UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA
JISMONIY TARBIYA
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
2. Darsning vazifalari va maqsadi: ta’lim, tarbiya, sog‘lomlashtirish.
3. Darsning tuzilishi va darsga vazifa qo‘yish turlari.
4. O‘quv kun tartibida sog‘lomlashtirish tadbirlari.
5. O‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari.
6. Tibbiy nazorat.
=== Taqdimot 3 ===
TAYANCH IBORALAR:
Jismoniy madaniyat tushunchasi, o‘quvchilarni yoshini, jinsini, jismoniy tayyorgarligini hisobga olish, boshlang‘ich sinf, o‘rta sinf, yuqori sinf, o‘quvchilarni jismoniy madaniyati, dastur bo‘yicha o‘quv me’yorlari va boshqalar.
=== Taqdimot 4 ===
“Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni biz pedagoglardan maktabda ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga o‘rgatish metodikasini bilishni talab qiladi”.
=== Taqdimot 5 ===
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA JISMONIY TARBIYA JARAYONINING MAQSADI
O‘quvchilarni asta-sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi.
=== Taqdimot 6 ===
O‘QUVCHILAR JISMONIY TARBIYASI JARAYONIDA UMUMIY VA XUSUSIY VAZIFALAR HAL QILINADI
UMUMIY VAZIFALAR
XUSUSIY VAZIFALAR
Ta’lim berish, jismonan tarbiyalash va sog‘lomlashtirishdan iborat.
Davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida hal qilinadi.
=== Taqdimot 7 ===
TA’LIM BERISH VAZIFALARI
Jismoniy tarbiya darslarida ta’lim berish vazifalari o‘quvchilarni o‘quv dasturi asosidagi jismoniy mashqlarni bajarishga ularni mustahkamlash va takomillashtirishga, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga hamda harakatlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shuningdek o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash, chiniqish jismoniy madaniyatga doir nazariy bilimlarni oshirishga qaratilganligidir.
=== Taqdimot 8 ===
JISMONIY TARBIYALASH
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni barcha insoniy fazilatlarini, jumladan aqliy, axloqiy, etik–estetik, tarbiyalash, shuningdek ularda millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ko‘plab ijobiy g‘oyalarni singdirish kabi vazifalar hal etiladi.
=== Taqdimot 9 ===
JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA SOG‘LOMLASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGANLIG VAZIFASI
Jismoniy tarbiya darslari jarayonida darsni to‘g‘ri uyushtirish, sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilish, darslarni ochiq havoda o‘tkazish, orqali o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish vazifalari hal qilinadi.
=== Taqdimot 10 ===
XUSUSIY VAZIFALAR
• O‘quvchilar organizmining sog‘ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish.
• Turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo‘lish uchun shu yoshga xos bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
• Hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko‘nikmalarini rivojlantirish va keyinchalik kerak bo‘ladiganlari bilan qurollantirish.
• O‘quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish.
• O‘quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish.
• O‘quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash.
=== Taqdimot 11 ===
Jismoniy tarbiyaning ta’lim berish, tarbiyalash, sog‘lomlashtirishdek umumiy vazifalaridan kelib chiqib har bir dars uchun aniq xususiy vazifalar qo‘yiladi. Vazifalar “o‘rgatish”, “takrorlash”, “mustahkamlash”, “nazorat olish”dek mazmunga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Dars – bu jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tizimli shakli bo‘lib sinflarda dars jadvali asosida o‘quv dasturi mavzularini o‘qitish jarayonidir.
=== Taqdimot 13 ===
DARSNING TUZILISHI VA DARSGA
VAZIFA QO‘YISH TURLARI
Jismoniy tarbiya darslari bilan bog‘liq masalalarning eng asosiylaridan biri bu darsning tuzilishidir. Darsning tuzilishi, dars strukturasi degan atamalar 1940-yillarda pedagogikaga kirib kelgan.
