=== Taqdimot 1 ===
Tiriklikning tuzilish darajalari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Hujayra.
2. To‘qima.
3. Tur populyatsiya.
4. Beogeotsenoz.
5. Biosfera.
=== Taqdimot 3 ===
Tirik organizmlar yoki biologik tizimlar quyidagi darajalarda bo‘ladi: molekula, hujayra, to‘qima, organ, organizm, popu- latsiya, biogeotsenoz (ekotizim) va biosfera. Har bir tuzilish darajasida atrof- muhit bilan ya’ni moddalar, energiya va axborot almashinuvlar natijasida o‘ziga xos muayyan tizimlar kelib chiqadi.
=== Taqdimot 4 ===
Tizim deganda bir butunlikni tashkil etuvchi komponentlarning ma’lum izchillikdagi o‘zaro bog‘lanishlari va ta’sirlari tushuniladi. Shunday qilib, tizimning asosiy tarkibiy qismlari komponentlar, bog‘lanishlar va chegaralardir. Barcha tirik organizmlar ochiq tizim hisoblanib, ular tashqi muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuviga ega. Keling, quyida tiriklikning asosiy tuzilish darajalarini ko‘rib chiqaylik.
=== Taqdimot 5 ===
Molekula. Ushbu bosqichda tirik tizim biologik faol yirik molekulalar, ya’ni: oqsillar, nuklein kislota va uglevodlarning faoliyat ko‘rsatishida namoyon bo‘l adi. Molekula bosqichda aynan tirik materiya uchun xos bo‘lgan quyosh nuri ener giyasining organik moddalarda bog‘lanishi kimyoviy energiyaga aylanishi ya’ni moddalar almashinuvi, irsiy belgilarni o‘tkazish hamda tuzilmalarning avlodlardagi barqarorligi singari jihatlar kuzatiladi.
=== Taqdimot 6 ===
Hujayra. Hujayra tirik organizmlarning tuzilish, rivojlanish va funksional birligidir. Hayotning hujayrasiz shakllari ham mavjud. Buning dalili sifatida viruslarni ko‘rsatish mumkin. Ularga xos bol‘gan ayrim tiriklik xususiyatlari faqat hujayrada namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 7 ===
Biologik moddalar ushbu bosqichda bir butun tizim sifatida birlashadi. Hujayra tuzilish darajasiga ko‘ra barcha tirik organizmlar bir va ko‘p hujayralilarga ajraladi.
=== Taqdimot 8 ===
Hujayralarni o‘rganadigan fan Sitologiya hisoblanadi. Hujayra to‘liq shakllangan yoki shakllanmaganligiga qarab Prokariot va Eukariot hujayralarga bo‘linadi. Prokariotlar yadrosi to’liq shakllanmagan dastlabki hujayralar kiradi. Prokariotli organizmlarga: ko‘k yashil suv o‘tib,bakteriyalar va ayrim zamburug turlari kiradi.
=== Taqdimot 9 ===
Eukariot hujayralar yadrosi to‘liq shakllangan va murakkab tuzilgan bo’lib o’simlik hayvonlarning deyarli barchasida uchraydi. Eukariot hujayralarning o‘zi ham o‘simlik va hayvon hujayrasiga bo‘linib ketadi. Va bir-biridan farq qiladi. O‘simlik hujayralari qobig‘i sellulozadan tashkil topgan va o‘simlik hujayrasiga mustahkamlik berib turadi. Hayvon hujayralari qobig‘i esa oqsil va yog‘lardan tashkil topgan.
=== Taqdimot 10 ===
=== Taqdimot 11 ===
O‘simlik hujayrasi
• Plastida
• Vakuola
• Sellluloza
O‘simlik hujayrasi va hayvon hujayrasi o’rtasidagi asosiy farqlar yuqoridagilardan iborat.
Hayvon hujayrasi
• Hujayra markazi
• Setoskelet
• oqsil va yog‘li qobiq
=== Taqdimot 12 ===
Eukaryotik hujayra organellalari:
Yadrocha
Hujayra yadrosi
Ribosoma
Vesicle
Endoplazmatik toʻr
Golji kompleksi
Cytoskeleton
=== Taqdimot 13 ===
Smooth endoplasmic reticulum
Mitoxondriya
Vakuolalar
Cytosol (organellalarni o’z ichiga olgan suyuqlik, sitoplazmani o‘z ichiga oladi)
Lizosoma
Centrosome
Plazmatik membrana
=== Taqdimot 14 ===
HUJAYRANING KIMYOVIYTARKIBI:
1-guruh (98%gacha)
(makroelementlar)
Uglerod
Vodorod
Kislorod
Azot
2-guruh (1,5-2%)
Kaliy
Natriy
4-guruh
Kalsiy
Magniy
Oltingugurt
Fosfor
Xlor
Temir
=== Taqdimot 15 ===
HUJAYRANING KIMYOVIYTARKIBI:
3-guruh (>0,01%)
(mikroelementlar)
Sink
Mis
Ftor
Yod
Kobolt
Molbden
4-guruh (>0,00001%)
(ultra mikroelementlar)
Uran
Radiy
Oltin
=== Taqdimot 16 ===
To‘qima. To‘qima — kelib chiqishi, tuzilishi va bajaradigan vazifasi o‘xshash bo‘lgan hujayralar yig‘indisidan iborat. organ. organ ko‘pchilik hayvonlarda bir necha turdagi to‘qimalarning tuzilish va funksional yig‘indisi hisoblanadi. Masalan, odamning terisi epiteliy va birik tiruvchi to‘qimalardan iborat, ular bir necha vazifalarni bajaradi.
=== Taqdimot 17 ===
O‘simlik va hayvon to‘qimalari ham bir-biridan keskin farq qiladi.
O‘simlik to‘qimalari
Hosil qiluvchi
Asosiy
Jamg‘aruvchi
Ajratuvchi
O‘tqazuvchiv va vh.
=== Taqdimot 18 ===
Hayvon to’qimalari
Qoplovchi
Biriktiruvchi
Muskul
Nerv
=== Taqdimot 19 ===
Organizm. organizm mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko‘p hujayrali tirik tizimdan iborat. Ko‘p hujayrali organizm har xil vazifalarni bajarishga moslashgan to‘qima va organlardan tashkil topadi. Populatsiya—tur. Populatsiya kelib chiqishi, yashash sharoiti va hayot tarzlari bir xil (o‘xshash) organizmlarning yig‘indisidan iborat. Ushbu bosqichda dastlabki evolutsion o‘zgarishlar kuzatiladi.
=== Taqdimot 20 ===
Populyatsiya
Biologiyada Populyatsiya (lotincha: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi.
=== Taqdimot 21 ===
=== Taqdimot 22 ===
Biogeotsenoz (bio…, geo… va yun. koinos — umumiy) — Yer yuzining muayyan bir qismi doirasida shakllangan tabiat sistemalarining oʻzaro boglangan va bir-birini taqozo etadigan murakkab majmui. Jami Biogeotsenozning organik moddalari va energiya potensialini yaratuvchi yashil oʻsimliklar Biogeotsenozning asosiy komponenti hisoblanadi. Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil oʻsimliklar va xemosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburugʻlar, koʻpgina bakteriyalar, viruslar) Biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning Yerga yaqin qatlami, undagi gaz hamda issiqlik resurslari, Quyosh energiyasi, tuproq va uning suvmineral resurslari esa jonsiz komponentlariga kiradi.
=== Taqdimot 23 ===
=== Taqdimot 24 ===
Biogeotsenoz. Bir-biri va atrof muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi gan organizmlarning populatsiyalari biogeotsenozlar deb ataladi. Biogeotsenozdagi hayot jarayonlarini tashqaridan keladigan energiya ta’minlagani uchun uni ochiq, o‘zini o‘zi boshqaradigan sistema deyiladi. Biogeotsenozning asosiy vazifasi energiyani to‘plash va taqsimlashdir.
=== Taqdimot 25 ===
Biosfera. Sayyoramizdagi hayotning barcha ko‘rinishlarini qamrab olgan, ancha yuqori darajadagi tabiiy tizimdir. Biosfera yerdagi turli-tuman hayot ko‘rinishlarini qamrab oladi. Biosfera bosqichida sayyoramizdagi tirik organizmlarning hayot faoliyati bilan bog‘liq ravishda barcha moddalar va energiyaning davriy aylanishi kuzatiladi.
=== Taqdimot 26 ===
Tirik organizmlarda kuzatiladigan moddalar almashinuvi jarayonida organik moddalarning roli qanday?
Tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga nisbatan tirik organizmlar hujayrsi ning o‘ziga xosligi nimadan iborat?
Tirik tabiatning hujayra va to‘qima darajasida o‘rganishning ahamiyati nimad an iborat?
Biogeotsenoz deganda nima tushuniladi?
Biosferani qanday tavsiflash mumkin?
Biosfera darajasida moddalar almashinuvining qanday jarayonlari kuzatiladi?
=== Taqdimot 27 ===
E’tiboringiz uchun tashakkur!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.