Usmon Nosir (1912-1944) (3)
8000 so'm

Slayd 1
USMON NOSIR
(1912-1944)
Slayd 2
Slayd 3
1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga kelgan.
Slayd 4
OTA – ONASI
Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o‘tadi. Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. 4 yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi internatda o‘qiydi, tarbiyalanadi.
Slayd 5
1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi O‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi.
U tengdoshlari orasida o‘zining izlovchan fikri, fanlarni tez o‘zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi.
Slayd 6
6-7 yillik ijod
Usmon Nosir 18 yoshidan to 24 yoshigacha bo‘lgan davrda ijod qildi. Shu qisqa 6-7 yil ichida u beshta she’rlar to‘plami («Quyosh bilan suhbat», «Safarbar satrlar», «Traktorobod», «Yurak», «Mehrim») va ikki doston («Norbo‘ta», «Naxshon») hamda to‘rt drama («Atlas», «Zafar», «So‘nggi kun», «Dushman») asarlarini yaratdi.
Slayd 7
Go’zal tarjimalar
M. A. Dobrolyubovning «Haqiqiy kun qachon keladi?» degan mashhur asarini, V. I. Kirshonning «Ulug‘ kun» dramasini, A. S. Pushkinning «Bog‘chasaroy fontani», M.Yu.Lermontovning “Iblis” nomli dostonlarini, Geyne, Gyote, Bayron ijodidan ko‘pgina namunalarni o‘zbek kitobxonlari Usmon Nosir tarjimasida o‘qidi.
Bu poetik tarjimalar o‘zbek adabiyotining tarjima asarlar sahifasida shoh namunalar bo‘lib qoldi.
Slayd 8
E’tirof
«Usmon she’riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda «o‘zbekning Lermontovi», Moskva gazetalarida «Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi, deb yozishdi».
Turob To’la
Slayd 9
Abdulla Oripov
«Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay, lablarimizda manguga qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari ko‘z kabi tirik, jonli, tutqich bermas hayot poralaridir. Biz Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir chamandir, sira xazon bo‘lmaydigan mo‘jiza bog‘ yaratib ketdi».
Slayd 10
USMON NOSIR SHE’RLARIDAN NAMUNALAR
Slayd 11
NIL VA RIM
1935-yil yozilgan.
6 band, har bir band 14 misra.
Jami 84 misra.
2 qismdan iborat.
1-qismda Nil haqida;
2-qismda Rim haqida gap boradi.
Slayd 12
Nil
Sariq qumlar orasidan qon rangli quyosh –Ko‘tarilar.
Nil oqadir – qullar to‘kkan yosh.
Slayd 13
Kimga yig‘lab, kimdan madad kutsin bemor qul?
Erki qulfdir, hayoti qulf, bor xudolar qulf!
Kosasida suv yo‘q, quruq xaltasi: non yo‘q!
Botayotgan quyosh kabi rangida qon yo‘q.
Ko‘zida ko‘z yo‘q, belida bel yo‘q, hayhot!
Fir’avn uni chumoliday ezadi: voy dod!..
Fir’avnning hukmi qattiq, fir’avn – xo‘jayin,
Xudolarga u manzurdir, hayoti tayin.
Neki qilsa, o‘zi bilur, o‘zi hukmron,
Misr bo‘ylab Nil oqadur — «qullar to‘kkan qon!»
Slayd 14
To Minisdan Ramzesgacha, Ramzesdan nari
«Malika qiz» – Kleopatra hukmron davri.
Undan tortib… yana uzoq, yana ko‘p yillar
Xarsang bilan yotqizilgan necha ming yo‘llar.
Slayd 15
Ko‘zyoshidan, dil toshidan qurilgan haykal
Mag‘rur turar, mag‘rur boqar; hech biron mahal
Na odamdan, na zamondan qo‘rqmas asti u.
G‘azabini yutib olgan qullar dasti bu!
Slayd 16
RIM
Otim uchar (xayolimda) oldinga doim,
Avval bahor osmonidek yig‘lar gado Rim.
Emchagida bir tomizim suti yo‘q ona
Go‘dagini tosh ostiga bostirdi, ana!..
…Hamon yig‘lar yalang‘och Rim, hamon dil ezar,
Hamon tilla qadahda qon ichar Sezar!
Slayd 17
Tishlarini irjaytirib bo‘kirgan yo‘lbars
To‘rt tarafga tashlanadi, talpinib lars-lars.
Och ko‘zlari qonga to‘lgan, sakrab o‘ynaydi…
O, bechora, qoch! U seni tirik qo‘ymaydi!
Ana! Ana, tirnog‘ini nishlab kelar u,
Changal soldi! Xalq o‘rnidan birdan turdi duv…
Chapak chaldi. «Ey, ahmoq Rim, sevinma qonga!
Bundan boshqa xo‘rlik bormi, axir, insonga?»
Slayd 18
MONOLOG
Sevgi! Sening shirin tilingdan
Kim o‘pmagan, kim tishlamagan?
Darding yoyday tilib ko‘ksidan,
Kim qalbidan qonlar to‘kmagan?
Seni yaxshi bilaman, go‘zal,
Petrarkani o‘qiganim bor.
Buyuk Rimning Sapfosi azal
Xayolimni oshiqday tortar…
1933
Slayd 19
Zukko o’quvchiga 7 savol !
1. Usmon Nosirning “Nil va Rim” asari qachon yozilgan
2. Ro, Azirisa, Tifon – qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi qaysi asarda uchraydi?
3. Minis, Ramzes, Kleopatra kim va ular qaysi asarda tilga olingan?
4. Qaysi she’rning lirik qahramoni o’zini “o’sha jonman, o’sha qonman va o’sha shonman!!!” deb aytadi?
5. “Monolog” she’ri qachon yozilgan?
6. “Muhabbat ul o’zi eski narsa, Lekin har bir yurak uni yongorta (yangilaydi)” degan kim edi?
7. Usmon Nosir qaysi she’rida “Aqldan ozganmi muhabbat? Mumkin emas, qarshi turmasdan!”– deydi?
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.