- Savatga boshqa "ACCURACY AND CORRECTING MISTAKES" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
TAYANCH – HARAKAT A’ZOLAR TIZIMI. QO‘L VA OYOQ SUYAKLARINING TUZILISHI HAMDA ULARNING BIRIKISHI
9000 so'm

TAYANCH – HARAKAT A’ZOLAR TIZIMI. QO‘L VA OYOQ SUYAKLARINING TUZILISHI HAMDA ULARNING BIRIKISHI
Tayanch–harakat a’zolar tizimi
Kirish
Tayanch-harakat a’zolari tizimi inson tanasining skelet va mushak qismlaridan iborat bo‘lib, tana holatini saqlash, harakatni ta’minlash hamda ichki a’zolarni himoya qilish vazifasini bajaradi.
Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘zaro bo‘g‘imlar, paylar va tog‘aylar orqali birikadi.
Tana skeleti
Tana skeleti bosh, gavda va oyoq-qo‘l suyaklaridan iborat.
Ko‘krak qafasi 12 juft qovurg‘a, to‘sh suyagi va umurtqa pog‘onasining ko‘krak umurtqalaridan tashkil topadi.
Umurtqa pog‘onasi esa bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum bo‘limlaridan iborat bo‘lib, tananing asosiy tayanch qismini hosil qiladi.
Qo‘l va oyoq suyaklari
Qo‘l skeleti yelka, tirsak, bilak va kaft suyaklaridan iborat.
Oyoq skeleti esa chanoq, son, boldir va panja qismlarini o‘z ichiga oladi.
Oyoq kamari chanoq suyaklaridan tuzilgan bo‘lib, u tos suyaklari bilan bog‘lanadi.
Oyoq suyaklari orasidagi bo‘g‘imlar harakatni ta’minlaydi, masalan, tizza bo‘g‘imi va boldir-panjarali birikmalar.
Suyaklarning birikishi
Suyaklar bir-biri bilan uch xil usulda birikadi:
- Uzluksiz birikish (harakatsiz): suyaklar biriktiruvchi to‘qimalar orqali ulanadi (sindesmoz, sinxondroz, sinostoz).
- Yarim harakatchan birikish (simfizlar): suyaklar orasida tog‘ay qatlam mavjud.
- Harakatchan birikish (bo‘g‘imlar): bo‘g‘im suyuqligi yordamida keng harakatlanish imkonini beradi.
Bosh skeleti
Bosh skeleti miya qismi va yuz qismiga bo‘linadi.
Peshona, tepa va ensa suyaklari bir-biri bilan tojsimon va yassi choklar orqali birikadi.
Yuz suyaklari esa peshona, jag‘ va burun suyaklari bilan mustahkam bog‘lanadi.
Xulosa
Tayanch-harakat tizimi inson organizmining asosiy tuzilma qismi bo‘lib, suyaklar, bo‘g‘imlar va mushaklar birgalikda tana holati, harakat va himoya funksiyalarini bajaradi.
Sog‘lom skelet tizimi — faol va sog‘lom hayot garovidir.
=== Taqdimot 1 ===
Tayanch – harakat a’zolar tizimi. Qo‘l va oyoq suyaklarining tuzilishi hamda ularning birikishi.
Bosh skeleti suyaklarining tuzilishi va birikishi
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch iboralar: Skelet, periost, osteoblast, endost, kollagen tolala, ossein, raxit, osteogistogenez, mezenxima, osteosit, xondroblast, perixondral suyaklanish, enxondral rivojlanishi, osteoklast, osteon, epifiz, diafiz, proksimal, distal, metafiz, umurtqa, diploe, atlant, epistrofey.
=== Taqdimot 3 ===
Reja:
01
02
03
04
Tayanch – harakat a’zolar tizimi.
Tana skeletini tuzilishi.
Qo‘l va oyoq suyaklarining tuzilishi hamda ularning birikishi.
Bosh skeleti suyaklarining tuzilishi va birikishi.
=== Taqdimot 4 ===
1. Tayanch – harakat a’zolar tizimi
Odam skeleti nechta suyakdan tashkil topgan 206 ta suyak 85 ta juft 36 ta toq.
=== Taqdimot 5 ===
Kallaning yuz bo‘limi suyaklari
=== Taqdimot 6 ===
Qo‘l skeleti
=== Taqdimot 7 ===
Oyoq kamar suyaklari
chanoq suyagi 3 qisimdan iborat
Uchchala suyaklarning to‘liq suyaklanishi qizlarda 12-14 yoshda, o‘g‘il bolalarda 13-16 yoshda o‘tadi.
=== Taqdimot 8 ===
Oyoqning erkin turgan bo‘limidagi suyaklar
katta boldir va kichik boldir suyagi
=== Taqdimot 9 ===
Oyoq panjasining
=== Taqdimot 10 ===
2. Tana skeletini tuzilishi
=== Taqdimot 11 ===
Oyoq kamar va erkin suyaklarining tuzilishi
Oyoqlar skeleti oyoq kamariga va erkin oyoq suyaklariga bo‘linadi. Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyaklaridan tashkil topgan. Tos suyaklari dumg‘aza va dum suyaklari bilan paylar va bo‘g‘imlar yordamida birikib yaxlit suyak halqasini hosil qiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Ko‘krak qafasi umurtqa pog‘onasining ko‘krak umurtqalaridan, 12 juft qovurg‘alardan va to‘sh suyagidan hosil bo‘lgan. Qovurg‘alar 18-25 yoshga borib butunlay suyaklanib bitadi.
Ko‘krak qafasining suyaklari
Qovurg‘alar juft suyaklar bo‘lib, yassi egilgan plastinka shaklidadir.
=== Taqdimot 13 ===
3. Qo‘l va oyoq suyaklarining tuzilishi hamda ularning birikishi
01
=== Taqdimot 14 ===
Suyaklarining tuzilishi hamda ularning birikishi
Suyaklarning bir biri bilan o‘zaro birikishini o‘rganuvchi qismi artrologiya yoki sindesmologiya deb ataladi.
Suyaklar birikishi uchta guruhga bo‘linadi:
I. Uzluksiz (harakatsiz) birikish.
II. Harakatchan birikish – bo‘g‘imlar.
III. Simfizlar yoki yarim bo‘g‘imlar.
=== Taqdimot 15 ===
Uzluksiz birlashmala
Suyaklarning uzluksiz yoki harakatsiz birlashishi uch xilda bo‘linadi.
Sindesmozlar-biriktiruvchi to‘qimalar (fibroz pardalar) vositasida suyaklarni bir-biri bilan birikishiga aytiladi.
Sinxondrozlar–suyaklarni bir biri bilan tog‘ay to‘qimasi vositasida birikishiga aytiladi.
Sinostozlar–suyaklarni suyak to‘qimasi vositasida birikishiga aytiladi.
=== Taqdimot 16 ===
Umirtqa pog‘onasi
04
Dumg‘aza qismi
=== Taqdimot 17 ===
Bo‘yin umirtqasi
Bo‘yin umurtqalari – odamda hamma umurtqalilarga o‘xshash 7 dona bo‘lib, yuqoridan birinchi va ikkinchi umurtqalar, boshqa beshta bo‘yin umurtqalaridan tuzilishlari bilan ancha farq qiladi.
=== Taqdimot 18 ===
Ko‘krak umurtqalari
Ko‘krak umurtqalari – tanalarining hajmi bo‘yin umurtqalarga nisbatan kattaroq va 1-12 ko‘krak umurtqasigacha borgan sari kattalashib boradi. Ko‘krak umurtqalari oʻziga xos xususiyalarga ega.
=== Taqdimot 19 ===
Bel umurtqalari
Bel umurtqalari 5 dona, umurtqalarning orasida eng yirigi bo‘lib, tanalari loviyasimon shaklida bo‘ladi. Umurtqa teshigi katta va uchburchak shaklida, ko‘ndalang o‘siqlari bir oz yassilangan, frontal vaziyatda joylashgan.
=== Taqdimot 20 ===
Dumg‘aza umurtqalari
5 dumg‘aza umurtqalarining birikishidan dumg‘aza suyagi hosil bo‘ladi. 3,4,5 dumg‘aza umurtqalarning tanalari orasida joylashgan tog‘ayli disklarni suyaklanish jarayoni 13-15 yoshdan boshlanib, 1-2 dumg‘aza umurtqalari uchun 23-25 yoshda tugallanadi.
=== Taqdimot 21 ===
Dum umurtqalari
Dum umurtqalari 4 – 5 rudimentar (qoldiq) umurtqalarni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Dum umurtqalarni qo‘shilib ketishi 12 yoshdan boshlanib, suyaklanish jarayoni pastdan yuqori tomon yo‘nalgan va 25 yoshda tugallanadi. Dum umurtqalarida faqat tanalari saqlanib qolib, qolgan elementlari esa yuqolib ketgan.
=== Taqdimot 22 ===
Tizza bo‘g‘imi
Suyagining pastki uchi va katta boldir suyagi do‘nglarining ustki yuzalaridan hosil bo‘lgan.
Katta boldir
Boldir-panja bo‘g‘imi katta boldir suyagini distal uchi oshik suyagiga birikishi natijasida hosil bo‘ladi.
Panja
Oyoq-panjasining bo‘g‘imlari oyoq panjaning turli qismlariga mansub bo‘lgan suyaklari orasida ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 23 ===
Kalla suyaklarining birikishi
Peshona va tepa suyaklari bir-biri bilan tojsimon chok orqali birikadi.
Yuz suyaklari bir–biri bilan asosan yassi choklar vositasida birikadi.
=== Taqdimot 24 ===
Xulosa
Xulosa qilib aytganda tayanch – harakat a’zolar tizimi. Tana skeletini tuzilishi. Qo‘l va oyoq suyaklarining tuzilishi hamda ularning birikishi. Bosh skeleti suyaklarining tuzilishi va birikishi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilaringiz.
Bu mavzuda odamni suyaklari,birikishi va ularning joylashganligini ko‘rdik.
=== Taqdimot 25 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Ko‘proq biologiya va anatomiya bo‘yicha taqdimotlar →
Manba: “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun
Qo‘shimcha o‘qish: Ziyonet — Biologiya darsliklari
E’tiboringiz uchun rahmat! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.