=== Taqdimot 14 ===
Darsning tuzilishi – bu dars qismlari soni, ularni ketma-ketligi va mazmuni, davomiyligidir deb ta’rif berish mumkin.
=== Taqdimot 15 ===
Darsni tuzilishiga oid maxsus-ilmiy adabiyotlarda mutaxassislar tomonidan turlicha fikrlar bildirilgan. Masalan ba’zi mutaxassislar darsni kirish, tayyorlov, asosiy, yakuniy qismlardan iborat deb biladilar. Yana bir qator mutaxassislar jismoniy tarbiya darslari tashkiliy, asosiy, yakuniy qismlardan iborat deb hisoblab kelganlar. Ammo bunday bahs, munozara va fikrlarga chek qo‘yilgan.
=== Taqdimot 16 ===
Bugungi kunda jismoniy tarbiya darslari tuzilishiga ko‘ra uch qismdan iborat va ular darsning tayyorlov qismi, darsni asosiy qismi, darsni yakuniy qismi deb nomlanadi.
=== Taqdimot 17 ===
Darsning tayyorlov qismida o‘quvchilarni har tomonlama darsni asosiy qismida bajarilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalarga tayyorlab olishdan iborat bo‘lib, bu qismga 8-12 daqiqa, ba’zan ko‘proq vaqt rejalashtiriladi.
=== Taqdimot 18 ===
Darsning asosiy qismida o‘qituvchi tomonidan tuzilgan dars ishlanmasiga ko‘ra sinfda jismoniy tarbiyadan o‘quv dasturida belgilangan yangi mashqlar uqtiriladi, yoki avval o‘qitilgan mashqlar takrorlanadi, takomillashtiriladi. Jismoniy tarbiya darslarini asosiy qismi uchun 25-30 daqiqa vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsni asosiy qismini tashkil etish turli xil bo‘lishi mumkin. Ya’ni jismoniy tarbiya bo‘yicha DTS va o‘quv dasturi bo‘limlari (gimnastika, yengil atletika, shaxmat, kurash, sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar) ni o‘quv materialini o‘qitish darsni asosiy qismini turli usullarda tashkil etishni talab etadi.
=== Taqdimot 19 ===
Darsni yakuniy qismi uchun 3-5 daqiqa sarflanadi. Unda darsni asosiy qismida o‘quvchilar olgan jismoniy nagruzka holati pasaytiriladi, yengil mashqlar bilan yakunlanadi. O‘quvchilar rag‘batlantiriladi, lozim bo‘lsa tanbeh beriladi, baholanadi va uyga vazifa beriladi. Uyushgan holda dars o‘tilgan joydan chiqib ketiladi. Dars qismlarini to‘g‘ri tashkil etilishi darsni uzluksizligini va samaradorligini ta’minlashga katta imkoniyatlar yaratib beradi.
=== Taqdimot 20 ===
JISMONIY MADANIYAT DARSLARIGA
QO‘YILADIGAN TALABLAR
• Jismoniy tarbiya darsiga vazifalar aniq qo‘yilgan bo‘lishi kerak;
• Dars uslubiy va tarbiyaviy tomondan to‘g‘ri tashkil etilishi;
• Oldingi o‘qitilgan materiallarni izchil davom ettirish va ayni paytda ma’lum darajada kelgusi darsning vazifasiga bog‘liq bo‘lishi kerak;
• O‘quvchilarni yoshi, jinsi jismoniy tayyorgarlik darajasi, siyosatliligini hisobga olgan holda ularni jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi jismoniy mashqlarni to‘g‘ri tanlash;
• Jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lishi va o‘quv faoliyatini faollashtirishga xizmat qilishi kerak;
=== Taqdimot 21 ===
JISMONIY MADANIYAT DARSLARIGA
QO‘YILADIGAN TALABLAR
• Jismoniy tarbiya darslarida tarbiyaning boshqa turlarini ham amalga oshirib borish zarur;
• Jismoniy tarbiya darsini o‘quv kun tartibidagi boshqa fanlar bilan muvofiq olib borilishi darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi.
• Dars orqali diqqatni va nutqni rivojlantiruvchi harakatli o‘yin va mashqlardan ko‘proq foydalanish.
=== Taqdimot 22 ===
Har bir mashg‘ulotda o‘quv vazifalarining ketma-ketligini va uzviyligini ta’minlashi lozim. Bular “onglilik va faollik”, “oson tushunarli va individuallashtirish”, “ko‘rgazmalilik”, “muntazamlik” va “talablarni asta-sekin va tobora oshirib borish” ta’lim metodlariga suyangan holda olib boriladi.
=== Taqdimot 23 ===
NAMUNALI DARS KONSPEKTI JADVALI
Sinf: 3 v O‘quvchilar soni Qatnashdi Qatnashmadi Dars vaqti: 12.12.2021 yil Dars o‘tish joyi: №1-Maktab sport maydoni Dars turi: Yengil atletika
Darsning vazifasi: 1. 30 metrga yugurish texnikasini o‘rgatish. 2. 3×10 metrga maksimal yugurish texnikasini o‘rgatish. 3. Yugurish estafetasi o‘yinni o‘rgatish. Dars jihozlari: sekundomer, Hushtak, bayroqcha, estafeta tayoqchasi. Darsning maqsadi: O‘quvchilarda mashqlar orqali egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik va chidamlilik kabi sifatlar shakllantiriladi, o‘yin orqali esa ahillik, jamoasi uchun kurashish kabi insoniy His-tuyg‘ular singdirilib borladi.
=== Taqdimot 24 ===
=== Taqdimot 25 ===
O‘quvchilarni qayta bir qatorga saflash. Yangi dars vazifasini yana bir bor tushuntirish. O‘quvchilarga kerakli topshiriqlar berish.
1. O‘quvchilarni 30 metrga yugurish uchun maydonga saflaymiz. 30 metrga yugurish texnikasini o‘rgatish uchun pastki startda turish va chiqish holatini va masofa bo‘ylab yugurishini o‘rgatiladi.
2. 3×10 metrga mokisimon yugurishni texnikasini o‘rgatiladi.
3. Yugurish estafetasi o‘yini . O‘yinchilar 3 guruhga bo‘linib maydonga saflanadi. Maydonning bir tomoniga start chizig‘i chiziladi. Start chizig‘idan 15-20 metr masofadan oralig‘i 1.5 metrdan iborat bo‘lgan joylarga bayroqchalar qadaladi. O‘qituvchining buyrug‘iga asosan, jamoaning birinchi o‘yinchilari startdan yugurib chiqadilar. Ro‘parasidagi bayroqni aylanib so‘ng o‘ng tomondan orqalariga qaytadilar. Navbatdagi o‘yinchiga estafeta tayoqchasini uzatadi va o‘zining joyiga borib turadi. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi . Yugurishni boshqalarga nisbatan oldin bajargan guruh g‘olib hisoblanadi.
ASOSIY QISM:
=== Taqdimot 26 ===
Yakuniy qism: Qayta bir qatorga saflanish, maydon bo‘ylab sekin yugurish, yurish mashqlarini bajartirish. Bir qatorga saflash, o‘quvchilarni baholash. Uyga vazifa berish. O‘quvchilar bilan xayrlashish. O‘quvchilarning nafas olishi va o‘zini tutishini nazorat qilish. Uyga vazifa berishda o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish.
=== Taqdimot 27 ===
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUV KUN TARTIBIDA SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARI
• Darsdan va sinfdan tashqari ishlar.
• Darsgacha gimnastika mashqlari.
• Tanaffusdagi o‘yinlar.
• Jismoniy tarbiya daqiqalari.
• Sport bayramlari.
• Musobaqalar, o‘yinlar va boshqalar.
=== Taqdimot 28 ===
O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA
O‘TKAZILADIGAN SPORT MUSOBAQALARI
Sport musobaqalari ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishning eng qiziqarli shakllaridan biridir.
O‘quvchilarni uyda va jismoniy madaniyat jamoalaridagi doimiy jismoniy mashg‘ulotlarga jalb etishga yordam beradi.
Sport musobaqalari o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshiradi, bolalar jamoasini mustahkamlaydi.
Musobaqalar, sinfdan tashqari ishning boshqa turlari qatori, ta’lim muassasalarining umumiy yillik ish rejasiga kiritiladi.
=== Taqdimot 29 ===
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSOBAQALARNI O‘TKAZISH UMUMIY YILLIK ISH REJASI
O‘quv yilining boshida musobaqalarni o‘tkazish muddati, qoidalari va dasturlari aniq belgilab olinadi.
Bu muddatlarni hisobga olgan holda musobaqalarga oldindan tayyorgarlik ko‘riladi.
Har bir musobaqa muayyan nizomga muvofiq o‘tkaziladi.
Nizomda musobaqaning maqsadi va vazifalari, vaqti va o‘tkazilish joyi, qatnashuvchilar, dasturi, o‘tkazilish sharti va hisobga olish, eng yaxshi ishtirokchilarni va komandalarni mukofotlash tartibi, arizalar shakli va ularni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
=== Taqdimot 30 ===
“Tasdiqlayman”
19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori: ____________O. Jumaniyozov
“Tasdiqlayman”
19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi MMIBDO‘: ____________ Z. Abdullaeva
Jizzax shahar 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining 10-sinflar o‘rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida
=== Taqdimot 31 ===
NIZOM
MUSOBAQANI MAQSAD VA VAZIFASI
Maktabda “Quvnoq start” lari o‘yinlarini rivojlantirish va o‘quvchilar qiziqishlarini ulardan iqtidorlilarini saralab olish hamda sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish.
MUSOBAQA O‘TKAZISH JOYI VA VAQTI
“Quvnoq start”lar musobaqasi 2020-yil 19-mart kuni Jizzax shahar
19- umumiy o‘rta ta’lim maktab sport zalida 10:00 da boshlanadi.
=== Taqdimot 32 ===
NIZOM
MUSOBAQA QATNASHCHILARI
Musobaqada 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ___ sinf “Kuchlilar”, ___ sinf, “Epchillar” jamoalari ishtirok etadilar.
MUSOBAQAGA RAHBARLIK QILISH
Musobaqaga 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktori va maktab harbiy o‘qituvchisi rahbarlik qiladilar.
=== Taqdimot 33 ===
NIZOM
MUSOBAQANI O‘TKAZISH TARTIBI
Musobaqalar belgilangan qonun qoidalar asosida o‘tkaziladi. G‘olib guruhga 3 ochko, mag‘lub guruhga 1 ochko, durang 2 ochko.
G‘OLIBLARNI ANIQLASH
Eng ko‘p ochko to‘plagan jamoa 1-o‘rnni egallaydi.
=== Taqdimot 34 ===
NIZOM
G‘OLIBLARNI MUKOFOTLASH
1-o‘rnni egallagan jamoa 1-o‘rin faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlaniladi. 2-o‘rnni egallagan jamoa 2-o‘rin faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlaniladi.
=== Taqdimot 35 ===
“Tasdiqlayman”
19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori: ____________ O. Jumaniyozov.
Jizzax shahar 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Quvnoq startlar” musobaqasida ishtirok etish uchun 10a sinf o‘quvchilari jamoasidan.
TALABNOMA
=== Taqdimot 36 ===
1-o‘yin
• “Kim chaqqon”
• Qiz bolalar halqani olib belida aylantirib konuslar orasidan ilon izi tarzida o‘tib boradilar va oxirgi konusdan aylanib to‘g‘ri start chizig‘i tomon yugurib borib halqani belgilangan joyga qo‘yadi.
=== Taqdimot 37 ===
2-o‘yin
• “Qo‘shaloq to‘plar bahsi”
• Jihozlar: 5 ta konus, 2 ta basketbol to‘pi, 1 ta halqa
• Jamoalar tarkibi: 10 nafar.
=== Taqdimot 38 ===

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar