TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARIDA BOLALARNI RASM CHIZISHGA O‘RGATISH

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarni rasm chizishga o‘rgatish
=== Taqdimot 2 ===
Alohida predmetlarni chizish.
Syujetli rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish.
01
02
03
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Tasvirlash faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi–tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish, ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirish, estetik go‘zallik hissini tarbiyalash, hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatishdir. Bu bilan birga tasvirlash faoliyatning eng asosiy vazifasi–ma’lum bir yosh uchun mos tasvirlash materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatni bolalarda shakllantirishdan iborat.
Rasm chizish bolalarni tasvirlash faoliyatga o‘rgatishda asosiy o‘rin egallaydi va uchta turni o‘z ichiga oladi.
Alohida predmetlarni chizish.
Syujetli rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish.
=== Taqdimot 4 ===
Alohida predmetlarning rasmini chizish
Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini qog‘ozda belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. Predmetni oldin bitta bo‘lagini tanlab, keyingi bo‘lagini eslab yoki ko‘rib shu bo‘lagini bo‘lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini qog‘ozga tushirib chizishni o‘rgatish zarur, chunki rasmni bo‘laklarga ajratib chizishning o‘ziga xos qiyinchiligi bor.
=== Taqdimot 5 ===
=== Taqdimot 6 ===
Bunda kerakli shaklning asosiy bo‘laklari va ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘zaro joylashishlari va fazodagi o‘rinlarini aniq proporsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo‘ladi. Barcha  guruhlar uchin rasm chizish faoliyatiga o‘rgatishning asosiy umumiy vazifalari bor bular  quyidagilar:
Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o‘zaro proporsiyalashni ko‘rsatib berishga o‘rgatish.
Tasvirlashni obrazli yorqin qiladigan ba’zi bir xarakterli detallarni tasvirlashga o‘rgatish.
Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o‘zaro birlashtirib berishga o‘rgatish.
Bo‘yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish.
=== Taqdimot 7 ===
Syujetli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o‘rgatishdir. Syujetli rasm-bu bir necha mazmunning ma’lum rangda tasvirlanishini tushuniladi.
Bizdan shunday savol tugiladi bolalar o‘zi ko‘proq qaysi mazmun  bo‘yicha rasm chizadilar?
Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o‘rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar esa bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi.
=== Taqdimot 8 ===
=== Taqdimot 9 ===
Syujetli rasm chizish o‘rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda yonma-yon turgan 2-3 ta predmetni tasviri o‘rgatiladi. Syujetli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o‘lchamini, fazodagi o‘rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o‘rgatish kerak. Bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Syujetli rasm chizishni bolaga o‘rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar iborat:
Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o‘rgatish.
Obyektlar orasidagi o‘zaro aloqani tasvirlashga o‘rgatish.
Obyektlar orasidagi proporsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o‘rinlarini ko‘rsatishga o‘rgatish.
=== Taqdimot 10 ===
Dekorativ rasm chizish tasvirlash faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg‘uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini va shu san’at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg‘ularni tarbiyalash kerak.
Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Naqshning turlicha shakllariga bog‘liq holda kompozitsion hisni bolalarda shakllantirish.
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
=== Taqdimot 11 ===
Xalq amaliy san’atini farqlashga va ularning alohida elementlaridan bolalarning o‘z ijodida foydalanishga o‘rgatish. Qalam va mo‘yqalam bilan chizishning texnik ko‘nikmalarini mustahkamlash. Bolalarni dekorativ rasm chizishga o‘rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini, rangini, kompozitsiyasini forma elementini ko‘rishga o‘rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi.
=== Taqdimot 12 ===
Bolalar predmetni tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini biladilar. Ular o‘zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga  asosan o‘xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o‘xshash belgilarini topishga urinishni rag‘batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda turli shakllarni to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatib borish zarur. Bu yoshda tasvirlash, faoliyatini o‘rgatish vazifalari bir rejaga qo‘yilgan:
Kichik guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 13 ===
Sodda predmetlarni asosiy belgilari (rang, forma) berib, turli xil to‘g‘ri va aylanasimon shakllarini tasvirlashga o‘rgatish.
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish.
Kompozitsion ko‘nikmalarni, qog‘ozni o‘rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.
=== Taqdimot 14 ===
Texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish. Bu guruhda to‘g‘ri va egri chiziqlarni to‘g‘ri chizishga o‘rgatish birinchi vazifa bo‘lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha chapdan o‘ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o‘rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo‘lakcha, qalam, yomg‘ir shaklida chizish mumkin. Kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to‘g‘ri chiziqdan iborat) bo‘lgan predmetlarni ancha qiyin, chunki  kichik yoshli bolaning tahlil sintez qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruhda faqat ikki xil shakldan iborat bo‘lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalar) tasviri kiritilgan.
=== Taqdimot 15 ===
Bu guruhda o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:
To‘g‘ri to‘rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarni tasvirlash ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o‘rgatish.
Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o‘rgatish.
Qog‘oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvini bilishda rivojlantirish.
O‘rta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 16 ===
Rasmni qalam va bo‘yoq bilan bo‘yashda texnik ko‘nikmalarni mustahkamlash.
Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmetning qismlarini tasvirlash o‘rgatiladi. (yuqorida, pastda, bir tomonda, boshqa tomonda) hamda bir qancha proporsional joylashgan qismlarni tasvirlash o‘rgatiladi. Bu alohida qismlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi.
=== Taqdimot 17 ===
=== Taqdimot 18 ===
Bu guruhda bolalarni tasvirlash va yorqin obrazlarni yaratish qobiliyatlarini tasvirlash turli usullardan foydalanib chizishga o‘rgatiladi:
Predmetning shaklini uning belgilarini hajmini va qismlarining joylashishini o‘rgatishni davom ettirish.
Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o‘rgatish.
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash.
Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo‘yoqlar, mo‘yqalam harakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish.
Katta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 19 ===
Rangli bo‘rlar, ko‘mirlar, akvarel bo‘yoq bilan chizish usullarini o‘rgatish.
Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetning o‘xshash va farqli tomonlarini tasvirlash va topishga o‘rganadilar. Masalan, 2 ta turli olmalar formasi va rangi bilan farqlanadi, yoki lavlagi bilan turp, ular sabzavotlar uchun umumiy bo‘lgan dumaloq shaklda. Bu guruhda bolalar yana asosiy ranglar bilan tanishib, rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarishni o‘rganadilar. Bolalar rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar.
=== Taqdimot 20 ===
Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko‘nikmalarga o‘rgatish yakunlanadi.
Naturadan va tasavvur qilishdan predmetning xarakterli belgilari tuzilishini, hajmini tasvirlashga  o‘rgatish.
Shakl va bo‘yoqlarning boyligini tasvirlab berishga, yorqin obrazlar yaratishga o‘rgatish.
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (predmetning hajmi va formasining xarakterini hisobga olib predmetni qog‘ozda joylashtirish).
Tayyorlov guruhida rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 21 ===
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish (bo‘yoqlarni boshqacharoq bo‘yoq olish uchun aralashtirish, predmet formasi bo‘yicha qalamda shtrix o‘tkazish).
Olti yoshli bolalarda analitik fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ulardan turga mansub predmetlar belgisini ajrata olganliklari kabi, ularning bir predmetni boshqasidan ajratib turuvchi individual xususiyatlarini ham tasvirlay oladilar. Bu esa ijodiy tasavvurni rivojlantiradi.
=== Taqdimot 22 ===
O‘rta guruh bolalariga rasm mashg‘ulotlari asosan yil boshidan o‘ta boshlanadi, sababi kichik guruh bolalariga qaraganda ular ma’lum mazmun asosida lo‘nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko‘rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir.
Mazmuni jihatdan bir-biriga o‘xshash 2-3 predmetli rasm chizdirish, Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.
O‘rta guruhda syujetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 23 ===
Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylanishini odamlarning ko‘rinishini faqat old tomondan, hayvonlarning ko‘rinishini faqat yon tomondan bir yo‘lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. Masalan: «Bolalarning qishki o‘yinlari».
O‘rta guruhlarda syujetli rasm chizish orqali bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirish bilan ularni o‘rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:
=== Taqdimot 24 ===
«Qizcha uy atrofida o‘ynayapti».
«Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar».
«Bo‘g‘irsoq», «Chipor tovuq».
O‘rta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yo‘nalishda chizishlaridan tashqari bir varaqni to‘ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi. Ma’lum narsani ko‘rib tasavvur qilgan holda rasm chizadi, uning aqliy qobiliyati rivojlanadi, o‘sib boradi. Har bir mashg‘ulot bolalarning aqliy, estetik ruhda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo‘ladi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish asosan bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi, shunda ularning og‘zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har-xil mavzularda rasm chiza olish ko‘nikmalari rivojlanadi. Masalan: bola bironta qiz, uy rasmlarini chizib, unga kichik ertak ham to‘qishi mumkin.
=== Taqdimot 25 ===
Bolalarga rangli qog‘ozlar berilib maqsad aytiladi. Masalan, bola ko‘k rangda-o‘tlarni, havo rangda-suv, sariq rangda-qum ko‘rinishida tasvirlay oladilar. Masalan, «Baliqlar suzyapti», «Jo‘jalar o‘t ustida o‘ynayaptilar» ni ko‘rsatish. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini tekshirish maqsadida tarbiyachi bir predmet yoki jismni ko‘rsatib uning varaq ustida joylanishini so‘roqlar bergan holda suhbat orqali aniq maqsad asosida rasm chizdirish kerak.
=== Taqdimot 26 ===
Bola besh yoshdan boshlab ma’lum mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. U tevarak-atrofni o‘zgarishlarini tasavvur qila oladi va chizishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi mavzudagi rasmlar chizish tavsiya qilinadi:
Katta guruhda  syujetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 27 ===
«Men onamga guldasta sovg‘a qilyapman».
«Quruvchilar yangi uy quryaptilar».
«Bolalar qorbobo yasayaptilar».
Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. Masalan, «Ayyor tulki va kulrang bo‘ri», «Mushuk, xo‘roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq masalada bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14-yanvar vatan himoyachilar kuni», «8 mart-onalar bayrami», «21 mart-Navro‘z bayrami».
=== Taqdimot 28 ===
Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o‘lchovlarini chamalash bilan birga o‘zoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar ayniqsa ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko‘radilar. Bolani rasm mashg‘ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib akvarel bo‘yoq berib ma’lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim.
5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo‘ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofdagi sharoitni ham tasvirlanadi.
=== Taqdimot 29 ===
Tayyorlov guruhda syujetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko‘nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o‘rgatish vazifalarini murakkablashtirishi imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
Bolalar rasmlarning mazmunini boyitish berilgan mavzu bo‘yicha rasm syujetini bolalar mustaqil holda aniqlashga o‘rgatish.
Syujetda harakat natijasida predmetning formasini o‘zgartirishga o‘rgatishi (masalan, engashishni, yugurishni).
=== Taqdimot 30 ===
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog‘ozning pastga, uzoqdagilarni tepasiga (razmerlarini o‘zgartirmaslik).
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish mustaqil holda syujetga mos rangni berishga o‘rgatish.
Bu yoshda bolalarning analitikfikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachiga berilgan mavzuga mos syujetli mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, “Uy qurish” mavzusi bo‘lsa, bolalar o‘zlari qanaqa uy, kim quryapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning formasi o‘zgarishini bilishadi. Shu o‘zgartirishlarni tasvirlay oladilar.
=== Taqdimot 31 ===
Dekorativ rasm chizish bolalarga 4 yoshdan boshlab o‘rgatiladi. O‘rta guruhda dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:
Chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;
Ranglar hissini rivojlantirish–ya’ni, kontrast, yorqin ranglarni chiroyli moslashtirish;
Turli yirik va mayda shakllarni–naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;
Mo‘yqalamdan foydalanishning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish, qog‘ozga yengil tekkizib, nuqtalar hosil qilish;
O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 32 ===
Mo‘yqalamning boshchisidan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazishda, hamda dog‘chalar hosil qilish usulida mo‘yqalamdan to‘liq foydalanish;
O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishning kompozitsion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga o‘xshashdir. Boshlang‘ich mashg‘ulotlarda, bolalar mo‘yqalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida mo‘yqalam yordamida dog‘chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o‘rganadilar. Bunda dog‘chalarning ranglarini va naqsh murakkablashgan sari, o‘rnini o‘zgartiradilar. Mo‘yqalam yordamida dog‘chalar hosil qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo‘lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi va mo‘yqalamni qog‘ozga botirib olishdan hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 33 ===
Shuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish usuli, so‘ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi. Nuqta hosil qilish mo‘yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo‘yqalamni  vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo‘lishi kerak, chunki mo‘yqalam qog‘ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi.
Boshlang‘ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos  bo‘lgan qo‘lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasvirlash shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi. Almashinuv – kompozitsiya murakkablashgan usulidir. Chunki u bir nechta shakllarning o‘zaro moslashuviga asoslanadi. O‘rta guruhdagi bolalar uchun ikkitagina elementni shakli va rangi bilan navbatma-navbat almashtirish yetarli bo‘ladi.
=== Taqdimot 34 ===
Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha murakkabroq topshiriqlarni berish mumkin. Chunki bu yoshda bolalarning estetik hissiyotlarining rivojlanish darajasi ancha yuqoridir. Bolalarga quyidagilarni o‘rgatish zarur:
Qog‘oz shakliga yoki hajmli predmetga nisbatan naqshni simmetrik joylashtirish;
Naqshda turli xil to‘g‘ri, doirasimon chiziqlardan, shakllardan, hamda o‘simlik elementlaridan foydalanish;
Asos (fon) ga nisbatan ranglarning chiroyli moslashuvini topish;
Mo‘yqalamdan mahorat bilan foydalanish (uchi bilan chizish, boshchisi bilan to‘liq chizish, mo‘yqalamni turli yo‘nalishda harakatlantira olish).
Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 35 ===
Boshlang‘ich mashg‘ulotlarda o‘rta guruhda hosil qilingan malakalar mustahkamlanadi. Ular quyidagilardan iborat: turli shakllarda mo‘yqalam yordamida to‘g‘ri chiziq chizish, botirib olish usuli bilan chizish, nuqtalar chizish. Bu o‘rta guruh materialini oddiygina qaytarish emas. Bolalarning ixtiyoriga bir necha xil ranglar, hamda naqshda bir-biriga moslashadigan elementlarning turli hajmlari havola qilinadi. Yilning boshida bolalarga doira ichida naqshni chizishning yangicha usuli o‘rgatiladi, ya’ni markaz, hamda konsentrik aylana bo‘ylab simmetrik elementlar chiziladi. Doira va kvadratdan tashqari naqshni tuzish uchun bolalarga–oval, uchburchak, oltiburchak kabi shakllar beriladi.
=== Taqdimot 36 ===
Katta guruhda kompozitsion usul sifatida elementlarni navbat bilan almashib chizish prinsipidan foydalaniladi; bunday usul naqshni yanada dekorativlashtiradi. Navbat bilan almashib chizishda naqsh o‘z ichiga turli xil shakldagi va rangdagi 2-3 xil elementni olishi mumkin. Naqshning bezak elementi sifatida bolalar turli chiziq shakllaridan (enli va ensiz chiziqlar, botirib olib chizish, nuqtalar, doirachalar, aylanalar chizish) va murakkabroq bo‘lgan–o‘simlik shakllari (barglar, mevalar, gullar) dan foydalanishni o‘rganadilar. Bunday o‘simlik shaklidagi elementlarni bir necha marta qaytarib chizish bolalar uchun ancha murakkablik qiladi. Bolalarga yana mo‘yqalamdan foydalanishning yangicha usuli ko‘rsatib beriladi, ya’ni qog‘ozga mo‘yqalamni yon tomoni bilan botirib olish usulidir. Bunday botirib olish natijasida hosil bo‘ladigan bosmalar barg shaklida bo‘ladi va ulardan gullarning, barglarning naqshini chizishda foydalanish mumkin.
=== Taqdimot 37 ===
Katta guruhda bolalar rangli fonga moslashtirgan holda turli ranglar jilosidan foydalanishni o‘rganadilar. Dekorativ rasmda mazmunli rasmga nisbatan fonning rangi juda ham turli xil bo‘lishi mumkin. Yorqin ranglarning moslashuvidan tashqari, bolalar ranglarning chiroyini ma’lum bir ranglar majmui (gamma) da (ko‘k, havo rang, oq, qizil, olov rang, sariq va hokazo) ko‘rishni o‘rganadilar. Bolalar bir xil rangdagi, sidirg‘a naqshlarni his qilish layoqatiga egalar. Masalan: qor parchasining naqshi, turning jimjimador naqshi.
=== Taqdimot 38 ===
Katta guruhda bolalarni hajmli buyumlarda naqshlarni hosil qilishga o‘rgatiladi. Bunday rasm chizishning murakkabligi shundaki, naqsh kompozitsiyasini kuzatish qiyin, negaki chizuvchi uni qisman ko‘ra oladi, va naqsh elementlarining shakli buyumning yuzasi qavariqligidan ozmuncha o‘zgaradi. Masalan: ko‘zani yoki biror o‘yinchoqni bezatish. Shuning uchun bolalarga naqsh bilan bezash uchun beriladigan hajmli buyumlar sodda shaklga ega bo‘lishi kerak. Masalan: loydan yasalgan qushlar, otlar. Bolalarni quyidagi vazifalarga o‘rgatish kerak:
Varaqning shakliga mos qilib naqshni simmetrik chizish.
Naqshda turli to‘g‘ri, egri chiziq va shakllardan o‘simlik elementlaridan foydalanish.
Mo‘yqalam bilan ishlash (uchi bilan, butun uchi bilan, turli yo‘nalishlarda erkin harakatlantirish).
=== Taqdimot 39 ===
Bolalar to‘g‘ri to‘rtburchakka, aylanaga, kvadratga naqshni chizishni o‘rganib boradilar. Bulardan tashqari oval, uchburchak va oltiburchak ichiga naqsh chizishni o‘rganadi.
=== Taqdimot 40 ===
Yetti yoshdagi bolalarni dekorativ rasm solishga o‘rgatish vazifalari quyidagicha:
Kompozitsiyalash hissini rivojlantirish: yassi va hajmli shakllarda predmetning ahamiyatliligiga va belgilangan maqsadiga nisbatan naqshlarni tuzish.
Ranglar hissini rivojlantirish: turli xildagi ranglardan, ularning nozik rang jilosidan turli moslashuvlarda foydalanish.(Qizil- pushti rang; ko‘k–moviy rang; yashil–och yashil rang; qora–kul rang).
Tayyorlov guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 41 ===
Xalq dekorativ naqshlarining turli ko‘rinishlarining ahamiyatini ko‘ra olishni o‘rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida elementlaridan foydalanish;
Qalam va bo‘yoqlar bilan chizish texnik ko‘nikmalarini takomillashtirish.
Maktabga tayyorlov guruhiga  yumaloq to‘g‘ri burchakli shakllarda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo‘lgan bolalar keladi.
=== Taqdimot 42 ===
Ularga yangi shakllar–to‘g‘ri to‘rtburchak va ko‘pburchak, hamda turli xildagi yassi shaklli predmetlar–vazalar, ko‘zalar, piyolalar, qo‘lqoplar, shapkalar va hokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to‘g‘ri geometrik shaklga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydalanishni talab qiladi. (Masalan: ko‘zacha bo‘ynining chetiga–chiziqli naqsh  chizilsa, yumaloq qismi esa–markazda chiziladigan naqshdan foydalaniladi). Undan tashqari simmetriya haqidagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o‘ng tomonga joylashtirishdan tashqari, bolalar ko‘zgusimon aks bilan tanishadilar. Ko‘zgusimon aksda naqshning qismlari o‘z o‘rnini o‘zgartiradi. Undan so‘ng bolalar to‘rsimon bezak prinsipi asosida bir turdagi naqsh bilan–elementlarni shaxmat ketma-ketligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni to‘ldirish usulini egallaydilar.
=== Taqdimot 43 ===
Bolalar matolar uchun, qo‘g‘irchoqning ko‘ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Uchburchakdagi naqsh faqat chetlarida, burchaklarida bo‘lmay, balki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo‘ylab tarqalishi mumkin. Bunday hollarda teng tomonli uchburchak shakli emas, balki yon tomonlari teng bo‘lib, to‘g‘ri yoki o‘tmas burchakli uchburchak shakli olinadi. Bolalar ularda uchburchak shaklga ega bo‘lgan ro‘molcha naqshini chizadilar. Naqshni chizish uchun bolalar turli tabiiy shakllardan (o‘simliklar, hayvonlar) foydalana boshlaydilar.
=== Taqdimot 44 ===
Maktabga tayyorlov guruh bolalari xalq dekorativ naqsh bezaklarining elementlaridan o‘z naqshlarida foydalanishlari mumkin. Bunda asosiy usul saqlanib qolishi kerak. Tarbiyachi bolalarni xalq san’atining namunalariga qarab, naqsh jimjimalarini, mayda va yirik shakllarni o‘zaro moslashtirishni, ularni bezak bilan bezashni, berilgan naqshga xos  ravishda ranglardan ma’lum moslashuvda foydalanishni o‘rgatadi.
=== Taqdimot 45 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARIDA BOLALARNI RASM CHIZISHGA O‘RGATISH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar