=== Taqdimot 1 ===
USLUBIYAT VA USLUBSHUNOSLIK
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Uslubiyat haqida umumiy ma’lumot.
Uslubiyat turlari:
leksik uslubiyat,
fonetik uslubiyat,
grammatik uslubiyat: morfologoik uslubiyat, sintaktik uslubiyat.
Nutq madaniyati.
01
03
02
=== Taqdimot 3 ===
Stilistika (yun. stylos — yozuv, xat tayoqchasi) degan ma’noni bildiradi, uslubshunoslik, uslubiyat — tilshunoslikning til uslublarini tadqiq etuvchi, tilning leksik-frazeologik, fonetik, morfologik, soʻz yasalishi va sintaktik sathlarda sinxroniya va diaxroniya nuqtayi nazaridan funksional qatlamlanishining mohiyati va oʻziga xosliklarini oʻrganuvchi, adabiy tilni turli lisoniy vaziyatlarda, yozma adabiyotning xilma-xil tur va janrlarida, ijtimoiy hayotning turli sohalarida qoʻllash meʼyorlari va usullarini tavsiflovchi tarmogʻi.
=== Taqdimot 4 ===
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi.
Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, fonetik, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Uslubiyatda parallel sinonimik til ifodalaridagi maʼnoviy va ekspressiv nozikliklar, lisoniy birliklarning oʻzaro munosabatdosh variantlari oʻrganilgan. Bunday variantlarda ular orasidan muayyan nutqiy vaziyat uchun zarur boʻlganini tanlab olish imkoniyati mavjud boʻlgan.
Zamonaviy uslubiyat turli lingvistik yoʻnalishlar va maktablarda turlicha tushunilgan, shu bilan birga har bir nuqtayi nazar, uslubiyatning asosiy oʻrganish mavzuyi boʻlmish uslubning serqirraligi sababli oʻz obyektiv asosiga ega boʻlgan.
=== Taqdimot 6 ===
Uslubiyat til meʼyor (norma)lari bilan uzviy bogʻliqdir. Uslubiyat, oʻz navbatida, quyidagi turlarga boʻlingan edi:
funksional uslubiyat
lisoniy birliklar uslubiyati
matn uslubiyat
badiiy adabiyot (badiiy nutq) uslubiyati
amaliy uslubiyat
qiyosiy uslubiyat
tarixiy uslubiyat
And the most important thing: the audience won’t miss the point of your presentation
=== Taqdimot 7 ===
Funksional uslubiyat adabiy tilning oʻz tarixan shakllangan koʻrinishlari (funksional-uslubiy birliklari) asosida tabaqalanishini, yaʼni uslublar tizimini, bu tizimning ichki strukturaviy shakllanish qonuniyatlarini oʻrgangan va tavsiflagan.
Funksional uslubiyatda nazariy tadqiqot mavzusi sifatidagi adabiy tilning asosiy funksional-uslubiy birliklarini tipologik tasniflash va ajratishning umumiy prinsiplari ishlab chiqilgan edi.
=== Taqdimot 8 ===
Lisoniy birliklar uslubiyati adabiy tilda odatdagi nutqiy vaziyatlarda, turli maʼnoviy va ekspressiv mazmundagi matnlarda barcha sathlar birliklarining mavjud til meʼyorlari nuqtayi nazaridan amal qilishi (qoʻllanishi)ni oʻrgangan.
Bunda lisoniy birliklarning variantlari (variantdor shakllar, parallel tuzilmalar, lugʻaviy va sintaktik sinonimlar)ning uslubiy boʻyogʻini chogʻishtirish muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Lisoniy birliklar uslubiyati, bir tomondan, funksional uslubiyat bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, ikkinchi tomondan, matn uslubiyatiga juda yaqin turgan.
=== Taqdimot 9 ===
Uslubning muhim unsuri boʻlgan tilning asardagi vazifasini aniqlashga yordam beradi, ammo asar tilining barcha xususiyatlarini oʻrganish uning mavzusiga kirmaydi. Koʻpincha bir masalani uslubiyat ham, adabiyotshunoslik ham oʻrgangan.
Badiiy adabiyot (badiiy nutq) uslubiyati tilning adabiyotda qanday qilib sanʼat hodisasiga aylanganini tekshiradi, uning badiiy qoʻllanishi, unda estetik va kommunikativ vazifalarning birga qoʻshilishi usullarini aniqlagan. Badiiy asar uslubiyati faqat yozuvchining tildan foydalanishdagi oʻziga xosligini, asar tilining xususiyatlarini tadqiq etish bilan chegaralangan.
=== Taqdimot 10 ===
Badiiy nutq uslubiyati til materialining aniq bir badiiy tizimdagi estetik vazifasini aniqlashga harakat qilgan. Shuning uchun badiiy adabiyot uslubiyatida eng muhim tadqiqot mavzusi yozuvchi va muayyan badiiy asar tilidan iborat boʻladi, yaʼni individual uslub muammosi birinchi oʻringa qoʻyiladi.
Aniq bir asar tilini tahlil qilish orqali umumlashma xulosalar chiqariladi, bir qancha asarlarga, yozuvchilar ijodiga xos xususiyatlar aniqlanadi (mas, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Shuhrat ijodlarining oʻziga xos uslubiy xususiyatlari). Natijada badiiy nutqning bir qancha qonuniyatlari, tipologik prinsiplari ishlab chiqilgan edi.
=== Taqdimot 11 ===
Qiyosiy uslubiyat — turli tillardagi uslubiy hodisalarni qiyoslab oʻrganish. Qiyosiy uslubiyat tarjima nazariyasi bilan uzviy aloqadordir.
Amaliy uslubiyat nutq madaniyati talablariga muvofiq keluvchi uslubiy tavsiyalarni qamrab oluvchi amaliy soha hisoblangan edi.
Tarixiy uslubiyat tilning turli tarixiy davrlarda qoʻllanishini tadqiq etadi. U nafaqat muayyan til uslubiy meʼyorlarining oʻzgarib turishini, balki adabiy til tuzilishining shakllanish va rivojlanish yoʻllarini, adabiy til bilan badiiy nutqning oʻzaro munosabatlari tarixini ham oʻrganadi.
=== Taqdimot 12 ===
Uslubiyatning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va oʻrganilishi gʻarbda antik davrlarga, sharqda esa oʻrta asrlarga toʻgʻri kelgan. Uslubiyat sharq mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekistonda, garchi hozirgiday alohida soha sifatida boʻlmasa ham, lekin tilshunoslik (grammatika, lugʻat), adabiyotshunoslik (ilmiy badeʼ, istiora, tafsir), shuningdek, ilmi insho, voizlik, notiqlik sanʼati kabi fanlar tarkibida oʻrgatib kelingan.
=== Taqdimot 13 ===
Oʻtgan asrda Oʻzbekistonda uslubiyat, ayniqsa, umumiy funksional uslubiyat va badiiy adabiyot uslubiyati mustaqil fan tarmogʻi sifatida shakllana va rivojlana boshlagan. Bunda Fitrat, Choʻlpon, Oybek, P.Qodirov kabi yozuvchilarning, M.Qoʻshjonov,
Q.Samadov, I.Qoʻchqortoyev,
A.Shomaqsudov singari olimlarning hissalari katta boʻlgan.
=== Taqdimot 14 ===
Uslubni yaratuvchi vositalar:
Leksik vositalar: sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, tag ma’no (gapning tagida yashiringan ma’no), sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar) kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a (giperbola), arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
=== Taqdimot 15 ===
Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg‘u.
Grammatik vositalar:
a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi;
b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
=== Taqdimot 16 ===
Ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb yuritiladi: yanglig‘ so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga, faollar yig‘ilishi, siyosiy maydon kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir.
So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog‘, bola, xat.
Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 17 ===
Grammatik uslubiyat morfologik va sintaktik uslubiyatni o‘z ichiga oladi. Morfologik uslubiyat. Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun morfologik shakllar va stilistik qurilmalarning stilistik variantlaridan foydalanish hamda tilda ana shunday sintaktik va morfologik sinonimiyaning mavjudligi grammatik stilistika haqida ham so‘z yuritishga asos bo‘ladi. Maslan:
1. Men kecha qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan tanishman.
2. Men qishlog‘imizga kecha kelgan Ahmedov bilan tanishman.
3. Kecha qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan men tanishman.
Ushbu gaplarning uchalasi ham grammatik jihatdan sodda, yoyiq, darak gap.
=== Taqdimot 18 ===
Uchinchi gap esa tamoman boshqa maqsad uchun ishlatiladi: bunda qishloqqa kelgan Ahmedov bilan boshqa kishi emas, balki faqat so‘zlovchigina tanish ekanligi ifodalangan.
Uslubiyat har bir gapning ma’lum maqsadda ishlatilishiga alohida ahamiyat beradi va ularni tanlash imkoniyatini yaratadi.
So‘zlovchi bir necha Ahmedovlar ichidan qishloqqa kelgan Ahmedovning tanishligini bayon qilmoqchi bo‘lsa, yuqoridagi gaplarning birinchisidan foydalanadi.
Agar qishloqqa bir nechta Ahmedov kelib ketgan-u, ammo ulardan qishloqqa faqat kecha kelganininigina tanishligini aytmoqchi bo‘lsa, ikkinchi gapdan foydalanish lozim.
01
02
03
=== Taqdimot 19 ===
Hozirgi o‘zbek tilida kelishik affikslarining, zamon, mayl shakllarining, ayrim yasovchi affikslarning bir-biriga nisbatan sinonimik munosabatda bo‘lishi, ularning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish imkoniyati masalasi ham grammatik stilistikaning o‘rganish obyektidir.
Ming yillik aloqalar natijasida o‘zbek tiliga arab, fors-tojik tillaridan turli-tuman grammatik shaklllar kirib keldi. Ularning ba’zilari sof o‘zbek affikslariga sinonim bo‘lib qoldi. Bunday affikslarning ba’zilari hozir ham qo‘llanmoqda.
=== Taqdimot 20 ===
Masalan, noo‘rin, nobop, nomahram so‘zlaridagi no- prefiksi o‘rnida o‘zbekcha -siz affiksini ishlatish mumkin bo‘lmagani kabi,
o‘zbekcha tuzsiz so‘zidagi -siz o‘rnida no- prefiksini qo‘llash mumkin emas.
Jumladan, fors-tojik tilidan qabul qilingan no-, be-, ser-, ba- kabi prefikslardan, -no, -be – prefikslari o‘zbek tilidagi sifat yasovchi -li affiksi bilan sinonimdir. Lekin ularning qaysi negizlarga qo‘shila olish, qo‘shila olmaslik xususiyatini, qaysi vaqtlarda biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin emasligini – sinonim bo‘la olmasligini bilish lozim.
=== Taqdimot 21 ===
Chog‘ishtiring: noto‘g‘ri//to‘g‘risiz, nobop//bopsiz, nomahram//mahramsiz, tuzsiz//notuz kabi.
Stilist, adabiy kuzatuv ishi bilan shug‘ullanuvchi kishi, normativ grammatika talablarini hisobga olish bilan birga, morfologik va sintaktik vositalardan stilistik maqsadda foydalana olish imkoniyatlariga ham ahamiyat berishi kerak.
Tilning u yoki bu grammatik shakli ma’lum davr uchun eskirgan bo‘lishi yoki faqat yoki faqat ayrim uslublar uchungina xarakterli bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli zarur grammatik shaklni tanlayotganda, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanganligini tekshirayotganda matn mazmuni, uning qanday janrga tegishli ekanligi, qaysi davr voqea-hodisasi bayoniga bag‘ishlanganligi yoki umumiy uslubiy yo‘nalishini, albatta, hisobga olish lozim.
=== Taqdimot 22 ===
Sintaktik vositalarning va so‘z turkumlarining uslubiy maqsadda qo‘llanishi faqat ularning ma’nosi bilangina emas, balki ayrim qurilma va grammatik shakllarning bir necha xil variantlarga ega bo‘lishi, u yoki bu qurilma va shakllarning birining ozroq, birining esa ko‘proq qo‘llanishi adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari bilan ham bog‘liqdir.
=== Taqdimot 23 ===
Sintaksisning stilistika uchun juda muhimligi shu bilan belgilanadiki, gap nutqning asosiy birligi sifatida tafakkur va aloqa uchun xizmat qiladi. Gapda so‘zlarning oddiy tartibining o‘zi turli variantlarni hosil qiladi, turli ma’no yoki ekspressiv ottenkalar ifodalaydi. Funksional uslublarning shakllanishida sintaksis muhim rol o‘ynaydi.
=== Taqdimot 24 ===
Ayrim sintaktik hodisalar stilistik vosita sifatida funksional chegaralanganligi bilan o‘ziga xos xususiyatlarga ham egadir. Masalan, sifatdosh va ravishdosh oborotlar, bog‘lovchilarning ayrim turlari ko‘proq kitobiy nutqqa xos bo‘lib, ifodaga kitobiy kolorit beradi, to‘liqsiz gaplar, ko‘pgina elliptik qurilmalar, kesimi undov va harakat nomi bilan ifodalangan gaplar ko‘proq so‘zlashuv nutqida qo‘llanadi.
=== Taqdimot 25 ===
Poetik sintaksis vositalari esa badiiy nutq uchun xarakterlidir. Ayrim sintaktik birliklar ma’lum funksional uslublarda keng qo‘llanib, boshqalari uchun esa tipik bo‘lmaydi. Masalan, ergashgan qo‘shma gaplar, yig‘iq gaplar funksional uslubning bir ko‘rinishida ko‘p, boshqa ko‘rinishida esa kam qo‘llanadi.
Ammo bunday hollarda ham gapning konkret tipi, uning tuzilishi, leksik va morfologik tarkibi funksional stillar uchun umumiy xarakterda bo‘ladi. Ayniqsa, hozirgi o‘zbek adabiy tilida rivojlangan sintaktik hodisalar sinonimiyasi funksional uslub uchun tuganmas manbadir.
=== Taqdimot 26 ===
Sintaksisning uslubiy imkoniyatlari. Sintaktik uslubiyat birliklarini belgilash bu sohaning predmetini belgilash demakdir. Ritorika, poetika, adabiyot nazariyasida sintaktik figuralar deb atalgan qurilmalar uslubiy sintaksis vositalari deb qaraladi. Bundan tashqari, o‘rinli va original qo‘llangan sintaktik qurilmalar ham stilistik vositalar bo‘lib xizmat qiladi.
=== Taqdimot 27 ===
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, uslubiyat va uslubshunoslik til va nutqning o‘ziga xos tomonlarini o‘rganish imkonini beradi. Ushbu sohada olib boriladigan tadqiqotlar tildagi o‘zgarishlarni kuzatish va yangi uslublarning paydo bo‘lishini tushunishga yordam beradi.
=== Taqdimot 28 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.