TASVIRIY SAN’ATNING TUR VA JANRLARI
4000 so'm

=== Taqdimot: TASVIRIY SAN’ATNING TUR VA JANRLARI.pptx ===
=== Slayd 1 ===
TASVIRIY SAN’ATNING TUR VA JANRLARI
=== Slayd 2 ===
Rangtasvir haqida ma’lumot
Haykaltaroshlik haqida ma’lumot
Grafika haqida ma’lumot
Tasviriy san’at janrlari haqida ma’lumot
Reja:
=== Slayd 3 ===
Inson his tuyg‘ulari, kechinmalari, real, borliqdan tashqarida bo‘lgan noreal voqea va hodisalar haqidagi tasavvur va xayollarini chiziqlar, ranglar, oq qora bo‘yoqlarda, hajmli yoki hajmsiz, rangli yoki rangsiz shakllarda biror yuza yoki makonda aks ettirish san’atiga tasviriy san’at deyiladi.
=== Slayd 4 ===
Tasviriy san’at asarlari tanlangan materiallar (ashyolar), tasvirlash uslubiga binoan grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik turlariga ajratiladi. Bu san’atning har uch turi o‘zaro bir biri bilan bog‘liq, lekin ularning har birining o‘ziga xos tomonlari, xususiyatlari, tarixi bor.
=== Slayd 5 ===
Tasviriy san’atning keng tarqalgan va eng ommabop turi grafika san’ati hisoblanadi. Bu san’atga biz har kuni va har qadamda duch kelamiz. Oddiy qora qalamda chizilgan surat, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli badiiy chizma va bezak rasmlar, yo‘l chiptasidan tortib murakkab rasmiy pul va lotereya qog‘ozlari, plakat, etiketka, o‘rama (upakovka), markalar shu san’atning turli ko‘rinishlari hisoblanadi.
Grafika
=== Slayd 6 ===
“Grafika” iborasining mazmuni yunon (yunon)cha graphike, grapho – yozaman, chizaman, rasm ishlayman mazmunini anglatadi.
Grafika asarlari o‘zining ishlanish uslubiga qarab qalamtasvir, gravyura, ksilografiya (yog‘och), litografiya (tosh orqali), ofort (metall), linogravyura (linoleum) deb yuritiladi.
=== Slayd 7 ===
Grafika san’ati qanday bajarilgani va nomlanishidan qat’iy nazar o‘zining mazmuni va bajaradigan vazifasiga ko‘ra qator turlarga ajraladi. Bular:
1. Kitob, gazeta va jurnal grafikasi.
2. Amaliy (yoki sanoat) grafika.
3. Plakat.
4. Dastgohli grafika.
Grafika turlari
=== Slayd 8 ===
Kitob, gazeta-jurnal grafikasi-bosmadan chiqayotgan jami kitoblar, gazeta jurnallarning bezaklari, ularga tanlangan harflardan tortib, muqova rangigacha, ichki qismidagi chizma va rasmlar grafikaning shu turiga kiradi.
Amaliy (yoki sanoat) grafika – kundalik turmushda ko‘p ishlatilgan turli yo‘l chiptalari, lotoreya va pul qog‘ozlari, sanoat buyumlari qutilari yuzasiga yopishtirilgan turli yozuv va rasmlar, har xil etiketkalarni o‘z ichiga oladi. Ular buyum yoki mahsulotning mazmunini, mohiyatini tezroq tushunib olishga ko‘maklashadi.
=== Slayd 9 ===
Plakat – (nem. Plakat. frans. Placard) so‘zidan olingan bo‘lib e’lon, afisha, yopishtirish, ilib qo‘yish ma’nosini anglatadi. Plakat deyilganda ko‘proq rassom ishlagan asl nusxa asosida poligrafiya uslubida ko‘p nusxada bosib chiqarilgan rasmlar nazarda tutiladi Unda tasvir va yozuv (matn)lar orqali davrning muhim voqealari o‘z ifodasini topadi.
=== Slayd 10 ===
Dastgohli grafika san’atning biror turi bilan bog‘liq bo‘lmay o‘zida mustaqil g‘oya va fikrlarni bayon qiladi. Turli manzaralar, odamlar qiyofasi, voqea va hodisalar grafikaning tasvir va ifoda vositalari orqali ochib beriladi.
Dastgohli grafika
=== Slayd 11 ===
Rangtasvir nima? Rangtasvir deb rangli ashyo-materialda (bo‘yoqlar-akvarel, moybo‘yoq, tempera, guash, yelim bo‘yoq, rangli tosh, shisha va x.k.) biror yuzaga (qog‘oz, mato, taxta, devor va boshqa) ishlangan rassom asariga aytiladi. Rangtasvir asarlari o‘zining ishlanishi, o‘rni, mazmuni, bajaradigan vazifasi, uslubi va ko‘rinishiga qarab monumental rangtasvir, dastgoh rangtasviri, dekorativ (bezak) rangtasvir, miniatyura, teatr dekoratsiyasi rangtasviri turlariga ajratiladi.
Rangtasvir
=== Slayd 12 ===
Mahobatli rangtasvir me’morlik san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan rangtasvir asarlarini monumental (mahobatli) rangtasvir deb yuritiladi. Monumental rangtasvir me’morchilik majmuida ma’lum miqdorda bezak vazifasini o‘taydi, shuning uchun ham u monumental-dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi.
Monumental rangtasvir asarlarining freska, mozaika, vitraj, panno kabi turlari mavjud.
Dekorativ rangtasvir me’morchilik va amaliy san’at bilan bog‘liq bo‘lib, asosan, bezash vazifasini o‘taydi (dekorativ so‘zining ma’nosi ham lotincha bezash demakdir). Ishlatiladigan buyumlarning go‘zal bo‘lishi uchun bu san’atdan foydalaniladi. Teatr, kino dekoratsiyalari ham shu san’at ko‘rinishlaridan.
=== Slayd 13 ===
Dastgohli rangtasvir deyilganda maxsus yasalgan ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlangan rassom asari nazarda tutiladi. U molbert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani va shu xolda namoyish etilgani uchun ham shunday nomlanadi.
=== Slayd 14 ===
Rangtasvirning turlaridan hisoblangan miniatyura san’ati fransuzcha – miniature-kichik hajmli, lot. minium-qizil kesak ma’nosini bildiradi Gap shundaki, qadim paytlarda kitoblar qo‘lyozma tarzida tayyorlanib matnning boshlanishidagi bosh harfni qizil rang bilan ajratilgan, keyinchalik shu harflar atrofiga turli naqsh va bezaklar kiritila boshlangan, asta-sekin matn mazmuni bilan bog‘liq tasviriy kompozitsiyalar paydo bo‘la boshlagan va miniatyura tarixi o‘z rivojini topgan. Bugungi kunda miniatyura deyilganida kichik hajmda nafis ishlangan tasviriy san’at asarlari nazarda tutiladi. Qutichalar, katta bo‘lmagan yuzalarga lok, moybo‘yoq, temperada ishlangan kichik hajmli rasmlar rangtasvirning shu turiga kiradi va lok miniatyurasi deyiladi.
Miniatyura
=== Slayd 15 ===
Miniatyura bir tomondan kitob bilan bog‘liq xolda uning ajralmas qismi sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan u amaliy san’at buyumlarining bezagi sifatida qo‘llanilishi hamda mustaqil rangtasvir turi sifatida ishlatilishi mumkin. Miniatyura rangtasvirning dastgoh turi sifatida o‘zida mustaqil g‘oya va mazmunni ifodalaydi. Bunga lok miniatyurasi, kichik hajmdagi yuzaga (qog‘oz, teri, yog‘och va x.k.) ishlangan va mustaqil g‘oyani ifodalovchi tasvirlar, rasm kompozitsiyalari, medalonlarga ishlangan portretlar kiradi.
=== Slayd 16 ===
Teatr dekoratsiyasi ham rangtasvirning turlaridan biri hisoblanadi. Uning vazifasi spektaklning obrazini yaratishdan iboratdir.
=== Slayd 17 ===
Tasviriy san’atning turlaridan biri. Hajmli, yorug‘-soyaga ega bo‘lgan shakllar majmuasida makonda yoki biror yuzaga ishlanadigan san’at turi. Turli xildagi stol ustiga qo‘yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o‘rnatilgan turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, nihoyat turli amaliy buyumlar, tanga, nishon, medallarning yuzasidagi bo‘rtma tasvirlar haykaltaroshlik san’atining turli ko‘rinishiga kiradi.
Haykaltaroshlik
=== Slayd 18 ===
Haykaltaroshlik asarlari o‘z ko‘rinishiga qarab, dumaloq va qavariq, bo‘rtma (relef) haykallarga bo‘linadi. Dumaloq haykallarni hamma tomondan aylanib ko‘rish mumkin bo‘ladi. Masalan, maydon va xiyobonlardagi haykal va yodgorliklar, tekislik ustiga qo‘yiladigan har xil haykalchalar shu turga mansubdir. Dumaloq haykallarning har biri taglikka o‘rnatilgan bo‘ladi. Ba’zan haykaltaroshlikda bir necha taglikka o‘rnatilgan haykallardan ham foydalanishi mumkin. Bunday holda bu hamma haykallar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, birgalikda bir mazmunni anglatadi va haykaltaroshlik majmuasi deyiladi. Haykaltaroshliklining ikkinchi ko‘rinishi qavariq yoki bo‘rtma haykallar, odatda, biror yuzaga bo‘rttirib ishlangan bo‘ladi. Bunday haykallar relef deb ataladi.
=== Slayd 19 ===
Relef fransuzcha yuza ma’nosini anglatib odatda bunday haykallar faqat bir tomondan ko‘rishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Relef, o‘z navbatida, barelef, gorelef kabi turlarga ham bo‘linadi. Bulardan tashqari, relefning yana bir turi bor. Bu o‘yib ishlangan releflardir. Bunday releflar, odatda, tekis yuzaga o‘yib ishlanadi. Yuzani o‘yish natijasida hosil bo‘ladigan yorug‘-soya o‘yini hisobiga tasvir ko‘zga tashlanadi. Bunday releflarning imkoniyati chegaralangan bo‘lgani sababli, ular amalda juda kam qo‘llaniladi. Bunday releflar qadimgi Misrda ishlatilgan. Bo‘rtma haykaltaroshlik (relef)da, tabiat manzaralarining ko‘rinishi, hayotiy voqealar ma’lum muhitda ko‘rsatiladi. Bunday releflar ba’zan san’at tarixida perspektivali relef deb ham yuritiladi.
=== Slayd 20 ===
Haykaltaroshlik asarlari ham tasviriy san’atning boshqa turlari kabi o‘zining bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab, qator turlarga bo‘linadi. Bular:
Monumental haykaltaroshlik, Dekorativ haykaltaroshlik, Dastgoh haykaltaroshlik, Mayda plastika yoki terrakotalardir
=== Slayd 21 ===
Monumental haykaltaroshlikka me’morlik san’ati bilan bog‘liq bo‘lgan haykaltaroshlik asarlari kiradi. Muhim tarixiy voqealar, atoqli shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida o‘rnatilgan monument, turli xildagi yodgorliklar, haykaltaroshlikning shu turiga mansub. Monumental haykaltaroshlik asarlari ko‘p xollarda qahramonlarni ko‘tarinki ruhda tasvirladi. Monumental-haykaltaroshlik asarlari uzoqdan ko‘rishga mo‘ljallanganligi sababli, katta-katta, yaxlit shakllardan keng foydalaniladi. Samarqanddagi Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy haykallarini misol tariqasida olishimiz mumkin.
=== Slayd 22 ===
Istirohat bog‘lari, xiyobonlar, ko‘cha va parklar, shuningdek, me’morchilik binolarining devorlarini bezash uchun ishlatiladigan haykallarning hamma turlari dekorativ-haykaltaroshlik san’atiga mansub. Agar monumental haykaltaroshlik asarlarida mavzu aniq, obrazlar ko‘tarinki ruhda ishlansa, dekorativ haykaltaroshlik asarlarida mavzu aniq ko‘zga tashlanmasligi, obrazlar biroz erkin, shartli bo‘rttirishlardan foydalanish orqali talqin etilishi mumkin.
Dekorativ – Haykaltaroshlik
=== Slayd 23 ===
Dastgoh haykaltaroshligiga mustaqil mazmunga ega bo‘lgan, san’atning boshqa turlariga tobe bo‘lmagan asarlar kiradi. Bunday asarlar ko‘rgazmalar, uylarga qo‘yish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Haykaltaroshlikning bu turida voqelik butun borlig‘i bilan aks ettiriladi hamda inson psixologiyasidagi nozik o‘zgarishlar, uning ichki ruhiy kechinmalari, kayfiyatini ochib berish imkoniyati katta bo‘ladi.
Dastgohli haykaltaroshlik
=== Slayd 24 ===
Janr frans.-tur, ko‘rinish ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’at janrlarining nomini tasvirlangan obyekt va uning mazmuni belgilaydi. Masalan tabiat manzaralarini aks ettiruvchi rasmlar manzara janriga mansub bo‘lsa, odam qiyofasini aks ettiruvchi rasmlarni portret janriga kiritiladi va x.k.
Tasviriy san’at janrlari
=== Slayd 25 ===
Marina janr
Portret janri
Botal janr
Manzara janri
Animalistik janr
Natyurmort janri
Tasviriy san’at janrlari
Maishiy janr
Tarixiy janr
=== Slayd 26 ===
Manzara janri – tasviriy san’atning lirik janrlaridan biri, unda real yoki xayoliy tabiat ko‘rinishlari orqali rassomning his tuyg‘ulari, o‘y xayollari, orzu istaklari o‘z ifodasini topadi. Bu janrda inson faoliyati bilan o‘zgarib borayotgan tabiat manzaralari, me’moriy qurilmalar, tog‘ manzaralari, dengiz to‘lqinlari tasvirlanadi. Tabiat ko‘rinishlari mavzuli kompozitsiyalar mazmunini to‘ldiruvchi vosita sifatida ham ishtirok etib rangtasvir va grafika asarlarida, haykaltaroshlikning bo‘rtma ko‘rinishlarida keng ishlatiladi
O‘zbekistonda manzara janri uzoq tarixga ega bo‘lsa ham lekin uning keng ko‘lamda rivojlanishi XX asrning o‘rtalaridan boshlandi. Urol Tansiqboev, Rashid Timurov, Nikolay Karaxan, Ne’mat Qo‘ziboev, Anvar Mirsoatov, Abdumannop Yunusov ijodi manzara janrning turli ko‘rinish va yo‘nalishlarini namoyon etadi.
=== Slayd 27 ===
Natyurmort – (frans. nature morte, ital. natura morta, o‘lik tabiat) insonni o‘rab turgan borliq — turli buyumlar, ovda otilgan qush va hayvonlarning jonsiz tanalari, ov, mehnat va jang qurollari, gul va mevalar va boshqa shunga o‘xshash buyumlarlarini o‘zida aks ettiradigan tasviriy san’at janri.
=== Slayd 28 ===
Natyurmort janrining rivojlanishi va janr tarzida shakllanishi XX asrning 20-30-yillariga to‘g‘ri keladi, Latif Nasriddinov, Shamsiro‘y Xasanova kabi o‘zbek rassomlari shu janrning dastlabki dastgoh ko‘rinishlarini yaratdilar. Yusuf Elizarov, Zinayida Kovalevskaya, Rahim Axmedov, G‘ofur Abduraxmonov shu janrda asarlar yaratdilar. Bugungi kunda bu janr o‘zbek rassomlarining ko‘pchiligining sevimli janri hisoblanadi. Akmal Ikromjonov, Vladimir Burmakin, Yevgeniy Melnikov yaratgan shu janrdagi asarlari muzey ekspozitsiyalaridan o‘rin olgan.
=== Slayd 29 ===
Portret (frans. portrait, portraire – tasvirlash) – Inson yoki insonlar guruhini aks ettiruvchi tasviriy san’at janri. Mazkur janrda biror bir shaxs yoki shaxslar guruhi, rassom (ijodkor) tasavvurida paydo bo‘lgan xayoliy qiyofalar aks etishi mumkin. Portret muhim tomoni bu tasvirlanuvchining aynan o‘ziga o‘xshatish bilan bog‘liq.
Portret iborasining kelib chiqishi va dastlabki ma’nosi fransuz tilida “o‘xshatish”, “bor narsani o‘ziga o‘xshatib qaytarish” mazmunidan olingan.
=== Slayd 30 ===
Portret ishlanish uslubi (texnikasi), bajaradigan vazifasi, mazmuniga qarab dastgoh, monumental portret tarzida tasvirlanuvchi faqat bosh qismi, bosh va yelka qismi, beligacha, butun bo‘y-basti bilan uning old, yon tomonidan ishlanishi mumkin. Mazmuniga qarab tantanavor portret, lirik portret va boshqa turlarda bo‘lishi mumkin.
=== Slayd 31 ===
Maishiy janr-jamiyat va shaxsiy hayotdagi kundalik turmush tarzini o‘zida aks ettiruvchi tasviriy san’at janri. Bu janrda rassom (haykaltarosh) o‘z zamonasidagi kundalik turmushda bo‘layotgan voqea va hodisalarni, odamlarning yashash tarzi, dam olishi, mehnati va sport bilan shug‘ullanishi, xullas ularning kundalik faoliyati bu janrning mazmunini tashkil etadi
=== Slayd 32 ===
Tarixiy janr. Tasviriy san’atning janrlaridan biri tarixiy janr hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan va jamiyat rivojida burilish nuqtalarini belgilagan voqea va hodisalar, tarixiy shaxslar, ijodkorning dastgoh va mahobatli asarlarida, bo‘rtma tasvirlarda, haykal va yodgorliklarda, kichik hajmdagi miniatyuralar, dastgoh grafika asarlarida o‘z ifodasini topishi mumkin. Tarixiy manzillar, qadamjolar ham shu janrning syujeti hisoblanadi. Tarixiy janr batal janri bilan yaqinlashib ketadi. Jang voqealarining hal qiluvchi damlarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar shunday asarlar qatoriga kiradi.
=== Slayd 33 ===
Batal janri ( frans. bataille – jang), jang va harbiy hayotga bag‘ishlangan mavzudagi tasviriy san’at janri. O‘tmish va bugungi kunda bo‘layotgan jang voqealari, harbiy yurishlar, jangchilar hayotidan olingan syujetlar bu janr mazmunini belgilaydi.
Urush, jang voqealari XX asr o‘zbek rassomlari ijodida ham salmoqli o‘rinni egallaydi. Ularning asarlarida xalqning ozodlik uchun olib borgan jangi, ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati o‘zining obrazli yechimini topdi. M.Nabiev “Spitamen jangi”, G‘ofur Abdurahmonov “Jangga kuzatuv”,
Z. Faxriddinovning “Muqanna qo‘zg‘oloni”, A. Aliqulov, E. Masharipovlar Temur va temuriylar davri janglarini o‘z asarlarida aks ettirdilar.
=== Slayd 34 ===
Animalistik janr. Tasviriy san’atning “keksa” janrlardan biri animalistiki janri bo‘lib, unda hayvonlar hayoti, ularning xususiyatlari, fe’l atvori o‘z ifodasini topgan. Animal so‘zining ma’nosi ham lotincha bo‘lib hayvon ma’nosini anglatadi. Ibtidoiy davr rassomi o‘z atrofida mavjud bo‘lgan zubr, mamont, kiyik va boshqa hayvonlarning ishonarli ko‘rinishini haqqoniy tasvirlab bugungi kun tomoshabinini hamon lol qoldirib kelmoqda.
=== Slayd 35 ===
Marina janri (ital.dengizniki, dengizdan) dengiz ko‘rinishlari, undagi hayot, inson va dengiz munosabatlari, insonning dengiz ichidagi kurashlarini aks ettiruvchi san’at turi.
XVII asrda Gollandiyada mustaqil janr sifatida shakllangan. Italiyalik J.Ver ne, rus rassomi I.Ayvazovskiy, Bogolyubovlar shu janrda samarali ijod qilishgan. O‘zbekistonda bu janr XX asrning 50-yillardan shakllangan.
=== Slayd 36 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.