Voleybol nazariy tayyorgarlik qoidalari texnikasi
8000 so'm

Slayd 1
Voleybolga nazariy tayyorgarlik
Slayd 2
Reja:
Voleybol o’yinining dastlabki qoidalari
O’yin texnikasi
O’yin texnikasining tasnifi
Hujum texnikasi
Slayd 3
Voleybol o’yinining dastlabki rasmiy o’yin qoldalari 1897 yilda Amerikalik doktor A. Xoisted rahbarligida ishlab chiqilgan. Mazkur qoidalarni ayrim bandlari quyidagilardan iborat bo’lgan:
Maydonchaning o’khami 7,6 x 16,1 m;
To’rning balandligi 198 sm;
To’pning og’irligi 340 g;
O’yinchilar tarkibi chegaralanmagan;
To’p o’yinga maydonchani o’ng tashqi qismida joylashgan 1×1 metrli to’rtburchak shakldagi joydan bir oyoqda turib kiritilgan va hokazo
Voleybolning borgan sari ommaviylasha borishi va ishtirokchliarning o’yin mahorati shakllana borishi bilan bir qatorda musobaqa qoidalari ham o’zgarib, takomillashib borgan.
1900 yil – hisob 21 ochkogacha, to’rning balandligi 213 sm;
1912 yil – maydoncha 10,6 x 18,2 m, to’r – 228 sm;
1917yil -hisob 15 ochkogacha, to’rning balanliigi 243sm;
1918 yil – o’yinchilar soni bir jamoada – 6 ta;
1922 yil – to’pni faqat 3 marta o’ynash, maydoncha 9,1 x 18,2 m;
1925 yil – to’p 66-69 sm, og’irligi 275-285 g, maydoncha 9 x 18 m;
1934 yil – to’r ayollar uchun 224 sm
Zamonaviy voleybol musobaqaning qoidalari haqida qisqacha ma’lumotlar:
Maydoncha 9 xl8 m, chiziqlar kengiigi 5 sm;
O’yin maydonini chegaralovchi antennalarning balandligi 180 sm;
To’rning balanligi erkaklar uchun 243 sm, ayollar uchun 224 sm;
To’pni aylana uzunligi 66±1 sm, diametri 21±0,3 sm, og’irligi 270±10g;
Har partiyada 6 o’yinchi almashinuviga ruhsat beriladi. Asosiy o’yinchi 1 marta almashtirilishi va qaytib o’yinga tushishi mumkin;
O’yin 3 yoki 5 partiyadan iborat bo’ladi;
Har partiyada hisob 15 gacha, agar 15:15 bo’lib qolsa eng yuqori hisob 17 ochkogacha davom etadi. Hal qiluvchi partiya taymbreyk tarzida o’tadi, hisob toki 2 ochko farq qilguncha davom etadi
Slayd 4
O’yin to’xtatiladi va xato e’lon qilinadi:
To’p kiritishda:chiziq bosilsa, to’pni irg’itmasdan o’yinga kiritilsa, to’p kiritish navbati buzilsa, to’p to’rga yoki begona
Predmetlarga tegsa, to’p kiritish jarayoni 5 soniyadan ortsa;
To’p uzatish va qabul qilishda: to’p bir vaqtni o’zida yoki ketma-ket bir o’yinchi tomonidan 2 marta o’ynalsa, ilib uzatilsa, yoki qabul qilinsa, bir jamoa o’yinchilari (to’siqdan tashqari) 3 martadan ortiq to’p bilan harakat qilsalar;
Zarba va to’siq qo’yishda: o’yinchi to’rga tegib ketsa, o’rta chiziqdan o’tib ketsa, to’pni ilib o’ynalsa, to’p antennadan tashqari yoki antennaga tegib ketsa, raqib tomondagi to’p o’ynalsa.
Qoidalar rasmiy holda to’liq 1946 yilda joriy etilgan, lekin 1951 yilga kelib Marselda Fivb Kongressi tomonidan tasdiqlandi.
1947 yil – erkaklar o’rtasida o’yin 5 partiyadan iborat
1950 yil – ayollar o’yini 5 partiyadan iborat
1952 yil – tanaffus 1 partiyada 2 marta
1957 yil – tanaffus 1 min. Dan 30 sek. Gacha qisqaradi
1961 yil – o’yinchini almashtirish 6 taga oshdi
1965 yil – to’siq qo’yuvchi qayta o’ynashi (to’pga tegishi) mumkin, u qo’llarini raqib tomoniga o’tkazishi mumkin
1970 yil – antenna 180 sm
1976 yil – kiritilgan to’pga to’siq qo’yish
Hozir to’pni og’irligi 270±10g, doiraviy uzunligi 66+1 sm
1980 yil – to’p ichidagi bosim R=0,4 – 0,45 kg/sm2
1984 yil – to’pni qabul qilishda tanani beldan baland joyi bilan bir necha bor «tegish» mumkin, to’p o’yinga kiritilayotganda uni to’sish bekor qilinadi.
1988 yil – eng yuqori hisob 17 gacha, hal etuvchi partiya taymbreyk tarzida ochkolar soni 2 ta farq bo’lguncha davom etadi,
1992 yil – to’p tanani tizzadan yuqori barcha joyiga tegishi mumkin.
1998 yil – to’p tanani barcha joyiga tegishi mumkin; hisob 25 gacha, 5 partiyada 15 gacha; har partiyada hisob 8 va 16 bo’lganda 2 ta bir daqiqadan texnik tanaffus beriladi; shundan so’ng jamoalar 2 martadan 30 sek. Tanaffus-olishlari mumkin; to’p kiritish 9 metr (o’rta chiziq kengligida) oralig’ida ijro etilishi mumkin; «Libero» o’yinchisi joriy etildi.
Slayd 5
2008 yil – to’pni rangi o’zgartirildi (sariq-ko’k); to’siq qo’yuvchilar tomonidan to’rga tegib ketish mumkin» (hujumchi o’yiniga halaqit bermaslik sharti bilan).
Zamonaviy voleybol maydonchasini olchamlari 9×18 m. To’rni uztmligi 9,5 m, kengligi 1m, Kataklari 10×10 sm. Maydoncha chiziqlarini kengligi 5 sm, Antennasi balandligi 180 sm. O’yin qoidalarini atroflicha talqini maxsus bo’limda yoritiladi.
Hakamlarining tarbiyaviy ahamiyati. Hakamlarning va hakamlik qilishning oliy maqsadi nafaqat musobaqa ishtirokchilarining o’yin qoidasiga amal qilishlarini nazorat qilish, balki aynan shu o’yinchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Ularda o’yin va munosabat intizomini shakliantirish, hamkorlik, bir-birlarini qo’liab-quvvatlash, o’zaro hurmat, odob va ma’naviy xislat va tuyg’ularni uyg’otish hakamlarning burchidir.
Albatta hakam musobaqa qoidalariga, umuman voleybolga oid barcha yangilik, so’nggi ma’lumotlardan xabardor bo’lishi darkor. Musobaqa nizomini, o’yinlar o’tkaziladigan joylarning shart-sharoitini, meteorologik va moddiy-texnika imkoniyatlarini va hokazo masalalarni bilishi shart.
Hakamni obro’yi – uni kasbiy malakasida, bilimida va ayniqsa odil, adolatli hakamlik qilishidadir.
O’yinchilar o’yin intizomini buzganda, musobaqa qoidalariga rioya qilmay hakam bilan tortishsa, ularga jazo berish o’z vaqtida amalga oshirilishi zarur.
Jazo «ayb»ga yarasha bo’lishi shart. Bordiyu hakam xatoga yo’l qo’ysa, u o’z vaqtida bu xatoni bo’yniga olishi kerak va adolatni tiklashi zurur.
Hakam nafaqat o’yin davomida o’z odobi bilan namuna bo’lishi, balki u boshqa joylarda ham o’zini tuta bilishi kerak.
Hakamlar
Birinchi hakam (minbardagi hakam);
Ikkinchi hakam;
Hakam-kotib;
Axborot beruvchi hakam;
4 Ta chiziq hakamlari;
6 Ta to’p uzatib turuvchilar
Slayd 6
Texnikaning asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va xal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi.
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi darajali xususiyatdir. Tehnika detallari turli sportchilarda turlicha bo’lib, bu ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi fazalarini belgilab qo’yish mumkin.
Tayyorgarlik fazasini ahamiyati harakatning bosh fazada bajarish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma hafakatlarni (to’siq qo’yganda, koptokni o’yinga kiritganda, hujum zarbasini berishda) bajarish bilan yaratiladi. Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratiladi. Biodinamik nuqtayi nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli vaziyatda, tegishli yo’nalishda samarali foydalanishdan iboratdir.
Slayd 7
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavdaning muvozanatini saqlash maqsadida so’nib boradi yoki keskin tormozlanadi. Voleybol juda dinarnik o’yin bo’lganligi sababli voleybolni turii texnik usullarni egallashi, o’yin vaziyatidan kelib chiqqan holda ularni tanlay olishi va uni tez, aniq bajarishi lozim. Bu esa o’yinchining texnik mahoratini belgilaydi. Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilarda ifodalanadi:
Harakat usullarining aniq va sarnarali bajarilishi;
Halal beruvchi omillar (charchash, psixologik keskinlik, tashqi sharoltning salbiy ta’siriari va boshqalar) mavjudligida harakatlarning bajarilish barqaroriigi;
Raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda harakat qismlarini boshqara olish;
Usullarning bajarilish ishonchliligi
Voleybol rivojlanishining har xil davriarida texnik harakatlarni bajarish usullari, talablari, shakli, mazmuni o’zgardi va takomillashlb bordi. Texnik usullarning o’zgarishiga o’yin qoidalarining o’zgarishi, taktik harakaflarning takomillashuvi, o’yinchilar jismoniy tayyorgarlik darajasining o’sib borishi asosiy sabab bo’ldi. Hujum va himoyadagi o’yin dinarnikasining o’sishi, harakatlar potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo’ldi
Shunday bo’lsada, o’yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundanda samaraliroq imkoniyatlari yo’q deb bo’lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va jismoniy imkoniyatlari o’yin texnikasigayangi, ilgor usullarni kiritish va uni ro’yobga chiqarish uchun istiqbol yaratadi.
Slayd 8
O’yin texnikasining tasnifi
O’yin texnikasini tasniflash – ularni shakli, mazmuni, qo’llaniladigan usullarning nimaga mo’ljallanganligi, harakatlarning bir-biriga bogliqligi, harakatlarning kinematik va dinamik tuzilishga qarab ma’lum guruhlar va bo’limlarga ajratishdir.
Voleybol texnikasi ikkita katta bo’lim: hujum va hirnoyadagi texnikalarga bo’linadi. O’z navbatida, yuqoridagi bo’limlar ham texnik usullarning shakli va mazmuniga ko’ra bir qancha guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhda texnik harakatlarning o’ziga xos bajarish usullari mavjud bo’ladi.
Slayd 9
Hujum texnikasi.
Holatlar, haraxakatlanish, dastlabki holatlar
Holatlar. Voleybol o’yinida o’yinchilar to’p bilan qisqa vaqt ichida harakat qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o’yin sharoitida o’yinchi to’p bilan o’ynashi uchun yuqori tayyorgarlik ko’rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullartni bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak.
Slayd 10
Hujum texnikasi.
Holatlar, haraxakatlanish, dastlabki holatlar
Hujum zarbasini, berish va to’siq qo’yishda – baland {1 a-rasm), o’yinga kiritilgan to’pni qabul qilishda – o’rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki to’siqdan pastlab qaytgan to’pni qabul qilishda – past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda uom (umunniy og’irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga bog’liq bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash o’rinliki, o’yinchining bo’yi va uning koordinaesion qobiliyati uomga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bolishi kerakki bunda uom tezda tayanch chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko’rsatish imkoniyatini bera olsin.
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo’llanilish xususiyatiga qarab statik (o’yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan ikkinchisiga o’tkazish bilan to’pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to’siq qo’yishni kutishda) holatlarda bo’ladi. Bu turish holatlarida qo’llar bel barobarida, barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo’ladi. Gavda erkin holatda bo’lishi kerak.
Slayd 11
Harakatlanish. O’yinehi ma’lum bir texntk usulni bajarish uehun maydon bo’ylab harakatlanadi. Bunda usul va o’yinning vaziyatiga bog’liq holda, qadam tashlab {oldinga, orqaga, yon tomonga), sapehib, sakrab, yugurib, yiqilib turli harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar birmuneha yumshoq (Uom tebranishining sustligi sababli) bo’ladi, Yon tomonga qadamlashdan ko’p hollarda katta bo’lmagan masofani bosib o’tish bilan to’siq qo’yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to’siqdan o’z yo’nalishini o’zgartirib qaytgan to’pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli harakat yo’nalishiga yaqin bo’lgan oyoqdan boshlanadi. Sapehib, sakrab, yugurish bilan bo’ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda qo’llaniladi. Ko’rib ehiqilgan harakatlardan ko’p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi
Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta’minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’iy nazar, dastlabki holallar birmuncha statikligi bilan farqlanadi to’pni uzatishdan oldin, pastdan to’pni qabul qilishda, to’siq qo’yishda va hujum zarbasini berishda. O’yinchi dastlabki holatni soniyaning bir qancha bo’laklariga teng muddatgagina egallaydi.
Slayd 12
Texnik harakatlar
To’p uzatish – bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay sharoit yuzaga keltiriladi. To’pni: tayanch holatdan ikki qo’llab, sakrab ikki qo’llab, sakrab bir qo’llab, orqaga yiqilib turib ikki qo’llab uzatish mumkin. Oxirgi usuldan voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yo’nalishi bo’yicha to’p uzatishlar (to’p uzatuvchiga nisbatan) quyidagicha bo’ladi: oldinga, o’z ustiga, orqaga.
Uzunligi bo’yicha: uzun – zonalar osha; qisqa – zonadan zonaga; qisqartirilgan – zona doirasida.
Balandligi bo’yicha: baland – 2 m dan yuqori, o’rtacha – 2 m gacha, past – 1 m gacha. Yuqoridagi ko’rsatkichlarga bog’liq holda to’pga sekin, tez va katta tezlanish beriladi. To’pni to’rga yaqin – 0,5 m gacha va uzoq -0,5 m dan ortiq masofada berish mumkin.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Gandbol sport turi tarixi va qoidalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining uslubiy tamoyillari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Korrupsiyaning mohiyati, oqibatlari va unga qarshi kurash mexanizmlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
FUTBOL O‘YIN QOIDALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining jismoniy tarbiya tizimida mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YASHASH UCHUN KURASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Boshlang‘ich sinflar uchun jismoniy tarbiya daqiqalari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Basketbolning tarixi va rivojlanish boshqichlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 40 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
GANDBOL mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
VOLEYBOL O‘YIN TAKTIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
YENGIL ATLETIKA SPORT TURINING UMUMIY TAVSIFI, TASNIFI, TARIXI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport








Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.