Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari shakllari
8000 so'm

Slayd 1
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlari shakllari
Slayd 2
Reja:
O‘rta maktabda darsdan tashqari ishlarning mazmuni.
Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning bog‘liqligi.
Darsdan tashqari ishlarning tashkil qilish uslubiyati.
Maktabdan tashqari jismoniy madaniyat ishlarini mazmuni. Jismoniy tarbiya bo‘yicha sport ishlarini tashkil etish uslubiyati.
Dam olish joylarida, mahallalarda jismoniy madaniyat ishlarini tashkil etish.
Maktabdan tashqari ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Slayd 3
Sinifdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifasi
Sinifdan va maktabdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi va vazifalari – sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila soxibi bo‘lish istagini shakillantirish. Sinifdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning qiziqish istaklari, xoxish va istaklari xoxish va extiyojlarga suyangan xolda ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv tarbiya jarayonini to‘ldirish.
Slayd 4
Sinifdan tashqari jismoniy tarbiyaning shakillari o‘quvchilarning ijodiy qobliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinifdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki to‘garak, kulub dasturlarning rang-barangligiga, ishlardagi yangiliklar o‘quvchi yoshlarni shaxs sifatida shakillntirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Slayd 5
Darsdan tashqari jismoniy tarbiya ishlarining xususiyatlari
Jsimoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarning jismoniy mashq mashmg‘ulotning tashkiliy tizimi bo‘lib, darsdan tashqari vaqtlarda maktabda o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning vazifasi mazmuni va tashkil qilish yosh avlodni jismoniy tarbiyasining maqsadi va vazifalardan kelib chiqadi.
Slayd 6
O‘zining spetsifik mazmuni bilan va xar xil tashkiliy shakillari va maqsadi berilishida o‘zining xususiyatlari bilan ajiralib turadi
Slayd 7
Darsdan tashqari ishlarni ish bo‘limlari
Darsdan tashqari ishlarni ish bo‘limlari o‘zining asosiy yo‘nalishiga qarab ikki asosiy bo‘limga bo‘linadi:
Jismoniy madaniyat sog‘lomlashtirish ishlari, jismoniy madaniyat kurujoklar, sog‘lomlashtirish kopleks talablariga tayyorlanish guruxlari va Ujt ommoviy musoboqalar, bayramlar o‘quv kunining rejimidagi tadbirlar. Jismoniy madaniyat sog‘lomlashtirish tadbirining mazmuni va tashkiliy tadbirining formalariga qarab ikkita yo‘nalishga bo‘linadi
To‘garak mashg‘ulotlar- o‘quvchi yoshlarni xarakat tayyorgarligini oshirish maqsadga qaratilgan bo‘lib o‘quv dasturi va sog‘lomlashtirish tadbiriga javob baradi
Sog‘lomlashtirish yo‘nalishi- sog‘liqni mustaxkamlash bilan faol dam olishga, aqliy jismoniy ish qobliyatini oshirishga saqlab turishga qaratilgan
Slayd 8
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilishda amaldagi shartlarga rioya qilish kerak
Birinchidan o‘quv ishlari bilan mustaxkam aloqadorlikni taminlash (o‘quv ishlarining mazmuni va metodik tashkiliy tomondan
Ikkinchidan mashg‘ulot mashiqlarini bajara bilish va ularda xar xil shakillarnit tashkil qila bilish
Uchinchidan. Maktabning darsdan tashqari barcha ta’lim-tarbiya ishlarini ajralmas qismi sifatida yoshlar ittifoqi) ijtimoiy xarakat ishlari) darsdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish
To‘rtinchidan. Ota-onalar, xomiylar va boshqa tashkilotlar yordamida foydalanib sport bazalarini tamirlash, sport tadbirlarini tashkil qilish va sport seksiya, jamoalariga raxbarlik qilish
Beshinchidan. Jismoniy madaniyat jamoasiga o‘qituvchi, maktab raxbariyati g‘amxo‘rligini oshirish va yoshlar ittifoqi yoshlar ijtimoiy xarakaat sardorlari, jismoniy madaniyat va sport tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish ishlariga etiborini oshiradi.
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilish talablari
Slayd 9
Darsdan tashqari ishlarga pedagogik raxbarlik
Raxbarlarning yaxshi bo‘lishi pedagogik xodimlar orasid vazifalarni to‘g‘ri taqsimlay olishga bog‘lik.
Derektor maktab jismoniy madaniyat jamoasiga raxbarlik qiladi va jismoniy madaniyat ishlariga javob beradi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bilan pedagogik kengashga aktual vazifalarni qo‘yadi. Yengil ikki marta o‘quvchilarni jismoniy tayorgarligini tekshiradi.
Slayd 10
Ma’naviy va ma’rifiy tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
O‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini , sinifdan tashqari jismoniy madaniyat ishlarini rejalashtirish ishlariga dars raxbarlarini jalb qilish o‘quvchilar yulboshchilar va jalb qilishdan iborat.
Dars raxbarlari- o‘z darsi dars, mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishni va darsdan tashqari ishlarga jalb qilishga yordam beradi.
O‘zining ish rejasida jismoniy madaniyat ishlarini o‘tkazishni rejalashtiradi.
Slayd 11
Jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarining shakillari nixo‘yatda xilma-xil bo‘lib jismoniy madaniyatning har xil vazifalarini yechishda umumlashtirib pedagogik jamoasi, maktabdan tashqari muossasalaarning raxbarlari bilan xamkorligida ish olib borishga bog‘liqdir, faqatgini shunda o‘quvchilar pedagogik samarani turlari va uni ta’minlaydigan jismoniy mashqlarni tashkil qilishning barcha tizimiga tushunadi.
Slayd 12
Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish barcha jismoniy tarbiya jarayonini samarasini oshirishga yordam beradi va ishga mustaqil xarakat qilish imkonini, ijodiy izlanish va qo’pol xatolardan qutilish choralarini izlash imkonini beradi.
Slayd 13
Jismoniy madaniyat to‘garaklari- kichik maktb yoshidagi o‘quvchilari bilan guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazishning asosiy shakili sharoitlarda va istovchilar sonidan kelib chiqqan xolda to‘garaklarni tashkil qilishning birdan bir varianti tanlab olinadi. Bular xar bir dars, boshlang‘ich darslarning barcha o‘quvchilari uquv materiallarini o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar va aloxida qizlar va bolalar uchun tashkil qilinadi.
Slayd 14
To‘garaklar bo‘yicha o‘quv guruhlari 20-30 o‘quvchidan tashkil qilinadi va mashg‘ulotlar xaftada 2-3 marta 45 daqiqa davomida o‘tkaziladi.
To‘garaklar bo‘yicha vazifalari:
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning xarakat rejimini faollashtirish,
O‘quvchilarni maxsus bilimlarini va xarakat ko‘nikmalarini ko‘paytirish,
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga qiziqishni takomillashtirish.
Slayd 15
Darsgacha gimnistika mashqlari.
Uning maqsadi; o‘quvchilarni aqliy ish qobliyati va oldilarida turga o‘quv faoliyatlariga xamda a’zolaridan salbiy siljishlarga ogoxlantirish, uzoq xarakatsizlikda bo‘lgan vaziyatni yo‘qotish. Jismoniy tarbiya darslarida o‘qituvchilarning raxbarligida mashiqlar majmuasi o‘rgatiladi. O‘tkaziladigan darsgacha gimnastika mashiqlari majmuasi xar bir smenaning dars boshlanishidan oldin o‘tkaziladi. U 5-8 jismoniy mashiqlar o‘rgatiladi. O‘tkaziladigan gigienik gimnastika- xar bir simenanig birinchi darsidan oldin o‘tkaziladi. 5-8 Mashiqlar majmuasidan iborat bo‘lib, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun 5-8 minut davom etadi.
Slayd 16
Ertalabki badantarbiyaning o‘tkazish sharoitlari
Ertalabki badan tarbiya-derazalari ochiq xonalarda, xovlida, maydonchada o‘tkaziladi. Bunda qisqa muddatli yugurishga o‘tladigan mashiqdan boshlanadi. U organizmda issiqlik xosil qilib yurak, o‘pka, faoliyatini kuchaytiradi. Yurishdan yugirishga o‘tilib, keyin sekinlashadi va iqayta saflanishga kolnnaga kegin doiraga o‘tiladi.
Katta miqdorda kislarod talab etuvchi muskul ishida nafas olish va sovuq qotish havfi yo‘qoladi, muntazam o‘tkazilsa sovuq tempiraturaga nisbatan ko‘nikma xosil bo‘ladi sovuq xavoda o‘tkaziladigan mashiqlar juda katta suratda o‘tkaziladi.
Slayd 17
Jismoniy tarbiya daqiqalari nazariy fanlar darslarida:
Fanlar darslarida 3-6 mashqlardan iborat bo‘lib o‘tkaziladi va 2-3 minut davom etadi.
Vazifasi:
Charchashni kamaytirish,
Tanani majbur qilingan xolatiga salbiy ta’sir qilishni tushurish.
O‘quvchilar diqqatini ijobiy samarasi aktiv dam olishning fiziologik mexanizmiga asoslangan. Jismoniy tarbiya daqiqallari birnchi toliqishni sezishdan keyin yoki dars boshlangandan 20-30 minut keyin o‘tkazilkadi.
Slayd 18
Mashqlarning mazmunini:
Tortilish mashiqlari (umurtqa pog‘onani to‘g‘irlash, kerish, nafas, olish), – 1-2 mashqlar gavdaning yuqori qismidagi muskul gurupalarini ishga solish,
Qad qomatini to‘g‘irlashga qaratilgan mashiqlardan iboratdir.
Ayrim mashqlar partada o‘tirgan xolda bajarish mumkun.
Xar bir mashq 4-6 marta takirorlanadi.
Slayd 19
Tanafus vaqti o‘tiladigan o‘yinlar.
Maqsad va vazifalari:
Chiniqish aqliy va jismoniy mashiqlarni muntazam ravishda bajarishni odat tusiga kiritishdan iborat. O‘quvchilarni sog‘ligini mustaxqamlash va faol dam olish,
Tashkiliy jamoa faoliyatiga ijobiy munosabatlarini shakillantirishga ta’sir qilish, bilimlar xajmini oshirish
Aktiv dam olishning mustaqil ommaviy formalarni o‘tkaziladigan bilim va ko‘nikmalarni xajmini oshirish
Ijobiy mustaqillik tashabbuskorlikni rivojlantirishga ta’sir qilish ongli tartib intizomlilik ko‘nikmalarini shakillantirish
Slayd 20
Kuni uzaytirilgan guruxda sport soati.
Uning maqsadi o‘quvchilar sog‘ligini mustaxkaamlash aqliy va jismoniy yuklanishlarning oldini olishdan iborat mashg‘ulotlarga qiyinchiliklar sodir bo‘lmaydigan sharoitda jalp qilish xususiyatida o‘yin metodidan foydalanish ustunligida o‘tkaziladi, shuningdek, uyda berilgan topshiriqlar xam bajariladi. Bunday mashg‘ulotlarni bajarishda mutaxasislar, maktabning jismoniy tarbiya faollari va ota-onalar xam jalp qiliniadi. Mashg‘ulotlar xar kuni 35-45 daqiqa mobaynida o‘tkiziladi.
Slayd 21
Sport seksiyalari
Maqsad: o‘quvchilarni umujismoniy tayyorgarligini oshirish, jismoniy tarbiya va sportning xar xil vositalaridan foydalanish o‘quv dasturi asosida tuzish. Bu manbalarga asosan boshlang‘ich, o‘rta dars o‘quvchilari jalb qilinadi. Mashg‘ulot xaftasiga ikki marta 45-60 daqiqadan o‘tkaziladi. Umumiy raxbaarlikni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi amalga oshirada. Bunday mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchuun jamoatchi sport yo‘riqchilari, yuqori dars faollari, bolalar va o‘smirlar sport maktablarining o‘quvchi sportchilar jalp qilinadi.
Slayd 22
Sayrlar
O‘yin sayirlari, xarakatli (yestafetalar aktirisiyon namoyishlar), o‘yinlarni boloalarning o‘zlari tanlagani maqul. (Mazmuni, o‘tish joyi, takrorlash soni aniq belgilanadi). Mehnat topshirig‘i bilan sayrga chiqishlar–futbol maydonini tozalash, daraxtlar o‘tqazish, sport sayipi-yugurish, sakrash, uloqtirish, va boshqa sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarni o‘z ichiga oladi.
Slayd 23
Darsdan tashqari ishlar.
Dasturning ushbu qismi jismoniy tarbiyaning darsdan tashqari shakli mazmunini birlashtiradi. Sinfdan tashqari mashg‘ulot shakllariga quydagilar kiradi: gigenik gimnastika, chiniqtirish, salomatlik daqiqalari, xarakatlar uchun tanaffus, sayr qilish. Kuni uzaytirilgan guruxlar uchun jismoniy tarbiya, soati, sport to‘garaklari, salomatlik va sprot turlari, jismoniy tarbiya bayramlari, sog‘lomlashtirish oromgoxlari, sport turlari bo‘yicha maktab seksiyalari, maktab sport musobaqalari va davlat ta’lim standartlariga topshiriqlari ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi.
Slayd 24
Sport musoboqalari.
Maktab sport musoboqalrini o‘tkazilishi sinfdan tashqari maktabning ommaviy sport tadbirlari xaqidagi kalendar ish rejasiga muvofiq va maktab raxbarlarining nazoratida olib boriladi. Maktabning ichki musobaqalari darslar aro, guruxlar aro, o‘tkaziladi. Bundan tashqari musoboqalar shaxsiy birinchilik uchun xam o‘tkaziladi. (Yuguruvchilar kuni, sakrovchilar kuni, turnikka tortiluvchilar kuni, va boshqalar). Mumkin. O‘qituvchilar kuniga mustaqillik kuniga, navruz kuniga, bag‘ishlab va boshqalarga asoslab olib boriladi. Shuningdek ommaviy sport turlari bo‘yicha musoboqalairini maktablar aro o‘tkazishni amalga oshirish, tuman, shaxar, musoboqalariga qatnashish uchun maktablarda yeng yaxshi sportchilardan terma jamoalarini tuzib musoboqalarda qatnashish.
Slayd 25
Jismoniy madaniyat bayramlari.
Jismoniy madaniyat bayramlari, ommaviy tomosha bayramlari tadbirlaridan biri bo‘lib namunaviy va qiziqtiruvchi xarakterga yega va jismoniy madaniyatni targ‘ibot qilishga yordam beradi. Ularning ayrim vazifalari maktab jismoniy madaniyat jamoasi eriishgan yutuqlarni namoyon qilish, ayrim davr uchun ish natijalarini yakunlash. Bayramlar odamda mamlakatimizning, xalqaro sport xayatida, maktab jamoasi,muxim sanalarga, voqealarga bag‘ishlab o‘tkaziladi. Bayramlar sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega bo‘ladi qachonki barchcha tomoshabinlar faol ishtirok qilish imkoniyati va tadbirlari ko‘p bo‘lsa. Bayram dasturiga ko‘p vaqtni talab qiladigan o‘quvchilarni ommaviy musoboqalarini maqsadga muvofiqdir. Bayramlarni tipik tarkibiy qismga-tantanali ochilish (barcha qatnashchilarni umumiy saftortishi vaparadi, qatnashchilarini tabriklash). A) Musoboqa toliblarini va jismoniy ma’daniyat faollarini taqdirlash. B) O‘quvchilarni ommaviy namunaviy chiqishlari, yeng yaxshi sportchilarni, taklif qilingan sport ustalarini ommaviy, va tomoshabinlarni qiziqtiruvchi o‘yinlar bilan chiqishlar. V) musoboqalarni tantanali ravishda yopish (bayramda g‘oliblarga mukofotlar va sovrunlarni topshirish va qatnashuvchilarni yakuniy tantanali yopishi).
Slayd 26
Turistik sayrlar
Sog‘lomlashtirish va ta’lim tarbiyaviy vazifalarni kompleks yechishga imkon beradi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash va organizmni chiniqtirish, amaliy ko‘nikmalarni shakillantirish va axloqiy sifatlarni tarbiyala, jamoatchilik xislatlarini sezish va boshqalar bundayvazifalarni yechish xarakat qilishni faol usullarini va tabiatning tabiy kuchlaridan foydalanishni ta’minlaydi. O‘quvchilar qiyinchiliklarni yengib o‘tish zarurligini va qo‘yilgan qoidalarga bo‘ysunish, tug‘ilib usgan yurti, tabiati va tarixi tanishish mavzusi yo‘nalishi asosida olib boriladi, shuning bilan bir vaqtda turistik sayirlar o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini va foydali jamoat ishlarini tashkil qilishning shakillari xisoblanadi.
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.