VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Islom dini g‘oyalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni.
Hadis ilmiyning paydo bo‘lishi.
Sharq uyg‘onish davri va unda ta’lim-tarbiya masalalari.
=== Taqdimot 3 ===
VII asr boshlarida Islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi.
Markaziy Osiyo davlatlariga dastlabki yurish 651-yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida, 676-yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida amalga oshirildi.
=== Taqdimot 4 ===
Ikkinchi yurish 705-yili Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim boshchiligida olib borildi. Abu Muhammad Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” nomli kitobida – “Buxoro aholisi har safar (Islom lashkari kelganda) musulmon bo‘lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib, yana kofir bo‘lgan edilar.
=== Taqdimot 5 ===
U to‘rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib, Buxoro shahrini oldi, ko‘p qiyinchiliklardan keyin (bu yerda) Islom dinini yuzaga chiqardi va har turli yo‘llar bilan ularga qiyinchiliklar tug‘dirib, dillariga musulmonchilikni o‘rnashtirdi”.
=== Taqdimot 6 ===
Arab istilochilari xalqni o‘zlariga bo‘ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar hamda Islom dini targ‘ibotchilarining xizmatidan birdek foydalandilar. Natijada o‘z oldlilariga qo‘ygan asosiy maqsadga erishdilar. Movarounnahrda Islom ta’limoti g‘oyalari yoyilgunga qadar bu yerda yashovchi xalqlar ko‘p sonli xudolarga, quyoshga, Ko‘k din (shaman)ga hamda o‘zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig‘inishar edi. Arablar o‘lkada Islom dini g‘oyalarini yoyishda turli usullardan foydalandilar.
=== Taqdimot 7 ===
Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. Chunki Movarounnahr yurti arab istilosiga qadar ham ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan taraqqiy etgan bo‘lib, bu mamlakatda yashovchi xalqlar turmush tarziga ko‘ra ham arablarga nisbatan bir qadar ustunlikka ega edilar. Arab istilochilari VIII asrning o‘rtalariga kelib Movarounnahrni to‘la zabt etishga erishdilar.
=== Taqdimot 8 ===
Movarounnahrda Islom ta’limoti g‘oyalari yoyilgunga qadar bu yerda yashovchi xalqlar ko‘p sonli xudolarga, quyoshga, Ko‘k din (shaman)ga hamda o‘zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig‘inishar edi. Movarounnahrda Islom ta’limoti g‘oyalarining yoyilishi, kishilar tomonidan Shariat qoidalari, Islom dini aqidalariga bo‘ysunish, yagona va qudratli Allohga sig‘inish, shuningdek, Allohning yerdagi rasuli (elchisi) bo‘lgan Muhammad Alayhissalom ko‘rsatmalariga rioya etish xalqning ongiga chuqur singib, ular tomonidan mazkur din asoslarining qabul qilinishiga zamin hozirladi. Natijada Movarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa boshladi.
=== Taqdimot 9 ===
Aholining istilochilarga bo‘ysunishni istamaganligining asosiy sabablari:
Istibdod va qatag‘onlar,
Ma’naviy-madaniy merosi:
San’ati,
Adabiyoti,
Yozuvi,
Osori-atiqalari hamda me’moriy yodgorliklarini poymol etishga qaratilgan harakatni ham olib borganligi bo‘ldi.
=== Taqdimot 10 ===
“Qutayba esa Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o‘rgangan va (bilimini) boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo‘q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u Islom davridan keyin haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi. Keyin: Qutayba ibn Muslim xorazmliklar-ning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga tayanadigan bo‘ldilar”
=== Taqdimot 11 ===
Islom dini ana shunday g‘oyaviy-siyosiy kurashlar jarayonida shakllandi va rivojlandi. Ulkan hududni qamrab olgan Arab xalifaligi davlatining hukmronligi davrida ijtimoiy hayot, turmush tarzi, shuningdek, ilm-fan va madaniyat yanada rivojlandi. Ushbu davrlarda qadimgi yunon va rim madaniy merosi negizida bir qator fanlar yangi tushuncha va bilimlar bilan boyidi. Yunon va rim mutafakkirlari tomonidan yaratilgan va astronomiya, tibbiyot, kimyo, matematika va geografiyaga oid deyarli barcha yirik asarlar arab tiliga tarjima qilindi.
=== Taqdimot 12 ===
Yunonlardan olingan fanlar tasnifi:
Tabiiyot to‘g‘risidagi fanlar, ilohiyot to‘g‘risidagi fanlar va matematika kiritilib, ushbu fanlar tarkibidan arifmetika, handasa (geometriya), astronomiya va musiqa fanlari etika, iqtisod va siyosatga oid fanlar e’tirof etilgan.
=== Taqdimot 13 ===
Arab xalifaligi tasarrufiga olingan barcha mamlakatlarda masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi.
Maktablar, shuningdek, keyinchalik bunyod etilgan va maqomi jihatidan hozirgi oliy o‘quv yurtlariga teng bo‘lgan madrasalarda ta’lim va tarbiya ishlari Shariat qoidalariga muvofiq yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu o‘quv maskanlarida Islom ta’limoti xususida ma’lumotlar beruvchi ilohiyot fanlari bilan bir qatorda dunyoviy fanlarning asoslari ham o‘qitilgan. Machitlar qoshida faoliyat yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga ta’lim va tarbiya berish ishi bilan shug‘ullanganlar.
=== Taqdimot 14 ===
Maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘qir, qizlar esa otinoyilar uyida o‘qitilar, ular yozuvni emas, faqat o‘qishni o‘rganar edilar.
X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshlaydi. “Madrasa” so‘zi “dars o‘qitiladigan joy”, “Ma’ruza tinglaydigan joy” ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy oqimlari arab tili grammatikasi va qoidachalik, ilohiyot, mantiq, notiqlik mahorati, kalom o‘rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astronomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o‘qitila boshlandi. Islomning shar’iy ma’nosi – bu Alloh yagona deb e’tiqod qilib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga imon keltirmoqlik demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg‘ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi.
=== Taqdimot 15 ===
Ma’lumki, islom g‘oyalari, musulmonchilikning talablari, huquqiy va axloqiy me’yorlari “Qur’on” va uning tafsirlari, “Hadisi Sharif”, shariat qoidalari bitilgan qo‘llanmalar hamda ilohiyotga oid adabiyotlar mazmunida batafsil ifodalangan. “Qur’on”- dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida “qiroat” ma’nosini anglatadi.
=== Taqdimot 16 ===
Qur’oni Karim kishilarni tinch-totuv yashash, birodarlik, tenglik, saxiylik va bir-biriga mehr-muhabbat ko‘rsatishga, insonni ma’naviy kamolotga erishishi undaydi. Shu bois u necha asrlardan buyon insoniyatning eng ulug‘ qadriyatlaridan biri sifatida e’zozlanib kelinmoqda. Xulosa qilib aytganda, Islom va uning asosiy ta’limoti mujassamlashgan Qur’oni Karim insonda aqliy, axloqiy hamda jismoniy xislatlarni shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, komil insonni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba “hadis” hisoblanadi.
VIII-XI asrlarda to‘rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug‘ullangan. Mazkur bilimlarni o‘rganishning o‘ziga xos yo‘nalishi bo‘lib, “hadis ilmi” nomi bilan yuritilgan.
Muhammad Alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonarli to‘plam”), “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning “Ash-Shamoil an-nabaviya” asarlari va boshqa manbalar orqali bizgacha yetib kelgan
=== Taqdimot 18 ===
Imom Ismoil al-Buxoriy
“Sahih” yo‘nalishining asoschisi eng yetuk va mashhur muhaddis Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir. Imom Ismoil al-Buxoriy hadis ilmida “Amir-ul-mo’’minin”, “Imom al-muhaddisiyn” (“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. U 810-yilning 13-mayida (hijriy 194-yil shavvol oyining 13-kuni) Buxoroda tug‘ilgan. Imom Ismoil al-Buxoriy 825-yilda, o‘n olti yoshida onasi va akasi bilan Hijozga safar qiladi. Makkayu Mukarrama va Madinai Munavvarada bo‘lib, haj ibodatini ado etadi. Balx, Basra, Kufa, Bog‘dod, Xume, Damashq, Misr, Makka va Madina kabi shaharlarda bo‘lib, safar jarayonida muhaddislar bilan bilan uchrashadi. Muhaddislar bilan uyushtirilgan suhbatlarda ular tomonidan aytilgan hadislarni yodlab borar edi.
=== Taqdimot 19 ===
Imom Buxoriyning o‘tkir zehn egasi ekanligini yuzasidan rivoyatlar mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Imom Ismoil al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadisni to‘plagan. 100 ming “sahih” va 200 ming “g‘ayri sahih” hadislarni yod olgan. Buxoroga qaytgach, talaba va ulamolarga hadis ilmidan saboq beradi va mazkur ilmning targ‘ibotchisiga aylanadi. Samarqand ulamolari Imom Ismoil al-Buxoriyni o‘z yurtlariga taklif etadilar. Yo‘lga chiqqan Imom Ismoil al-Buxoriy Samarqand shahriga yaqin bo‘lgan Haftang qishlog‘i (hozirgi Payariq tumanining hududi)da betob bo‘lib qoladi va shu yerda  872-yil 1-sentyabrda 62 yoshida vafot etadi va shu yerga dafn etiladi.
=== Taqdimot 20 ===
Islom dini insonni ma’naviy kamolot sari yetaklovchi ta’limotdir. Shu sababli Qur’oni Karimda ham, hadislarda ham yaxshi xulq-odob qoidalari va ularga kishilarning qat’iy amal qilishlari lozimligi borasidagi qarashlar keng targ‘ib etilgan. Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo‘lsa, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tashkil etish chog‘ida amal qilinishi lozim bo‘lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o‘z ichiga olgan.
=== Taqdimot 21 ===
824-yilda Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘i (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani)da tug‘ilgan. Uning oilasi va ota-onasi haqida ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi tadqiqotchilar uning otasi asli marvlik bo‘lgan deb qayd etadilar. Muhamad ibn Iso at-Termiziy bolaligidan ilm o‘rganishga qiziqqan, ayniqsa hadis ilmini chuqur egallagan.
=== Taqdimot 22 ===
Muhamad ibn Iso at-Termiziy 850-yildan qator mamlakatlarga safar qiladi. Hijoz shahrida bo‘lib, Makka va Madina shaharlarini ziyorat qiladi. Mazkur safarda Muhamad ibn Iso at-Termiziy ustozi Imom Ismoil al-Buxoriy bilan uchrashadi. Alloma ustoziga nisbatan alohida hurmatda bo‘lib, uning yordamida hadis ilmidan to‘laqonli ravishda xabardor bo‘ladi. Muhammad ibn Iso at-Termiziyning zehnining o‘tkirligi, xotirasi, va yod olish qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham uni faqatgina shogird sifatida emas, balki hamkor, hamfikr va do‘st sifatida ham hurmat qilgan.
=== Taqdimot 23 ===
Alloma tomonidan o‘ndan ortiq asarlar yaratilganligi ma’lum. Bular qatoridan “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to‘plam”), “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg‘ambarning alohida fazilatlari”),
“Al-ilal fi-l-hadiys” (“Hadislardagi illatlar va og‘ishlar haqida”) kabi asarlari o‘rin olgan.
Muhammad ibn Iso at-Termiziy tomonidan yozib qoldirilgan asarlarda o‘z ifodasini topgan hadislar ham Imom Ismoil al-Buxoriy tomonidan bayon etilgan hadislari kabi insonni halollik, adolat, e’tiqod, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, muruvvatlilik, mehr-shafqat, yoshi kattalar, ota-ona va qarindoshlarga hurmat g‘oyalarini ilgari surish xususiyatiga ko‘ra shaxs ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda katta ahamiyatga ega.
=== Taqdimot 24 ===
Hadislarning mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati
Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan bo‘lib, ushbu fazilatlar sirasiga o‘zgalarga mehr-oqibat ko‘rsatish, saxiylik, ochiq ko‘ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo‘lish, ularga g‘amxo‘rlik qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug‘lash, halollik, poklik, do‘stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo‘ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Islom ta’limoti g‘oyalariga ko‘ra har bir musulmon eng avvalo iymonli bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 25 ===
Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo‘lishi quyidagi uch shartga qat’iy amal qilinishiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan:
To‘g‘ri e’tiqodli bo‘lmoq;
Kishilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmoq;
Kishi o‘z ustida ishlamog‘i va o‘zini ibodat va itoatga chaqirmog‘i.
“Uchta xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo‘lgandir:
Insofli va adolatli bo‘lmoq;
Barchaga salom bermoq;
Kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq”
=== Taqdimot 26 ===
Movarounnahr va Xurosonda IX asrlarga kelib ma’naviy ko‘tarilish Sharq Renessansi – Uyg‘onish davrining boshlanishiga olib keldi. Movarounnahrda ilm-fan va ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar.
Yusuf Xos Hojibning  ”Qutadg‘u bilig” asari, Ahmad Yugnakiy “Hibat ul-haqoyiq”, Maxmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” kabi asarlar yaratildi.
=== Taqdimot 27 ===
Kaykovusning “Qobusnoma” asari ko‘plab Sharq va G‘arb tillariga o‘girilib, nashr etilgan. 1860-yilda Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Kitobni u o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlagan. 44 bobdan iborat.
=== Taqdimot 28 ===
Kaykovusning qobusnoma asarida juvonmardlik tarbiyasi haqida so‘z yuritiladi
U odamlarning xislatlarini uch xilga bo‘ladi:
aql,
rostlik
juvonmardlikdir.
Juvonmardlikni asosini Kaykovus uch narsada deb biladi. Birinchisi, aytgan so‘zning ustidan chiqish, ya’ni rostlik; ikkinchisi rostlikka xilof qilmaslik; uchinchisi, xayr ishini ilgari tutish.
Insondagi boshqa barcha xislatlar shu uch narsaga bog‘liq, deydi Kaykovus.
=== Taqdimot 29 ===
Juvonmardlik ning ustunlarini quyidagilarda deb ko‘rsatadi:
jasurlik, mardlik, sabr-matonat, va’daga vafo qilmoq, pok dil va pok zabon bo‘lmoq; asirlarga ziyon yetkazmaslik, bechora kishilarga madad berib, yomonlarning yomonligini yaxshilardan yiroq tutish, rostgo‘ylik, yaxshiga yomonlik qilmaslik, ziyon-zahmatdan saqlash, odamlarga ziyon-zahmat yetkazmaslik. Juvonmard sipohiylar esa sabr-bardosh bilan ish tutishi, kamtarlik va mehmondo‘stlik, saxiylik, to‘g‘rilik, haqshunoslik, pok kiyinish, yaxshi qurollanishi zarurligini qayd etadi.
=== Taqdimot 30 ===
Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bo‘lgan quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazarda tutilgan:
bilim olish haqida.
Hunar va turli kasb egalari haqida.
Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
Jismoniy yetuklik haqida.
Chunki har bir juvonmard uchun tan, jon, havas va maoniy, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo‘lish zarur bo‘lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to‘rt yo‘nalishda zikr etilgan.
Kaykovus jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi:
=== Taqdimot 31 ===
Kaykovusning “Qobusnoma” asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir.
Asarda har bir yosh egallashi zarur bo‘lgan aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suzish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o‘qish, xattotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo‘lish, shatranj va nard o‘yinini bilish kabilar ham o‘z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda ularni har tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuqtayi nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, har qanday tuzumda ham o‘z qimmatini yo‘qotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
=== Taqdimot 32 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“VII ASRDAN XIV ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA O‘RTA OSIYODA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar