TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA INTEGRATSION YONDASHUV

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
6th Grade
Texnologiya fani darslariga integratsion yondashuv
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Integratsiyalashgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan ta’limdan foydalanishning metodik xususiyatlari.
3. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.
=== Taqdimot 3 ===
O‘quv fanlararo aloqadorlikning dolzarbligi quyidagilarda ko‘rinadi:
• bir dars doirasida o‘qitish shakllari va faoliyat turlarini almashtirish;
• o‘qituvchining darsga tayyorgarligini osonlashtirish;
• darsni ko‘rgazmali, illyustrativ tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish;
• o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va tadqiqotchilik faoliyatlarini tashkil etish;
• o‘qituvchi va o‘quvchi uchun o‘rganiladigan materiallarni tayyorlashda qulaylik yaratish.
=== Taqdimot 4 ===
=== Taqdimot 5 ===
=== Taqdimot 6 ===
»
Dars jarayonini tashkil qilish va o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini takomillashtirishda o‘quv fanlararo aloqadorlikka muammoli yondashish zarurdir. Ta’lim jarayonining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan dars davomida o‘quv va ijodiy masalalar hamda mavjud bilim, malakalar darajasi, o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘rtasida vujudga keladigan foydali qarama-qarshiliklardan iborat.
=== Taqdimot 7 ===
O‘quv fanlararo aloqadorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘qituvchilar tajribalarini umumlashtirib, fanlararo aloqadorlikda tashkil etiladigan darslarni uch guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ko‘rgazmalilik asosida tashkil etiladigan darsda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan o‘quv fanlararo aloqador elementlarning turli jadval va modellarda ifodalanganligi asosida. Chunonchi, boshlang‘ich sinflarda ona tili, o‘qish yoki texnologiya darslarida mazmunan o‘xshash bo‘lgan “Qish”, “Bahor” kabi mavzularni o‘rganish bo‘yicha.
=== Taqdimot 8 ===
2. Mavzularning bir-biriga o‘xshashligi: o‘quv jarayonining uzviy tarkibiy qismida o‘quv fanlararo aloqadorlikdan foydalanish asosida darsning samaradorligini oshirish.
=== Taqdimot 9 ===
=== Taqdimot 10 ===
=== Taqdimot 11 ===
3. Umumlashtirish – o‘quv fanlarining umumiy qonuniyatlari va tamoyillarini mukammal o‘rgatish maqsadida turli o‘quv fanlari bo‘yicha maxsus tashkil etiladigan takrorlash-umumlashtirish darslarida o‘quvchilarning egallagan bilimlarini takrorlashga imkon yaratish. Agarda, dars jarayonida quyidagi didaktik shartlarga amal qilinsa, o‘qitishga mujassam yondashishda samaradorlikka erishiladi:
• O‘rganilayotgan o‘quv fanlari bo‘yicha mavzularni mazmunan uyg‘unlashtirish orqali o‘quv rejalariga fanlararo aloqadorlik asosida tashkil topgan dars soatlarini kiritish;
=== Taqdimot 12 ===
• O‘quv fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etilgan darslarning ta’lim sifatini ta’minlash va uning tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish;
• Darslarda mazmunan bir-biriga yaqin yoki aralash o‘quv fanlari tarkibidagi tushunchalar yordamida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi hamda muayyan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
=== Taqdimot 13 ===
• O‘quv fanlararo aloqadorlikni ta’minlashda o‘quvchilar idrok etish faoliyatlarini jadallashtirishning turli vositalaridan unumli foydalanish. Chunonchi, aralash o‘quv kurslari bo‘yicha, muammolilik, ko‘rgazmalilik, mustaqil ishlar, individual topshiriqlar tashkil etish yordamida bunday maqsadga erishish mumkin.
=== Taqdimot 14 ===
O‘quv fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan dars materiallarini o‘quvchilarga chuqurroq singdirishda boshqa dars materiallaridan foydalanish, mazkur materiallarning mazmun jihatidan o‘zaro aloqador bo‘lishi. Bunda, takrorlovchi, umumlashtiruvchi, yangi materialni o‘rganish, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat darslari ham bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 15 ===
Fanlararo aloqadorlik o‘quv jarayonining ushbu ziddiyatlarini yanada boyitadi, ular asosida yangi qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Bu o‘quv predmetidan o‘rganilayotgan bilimlarni o‘zlashtirish va o‘quv fanlararo aloqadorlik asosida masalalarni yechish va boshqa turli fanlardan bilimlarni o‘zlashtirishda ularni qo‘llashni bilish o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardir.
=== Taqdimot 16 ===
=== Taqdimot 17 ===
O‘quvchilarning bilish faoliyatlari va o‘quv fanining uyg‘unlashtirilgan mazmuni o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar asosida muammoli vaziyat yuzaga keladi. O‘quv fanlararo aloqadorlik asosida tashkil etilgan darslar davomida o‘quvchining fikrlash faoliyatini determinatsiya mexanizmlari asosida tahlil qilish, o‘quv fanlararo aloqadorlik asosida bilim va tushunchalarni umumlashtirish yo‘li bilan bajariladi.
=== Taqdimot 18 ===
Buning natijasida harakatlarning umumlashtirilgan maqsadi paydo bo‘ladi. O‘quv fanlararo aloqadorlik asosida muammoni yechishning har tomonlama mukammal dasturini ishlab chiqish – bu doimiy ijodiy jarayondir. Chunki bunday dasturlar turli o‘quv fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlardan mazmunli vaziyatda foydalanish usullarini tahlil qilish va umumlashtirish yo‘li bilan yaratiladi.
=== Taqdimot 19 ===
O‘quv fanlararo aloqadorlik asosida o‘tiladigan darslarga qo‘yidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
1. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan darsda yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun boshqa fanlardan olgan bilimlarni jalb etilishi hamda ularni tatbiq qilish malakalariga ega bo‘lish.
=== Taqdimot 20 ===
2. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan darsda boshqa fanlardan bilimlarni qo‘llash bo‘yicha o‘quvchilarning bilish faoliyatlari samaradorligini ta’minlash. O‘qituvchi dars o‘tayotganda boshqa o‘quv fanining materialini takrorlamasligi lozim. Fanlararo aloqadorlikni ta’minlashdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarda yangi savollar va masalalarni yechishda turli fanlardan olgan bilimlarini mustaqil qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat bo‘ladi.
=== Taqdimot 21 ===
Buning uchun dars boshida yoki yangi materialni tushuntirish jarayonida boshqa o‘quv fanlari mazmuniga kiritilgan bilimlarni aniqlab beruvchi takrorlash suhbatlari o‘tkaziladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi, bunda bir-biriga yaqin fanlardan o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llash talab etiladi; o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash uchun esa muntazam uy vazifalari beriladi; guruhda jamoali o‘quv ishlari bilan birga yakka holda topshiriqlar (qiziqishi yuzasidan, tanlab olish, majburiy) berilishi ta’minlanadi.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
3. Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni ta’minlash asosida o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, sabab-oqibatli bog‘liqliklarini tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi. Masalan, o‘qish darslarida qish fasliga doir she’r yoki matnni o‘qishdan oldin o‘qituvchi mavzuni tabiatshunoslik bilan bog‘liqligi haqida “tabiatshunoslik darsida biz qish faslida bo‘ladigan tabiatdagi o‘zgarishlarni o‘rgandik. Ushbu she’r (matn)da ham xuddi shu holat tasvirlangan” degan fikr bilangina cheklansa, unda o‘quv fanlari o‘rtasidagi bunday aloqadorlik faqat tashqi xususiyatga ega bo‘ladi, tasavvurlar va reproduktiv harakatlar darajasida qoladi.
=== Taqdimot 24 ===
O‘quv fanlararo bilim va tushunchalarni tizimlashtirish uchun alohida o‘quv mavzulari bo‘yicha umumlashtiruvchi jadvallarni tuzish maqsadga muvofiqdir (yoki fanlararo turli mavzudagi o‘quv muammolari bo‘yicha).
=== Taqdimot 25 ===
4. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan dars mavzulari turli fanlardan bilimlarning bog‘liqligiga tayanuvchi dunyoqarash, umumlashtirilgan xususiyatga ega bo‘lgan xulosalardan tashkil topishi lozim. O‘quvchilar bunday xulosalarning obyektivligini faqat o‘zaro yaqin fanlardan bilimlarni jalb etish zarurligiga ishonch hosil qilgandagina anglashlari mumkin.
=== Taqdimot 26 ===
5. O‘quv fanlararo aloqadorlikni qo‘llash asosida o‘tilgan dars o‘quvchilarda ijobiy taassurotlar uyg‘otishi, ularda turli fanlardan olgan bilimlari o‘rtasidagi tafovutlar, bog‘liqliklarni bilib olishga qiziqish hosil qilishi lozim.
=== Taqdimot 27 ===
Ushbu faoliyatning samaradorligiga erishish uchun quyidagilar amalga oshiriladi: • o‘rganilayotgan dars mavzusini fanlararo aloqadorlikda idrok etib, amaliyot bilan bog‘liqligini aniqlash; • ijtimoiy-gumanitar turkumdagi o‘quv fanlari mazmunida o‘zaro aloqador matematik atamalarni qo‘llash;
=== Taqdimot 28 ===
• fanlararo aloqadorlik asosida amaliy, mustaqil ishlarni bajarish; • boshqa fanlardan qo‘llaniladigan ko‘rgazmali vositalarni ushbu fanlarga yaqin, fanlararo aloqadorlik xususiyatiga ega bo‘lgan ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanish; bunda o‘quvchilarning boshqa fanlarga qiziqishlariga tayanish, ular bilan individual ishlash jarayonida mazkur qiziqishlarni rivojlantirish va mustahkamlash;
=== Taqdimot 29 ===
6. Fanlararo aloqadorlik asosida o‘rganilayotgan o‘quv materiallari umumlashtirilishi lozim. Shuning uchun, o‘quv fanlararo aloqadorlikning vazifalarini umumlashtirishni ta’minlovchi ta’limning turli shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: mujassamlashtirilgan uy vazifalari, umumlashtiruvchi takrorlash darslari, sayohat darslar va boshqalar.
=== Taqdimot 30 ===
Yil va chorak mundarijasiga turli ertak qahramonlarini (kichik shahzoda, Karlson, Dyumovochka va boshqalar) kiritilishi ham shu maqsadga mos keladi. Ular bolani mavzudan mavzuga yetaklab yurgandek bo‘ladi va shu yo‘l bilan inson muloqot qiladi, yangi narsalarni bilib oladi.
=== Taqdimot 31 ===
Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda shaxsga moslangan yo‘nalish faqatgina sinf yoki guruhga emas, har bir bolaga ahamiyat berishni nazarda tutadi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobiliyatlari alohida ko‘rsatiladi, uning qiziqishlari hisobga olinadi. U maqsadda “O‘z yulduzingni yoq”, “Guldastada sening guling”, “Sen sevgan kitob” kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin.
=== Taqdimot 32 ===
O‘yin davomida diqqat – e’tibor birgina bolaga qaratiladi. (Masalan, tug‘ilgan kuni munosabati bilan osmonda yangi yoritilgan yulduz uning nomi bilan ataladi yoki katta guldasta bayram egasiga yoqadigan gul bilan boyitiladi). Sevimli kitob esa sinf kutubxonasini to‘ldirish bilan birga egasining (imzosi)ga ega bo‘ladi.
=== Taqdimot 33 ===
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga moslashish, ularning badiiy faolligini rivojlantirishni taqozo qiladi. Bilim olish, badiiy hayotiy masalalarni hal qilishda o‘ziga xoslikni uddaburonlikni, epchillikni rag‘batlantirish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan bolalarning she’r va hikoyalar yozish, yangi raqs o‘ylab topish, shirin taom pishirish, biror asbob yaratish, o‘simliklardan shakllar yaratish kabi mustaqil ijodiyoti turli yo‘llar bilan rag‘batlantirib borish taqozo etiladi.
=== Taqdimot 34 ===
»
Texnologiya fanlaridagi fanlararo integratsiya ham har bir mavzuda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xususan, har bitta yaratgan ko‘rgazmali qurolimizni barcha boshlang‘ich sinf fanlariga bog‘lasak bo‘ladi, kartochkalarni mevalar ko‘rinishida qilib tabiat faniga, ulardagi turli xil ranglarni tasviriy san’at faniga, shakllarni esa matematika faniga va boshqa jihatlarini ham boshqa fanlarga bog‘lab aloqadorlik o‘rnatish va takrorlashni amalga oshirish mumkin.
=== Taqdimot 35 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA INTEGRATSION YONDASHUV” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar