=== Taqdimot 1 ===
Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri
www.jdpu.uz
=== Taqdimot 2 ===
Kоmpyutergа tоbelikning bоsqichlari.
01
02
03
.
04
Reja:
05
Internet vа kоmpyuter оʻyinlаrining pаydо bоʻlishi.
Kоmpyuter оʻyinlаrining ruhiy vа jismоniy хаtаrlаri.
Virtuаl оʻyinlаr — yоshlаr tаfаkkuri vа dunyоqаrаshigа tаʼsiri.
Zоʻrаvоnlik, fаhsh vа shаfqаtsizlikkа undоvchi оʻyinlаr.
=== Taqdimot 3 ===
Kompyuter
“Kompyuter” bu inson tomonidan yaratilgan elektron qurilma bo‘lib, turli ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va chiqarish imkonini beradi. Kompyuterlar dasturiy ta’minot yordamida ishlaydi, ya’ni ularga turli vazifalarni bajarish uchun dasturlar o‘rnatiladi.
=== Taqdimot 4 ===
Moslashish
Odatlanish
Kompyuterga tobelikning bosqichlari
Dasturlash tillari va uslublari bilan tanishadi, oʻzini bu muhitda qulay his qiladi va kompyuter bilan ishlashni osonlashtiradi.
Bu odatlar kompyuterdan foydalanish, maʼlumotlar izlanish xujjatlarni tuzatish kabi koʻnikmalar bilan bogʻliqdir.
=== Taqdimot 5 ===
Shaxsiy omillariga ta’siri
Inson hayotining ajralmas boʻlagi sifatida
Kompyuterga tobelikning bosqichlari
Insonlar kompyuter bilan ishlash orqali oʻzlarining qobiliyatlarini va istaklarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Kompyuterga tobelikning oxirgi bosqichi inson hayotining ajralmas bir boʻlagiga aylanadi.
=== Taqdimot 6 ===
Internet
Internet ilk bor 1960-yillarda AQShda ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan. U paytda bu tizim ARPANET deb atalgan va AQSh Mudofaa departamenti tomonidan boshqarilgan. Internetning asosiy maqsadi bir nechta kompyuterlarni bir-biriga ulash va ular o‘rtasida ma’lumot almashinuvini ta’minlash edi.
Internet rasmiy ravishda 1983-yilning 1-yanvarida IP (Internet Protocol) va TCP (Transmission Control Protocol) protokollari asosida ishga tushirilgan. 1990-yillarga kelib, World Wide Web (WWW) texnologiyasi paydo bo‘ldi, bu internetning ommabop bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro internet tarmog‘iga 1996-yili uz domeni olib a’zo bo‘ladi.
=== Taqdimot 7 ===
Internet imkoniyatlari
Internet — bu dunyo bo’ylab millionlab kompyuter va boshqa qurilmalarni birlashtiradigan global tarmoqdir. U orqali:
Ma’lumotlar almashish;
Elektron pochta orqali muloqot qilish;
Veb-saytlarni ko‘rish;
O‘yin o‘ynash;
Videolar tomosha qilish kabi ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.
=== Taqdimot 8 ===
Kompyuter oʻyinlari
Kompyuter oʻyinlarining paydo boʻlishi XX asrning 50-yillariga toʻgʻri keladi. Tarixda 1950- yillarda bu kompyuter oʻyinlari ustida ishlagan uch kishini nomi bizga maʼlum
Bu odamlarning birinchisi — Ralf Baer. 1951-yilda muhandis sifatida u interaktiv televideniye gʻoyasini ommaga tanishtirdi.
=== Taqdimot 9 ===
Ikkinchi shaxs A.S. Duglas 1952-yilda u “OXO” deb nomlangan oʻyinning «tic-tac-toe nomli dasturiy taʼminoti yartgandi.
Kompyuter oʻyinlarining otasi deb atash mumkin boʻlgan uchinchi shaxs — Uilyam Xiginbotam. 1958-yilda u Tennis oʻyining kompyuter versiyasi yaratdi. Buni ikki kishi oʻynashi mumkin boʻlgan ilk kompyuter oʻyini edi.
=== Taqdimot 10 ===
Virtual oʻyinlar
Virtuallik tushunchasi lotinchadan olingan boʻlib, “virtus” – “faraziy”, “xayoliy” degan maʼnolarni anglatadi.
Virtual o‘yinlar – bu kompyuter texnologiyalari yordamida yaratilgan o‘yinlar bo‘lib, ular orqali foydalanuvchi o‘zini o‘yin dunyosida his qiladi va interaktiv tajribani boshdan kechiradi. Virtual o‘yinlar real hayotga o‘xshash muhitni simulyatsiya qilish yoki butunlay fantastik dunyo yaratish imkoniyatini beradi.
=== Taqdimot 11 ===
Virtual o‘yinlarning turlari
Kompyuter o‘yinlari: Shaxsiy kompyuterlarda o‘ynaladigan o‘yinlar.
Konsol o‘yinlari: PlayStation, Xbox kabi maxsus qurilmalarda o‘ynaladi.
Mobil o‘yinlar: Smartfon va planshetlar uchun mo‘ljallangan.
VR (Virtual Reality) o‘yinlari: VR texnologiyasi yordamida o‘yin dunyosiga to‘liq sho‘ng‘ish imkonini beradi.
Online multiplayer o‘yinlar: Internet orqali boshqa foydalanuvchilar bilan o‘ynaladi.
=== Taqdimot 12 ===
Kampyuter o‘yinning salbiy tomonlari
Cheksiz vaqt sarfi: Haddan tashqari ko‘p o‘ynash vaqtni noto‘g‘ri taqsimlashga olib kelishi mumkin.
Salomatlikka zarar: Ko‘z charchashi, bo‘yin va yelka og‘rig‘i kabi muammolar.
Giyohvandlikka aylanish xavfi: Ba’zi odamlar o‘yinga haddan ziyod qaram bo‘lib qoladi.
=== Taqdimot 13 ===
Kompyuter o‘yinga qaramlik bosqichlari
Birinchidan, kompyuter o‘yinlari bilan bog‘liq salbiy hodisalarning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan kuchli o‘yin sanoati mavjud.
Ikkinchidan, ko‘pchilik kompyuter o‘yinlarini qimor o‘yinlari bilan bog‘laydi, bu ayniqsa, haqiqiy xavfdir.
=== Taqdimot 14 ===
Kompyuter o‘yinlarining ruhiy va jismoniy xavflari
Ruhiy xavflar
O‘yin giyohvandligi (addiktsiya):
Haddan tashqari ko‘p o‘ynash muloqotdan chekinish.
Stress va asabiylik:
Qiyin bosqichlarni stress yoki g‘azabni kuchaytirishi mumkin.
Agressiya va tajovuzkorlik:
Tajovuzkor xatti-harakatlarni oshirishi mumkin.
Haqiqiylik va virtual dunyo chegarasini yo‘qotish:
Ba’zi odamlar virtual dunyoda qulayroq his qiladi va bu real hayotdagi muammolardan qochishga olib keladi.
=== Taqdimot 15 ===
Kompyuterda odamga taʼsir qiluvchi asosiy zararli omillar:
Monitorning elektromagnit nurlanishiga taʼsir qilish;
Koʻzning charchashi, koʻrishning zoʻriqishi;
Qoʻllarning boʻgʻimlarini ortiqcha yuklash;
Ma’lumot yoʻqolganda stress;
Uzoq vaqt davomida oʻtirish holati.
=== Taqdimot 16 ===
Jismoniy xavflar
Ko‘z muammolari;
Yelka va bo‘yin og‘riqlari;
Qo‘l va bilak kasalliklari;
Kamharakatlik;
Uyqu buzilishi.
=== Taqdimot 17 ===
Kompyuter o‘yinini odamga taʼsirni oldini olish choralar
Vaqtni boshqarish;
Fizik faollikni oshirish;
Sog‘lom o‘yinlarni tanlash;
Ko‘zlar uchun dam olish;
Ijtimoiy hayotni boyitish.
=== Taqdimot 18 ===
Bola kattalarga qaraganda ruhan va jismonan kuchsiz va moʻrt boʻladi. Agar kompyuter, internet masalasiga yetarlicha eʼtibor berilmasa, farzand tarbiyasida katta muammolar yuzaga kelishi aniq. Mutaxassislar fikricha, virtual olam asiriga aylangan bolalarda ruhiy kasalliklar koʻzga tashlanadi:
=== Taqdimot 19 ===
PubG (Player Unknownʼs Battlegrounds)
Hozirda eng ommalashayotgan video-oʻyinlardan hisoblanadi. 2017-yil 20 dekabr PubG korporatsiyasi tomonida ishlab chiqarilgan. 2017-yilda chiqarilganidan buyon dunyo boʻylab PubGning geymerlari keskin koʻpayib bormoqda.
Oʻyin yaratuvchisi va gʻoya muallifi irlandiyalik Brendan Grin hisoblanadi.
PubG anchadan beri eng koʻp oʻynaladigan oʻyinlar boʻyicha jahon rekordini oʻrnatib kelmoqda. 2017-yil dekabr oyida bir vaqtdagi PubG oʻyinchilari soni 3 million 106 ming 358 kishini tashkil qilgan. Shu yilning sentyabr oyida esa oʻyin oʻz rekordini yangiladi. Hozirgi kunda esa eng koʻp oʻynalayotgan 5 ta oʻyindan biri hisoblanadi.
=== Taqdimot 20 ===
Minecraft
Minecraft yaratuvchisi Taniqli shved dasturchisi va dizayneri Markus Persson oʻyinning birinchi versiyasini atigi olti kun ichida ishlab chiqdi. 2010-yil 20-dekabrda oʻyin beta-fazasiga rasmiy ravishda kiritildi. 2011-yilda oʻyin rasman omma uchun taqdim etilgan. Bu oʻyin kublarni oʻz ichiga oladigan, uni harakatlantirish orqali turli xil narsalarni yasash imkonini beruvchi oʻyin hisoblanadi.
=== Taqdimot 21 ===
Grand Theft Auto qisqartmasi GTA
Grand Theft Auto (qisqartmasi GTA; oʻzbekcha: oʻta ogʻir turdagi avtoulov oʻgʻriligi jinoyati) Britaniyaning Rockstar North (sobiq DMA Design)va Rockstar Leeds britaniya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan va Rockstar Games tomonidan ishlab chiqarilgan kompyuter oʻyinlari toʻplamidir. Serialning har bir oʻyini katta shaharda yashovchi jinoyatchilari hayoti haqida boʻlib, ularning asosiy qahramonlari(qahramonlari) jinoyatchilardir.
GTA III dan beri oʻyin toʻliq takomillashtirildi va kengaytirildi. Ularning oʻz radiostansiyalari, turli xil odamlari, mashinalari, binolari va virtual dunyoni toʻldiradigan boshqa koʻplab elementlari bor.
=== Taqdimot 22 ===
Counter-Strike (CS)
Counter-Strike (CS) — koʻp oʻyinchi taktik video oʻyinlari turkumi boʻlib, unda terrorchilar guruhlari terror aktini (bomba portlatish, garovga olish, qotillik) amalga oshirish uchun jang qiladi. Seriya Windowsda 1999-yilda Counter-Strike birinchi oʻyinining chiqarilishi bilan boshlangan.
Counter-Strike ikki qarama-qarshi jamoa; terrorchilar va terroristlarga qarshilar oʻzaro kurash olib boradi.
=== Taqdimot 23 ===
EverQuest
EverQuest — 1999-yilda chiqarilgan fantastik oʻyin. Oʻyin Norrath dunyosida boʻlib oʻtadi. Oʻyinda 16 ta oʻynaladigan maydon va 16 ta guruhlar mavjud.
Loyihaning katta yoshiga qaramay, 2012-yilda oʻyinda 17 ta server mavjud edi. 2012-yilning 16-martida oʻyin umumiy toʻlov modeliga oʻtdi. 2004-yil noyabr oyida EverQuest II davomi chiqdi.
=== Taqdimot 24 ===
Manhunt
Manhunt omon qolish uchun kurashuvchi dahshat video oʻyin hisoblanadi Britaniyaning Rockstar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Amerika kompaniyasi Rockstar Games tomonidan 2003-yil noyabr oyida ishga tushirilgan. Qoʻshma Shtatlarda oʻyinning rasmiy relizlari 2003-yil 18-noyabrda PlayStation uchun moslab chiqarildi. 2009-yil 2-oktyabrda Rossiyaning “1C” kompaniyasi oʻyinning ruscha versiyasini eʼlon qildi.
U oʻyin ishqibozlari tomonidan ijobiy qabul qilindi, ammo zoʻravonlik va qotillikning yuqori mazmuni tufayli u oʻz atrofida juda koʻp bahs-munozaralarga sabab boʻldi va dunyoning koʻplab mamlakatlarida taqiqlangan.
=== Taqdimot 25 ===
Manhunt atrofidagi tortishuvlar uning ekstremal, zoʻravon grafik uslubiga olib keldi . Barcha qatllarning natijasi ekranga litrlab qon quyiladi.
2003-yil 11-dekabrda oʻyin Yangi Zelandiyada «taqiqlangan» oʻyinlar roʻyxatiga kiritildi. Kandada Manhunt oʻyini 2004-yil 3-fevraldan boshlab uni faqat 18 yoshdan oshgan shaxslarga sotishga ruxsat etilgan. 2004-yil 28-sentyabrda oʻyin Avstraliyada taqiqlangan edi. 2004-yildan beri Buyuk Britaniyada Manhuntni sotishga faqat 18 yoshdan oshgan odamlarga ruxsat berilgan.
=== Taqdimot 26 ===
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.