=== Taqdimot 1 ===
Turkistonda ilm fan taraqqiyoti
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
1. Turkistonda jadidchilik harakatlari.
2. Turkiston jadidlarining asosiy g‘oyasi.
=== Taqdimot 3 ===
Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif hodisa bo‘lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar mahsulidir. XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma’rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid’atlarni isloh qilish fikri paydo bo‘la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya’ni yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha “jadid” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangi” degan ma’noni bildiradi). O‘sha davrlardan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, ya’ni feodal-o‘rta asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo‘lgan kishilarni esa qadimistlar, deb atay boshladilar.
=== Taqdimot 4 ===
XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko‘p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Bu harakat mavjud jamiyatning tuzum, eski turmush, eski maktab tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi. Bu qarshi kuch vakillari qadim yo qadimchilar deb atalgan bo‘lsa, yangi hayot shabadalarini olib kelishga uringan kishilar esa jadid yoki jadidchilar degan nom oldilar. Shu tarzda asrimiz boshlarida jadidlar va jadidchilik harakati yuzaga keldi. Turkiston xalqining boy ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o‘zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g‘oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos yo‘nalishi edi.
=== Taqdimot 5 ===
Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Jadidchilikning asosiy g‘oya va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, “Usuli qadim” ni inkor etgan holda o‘lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiy yo‘lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat ko‘rish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi, milliy qo‘shin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma’rifatchilarining Turkiston o‘lkasida ma’rifatparvarlik g‘oyalarini tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi.
=== Taqdimot 6 ===
Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi asta-sekin bo‘lsa-da milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o‘lkadagi mahalliy xalqning ongiga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy-ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffaq bo‘ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma’rifatchilik g‘oyalari tarqala boshladi, yangi ta’lim-tarbiya shahobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ‘ibot, jadidchilik harakati rivoj topdi.
=== Taqdimot 7 ===
Mana shunday sharoitda Turkistonda ko‘plab ma’rifatchilar yetishib chiqdi. Turkistonda jadidchilik harakati uch soha orqali faoliyat ko‘rsatdi. Bular: maorif (yangicha maktablar ochish, ta’lim usulini yangilash), san’at (badiiy adabiyot, teatr) matbuot (gazeta jurnallar). Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma’rifatli qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg‘unlashuvi natijasida, o‘zligini, o‘z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi. Turkiston jadidchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo‘lida katta ishlar qilindi. Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so‘nggi choragida uyg‘ongan ma’rifatchilik, ma’rifatparvarlik qarashlarining ta’siri katta bo‘ldi.
=== Taqdimot 8 ===
XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e’tibor bersak, ma’rifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining g‘oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko‘ramiz.
=== Taqdimot 9 ===
Jadidlar ilm fanni o‘rgatishda noto‘g‘ri tahlil qilib emas, balki uning o‘rniga xalqning ilm fan taraqqiyoti uning haqiqiy bunyodkori ekanligini o‘quvchilarga tanishtira boshlashdi. Jadidlar Turkistonda savodxon va bilimdon kishilarni tarbiyalashda ilm fan taraqqiyoti va ta’lim tizimi ahamiyatini yuqori baholar edilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistonning barcha aholisiga “hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil” bo‘lish uchun o‘z vatani tarixini o‘rganish da’vati bilan murojaat qildi. Xorazmlik mashhur olim Muhammad Yusuf Bayoniy ham avlodlarga ikki yirik tarixiy asarini meros qoldirgan. Bular “Xorazm tarixi” va “Shajarai Xorazmshohiy” asarlaridir. Rus tadqiqotchilari ham o‘lkadagi fan taraqqiyoti rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan. Ulardan biri sharqshunos va arxeolog V. Vyatkin (1869-1932) bo‘lib, u Samarqandda faoliyat yuritdi.
=== Taqdimot 10 ===
V. Vyatkin mahalliy tarixchilar bilan birgalikda ancha vaqt Ulug‘bek rasadxonasi o‘rnini izladi. 1908-yilda rasadxona binosi qoldiqlarini va rasadxonaga tegishli asbob-uskunalarning bir qismini topishga muvaffaq bo‘ldi. U “Shohizinda”, “Cho‘ponota”, “Afrosiyob qo‘rg‘oni” asarlarini yozdi. Rus va o‘zbek tillarini o‘rganish bo‘yicha qator darsliklar muallifi bo‘ldi.
=== Taqdimot 11 ===
Faqat XIX asrning 90-yillarida va XX asr boshlarida O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqot ishlari avj oldi. Mashhur rus zoologi va sayyohi N. A. Seversev Pomir tog‘ tizimini o‘rganib chiqdi. U sayohati davomida botanikaga va minerallarga oid namunalar to‘pladi. P. P. Semyonov-Tyanshanskiy Tyanshan tog‘ tizimini o‘rganib, muzlik, vulqonlar haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘pladi. A. P. Fedchenko Farg‘ona vodiysi va Oloyni, shuningdek, Zarafshon vodiysi bilan Qizilqumni ham tekshirib chiqdi. Bu davrda bir qator adabiyot namoyandalari yetishib chiqdi. Shulardan biri o‘zbek demokratik shoiri Ubaydulla Solih o‘g‘li Zavqiy bo‘lib, u bitgan satirik she’rlarida hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakatlari tanqid qilinadi.
=== Taqdimot 12 ===
Sharq adabiyoti uchun an’anaviy bo‘lgan janr she’riyat edi. Turkistonda she’riyatning shakl va mazmuni bir-biridan farqlanuvchi va ba’zan bir-biriga zid bo‘lgan so‘fiylik va tanqidiy-realistik oqim mavjud edi. Shoirlar va yozuvchilar o‘z ijodlarida xalq dardini, davrning dolzarb muammolarini aks ettirishga harakat qilganlar. Ular orasida Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira Anbar otin, Avaz O‘tar o‘g‘li, Ahmad Donish va boshqalarning ijodini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
=== Taqdimot 13 ===
Anbar otin ham Zavqiy kabi erksevar va hurfikr she’rlari bilan shuhrat topdi. Shoira Qo‘qon shahrida yashab, ayollarning jamiyat va oiladagi haq-huquqsiz ahvoli to‘g‘risida achchiq haqiqatlarni qalamga oldi. Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qildi. Adib o‘zining hikoyalari, felyetonlari va pyesalari bilan Turkiston ziyolilari hamda xalq ommasi orasida keng tanildi.
=== Taqdimot 14 ===
Umuman olganda jadidlar orasida har bir ma’rifatparvar olimlarga turli tazyiqlar o‘tkazilgan bo‘lsa-da ammo ular o‘z faoliyatlari va xalqni ilmli qilish g‘oyasidan voz kechmadilar. Yozuvchi shoirlar o‘sha davr ijtimoiy tizimini uning oqibatlarini ba’zan oshkora bazan yashirin yo‘llar bilan xalqiga yetkazdilar. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz lozimki, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyg‘onish va milliy ong yuksalishida katta ro‘l o‘ynagan. Jadidchilik g‘oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo‘jayev, So‘fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g‘oyat og‘ir sharoitlarda targ‘ib etishga harakat qilganlar.
=== Taqdimot 15 ===
Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urishga yo‘l qo‘ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma’rifatchi jadidchilar og‘ir moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma’naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar.
=== Taqdimot 16 ===
Tarixning murakkab, mas’uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg‘usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o‘zlari dars berar, o‘quv qo‘llanmalari yozar, nashr etar va bu yo‘lda jonbozlik ko‘rsatar edilar.
=== Taqdimot 17 ===
Bu yo‘lda hatto o‘z mablag‘larini yemaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Bugunda ma’rifatparvar-jadidchilarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va nasriy meroslari ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g‘oyalari o‘zbek xalqining ma’naviyat va ma’rifatini, milliy qadriyatlar va ongini yuksaltirish yo‘lida xizmat qilib, avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalab kelmoqda.
=== Taqdimot 18 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.