Turob To‘la hayoti va ijodi

8000 so'm


Turob To‘la hayoti va ijodi

 

 

Slayd 1

TUROB TO’LA
(1918-1990)

Slayd 2

Turob To‘la 1918-yilning 24-dekabrida hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan.

Slayd 3

Uning dastlabki to‘plami 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan chop etilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida shoirning «Shodligim» (1941-yil), «Tabassum» (1944-yil) nomli to‘plamlari e’lon qilindi.

Slayd 4

A s a r l a r i
«Baxt tongotari» (1948-yil);
«Muborakbod» (1949-yil);
«Bolalar dostoni» (1950-yil);
«Qanotlan, qo‘shiqlarim» (1955-yil);
«Tanlangan asarlar» (1958-yil);
«Oromijon» (1961-yil);
«Gulyor» (1968-yil);
«Oftob nayzada» (1974-yil) singari she’r va dostonlar to‘plamlari chop etildi.

Slayd 5

Mashhur qo’shiqlar muallifi
«Hayo bilan»;
«Sumbula»;
«Ko‘chalar»;
«Do‘ppi tikdim»
«Sartarosh qo‘shig‘i»;
“Maftun bo’ldim”.

Slayd 6

Mashhur filmlar muallifi
«MAFTUNINGMAN», «SHASHMAQOM», «FURQAT»

Slayd 7

TUROB TO’LA – DRAMATURG.
«Qizbuloq», «Nodirabegim», «Momo yer» pyesalari, «Zulmatdan ziyo», «Malikayi ayyor» opera librettolari hamda «Samarqand afsonasi» baleti librettolari respublikamiz teatrlari repertuaridan munosib o‘rin egalladi.

Slayd 8

Tarjimonchilik
Turob To‘la Shekspirning «Qiyiq qizning quyulishi» komediyasini, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko, To‘qay asarlarini ona tilimizga mahorat bilan o‘girgan.

Slayd 9

Taniqli shoir, nosir, tarjimon va dramaturg Turob To’la 1990-yil 20-aprelda
olamdan o‘tgan.

Slayd 10

Nozim To’laxo’jayev – shoirning o’g’li, taniqli aktyor va rejissor

Slayd 11

«Yetti zog‘ora qissasi»
1981-yilda yozilgan.
Ushbu asarda bir necha nasriy janrlarda yaratilgan katta-kichik hikoyalar yagona sujet ipiga mohirlik bilan tizilgan.
Ular orasida shoirning o‘z bolaligi bilan bog‘liq hayotiy hikoyalar, keksalardan eshitgani rivoyat, afsona, ertak va cho‘pchaklar, o‘zi to‘qigan ibratli voqealar bayoni bor.

Slayd 12

D I Q Q A T !
Asosiy hikoyachi Baxshilla maxsum. U o‘z hayotida ko‘rgan-kechirganlarini, kattalardan eshitgan rivoyatlarni nabirasiga yo‘l davomida nihoyatda qiziqarli tarzda aytib boradi.

Slayd 13

ASAR BOSHLANISHI
O‘qishidan ta’tilga chiqqan Toshtemir buvasi Baxshilla maxsumdan Turbat qishlog‘iga olib borishni iltimos qilishi bilan boshlangan bu qissa o‘nlab hikoya, afsona, rivoyat va ertaklarni o‘z ichiga oladi.

Slayd 14

“DO’NAN” hikoyasi

Slayd 15

Hikoya qahramonlari
Bola Baxshilla
Oyisi
Dadasi
Akasi
Fayzi dasturxonchi
Do’nan

Slayd 16

BILASIZMI?
Hozirgi zamondagi ot zotlari boʻyi 2,5 m gacha, balandligi 50 sm dan 185 sm gacha, vazni 60 kg dan 1500 kg gacha boradi.
Sutidan qimiz tayyorlanadi.
Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ziyod ot zotlari mavjud.

Slayd 17

Baxshilla maxsum:
Yoshligimda mening bir chiroyli, kelishgan do‘nanim bo‘lardi.
Onasining qornidan tushiboq, dingillab menga qaragan, bo‘ynini bo‘ynimga solgan, ingichka-ingichka oyoqlari titrab turardi.
Oyoqlarining to‘pig‘ida olasi bor edi, peshanasida qashqasi.
Ko‘zlari katta-katta, kiyiknikiga o‘xshagan chiroyli.

Slayd 18

Buvam bu seniki, dedilar, katta bo‘lganida ham men boqdim, mendan boshqadan yem yemasdi, suvga ham meni undardi, birga borardik o‘rta ariqqa, o‘rta ariqdan suv ichmay turib olardi, Toshloqqa borardik, Toshloqdan ichardi, erinmasdan cho‘miltirardim, uzoq yuvardim.

Slayd 19

Faqat men minardim uni. Juda yugurik chiqdi, chavandozlar ko‘zmunchoq taqib qo‘y, deyishdi, ko‘zmunchoq taqib qo‘ydim, ko‘z tegmasin deb. Ko‘pkarlarda minardim, aralashmasdim-u, uzoq-uzoqlarda ko‘pkarchilar orqasidan chopardim. U shu qadar quvonib yurardiki, boshini qo‘yib yuborsam yetib olishi hech gap emasdi.

Slayd 20

Axir u, otmas, odam edi. Xuddi odamlar singari yurardi yo‘lda ham. Hech o‘rtadan yurmasdi, nuqul o‘ngdan yurardi odamlarga o‘xshab, hatto uyga o‘zi kirib kelardi, jilovini qo‘yib yuborganda ham. Ovqatni ham tanlab yerdi, har narsani yem deb yeyavermasdi. Suvni ham tanlab ichardi, faqat buloq suvini ichardi. Yurganda yurganini bilmasding, chopganda chopganini…

Slayd 21

Ertalab barvaqt turib qarasam, do‘nan yo‘q, yugurib oyimning oldiga kirdim, oyim boshimni silab, «xafa bo‘lma, bolam, odatimiz o‘lsin, shunaqa, qaysi befarq u yerga bog‘lagan ekan, yo o‘zing bog‘labmiding?» dedilar.

Slayd 22

O’YLAB KO’RING!
«Do‘nan» asarida Sizga eng kuchli ta’sir qilgan epizod qaysi bo‘ldi?
Odam va otning bir-biriga bu qadar mehr qo‘yishining bosh sababi nimada deb bildingiz?
«Shang‘illab butun hovlini boshiga ko‘taradigan» Fayzi dasturxonchi, Sizning nazaringizda, qanday odam?
Bolaning otasi mehmondan otni qaytarib olib kelmaganini qanday baholaysiz?

Slayd 23

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 24

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Turob To‘la hayoti va ijodi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar