni o’rgatish
To‘siq qo‘yishni o’rgatish
Slayd 3
O’yin texnikasining tasnifi
«Texnika» atamasi yunoncha (tehnus) so‘z bo‘lib, juda keng ma’noda foydalaniladi va o‘zbek tilida «san’at» tushunchasini anglatadi.
O’yin texnikasini tasniflash – bu ma’lum belgilar asosida uning hamma usul, malakalarini bo’limlar va guruhlar bo’yicha teng huquqni taqsimlashidir.
Slayd 4
O’yin texnikasining tasnifi
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor, sovutgich, soat va hokazo), ularning texnik pasporti mavjud bo‘lib, unda mazkur vositaning texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari berilgan bo‘ladi. Sportda ham muayyan harakat malakasining o‘ziga xos texnik ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va uni ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir
Slayd 5
O’yin texnikasi asoslari
O’yin texnikasi – bu musobaqaning aniq vazifalarini muvaffaqiyatliroq hal qilishga imkoniyat beradigan usullar yig’indisidir. «Texnika usuli» termini ostida, deyarli bir xil o’yin topshirig’ini bajarishga yo’naltirilgan va tuzilishi bo’yicha o’xshash bo’lgan harakatlar sistemasi tushuniladi. U yoki bu usul qo’llaniladigan shart-sharoitlarning xilma-xilligi har bir usulni bajarish uslublarining shakllanishi va takomillashishiga qiziqishni kuchaytiradi.
Slayd 6
Hujum va himoya texnikasi
Hujum texnikasida – maydonda to’psiz harakat qilish texnikasi va to’p bilan bajariladigan harakatlar texnikasi
Himoya texnikasida – maydonda harakat qilish texnikasi va to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasida ajralib chiqadi.
Slayd 7
Hujum zarbasini berish va to‘siq qo‘yishda – baland, o‘yinga kiritilgan to‘pni qabul qilishda – o‘rta, hujum zarbasini yoki to‘siqdan pastlab qaytgan to‘pni qabul qilishda – past holatlar egallanadi. Bunda uom (umumiy og‘irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘yinchining bo‘yi va uning koordinatsion qobiliyati uomga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo‘lishi kerakki, bunda uom tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin.
Slayd 8
To‘p uzatish
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To‘pni: tayanch holatdan ikki qo‘llab, sakrab ikki qo‘llab, sakrab bir qo‘llab, orqaga yiqilib turib ikki qo‘llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Slayd 9
To‘p kiritish
Bu texnik usul orqali to‘p o‘yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy maqsadi to‘pni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vositasi bo‘lib hisoblanadi. To‘pni kiritish dastlabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (to‘pni tashlash, qo‘lni silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (qo‘lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat.
Voleybolda pastdan to‘g‘ri, yuqoridan to‘g‘ri, yondan yuqoridan va sakrab to‘g‘ri to‘p kiritish usullari mavjud.
Slayd 10
Pastdan ikki qo’llab to’pni qabul qilish
Hozirgi zamon voleybolida to‘pni qabul qilishning quyidagi usullari va variantlari mavjud: pastdan ikki qo‘llab (juda kam hollarda bir qo‘l bilan); yuqoridan ikki qo‘llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo‘llab pastdan; oldinga ko‘krak-qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo‘llab pastdan.
To‘pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo‘llar bilan oldinga-yuqoriga harakat qilinadi. To‘pga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak emas. Bunda qo‘llar to‘p tomon yaqinlashtirilib, uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni bukib-yozish bilan to‘pga kerakli yo‘nalish beriladi.
Slayd 11
Hujum zarbalari
Hujum zarbasi – jamoaning hujum harakatini yakunlovchi samarali usul hisoblanadi. Bu harakatlar to‘rning yuqori qismidan balandda amalga oshiriladi. Chunki undan pastroqda amalga oshirilgan hujum harakatlarining samarasi juda pastdir.
Slayd 12
To‘siq qo‘yish
To‘siq – raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng asosiy usuli hisoblanadi. Texnik nuqtayi nazardan to‘siq qo‘yish eng qiyin o‘yin elementlaridan sanaladi. To‘siq qo‘yish elementini yuqori darajada egallash bilan o‘yinchi qarshi hujumni uyushtirish, to‘siqdan so‘ng qimmatli ochkolarni yutish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BADMINTON SPORT TURNING KELIB CHIQISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tayyorgarlik sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ERKIN KURASHNING TARIXIY ILDIZI VA TURLI TARIXIY DAVRLARDA TARAQQIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YININING KELIB CHIQISHI, VA RIVOJLANISHI TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 48 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
BАSKETBОL HAQIDA UMUMIY TAVSIF mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining umumiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Voleybol o‘yini texnikasi va hakamlik qilish qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING UMUMIY TAVSIFI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.